1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli
Mashg’ulot vaqti - 2 soat
|
Talabalar soni – 30 ta
|
Mashg’ulot shakli
|
Mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan Seminar mashg’ulot
|
Seminar mashg’ulot rejasi
|
Tilshunoslikni zamonaviy yo’nalishlari bilan birgalikda lingvistika va boshqa fanlar sintezida dunyoga kelgan fanlarning vazifasini o’rganish.
|
Seminar mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi. Nutq tovushlarining tasnifi. Nutqning fonetik bo’laklari: jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovush. Bo’g’in va uning turlari. Urg’u va uning turlari. Nutq tovushlarining o’zgarishi. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash.
Seminar mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: dars tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, xushmuomalalik, o’zgalar fikriga hurmat, faollik, liderlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’zini xolis baholash va b.
Seminar mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning ijodiy tafakkurini, mantiqiy fikrlash va analiz-sintez qilish qobiliyatini o’stirish.
|
|
Mavzuni o’zlashtirish uchun zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxati
|
1. Nurmonov A. O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi.-Toshkent, 1990.
2. Abduazizov A.A. O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi.-Toshkent, 1992.
3. Nabieva D. O’zbek tilida lisoniy birliklarning invariant-variant munosabati (fonologik sath). Filol.fan.nomz...dis. –Toshkent, 1998.
6. Yo’ldoshev I., SHaripova O’. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007.
7. Bushuy T., Safarov SH. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. -Toshkent: Fan, 2007.
8. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent, 2008.
9. Jamolxonov H. O’zbek tilining nazariy fonetikasi. –Toshkent, 2009.
|
Pedagogik vazifalar:
- Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi. Nutq tovushlarining tasnifi. Nutqning fonetik bo’laklari: jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovush. Bo’g’in va uning turlari. Urg’u va uning turlari. Nutq tovushlarining o’zgarishi. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash;
-
bu borada talabalarning shaxsiy fikrini aniqlash.
|
O’quv faoliyati natijalari:
-Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi. Nutq tovushlarining tasnifi. Nutqning fonetik bo’laklari: jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovush. Bo’g’in va uning turlari. Urg’u va uning turlari. Nutq tovushlarining o’zgarishi. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlari haqidagi bilimlarni kengaytiradi va mustahkamlaydi;
-
bu borada talabalarning shaxsiy fikri shakllanadi;
|
Ta’lim berish usullari
|
Munozara, suhbat, tezkor so’rov, FSMU texnikasi, Klaster, Baliq skeleti
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda, yakka tartibda ishlash texnologiyasi
|
Ta’lim berish vositalari
|
Munozara, suhbat, tezkor so’rov
|
Ta’lim berish sharoiti
|
O’TV ga moslashtirilgan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki nazorat: savol-javob
|
1.2 Seminar mashg’ulot mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
Tayyorgarlik bosqichi
|
1. Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi.
2.Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o’quv bilish topshiriqlarini ishlab chiqadi.
3.Ichki guruhlar ishini samarali bo’lishini ta’minlash maqsadida ular uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi.
|
|
1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi
( 5 daqiqa)
|
1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutlayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning ahamiyati va dolzarbligini asoslaydi.
1.2. Guruhlar ishini baholash mezonlarini e’lon qiladi (1-ilova).
|
Tinglaydilar
|
2-bosqich. Asosiy bosqich (50 daqiqa)
|
2.1. Talabalarni faollashtirish maqsadida tezkor-so’rov usulini qo’llaydi.
2.2.Guruhni 5ta guruhchalarga bo’ladi, ularni talabalar takliflari asosida nomlaydi. Guruhlarga ekspert vazifalarini tarqatadi va ularning mohiyati bilan ularni tanishtiradi. Ekspert vazifalarini “FSMU” texnikasi asosida bajarilishini tushuntiradi (2-3-ilovalar).
Avval yakka tartibda bajargan ishlarni muhokama qilib, yagona to’g’ri fikrni tanlab, format qog’oziga ko’chirishni taklif qiladi.
Talabalar faoliyatini yo’naltiradi, maslahat beradi. Baholash mezonlarini eslatadi.
Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi.
2.3. Bajarilgan ishlarni taqdim qilishni so’raydi, savollar beradi. Taqdimot jarayonida talabalar fikrini tahlil qiladi, faol ishtirok etgan talabalarni baholaydi va guruhga umumiy ball qo’yadi.
2.4. Klaster va Baliq skeletini to’ldirishni so’raydi (4-ilova)
|
Talabalar berilgan savollarga javob beradilar.
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Topshiriqni bajaradilar
Taqdimotni taqdim qilishda sardorga yordam beradilar.
Taqdimotlar muhokamasida faol qatnashadilar
|
3-bosqich. Yakuniy bosqich (15 daqiqa)
|
3.1. Mavzuni umumlashtiradi, u yuzasidan xulosa bildiradi. Bilimlarni mustahkamlash uchun testlar beradi
(5-ilova).
3.2. Guruhlar ishini baholaydi, faollarni alohida qayd qiladi va ballarni e’lon qiladi.
3.3. Mustaqil ish uchun vazifalar (savollar) beradi.
|
Tinglaydilar.
Testlarni yechadilar
Vazifani yozib oladilar.
|
1-ilova
Guruhlarning bilim va ko’nikmalarini baholash mezonlari
Topshiriqlar, baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
|
Maks.
Ball
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Maksimal ball
|
2
|
|
|
|
|
|
Savol to’liq yoritib berildi
|
0,5
|
|
|
|
|
|
Javoblar yetarli darajada asoslab berildi
|
0,5
|
|
|
|
|
|
Guruh ishtirokchilari-ning faolligi
|
0,5
|
|
|
|
|
|
Berilgan savollarga javob berdi
|
0,3
|
|
|
|
|
|
Reglamentga rioya qildi
|
0,2
|
|
|
|
|
|
Jami
|
2
|
|
|
|
|
|
1, 5- 2 ball – “a’lo”
1- 1,4 ball – “yaxshi”
0, 5- 0,9 ball – “qoniqarli”
0 -0,4 ball – “qoniqarsiz”
2-ilova
Ekspert varag’i № 1
1. Fonetika nimani o’rganadi?
2. Fonologiyaning predmeti nima?
3. Fonema tushunchasini izohlab bering.
|
Ekspert varag’i № 2
1. Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi nima?
2. Unli tovushlarning (masalan, o’zbek tilidagi) tasnifini ayting.
3. Undosh tovushlarning (masalan, o’zbek tilidagi) tasnifini ayting.
|
Ekspert varag’i № 3
1. Nutqning fonetik bo’laklari: jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovush haqida ma’lumot bering.
2. Enlitika va enkliza hodisasi. Proklitika va prokliza hodisasi.
3. Bo’g’in va uning turlarini izohlang.
|
Ekspert varag’i № 4
1. Intonatsiyaning vazifasi nimalardan iborat?
2. Urg’u nima va uning qanday turlari bor?
3. Fonetik hodisalarga misollar toping.
|
Ekspert varag’i № 5
1. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlariga misol keltiring.
2.Reduktsiya nima?
3. Fonetik hodisalarga misollar toping.
|
3-ilova
TARQATMA MATERIALNING TAXMINIY NUXSASI
FSMU TEXNOLOGIYaSI
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga biror sabab ko’rsating.
M – ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi biror misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
|
Ushbu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, bilimlarni baholashga va tinglovchilarni bahslashish madaniyatini egallashlariga o’rgatadi.
|
4-ilova
5-ilova
Bilimlarni mustahkamlash uchun testlar
1. Nutq apparati nechta qismga bo’linadi?
A) 3 qismga;
V) 4 qismga;
S) 5 qismga;
D) 6 qismga.
2.Rezonator vazifasini qanday organlar bajaradi?
A) og’iz va burun bo’shlig’i;
V) bo’g’iz;
S) kekirdak va diafragma;
D) o’pka.
3. So’z tarkibidagi undoshlarning o’zaro moslashishi nima?
A) assimilyatsiya;
V) akkomodatsiya;
S) metateza;
D) proteza.
4. Segment elementlar nima?
A) bo’g’in;
V) tovushlar;
S) so’zlar;
D) hamma javoblar to’g’ri.
5. Supersegment elementlar nima?
A) urg’u va ohang;
V) tovush va harf;
S) so’zlar;
D) fraza va harf.
6. Akustika nima?
A) tovush o’zgarishi;
V) tovushning eshitilishi;
S) tovush talaffuzi;
D) tovush organlari.
7. Diereza nima?
A) tovush tushishi;
V) tovush orttirilishi;
S) tovush almashinishi;
D) so’zning old tomonida tovush qo’shilishi.
8. Epenteza hodisasi nima?
A) tovush tushishi;
V) tovush almashinishi;
S) so’z tarkibida ortiqcha tovush paydo bo’lishi;
D) so’zning old tomoniga tovush qo’shilishi.
9. Fonetika nimani o’rganadi?
A) tilning tovush tizimini;
V) grammatikani;
S) so’zlarning tarkibini;
D) nutq fiziologiyasi, tovushlarning paydo bo’lishini.
10.Fonologiya nimani o’rganadi?
A) tilning tovush tizimini;
V) grammatikani;
S) so’zlarning tarkibini;
D) to’g’ri javob yo’q.
11.Artikulyatsiyada nechta bosqich bor?
A) 3 ta;
V) 4 ta;
S) 5 ta;
D) 6 ta.
12. Tovushlarning yozuvdagi ifodasi qanday ataladi?
A) takt;
V) harf;
S) talaffuz;
D) bo’g’in.
13. Unli va undoshlarning kelishiga qarab bo’g’in turlarini ayting.
A) yopiq, ochiq, berkitilgan, berkitilmagan;
V) berkitilgan ochiq, berkitilgan yopiq, berkitilmagan ochiq, berkitilmagan yopiq;
S) urg’uli, urg’usiz;
D) cho’ziq, qisqa.
14. Nutqning fonetik bo’linishi nimalardan iborat?
A) fraza, takt, bo’g’in va tovush;
V) gap, so’z, harf;
S) tovushlar tizimi;
D) sodda gap, qo’shma gap.
15. Akkomodatsiya nima?
A) yonma-yon turgan unlilar va undoshlarning moslashuvi;
V) tovush tushishi;
S) tovush orttirilishi;
D) tovush almashinuvi.
16. Assimilyatsiya nima?
A) assimilyatsiya tovush tushishi;
V) assimilyatsiya tovush ortirilishi;
S) assimilyatsiya undosh tovushlarning biri ikkinchisiga o’xshab ketishi;
D) yonma-yon turgan unli va undoshlarning moslashuvi.
17. Singarmonizm nima?
A) birinchi unliga keyingi unlilarning ohanglashuvi;
V) undosh tovushlarning biri ikkinchisiga o’xshab ketishi;
S) tovush tushishi;
D) tovush ortirilishi.
18. Reduktsiya nima?
A) urg’u tushgan unlining kuchli va cho’zib talaffuz qilinishi;
V) urg’u tushmagan unlining qisqa talaffuz qilinishi;
S) urg’u o’rnining ko’chishi;
D) urg’uning bir turi
3-mavzu
|
Verbal va noverbal muloqot
|
1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli
Mashg’ulot vaqti - 2 soat
|
Talabalar soni – 30 ta
|
Mashg’ulot shakli
|
Mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan Seminar mashg’ulot
|
Seminar mashg’ulot rejasi
| -
Verbal va noverbal muloqot vositalarini farqlash.
-
Til mohiyati va vazifasini o’rganish.
-
Til va nutq munosabatini izohlash.
|
Seminar mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: To’g’ri ma’no va ko’chma ma’no, differentsial ma’no va integral ma’nolarni aniqlash. So’zning ma’no ko’chish yo’llari: metafora, metonimiya, sinekdoxa, funktsional ko’chish, so’z semantik tuzilishi, so’zlararo semantik munosabatlar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish.
Seminar mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: dars tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, xushmuomalalik, o’zgalar fikriga hurmat, faollik, liderlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’zini xolis baholash va b.
Seminar mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning ijodiy tafakkurini, mantiqiy fikrlash va analiz-sintez qilish qobiliyatini o’stirish.
|
|
Mavzuni o’zlashtirish uchun zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxati
|
1. Begmatov E., Ne’matov H., Rasulov R. Leksik makrosistema va uning tadqiq metodikasi (Sistem leksikologiya tezislari) // O’zbek tili va adabiyoti. –1989, №6.-B.35-40.
2. Orifjonova SH. O’zbek tilida lug’aviy graduonimiya: Filol.fan.nomz....dis.avtoref. –Toshkent, 1996.
3. Bozorov O. O’zbek tilida darajalanish: Filol. fan. dok-ri...dis. –Toshkent, 1997.
4. Qilichev B. O’zbek tilida partonimiya. Filol.fan.nomz...dis. –Toshkent, 1997.
5. Safarova R. Leksik-semantik munosabat turlari. –Toshkent: O’qituvchi, 1996.
6. Sobirov A. O’zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. -Toshkent: Ma’naviyat, 2004.
7. Mirtojiev M. Hozirgi o’zbek adabiy tili.-Toshkent, 2004.
8. Yo’ldoshev I. O’zbek kitobatchilik terminologiyasi. – Toshkent: Fan, 2005.
9. Yo’ldoshev I., SHaripova O’. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007.
10. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent, 2008.
|
Pedagogik vazifalar:
-
To’g’ri ma’no va ko’chma ma’no, differentsial ma’no va integral ma’nolarni aniqlash. So’zning ma’no ko’chish yo’llari: metafora, metonimiya, sinekdoxa, funktsional ko’chish, so’z semantik tuzilishi, so’zlararo semantik munosabatlar haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
-
bu borada talabalarning shaxsiy fikrini aniqlash;
-
|
O’quv faoliyati natijalari:
-To’g’ri ma’no va ko’chma ma’no, differentsial ma’no va integral ma’nolarni aniqlash. So’zning ma’no ko’chish yo’llari: metafora, metonimiya, sinekdoxa, funktsional ko’chish, so’z semantik tuzilishi, so’zlararo semantik munosabatlar haqidagi bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi;
-o’z shaxsiy fikrini shakllantiradi.
|
Ta’lim berish usullari
|
Munozara, suhbat, tezkor so’rov, FSMU texnikasi, BBB jadvali
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda, yakka tartibda ishlash texnologiyasi
|
Ta’lim berish vositalari
|
Munozara, suhbat, tezkor so’rov
|
Ta’lim berish sharoiti
|
O’TV ga moslashtirilgan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki nazorat: savol-javob
|
Dostları ilə paylaş: |