1.2. “Fonetika va fonologiya ” mavzusidagi amaliy mashg’ulot mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
Tayyorgarlik bosqichi
|
1. Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi.
2.Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o’quv bilish topshiriqlarini ishlab chiqadi.
3.Ichki guruhlar ishini samarali bo’lishini ta’minlash maqsadida ular uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi.
|
|
1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi
(5 daqiqa)
|
1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutlayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning ahamiyati va dolzarbligini asoslaydi.
1.2. Guruhlar ishini baholash mezonlarini e’lon qiladi (1-ilova).
|
Tinglaydilar
|
2-bosqich. Asosiy bosqich (60 daqiqa)
|
2.1. Talabalarni faollashtirish maqsadida tezkor-so’rov usulini qo’llaydi.
2.2.Guruhni 5ta guruhchalarga bo’ladi, ularni talabalar takliflari asosida nomlaydi. Guruhlarga ekspert vazifalarini tarqatadi va ularning mohiyati bilan ularni tanishtiradi. Ekspert vazifalarini “FSMU” texnikasi asosida bajarilishini tushuntiradi (2-3-ilovalar).
Avval yakka tartibda bajargan ishlarni muhokama qilib, yagona to’g’ri fikrni tanlab, format qog’oziga ko’chirishni taklif qiladi.
Talabalar faoliyatini yo’naltiradi, maslahat beradi. Baholash mezonlarini eslatadi.
Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi.
2.3. Bajarilgan ishlarni taqdim qilishni so’raydi, savollar beradi. Taqdimot jarayonida talabalar fikrini tahlil qiladi, faol ishtirok etgan talabalarni baholaydi va guruhga umumiy ball qo’yadi.
2.4. Klaster va Baliq skeletini to’ldirishni so’raydi (4-ilova)
|
Talabalar berilgan savollarga javob beradilar.
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Topshiriqni bajaradilar
Taqdimotni taqdim qilishda sardorga yordam beradilar.
Taqdimotlar muhokamasida faol qatnashadilar
|
3-bosqich. Yakuniy bosqich (15 daqiqa)
|
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, u yuzasidan xulosa bildiradi. Bilimlarni mustahkamlash uchun testlar beradi
(5-ilova).
3.2. Guruhlar ishini baholaydi, faollarni alohida qayd qiladi va ballarni e’lon qiladi.
3.3. Mustaqil ish uchun vazifalar (savollar) beradi.
|
Tinglaydilar.
Testlarni yechadilar
Vazifani yozib oladilar.
|
1-ilova
Guruhlarning bilim va ko’nikmalarini baholash mezonlari
Topshiriqlar, baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
|
Maks.
Ball
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Maksimal ball
|
2
|
|
|
|
|
|
Savol to’liq yoritib berildi
|
0,5
|
|
|
|
|
|
Javoblar yetarli darajada asoslab berildi
|
0,5
|
|
|
|
|
|
Guruh ishtirokchilarining faolligi
|
0,5
|
|
|
|
|
|
Berilgan savollarga javob berdi
|
0,3
|
|
|
|
|
|
Reglamentga rioya qildi
|
0,2
|
|
|
|
|
|
Jami
|
2
|
|
|
|
|
|
1, 5- 2 ball – “a’lo”
1- 1,4 ball – “yaxshi”
0, 5- 0,9 ball – “qoniqarli”
0 -0,4 ball – “qoniqarsiz”
2-ilova
Ekspert varag’i № 1
1. Fonetika nimani o’rganadi?
2. Fonologiyaning predmeti nima?
|
Ekspert varag’i № 2
1. Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi nima?
2. Unli tovushlarning (masalan, o’zbek tilidagi) tasnifini ayting.
|
Ekspert varag’i № 3
1. Nutqning fonetik bo’laklari: jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovush haqida ma’lumot bering.
2. Enlitika va enkliza hodisasi.
|
Ekspert varag’i № 4
1. Undosh tovushlarning (masalan, o’zbek tilidagi) tasnifini ayting.
2. Fonema tushunchasini izohlab bering.
|
Ekspert varag’i № 5
1.Proklitika va prokliza hodisasi.
2. Bo’g’in va uning turlarini izohlang.
|
3-ilova
TARQATMA MATERIALNING TAXMINIY NUXSASI
FSMU TEXNOLOGIYASI
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga biror sabab ko’rsating.
M – ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi biror misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
|
Ushbu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, bilimlarni baholashga va tinglovchilarni bahslashish madaniyatini egallashlariga o’rgatadi.
|
4-ilova
5-ilova
Bilimlarni mustahkamlash uchun testlar
1. Nutq apparati nechta qismga bo’linadi?
A) 3 qismga;
V) 4 qismga;
S) 5 qismga;
D) 6 qismga.
2.Rezonator vazifasini qanday organlar bajaradi?
A) og’iz va burun bo’shlig’i;
V) bo’g’iz;
S) kekirdak va diafragma;
D) o’pka.
3. So’z tarkibidagi undoshlarning o’zaro moslashishi nima?
A) assimilyatsiya;
V) akkomodatsiya;
S) metateza;
D) proteza.
4. Segment elementlar nima?
A) bo’g’in;
V) tovushlar;
S) so’zlar;
D) hamma javoblar to’g’ri.
5. Supersegment elementlar nima?
A) urg’u va ohang;
V) tovush va harf;
S) so’zlar;
D) fraza va harf.
6. Akustika nima?
A) tovush o’zgarishi;
V) tovushning eshitilishi;
S) tovush talaffuzi;
D) tovush organlari.
7. Diereza nima?
A) tovush tushishi;
V) tovush orttirilishi;
S) tovush almashinishi;
D) so’zning old tomonida tovush qo’shilishi.
8. Epenteza hodisasi nima?
A) tovush tushishi;
V) tovush almashinishi;
S) so’z tarkibida ortiqcha tovush paydo bo’lishi;
D) so’zning old tomoniga tovush qo’shilishi.
9. Fonetika nimani o’rganadi?
A) tilning tovush tizimini;
V) grammatikani;
S) so’zlarning tarkibini;
D) nutq fiziologiyasi, tovushlarning paydo bo’lishini.
10.Fonologiya nimani o’rganadi?
A) tilning tovush tizimini;
V) grammatikani;
S) so’zlarning tarkibini;
D) to’g’ri javob yo’q.
11.Artikulyatsiyada nechta bosqich bor?
A) 3 ta;
V) 4 ta;
S) 5 ta;
D) 6 ta.
12. Tovushlarning yozuvdagi ifodasi qanday ataladi?
A) takt;
V) harf;
S) talaffuz;
D) bo’g’in.
13. Unli va undoshlarning kelishiga qarab bo’g’in turlarini ayting.
A) yopiq, ochiq, berkitilgan, berkitilmagan;
V) berkitilgan ochiq, berkitilgan yopiq, berkitilmagan ochiq, berkitilmagan yopiq;
S) urg’uli, urg’usiz;
D) cho’ziq, qisqa.
14. Nutqning fonetik bo’linishi nimalardan iborat?
A) fraza, takt, bo’g’in va tovush;
V) gap, so’z, harf;
S) tovushlar tizimi;
D) sodda gap, qo’shma gap.
1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli
Mashg’ulot vaqti - 2 soat
|
Talabalar soni – 30 ta
|
Mashg’ulot shakli
|
Mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan Seminar mashg’ulot
|
Seminar mashg’ulot rejasi
|
1. Leksikologiyaning turlari . 2. Leksikologiyaning bo’limlari.
3. Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar.
4. So’z - til birligi, so’z forma - nutq birligi sifatida. 5. So’z va leksema kabi ma’lumotlar yuzasidan fikr bildirish, mashqlar bajarish.
|
Seminar mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Leksikologiyaning turlari . Leksikologiyaning bo’limlari.
Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar. So’z - til birligi, so’z forma - nutq birligi sifatida. So’z va leksema kabi ma’lumotlar yuzasidan fikr bildirish, bu boradagi bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash.
Seminar mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: dars tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, xushmuomalalik, o’zgalar fikriga hurmat, faollik, liderlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’zini xolis baholash va b.
Seminar mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning ijodiy tafakkurini o’stirish.
|
|
Mavzuni o’zlashtirish uchun zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxati
|
1. Begmatov E., Ne’matov H., Rasulov R. Leksik makrosistema va uning tadqiq metodikasi (Sistem leksikologiya tezislari) // O’zbek tili va adabiyoti. –1989, №6.-B.35-40.
2. Orifjonova SH. O’zbek tilida lug’aviy graduonimiya: Filol.fan.nomz....dis.avtoref. –Toshkent, 1996.
3. Bozorov O. O’zbek tilida darajalanish: Filol. fan. dok-ri...dis. –Toshkent, 1997.
4. Qilichev B. O’zbek tilida partonimiya. Filol.fan.nomz...dis. –Toshkent, 1997.
5. Safarova R. Leksik-semantik munosabat turlari. –Toshkent: O’qituvchi, 1996.
6. Sobirov A. O’zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. -Toshkent: Ma’naviyat, 2004.
7. Mirtojiev M. Hozirgi o’zbek adabiy tili.-Toshkent, 2004.
8. Yo’ldoshev I. O’zbek kitobatchilik terminologiyasi. – Toshkent: Fan, 2005.
9. Yo’ldoshev I., SHaripova O’. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007.
10. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent, 2008.
|
Pedagogik vazifalar:
- Leksikologiyaning turlari . Leksikologiyaning bo’limlari.
Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar. So’z - til birligi, so’z forma - nutq birligi sifatida. So’z va leksema kabi ma’lumotlar yuzasidan fikr bildirish, bu boradagi bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash.
- bu borada talabalarning shaxsiy fikrini aniqlash.
|
O’quv faoliyati natijalari:
- Leksikologiyaning turlari . Leksikologiyaning bo’limlari.
Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar. So’z - til birligi, so’z forma - nutq birligi sifatida. So’z va leksema kabi ma’lumotlar yuzasidan fikr bildiradi, bu boradagi bilimlarini kengaytiradi va mustahkamlaydi, bular haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish ko’nikmasini hosil qiladi ;
-
bu borada talabalarning shaxsiy fikri shakllanadi.
|
Ta’lim berish usullari
|
Munozara, suhbat, Klaster, Baliq skeleti, BBB jadvali
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda ishlash texnologiyasi
|
Ta’lim berish vositalari
|
Munozara, suhbat, tezkor so’rov
|
Ta’lim berish sharoiti
|
O’TV ga moslashtirilgan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki savol-javob
|
1.2. “Leksikologiya. Semasiologiya” mavzusidagi Seminar mashg’ulotning texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
Tayyorgarlik bosqichi
|
1. Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi.
2.Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o’quv bilish topshiriqlarini ishlab chiqadi.
3.Ichki guruhlar ishini samarali bo’lishini ta’minlash maqsadida ular uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi.
4. Ekspert guruhlar ish natijalarini baholashi uchun mezonlarni ishlab chiqadi. (1-ilova)
|
|
1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi
(10 daqiqa)
|
1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutlayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning ahamiyati va dolzarbligini asoslaydi.
1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so’rov o’tkazib talabalarni faollashtiradi. 1.3.Talabalarga bugungi dars gruruhlarga bo’lingan holda tarzida kechishini bildiradi.(2-ilova)
|
Tinglaydilar
Talabalar berilgan savollarga javob beradilar
|
2-bosqich. Asosiy bosqich (55 daqiqa)
|
2.1. Kursni 5ta guruhga bo’ladi, ularni talabalar takliflari asosida nomlaydi. Har bir guruh mavzu asosida taqdimot tayyorlashini aytadi.
2.2. Mavzu bo’yicha tayyorlangan ekspert varaqasini tarqatadi. (3-ilova).
2.3. Guruhlarga topshiriqni bajarishda yordam beradi. Taqdimot materiallari to’liq va to’g’ri bo’lishini kuzatadi.
2.4. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Guruh sardorlari taqdimotini tashkillashtiradi. Aniqlik kiritish lozim bo’lsa, sardorni to’xtatadi, savollar beradi, muhokamasini kursga havola qiladi.
2.5. Mavzu asosida berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi, faol ishtirok etgan talabalarni baholaydi va guruhga umumiy ball qo’yadi.
2.6. Klaster va Baliq skeletini to’ldirishni so’raydi (4-ilova)
2.7. BBB jadvali bilan ishlaydi (5-ilova)
|
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Guruh sardorini saylaydilar.
Taqdimot tayyorlaydilar.
Taqdimotni taqdim qilishda sardorga yordam beradilar.
Jadvallarni to’ldiradilar
|
3-bosqich. Yakuniy bosqich (15 daqiqa)
|
3.1. O’quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.
3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini tahlil qiladi va o’zlashtira olmagan joylarni qayta o’qib chiqishni tavsiya qiladi.
3.3.Uyga vazifa beradi.
|
Tinglaydilar.
Vazifani yozib oladilar.
|
1-ilova
Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlari
Mezonlar
|
Maks.
ball
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Axborotning to’liqligi
|
1,0
|
|
|
|
|
|
Axborotning grafik shaklda ifoda etilishi
|
0,6
|
|
|
|
|
|
Guruhning faolligi
|
0,4
|
|
|
|
|
|
Ballarning jami
|
2
|
|
|
|
|
|
2-ilova
“BIRGALIKDA O’QIYMIZ” TEXNIKASI
Birgalikda o’qish: o’quv guruhi kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir kichik guruh o’rganilayotgan mavzuning biror sohasida ekspert bo’ladi va boshqalarni o’rgatadi.
“Birgalikda o’qiymiz” texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. 5-6 talabadan iborat guruhlar tuziladi, ularga talabalarning takliflari asosida nom beriladi.
2.Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi – umumiy mavzuning bir qismi,uning ustida butun o’quv guruhi ish olib boradi hamda ularga ekspert varaqlari taqdim etiladi.
3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.
4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.
5. Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalari tinglanadi. Umumiy natijan shakllantirishadi va uni taqdimotga tayyorlashadi.
6. Sardor guruh ishi natijalarini taqdim qiladi.
Guruhlarda ishlash qoidasi
SHerigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondoshing.
Agar yordam kerak bo’lsa, albatta, murojaat qiling.
Agar yordam kerak bo’lsa, albatta, yordam bering.
Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda barcha ishtirok etishi shart.
Aniq bilmog’imiz lozim:
A. Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz.
B. Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz.
|
3-ilova
Ekspert varag’i № 1
O’quv topshirig’i
1. Leksikologiyaning ob’ekti, predmeti va vazifalari nimalardan iborat?
2. Leksikologiyaning turlari.
|
Ekspert varag’i № 2
O’quv topshirig’i
1.Til va nutq birliklarini izohlang.
2. So’zni til birligi, so’z formani nutq birligi sifatida izohlang.
|
Ekspert varag’i № 3
O’quv topshirig’i
1. Leksik ma’no (denotat) va tushuncha (signifikat) nima?
2. Leksik ma’no turlari. Sema nima? Semema nima? Nomema nima?
|
Dostları ilə paylaş: |