1-ilova
Har bir ma’ruza va seminar mashg’uloti uchun 0,5 balldan 2 ballgacha qo’yiladi. Reyting bo’yicha natijalar bahosi:
2 ball – “a’lo”
1,5 ball – “yaxshi”1 ball – “qoniqarli”
0,5 ball – “qoniqarsiz”
2-ilova
Talabalarni faollashtirish uchun testlar
1. Grammatika qanday qismlarga bo’linadi?
A) polisemiya va omonimiya;
V) morfologiya va sintaksis;
S) fonetika va fonologiya;
D) lug’at boyligi va tarjima.
2. Qo’shimchali tillar qanday guruhlarga bo’linadi?
A) agglyutinativ va flektiv;
V) relyativ va attributiv;
S) predikativ va nopredikativ;
D) ob’ektiv va sub’ektiv.
3. SHevalarning ko’payishi va yangi tillarning paydo bo’lishi tilshunoslikda qanday ataladi?
A) farqlanish (differentsiatsiya);
V) mujassamlashuv (integratsiya);
S) klassifikatsiya (tabaqalashtirish);
D) turkumlashtirish (gruppirovka).
4. Milliy tilning xalq tilidan farqi nimada?
A) adabiy yozuvning mavjudligi;
V) tillarning chatishuvi;
S) til strukturasining mavjudligi;
D) farqi yo’q.
5. Kelgindilar tili mahalliy tilni siqib chiqaradi, ishlatishdan chiqib ketayotgan til kelgindilar tiliga sezilarli ta’sir ko’rsatadi, bu hodisa qanday ataladi?
A) substrat;
V) superstrat;
S) sub’ektivizatsiya;
D) substantivizatsiya.
6. Til sistemasi (tizimi) nima?
A) til hodisalari;
V) fonetika, grammatika va lug’at tarkibining uzviy bog’lanishi;
S) tilning tarkibi, tuzilishi;
D) til sistemasi – bu til strukturasi.
7.Til strukturasi (tuzilishi) nima?
A) til hodisalari;
V) fonetika, grammatika, lug’at tarkibining uzviy bog’lanishi;
S) tildagi kategoriyalarning tarkibi, uning ma’lum ko’rinishga ega bo’lishi;
D) til strukturasi – bu til sistemasi.
8. Fonetika nimani o’rganadi?
A) tilning tovush tizimini;
V) grammatikani;
S) so’zlarning tarkibini;
D) nutq fiziologiyasi, tovushlarning paydo bo’lishini.
9. Morfemaning ma’nosiga ko’ra qanday ko’rinishlari bor?
A) o’zak morfema, affiks morfema;
V) o’zak morfema, negiz morfema;
S) so’z va morfema;
D) morfema va morfemika.
10. Affiks morfema ko’rinishiga ko’ra qanday farqlanadi?
A) prefiks, infiks, suffiks;
V) morfema va so’z;
S) kelishik qo’shimchalari;
D) barcha javoblar to’g’ri.
11. Fleksiya hodisasi nima?
A) so’zlarga qo’shimcha qo’shilishi;
V) so’z shaklining o’zgarishi;
S) so’zlarda tovush orttirilishi;
D) so’zlarda tovush tushirilishi.
12. Tillarda gap tarkibidagi so’zlarning bir-biri bilan grammatik munosabati necha xil va ular qaysilar?
A) 2 xil: sintetik va analitik;
V) 3 xil: tub va yasama, aralash;
S) 4 xil: affiks, prefiks, infiks, suffiks;
D) 1 xil: grammatik.
3-ilova
Grammatika
Morfologiya
Sintaksis
GRAMMATIKA
Grammatika so'zi yunoncha “yozish san’ati”
ma’nosini bildiradi. Hozirda u tilshunoslik fanining
bir tildagi so'z tuzilishi, gapda so'zlarning o'zgarishi va
birikishini o'rganadigan ilmning nomidir.
U til qonunlarini o'rganib, ularni yoritib
beradi. Har bir tilning asosi uning fonetik sistemasi, leksikasi va grammatikasidir.
Grammatika vositasida gap quriladi.
Grammatika so'zlarning o'zgarishi, gapdagi
munosabati, o'zaro bog'lanishi haqidagi qoidalardan
iborat bo'lib, u tilning izchil xarakterini ko'rsatadi.
GRAMMATIK KATEGORIYALAR
Grammatik kategoriya bir xil grammatik
hodisalar, ayniqsa, so'zlarning har xil shaklidan
qat’iy nazar majmui, yig'indisi.
Grammatik kategoriyalardagi bir xillik grammatik shakllarga, grammatik vazifaga qarab belgilanadi. Ma’lum ma’nodagi so'z bir necha grammatik shakllarni
olishi mumkin, lekin so'zning ma’nosi o'zgarmaydi.
Grammatik kategoriya bir tomondan so'zlarning
leksik-grammatik xususiyati, yasalishi, vazifalari
kabi hodisalar asosida ajratilgan guruhlar
(ot kategoriyasi, fe’l kategoriyasi kabi) bo'lsa,
ikkinchi tomondan birlik, ko'plik, fe’llarda
shaxs-son kabi grammatik vazifalarni bajaruvchi
affikslar, so'z shakllari bilan bir xil xarakterdagi
grammatik hodisalar majmuidir.
ORFOLOGIYA
-
Morfologiya so'z shakllarini, so'zlarning leksik-grammatik jihatdan turlarini, bo'linishlarini, guruhlarini o'rganadi.
-
Barcha tillar mustqil ma’noli so'zlarning tuzilishi jihatdan ikki guruhga bo'linadi:
-
1. Agglyutinativ tillar. Bu guruhga turkiy tillar, Osiyo va Afrikadagi ko‘pgina xalqlarning tillari kiradi. Bu tillarda so'zlar sintaktik bog'lanishda o'zak, negizi o'zgarmasdan to'g'ridan - to'g'ri qo'shilib kelaveradi. Masalan: ota + m + lar + dan.
-
2. Flektiv tillar. Bu guruhga hind–Yevropa tillari kiradi.
-
Ularda grammatik ma’noni ifodalovchi affikslar so'z o'zagi bilan juda zich birikib ketadi. Bu hodisa fuziya deyiladi.
-
Morfema – so’zning eng kichik ma’noli qismi.
-
O’zak morfema – so’zning leksik ma’no anglatuvchi qismi.
-
Qo’shimcha morfema so’zning tarkibida o’zakdan keyin ( ba’zida oldin) kelib, so’zning leksik va grammatik ma’nolarini shakllantiradigan qismi.
-
So’z yasovchi morfemalar o’zakka qo’shilib, yangi ma’nodagi so’zni hosil qiluvchi qo’shimchalar.
-
Shakl yasovchi qo’shimchalar yangi so’z yasamaydigan, so’zlarning grammatik formalarini shakllantiradigan va turli grammatik ma’nolarni anglatadigan qo’shimchalar.
-
Semantik belgi so’zlarning umumlshgan ma’nosi.
-
Morfologik belgi u yoki bu so’zga xos bo’lgan grammatik kategoriyalar, ularga tegishli bo’lgan qo’shimchalar.
-
Sintaktik belgi so’zlarning gapdagi o’rni, gap bo’laklari nuqtai nazaridan bajaradigan vazifasi.
-
So’z yasalish belgisi u yoki bu so’z turkumiga xos yasovchi qo’shimchalar.
-
Sintetik usulda grammatik kategoriyalar affiksal morfemalsr orqali ifoda qilinadi.
-
Analitik usulda grammatik kategoriyalar yordamchi so’zlar orqali ifoda qilinadi.
-
Aralash usulda esa grammatik kategoriyalar bir vaqtning o’zida ham qo’shimchalar bilan, ham yordamchi so’zlar bilan ifodalanadi.
SINTAKSIS
Sintaksis grekcha so'zdan olingan bo'lib, lug'aviy ma’nosi tuzish degan tushunchaga to'g'ri keladi. Sintaksis grammatikaning bir qismi bo'lib, gap qurilishi haqidagi ta’limotdir.
Gap va uning logik-grammatik tiplari sintaksisning o'rganish ob’ektidir. So'z birikmalari va gap bo'laklari gap qurilishining tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Gapda so'zlarning o'zaro sintaktik aloqaga kirish usullari sintaksisning “so'z birikmasi” bahsining ob’ekti hisoblanadi.
SO'Z BIRIKMASI
Gapdagi so'zlar ma’no talablariga ko'ra o'zaro turli sintaktik munosabatlariga kirishadi. Gapning butunligini, sintaktik jihatda
mustahkam jipsligini ana shu munosabatlar ta’minlaydi. Masalan:
Ilg'or chilangar topshiriqni oshirib bajardi. Bu gapda bir nechta
so'z birikmasini ajratib ko'rsatish mumkin: ilqor chilangar, topshiriqni bajardi, oshirib bajardi.
Demak, so'z birikmasi boshlang'ich va eng muhim sintaktik birlik
hisoblanadi. Bir-biri bilan sintaktik jihatdan bog'langan, birinchi darajali predikativlik munosabatiga ega bo'lmagan, ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zlar qo'shilmasi so'z birikmasi deyiladi.
4-ilova
«Tushunchalar tahlili» metodi
Metodning maqsadi: mazkur metod o‘quvchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo‘yicha dastlabki bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
O‘tkazish bosqichlari:
-
ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
-
o‘quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda);
-
o‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma'no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma'lumot beradilar;
-
belgilangan vaqt yakuniga yetgach, o‘qituvchi berilgan tushunchalarning to‘g‘ri va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
-
har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
Namuna Tushunchalar |
Sizningcha, bu tushuncha qanday ma'noni anglatadi?
|
Mazkur tushunchalar-ning kasbingizdagi o‘rnini qanday baholaysiz?
|
Grammatik kategoriya
|
|
|
Grammatik ma’no
|
|
|
Grammatik shakl
|
|
|
So’z turkumi
|
|
|
Morfema
|
|
|
So’z shakli
|
|
|
Sintaksis
|
|
|
So’z birikmasi
|
|
|
Sodda gap
|
|
|
Qo’shma gap
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |