Mentalingvistika
tilshunoslikning
til
va
tafakkur
munosabatini
o‘rganadigan yo‘nalishidir. Bugungi kunda kognitiv fanlar tomonidan ilgari
surilayotgan borliqni mental gavdalantirish yoki til mentalligi g‘oyasida
ob’ektiv olam qismlari bilan uning tasavvurlari o‘rtasidagi munosabat, ya’ni
borliqning til orqali ongda aks etishi tushuniladi. Olamni aks ettirish yoki
tasavvur qilish cho‘qqilar tamoyilligiga asoslanadi, boshqacha aytganda,
so‘zlovchi tomonidan olamning eng muhim relevant belgisi sifatida ko‘ringan
qismlari, ya’ni cho‘qqilari tasavvur qilinadi. Til mentalligi nazariyasiga ko‘ra
“olam” atamasi ostida insonni qurshab turgan olamgina emas, balki inson
tomonidan yaratilgan, ya’ni insonning nutqiy faoliyati va uning holati olami ham
tushuniladi.
Til mentalligi hozirgi kunda sintaktik semantikaning tayanch tushunchasi
bo‘lgan freymlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, leksik maydon nazariyasi va freym
semantikasi o‘rtasida ham muayyan bog‘liqlik va o‘ziga xoslik mavjud. Freym
quyma (stereotip) vaziyatlarni gavdalantirish usuli bo‘lib, ya’ni, masalan, opa,
aka, amma, xola, nonushta, tushlik, to‘y so‘zlari ongimizda ular bilan bog‘liq
muayyan guruhlarni gavdalantiradi. Har bir guruhga mansub a’zoning ma’nosini
bilish uchun, avvalo, ularning barchasi nimani bildirishi haqidagi bilimga ega
bo‘lish, ya’ni har bir guruhni bir butun mohiyat sifatida tushunish talab etiladi.
Ya’ni: bizning sezgi a’zolarimizga berilgan borliq uzvlari mental konsept (fikriy
Dostları ilə paylaş: |