Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


BARZUYA HAKIM HAQIDAGI BOB



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
KAMILA VA DIMNA

BARZUYA HAKIM HAQIDAGI BOB
Fors hakimlarining buzrugi Barzuya shunday 
naql qiladi: «Mening otam qo‘shin boshliqlaridan, 
onam esa Zardo‘sht pirimug‘onlari oilasidan edi. 
Allohning menga baxsh etgan ilk ne’mati ota- 
onamning muhabbati bo‘ldi. Ular mening haqimda 
qayg‘urar, boshqa farzandlaridan ko‘proq sevar, 
mening tarbiyam bilan maxsus shug‘ullanar, ye-
yish-ichishimga alohida e’tibor berar edilar. Yetti 
yoshga yetganimda tib ilmini o‘rganish uchun 
meni maktabga berdilar. Bu ilmning foydali 
ekanligini anglab, uni zo‘r ehtiros bilan o‘rgana 
boshladim. Keyin bu hunarda shuhrat qozonib, 
kasallarni davolay boshladim. Shu bilan birga, 
hamma odamlar singari men ham to‘rt narsani 
orzu qila boshladim: mol to‘plamoq, kayf sur-
moq, boshqalarning hurmatiga sazovor bo‘lmoq 
va abadiy shuhrat qozonmoq. Shuni aytish ke-
rakki, tib ilmining butun dunyoda zo‘r hurmati 
bordir. Tib kitoblarida: «Tabiblarning eng fozili 
bemorlarni pulsiz muolaja etuvchilardir, bu yo‘l 
bilan ular ham bu dunyoning, ham narigi dunyo-
ning ne’matlaridan bahramand bo‘ladilar», – deb 
yozilgan. Dehqonning urug‘ sepishdan maqsadi 
yerdan g‘alla undirib, o‘z rizq-ro‘zini topishdir. 
Hayvonlarning yem-xashagi bo‘lgan o‘t o‘z-o‘zidan 
o‘saveradi.
Xullas, qayerda sog‘ayishiga umidi bo‘lgan 
kasal odamni eshitsam, borib uni muolaja eta 
boshladim. Birozdan keyin tengqurlarimning mol 
va davlati menikidan ziyod ekanliklarini ko‘rdim. 
Nafsim ustun chiqib, mol-dunyo to‘plamoq ha-


52
vasiga tushdim. To‘g‘ri yo‘ldan ozishimga sal qoldi. 
O‘z-o‘zimga dedim: «Ey, nafs, sen foyda bilan zarar 
orasidagi farqni ko‘rmayapsan. Aqlli odam aziyati 
ko‘p, foydasi kam bo‘lgan narsani orzu qiladimi? 
Agar sen yaxshi ot qoldirib ketish fikrida bo‘lsang, 
bu foniy dunyoda ochko‘z va xasis bo‘lma. No-
to‘g‘ri fikrlardan qayt, savob orttirishga harakat 
qil. Odamning hayoti bir-biriga zid bo‘lgan to‘rt 
unsurning qorishmasidan iborat, xuddi yigirilgan 
ipga o‘xshaydi, uning uzoq vaqt uzilmasdan tura 
olishiga ishonch yo‘q.
Odam badanining a’zolari bir mix bilan qoqilgan 
oltin butga o‘xshaydi. Mix sug‘urib olinsa, but 
bo‘laklarga bo‘linib ketganidek, odamning badani 
ham yashash qobiliyatini yo‘qotib, parchalanib 
ketadi. Qarindosh-urug‘laring, do‘st-oshnolaring 
bilan ko‘pda mag‘rurlanma va ular bilan birga 
bo‘lishni ortiqcha havas qilma. Hamisha ularning 
sevinchlari qayg‘ularidan oz, g‘amlari esa shod-
liklaridan ko‘p bo‘ladi. Bu g‘am va g‘ussa ustiga 
yana hijron dardi va ayriliq alami ham insonga 
hamrohdir. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, biri 
o‘z oilasini boqish, xotini va bolalarini ta’min 
qilish uchun mol yig‘ib, boylik to‘plashga majbur 
bo‘ladi va bu yo‘lda o‘zini qurbon qiladi. Bunday 
odam olovga tashlangan xushbo‘y ud yog‘ochiga 
o‘xshaydi, uning hididan boshqalar foydalanadi, 
o‘zi esa yonib kul bo‘ladi».
Yana o‘z-o‘zimga dedim: «Sen bemorlarni mu-
olaja qilishdan qolma, jamoat hakimning qadrini 
bilmaydi, degan gaplarga quloq solma. Agar biror 
odamni o‘lim changalidan qutqarib olishga mu-


53
vaffaq bo‘la olsang, buning savobi har narsadan 
ko‘p ekanligini nazarga ol.
Uzoq davom etgan og‘ir kasallik tufayli bo-
la-chaqasi bilan osh-nonga muhtoj bo‘lib qolgan 
bir odamni muolaja etish va uning salomatligini 
qaytarib berish qanchalik savob ish ekanligini 
kim e’tirof etmaydi?»
O‘z nafsim bilan olishib, o‘zimni yana to‘g‘ri 
yo‘lga sola bildim. Hech narsa olmasdan sid-
qidil bilan bemorlarni davolay boshladim, uzoq 
muddat shu ish bilan mashg‘ul bo‘ldim. Bu xiz-
matim evaziga rizqi ro‘z darvozalari qarshimda 
ochila berdi. Shohlar menga birin-ketin sarupolar 
in’om qila boshladilar, xazina darvozasini ochib 
qo‘ydilar. Hindiston safaridan avval ham, keyin 
ham kam bo‘lmadim. Boylikda, shon-u shavkatda 
o‘z tengdoshla rimdan o‘zib ham ketdim.
Kunlardan bir kun men tib ilmining muvaffaqi-
yatlari va natijalari haqida, beradigan foyda va 
samaralari borasida fikr yurita boshladim. Natija-
da, tib ilmi sog‘liqni abadiy saqlay olmaydi, hech 
bo‘lmasa biror kasallikni tamomila yo‘qotib, uni 
qaytib kelmaydigan qila ol maydi, degan xulosaga 
keldim. Bas, shunday ekan, aqlli odam tib ilmini 
shifo baxsh etuvchi ilm deb hisoblay oladimi? 
Shunda savob ishlar qilib, oxiratni o‘ylash men-
ga zarurroq ko‘rina boshladi. Aytishlariga ko‘ra, 
oxiratni o‘ylash har qanday kasallikni bir yo‘la 
yo‘qotadi, yo‘qotganda ham qaytib kelmaydigan 
qilib yo‘qotadi.
Men mana shularning hammasini o‘ylab chiq-
qandan so‘ng tib ilmidan qo‘l tortib, ilohiyot bilan 


54
mashg‘ul bo‘la boshladim. To‘g‘risi, men endi av-
vali-yu oxiri ko‘rinmay digan bir yo‘lga tushdim. 
Yo‘l qorong‘i va xatarli edi. Na bir yo‘l biluvchi 
odam bor edi, na bir yo‘l yorituvchi mash’al. Tib 
kitoblarida ham bu haqda bir narsa deyilmagan 
ediki, o‘shanga suyanib shak va shub hadan, 
hayrat va taradduddan qutulsam. Turli xalqlar-
ning dini orasida ham katta farq va ziddiyat bor 
edi. Ularning orasida xoliq va maxluq, yaratuvchi 
va yaratiluvchining kelib chiqishi, dunyoning oxiri 
haqida katta-katta tortishuvlar bo‘lardi, ularning 
har birisi o‘zi aytgan so‘zlarni to‘g‘ri, muxolifning 
aytganini noto‘g‘ri deb bilardi.
Shunday o‘ylar bilan shak va shubha sahro-
sida goh oldinga ketar, goh orqaga chekinardim, 
tepalar oshib, vodiylarni bosib o‘tardim, lekin na 
maqsadga olib boradigan va na haqiqatga erishti-
radigan to‘g‘ri bir yo‘l topa bilardim. Nihoyat, bu-
tun din olimlari bilan ko‘rishib, ularning e’tiqod-
larini o‘rganib, yuragimga mos to‘g‘ri bir tariqat 
topishga ahd qildim. Butun din-mazhablar bilan 
chuqur tanishib chiqdim, qarasam, har toifa o‘z 
dinining ustunligidan lof uradi, boshqalarnikini 
esa yomonlaydi. Men ulardan birontasiga ham 
ergashmadim, o‘z dardimga darmon topolmadim. 
Ularning hammasi bema’ni-beburd ekanligi men-
ga oydin bo‘ldi. Aqlli odam ularning so‘zlaridan 
hech birisini qabul eta olmas edi.
O‘z-o‘zimga dedim: «Agar men bunday mulo-
hazalardan so‘ng bu dinlardan birini qabul etsam, 
quyi dagi hikoyatda bayon etilgan nodon o‘g‘ri 
ahvoliga tushib qolaman».


55

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin