hosila) ekanligini e’tirof etish g‘oyasi orqali umumiylik hosil qilinadi.
NEYROLINGVISTIKA
O‘tgan asrning 70-yillarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlari
oralig‘ida neyropsixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, nutqiy faoliyatni bosh
miya
mahsuli
sifatida
o‘rganadigan yangi tarmoq neyrolingvistika–
neyrolingvistika vujudga keldi. Ushbu fanda miya kasallanishining nutqiy
faoliyatga ta’siri masalalari, ya’ni afaziya holati ham o‘rganiladi.
Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutq faoliyatining
buzilishi masalasi Ibn Sino, Beruniy asarlaridayoq qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu
hodisalar XIX asrning 2-yarmidan boshlab o‘rganila boshlandi, A.R. Luriyaning
“Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop etildi.
Inson borliqni ongida sezgi organlari yordamida aks ettiradi. Sezgi tashqi
olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi, miya esa bu axborotlarni
umumlashtiradi. Demak, ob’ektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv
sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi. Nerv sistemasi 2 guruh nerv
tuzilmalarini o‘z ichiga oladi:
1) markaziy nerv sistemasi 2) chegara nerv sistemasi
Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv
sistemalarining markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv
sistemalari markaziy nerv sistemalariga ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalarning
muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Chegara nerv sistemalariga
aloqador a’zolar tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb atalib, ularga ko‘rish,
eshitish, ta’m-maza a’zolari kiritiladi.
Har bir analizatorda 3 ta sohaviy sath ajratiladi:
1) axborotni sezgi organidan bosh miya pardasiga eltuvchi
2) borliq predmetlariga yo‘naltiruvchi tuzilmaalar, bu miyaning bilish zonasi
deb yuritiladi.
3) murakkab anatomik tuzilishga ega bo‘lgan til pardasi. Bu sathda miyaning
turli analizatorlaridan kelgan belgilar birlashtiriladi va sezgi hissiyotidan til
umumlashmasiga o‘tish imkoniyati yuzaga keladi. Shunday qilib, neyrolingvistika
inson tomonidan olamni belgilashtirish jarayonini kompleks tarzda o‘rganuvchi
fan tarmog‘i sifatida o‘ziga turdosh - psixolingvistika, neyropsixologiya,
neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g‘oyalari va
metodlaridan foydalanib rivojlanib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |