IBN MUQAFFA TARTIB ETGAN KITOBDAGI
MUQADDIMA
Abdulhasan Abdulla ibn Muqaffa shunday
naql etadi: Xudo o‘z qudrati bilan olamni yarat-
di, insonlarni aql-idrokda boshqa hayvonlardan
afzal qilib yaratdi. Chunki aql saxovat eshiklari
va saodat xazinalarining kalitidir. Bu dunyoning
noz-u ne’matlariga ega bo‘lish, u dunyoning azob-u
uqubatlaridan xalos bo‘lish aql va idrokka bog‘liqdir.
Iste’dod, aql-idrok esa ikki xildir: biri – tabiiy, ya’ni
onadan tug‘ma bo‘lib, ikkinchisi – kasbiy, ya’ni,
unga tajriba vositasi bilan erishiladi. Insonlarda
bo‘lgan tabiiy iste’dod yog‘ochdagi yonish xususi-
yatiga o‘xshaydi: yog‘ochga o‘t qo‘yilmasa yonmaydi,
shunga o‘xshash tabiiy iste’dod, aql va kamol ham
tajriba bo‘lmasa, o‘zini ko‘rsata olmaydi. Olimlar,
tajriba inson aql-idrokini kamolga yetkazadi, de-
ganlar.
Har kim tabiiy aql-idrokka ega bo‘lib, ilm-u hunar
kasb etishga intilsa, bu dunyoda ham o‘z orzusi-
ga yetadi, u dunyoda ham rohat ko‘radi... Bilmoq
lozimdirki, har ishning o‘z sababi, har sababning
o‘z sababchisi va har sababchining o‘z makon va
zamoni bordir. Umr ning uzunligi va davlatning bor-
ligi shularga bog‘liqdir. Bu kitobning Hindistondan
Fors mamlakatiga keltirilishi ning sababi shuki,
Olloh taolo qudratli, saodatli Anushiravon Kusro
ibn Qubodni aql nuridan va adolat xazinasidan
bahramand etgan, ishbilarmon, favqulodda g‘ayratli
qilib yaratgan. U o‘zining bu xislatlari soyasida ilm
o‘rganib, turli sohada shunday kamolot darajasiga
yetganki, undan avvalgi shohlarning hech biri bunga
erisholmagan.
37
Kunlardan bir kun uning qulog‘iga quyidagi
xabar yetib keldi: hind xazinasida parranda, darran-
dalar, vahshiy hayvonlar tilidan yozilgan bir kitob
bor emish; bu kitob saxovat manbayi, ilm-hikmat
kaliti emish; u shohlarga naf keltirganidek, xalqqa
ham foydali emish; bu kitobning nomi «Kalila va
Dimna» emish.
Anushiravon odil bu kitobni qo‘lga kiritish niyati-
ga tushdi. U iste’dodli olim, fozil, fors hamda hind
tillarini yaxshi biladigan bir odam topishni va bu
muhim ishni unga topshirishni amr etdi.
Ancha axtarishlardan so‘ng yuqorida aytilgan
xususiyatlarga ega bo‘lgan va tib ilmida shuhrat
qozongan Barzuya otli yosh yigitni topdilar.
Anushiravon uni yoniga chaqirib dedi:
– Ko‘p mulohazalardan so‘ng senga juda mas’uli-
yatli va muhim bir ish topshirish qaroriga keldik.
Sening aql-zakovat, buyuk iste’dod egasi ekanliging,
ishbilarmon liging, g‘ayratli va irodali ekanliging bizga
ma’lumdir. Hindistonda bir bebaho kitob bor, deb
aytadilar. Biz o‘sha kitobni keltirib, mamlakatimizda-
gi boshqa hind kitoblari qatoriga qo‘yilishini istar
edik. Safar tayyorgarligini ko‘rib, Hindistonga azimat
qil va nima qilib bo‘lsa ham, o‘sha kitobni olib kel.
Senga yetarli darajada pul va mol-davlat beramiz.
Ularni lozim bo‘lgan yerda keragicha xarjlaysan. U
yerda ko‘proq qolishga to‘g‘ri kelsa, senga yana pul
kerak bo‘lib qolsa, yoz, yuboramiz.
So‘ngra u munajjimlarga yo‘lga chiqish uchun
yaxshi kun va soat belgilab berishni buyurdi. Bar-
zuya belgilangan kuni ellik xurjun dinor olib safar-
ga chiqdi. Butun qo‘shin, sarkardalar va davlat
arboblari uni kuzatib qoldilar. Barzuya o‘z ustiga
38
yuklatilgan vazifani bajarish ishtiyoqida yo‘l bosar
edi. U Hindistonga yetib borgandan so‘ng pod-
shohning poytaxtiga keldi va o‘sha yerda istiqomat
qila boshladi. U olimlar yig‘ilishiga, a’yon va ako-
birlar majlisiga, faqir-fuqaro to‘planadigan yerlarga
borar, har joyni ko‘rar, shohning yaqin odamlari,
shaharning mo‘tabar kishilari, olim va faylasuflari
haqida surishtirib, ma’lumot to‘plar edi. U qayerga
bormasin, hamma yerda odamlarga aralashib yurar,
hamma bilan do‘stlashib ketar edi. U hammaga,
men bu yerga ilm o‘rganmoq va tahsil olmoq uchun
kelganman, der edi. Chuqur ilmi borligiga qaramay,
o‘zini sodda tutar va o‘zini avom odamlardan deb
tanittirar edi. Nihoyat, u axtarganini, istagan odami-
ni topdi. Bu odam o‘z aqli, iste’dodi va hushyorligi bi-
lan boshqalardan ajralib turar edi. Barzuya u bilan
do‘stlashdi, unga shu qadar yaxshiliklar qildiki, oxiri
aka-ukaday bo‘lib qoldilar. Oz vaqt ichida Barzuya
uning xulq-atvorini o‘rganib, sadoqatini sinovdan
o‘tkazdi. So‘ngra o‘z-o‘ziga dedi: «Agar sirim kalitini
unga berib, ko‘nglim eshigini ochsam, nonko‘rlik
qilmas, do‘stlik va o‘rtoqlik hisiga xiyonat qilmas».
Vaqt o‘tib, ularning orasidagi samimiylik ancha
mustahkamlangach, Barzuya uning omonatga xi-
yonat qilmasligiga, sirni hech kimga ochmasligiga
ishondi. Bir kun unga shunday dedi: «Birodar,
mening bir sirim bor, uni hozirga qadar sendan
yashirar edim, lekin bilishimcha, sen buni sezar
eding, chunki donoga bir ishora kifoyadir».
Hind dedi: «To‘g‘ri aytasan, sen o‘z maqsadingni
yashirishga qanchalik urinsang ham, lekin men
ba’zi bir alomatlardan uni payqab yurar edim. Endi
sen o‘zing so‘z ochib qolding, men aytib bera qolay.
39
Sen bizning viloyatning nafis va qimmatli boyligini
olib borib o‘z shohining hikmat xazinasiga qo‘ymoq
uchun kelibsan, buni esa makr va hiyla bilan amalga
oshirmoqchisan. Lekin men sening sabr-u irodangga
qoyil qoldim. Suhbat vaqtlarida biror so‘z bilan si-
ringni fosh qilib qo‘yarsan, deb poylab yurdim. Lekin
bunday bo‘lmadi, matonating, ehtiyotkorliging senga
bo‘lgan e’tiqodimni oshirdi, do‘stlik va birodarlik
hislarini kuchaytirdi. Chunki hech bir zot bu qadar
iroda va o‘zini tuta bilish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi,
begona viloyatda, axloq va odatlarini bilmagan bir
xalq orasida hech kim o‘zini sen kabi tuta olmaydi.
Insonning aqli sakkiz narsada namoyon bo‘ladi:
birinchi – nazokatli va muloyim muomalada; ikkin-
chi – o‘zi kim ekanligini bilib, shunga rioya qilishda;
uchinchi – odil shohlarga itoat etib, ularning orzu-is-
taklarini amalga oshirishda; to‘rtinchi – o‘z sirlarini
do‘stga bildirish-bildirmaslikni bilishda; beshinchi
– o‘zining va boshqalarning sirini saqlashda; oltin-
chi – shohlar saroyida ehtiyot bo‘lib, shirin til bilan
saroy odamlarini qo‘lga ola bilishda; yettinchi – tilini
tiyib, ortiqcha so‘zlamaslikda; sakkizinchi – majlis-
larda jim o‘tirishni odat qilib, so‘ralmagan narsalarni
aytmaslik va pushaymonlik keltiradigan so‘zlarni
tilga olishdan saqlanishda.
Kimda bu sakkiz xususiyatning hammasi bor
bo‘lsa, u do‘stlaridan istagan narsalarni ola biladi
va orzusiga yeta oladi. Bu xususiyatlarning ham-
masi senda bordir. Sening men bilan do‘stlashish-
dan maq sading nima ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.
Bunday fazilatlarga ega bo‘lgan odamning orzu va
istaklarini ro‘yobga chiqarmoq muruvvatli odam-
lar nazdida xato hisoblanmasa-da, lekin sening
40
xohishing meni dahshatga keltirdi. Bu juda buyuk
va tahlikali bir ishdir».
Barzuya qarasa, hind uning makr va hiylasini
tushundi. Uning so‘zlariga e’tiroz bildirmasdan, juda
yumshoq va muloyimlik bilan dedi:
– Men bu sirni ma’lum qilish uchun juda ko‘p
hozirliklar ko‘rdim, aytadiganlarimni qism larga
bo‘lib, unga sarlavhalar qo‘ydim, muqaddimasi va
xotimasini belgiladim, undan butoq va shoxchalar
o‘stirdim. Shoyad shu yo‘l bilan saodat sahrosida
maqsadimning jamolini qoplagan qo‘rquv pardasini
otib tashlab, sening hurmat va yordaming soyasida
vatanga oq yuz bilan qaytsam. Lekin sen birgina isho-
ra bilan mening butun fikrimni tushunding va meni
uzundan uzoq, zeriktiruvchi tushuntirishdan xalos
etding. Haqiqatan ham, men sen bilan mana shu
maqsadimga yetishish umidida do‘stlashgan edim...
Hind dedi:
– Aqlli odamlar uchun do‘stlikdan aziz hech nar-
sa yo‘qdir. Do‘stlik beg‘araz bo‘lmog‘i kerak. Lekin
butun tilsimlarning kaliti sirni saqlay bilishdadir.
Uchinchi odam bilmagan sir yoyilmas, chunki
uchinchi odam eshitgan sir og‘izdan og‘izga o‘tadi va
buning oldini olish mumkin bo‘lmaydi. Men sening
do‘stliging dan shu qadar xursandmanki, uni hech
bir narsaga almashtira olmayman. Lekin agar bir
odam bu ishdan xabar topsa, bizning birodarligimiz
shunday buziladiki, uni hech qanday mol va davlat
bilan tiklab bo‘lmaydi.
Bizning shoh juda hushyor va qahrlidir, arzimas
narsa uchun ham og‘ir jazo beradi. Buni bilib qolsa,
nima bo‘ladi-a?
Barzuya dedi:
41
– Do‘stlikning eng ulug‘ sharti sir saqlamoqdir.
Mening esa bu ishda sendan boshqa sirdoshim
yo‘qdir. Men sening oliyjanobligingga, aql va zako-
vatingga ishonaman. Bu ishning tahlikali ekanini
tushunaman, lekin oramizdagi do‘stlik haqi, sen
meni o‘z orzuyimga yetishdan mahrum qilmassan,
deb umid qilaman. Bilginki, bu sirni men hech kimga
fosh qilmayman. Lekin sen o‘z yaqin odamlaringdan,
yor-u oshnolaringdan kimdir bilib qolib, shohga aytib
qo‘yadi, deb qo‘rqasan. Men ketaman, sen bu yerda
qolasan, bizdan boshqa hech kim bu sirdan voqif
bo‘lmagach, sen rohat-farog‘atda hayot kechirasan.
Hind biroz o‘ylab, keyin lozim bo‘lgan kitoblar-
ni Barzuyaga bera boshladi. Barzuya zo‘r qo‘rquv
ichida, ehtiyotlik bilan ishga kirishib, kecha-yu
kunduz ko‘chirib yozib olish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Xullas, u kitobdan va yana bo‘lak kitoblardan nusxa
ko‘chirdi. So‘ngra ishlari qanday ekanligi haqida
Anushiravonga maktub yozib yubordi.
Anushiravon maktubni o‘qib, behad sevindi. Fa-
lakning gardishi shodlikni g‘amga aylantirmasidan
oldin Barzuyaga maktub yozib, tezda yetib kelishni
amr qildi. Xatda hushyor bo‘lish, hech narsadan
qo‘rqmaslik, kitobni yaxshi saqlash, to‘plagan nar-
salarini olib qaytishda ehtiyot bo‘lish zarurligini
uqtirib o‘tdi. So‘ngra maktubga muhr bosib qosidga
– choparga berdilar. Maktubning dushman qo‘liga
tushmasligi uchun qosidga, yashirin yo‘llar bilan
bor, hech kimning ko‘ziga ko‘rinma, deb tayinladilar.
Maktub Barzuya qo‘liga tekkach, u darhol yo‘l -
ga tushib, Anushiravon saroyiga yetib keldi.
Uning kelganini shohga xabar qildilar. Anushiravon
o‘sha zamonoq Barzuyani o‘z huzuriga taklif etdi.
42
Bar zuya ichkari kirib, bosh egib ta’zim qildi. Shoh
uning chehrasidan horg‘inligini, tashvish tortgan-
ligini, hamon hayajondan qutulmaganligini uqib,
achingan holda dedi:
– O‘zingni qo‘lga ol, ey baxtiyor inson! Sen ulug‘
ish qilding, bizning cheksiz minnatdorchiligimiz va
benihoya hurmatimizga sazovor bo‘lding. Bor, bir
hafta dam ol. Keyin kelasan, nima kerak bo‘lsa,
hammasini bajo keltirishni amr etaman.
Yetti kun o‘tgach, Anushiravon a’yon-ashrofini
chaqirtirdi. Saroy ahllari to‘plangandan so‘ng Bar-
zuyani chaqirtirib, kitobni o‘qishni buyurdi. Barzuya
o‘qigan sari o‘tirganlarning taajjubi ortar, kitobning
go‘zalligiga hayron qolar edilar. O‘qish tugagandan
keyin ular Bar zuyani olqishlab, bu ishda muvaf-
faqiyat qozongani uchun Tangriga shukur etdilar.
Anushiravon xazinalar eshigini ochishni amr
etdi. U xazinalardagi pul va javohirlardan Barzuya
tortinmay istaganicha olishi mumkinligini aytdi.
Barzuya podshohga ta’zim qilib dedi:
– Podshohning marhamati va muhabbati men
uchun hamma narsadan qimmatlidir. Qanday
mol-davlat, qanday boylik shahanshohning menga
ko‘rsatgan navozishiga arziydi? Menga shohning
salomatligidan boshqa hech narsa kerak emas.
Lekin zoti oliyning taklifi yerda qolmasin deb, sha-
hanshoh huzuriga kelganda kiyiladigan va Xuziston
kimxobidan tikilgan shohona marosim libosidan
olayin. – Barzuya so‘zini davom ettirib dedi: – Menga
topshirilgan vazifani bajarishda duch kelgan qiy-
inchiliklar, xavf-xatar va iztiroblar kutilgandan oz
bo‘ldi. Bandalarda sadoqat bilan xizmat qilmoqdan
boshqa orzu yo‘qdir. Vazifaning yaxshi bajarilishi,
43
muvaffaqiyatlar yolg‘iz shohning baxt-saodati va to-
leyi soyasida sodir bo‘ladi. Bu yerda bo‘lmagan pay-
timda sening oilamga ko‘rsatgan mehribonligingga
nisbatan qilgan xizmatim hechdir. Lekin men o‘zim
uchun shohning lutfi karami oldida kichkina sanal-
gan bir narsani istardim. Agar shoh shu istagimni
bajarsa, meni ham bu dunyo, ham u dunyoda rozi
qilgan bo‘lardi va baxtiyor shohning nomi hamisha
yaxshilik bilan yodlanadigan bo‘lardi.
Anushiravon dedi:
– Sen mening shohligimga sherik bo‘lmoqni ista-
gan taqdiringda ham tilaging qabul bo‘lur. Nimaiki
xohlasang, ochiq ayt!
Barzuya dedi:
– Shoh agar maslahat ko‘rsa, Buzurjmehr bu
kitobga mening haqimda maxsus bir fasl ilova et-
sin va unda mening kim ekanligim, nasl-nasabim,
san’atim, qaysi din va mazhabdaligimni yozsin. Shoh
bu haqda amr bersa, menga qilgan yaxshiliklari
kishilar xotirasida abadiy saqlanib qolar, mening
shohga qilgan xizmatim unutilmagan bo‘lardi.
Bu so‘zlarni eshitib Anushiravon va uning atro-
fidagilar hayron qoldilar. Barzuyaning o‘tkir aql
va iste’dod egasi ekanligini e’tirof etib, hammalari
uning bunday xohish bildirishiga haqi bor, degan
qarorga keldilar.
Anushiravonning amri bilan Buzurjmehrni cha-
qirdilar. U yetib kelgach, Anushiravon shunday
dedi:
– Sen Barzuyaning qanchalik sodiq va fidokor
ekanligini, bizning amrimizni bajo keltirish uchun
o‘z boshini naqadar katta tahlika ostiga qo‘yganini,
qanday iztiroblar chekkanligini bilasan. Biz Barzuya
44
xizmatlari evaziga istaganicha mol-dunyo olishini
taklif etgan edik. Lekin u buni rad etib, xazinadan
hech narsa olmadi. Sening bu kitobga Barzuya
haqida maxsus bob ilova qilib, uning tarjimayi
holini yozishingni iltimos qildi. Biz ham shunga rozi
bo‘ldik. Endi senga shunday bir bob yozishni va u
tamom bo‘lgach, jamoatni yig‘ib o‘qib berishingni
topshiraman. Lekin shunday qilib yozginki, sening
nimalarga qodir ekanligingni mamlakatning barcha
katta-kichigi bilsin.
Barzuya shohning buyrug‘ini eshitgach, ta’zim
etib tashakkur bildirdi. Buzurjmehr ushbu bob-
ni yozib, uni go‘zal ibora va hikmatli so‘zlar bi-
lan bezadi va shoh tayin qilgan kuni Barzuya va
mamlakat aholisi oldida o‘qib berdi. Podsho va
yig‘ilganlarning hammasi Buzurjmehr ning uslubi
va mahoratiga qoyil qoldilar. Podsho xizmat haqi
evaziga Buzurjmehr ga oltin, kumush, qimmatbaho
javohirlar va zarvaraq to‘n taklif qildi, lekin Buzurj-
mehr to‘ndan boshqa hech narsa olmadi. So‘ngra
Barzuya Anushiravonning qo‘lini o‘pib dedi:
– Alloh shohimning umrini uzun, baxtini porloq
qilsin, bu dunyoda ham, u dunyoda ham farog‘at
ko‘rsin. Podshohning bu iltifoti uning naqadar
marhamatli ekanligini yana bir karra butun dun-
yoga namoyish qildi, uning shuhratini oshirdi va
men bandasini behad mamnun etdi. Kitobxonlar
bu bobni o‘qir ekanlar, uning nima uchun yozil-
ganini tushunib, eng fazilatli ish odil shohlarga
xizmat etish ekanligini, insonlarning eng sharaf-
lisi davr podshohi tomonidan taqdirlanib, o‘ziga
yarasha mavqega erishgan kimsalar ekanligini
anglab oladilar...
|