Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


ONA SHER, SHAG‘OL VA OVCHI BOBI



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
KAMILA VA DIMNA

ONA SHER, SHAG‘OL VA OVCHI BOBI
Roja dedi:
– Shohlar bilan mulozimlar o‘rtasida yuz ber-
gan mojarolar haqidagi, mamlakatni idora qilish 
ishlarini tartibga solmoq uchun jafo chekkan va 
tuhmatga uchrab zulm ko‘rgan sodiq xizmatchi-
ga ishonib, yana avvalgi munosabatini tiklagani 
haqidagi rivoyatni eshitdim. Endi o‘z rohatini 
ko‘zlab, boshqalarga aziyat bergan, ammo boshiga 
kulfat tushgandan keyin aqlli odamlarning masla-
hatiga quloq solib, o‘zini og‘ir ahvoldan qutqara 
olgan bir kimsa to‘g‘risida hikoya aytib bersang.
Brahman dedi:
– Yaxshilik bilan yomonlik, foyda bilan ziyon-
ning farqiga bormaydigan ahmoqlardan bosh qa 
hech kim o‘zgalarga azob berishni o‘zlariga ravo 
ko‘rmaydilar. Yolg‘iz johillargina o‘z ishlarining 
nima bilan tamom bo‘lishini bila olmaydilar. Aqlli 
odam o‘ziga ravo ko‘rmaganni o‘zgaga ham ravo 
ko‘rmaydi.
Bilmoq lozimdirki, har bir yomonlikning bir 
jazosi bor. Yomonlik qilgan odam, albatta, o‘z 
jazosini tortishi kerak. O‘z yomonligini niqoblagan, 
hiyla ishlatib, o‘zini yaxshi ko‘rsatgan, zohiran o‘zi-
ni xalqqa xayrixoh qilib ko‘rgazib yurgan odam, al-
batta, ertami, kechmi qilmishlarining ajrini ko‘radi. 
Bunday odam yolg‘iz jazosini tortgandan keyingina 
ibrat darsini olib, foydali ishlarga mayl ko‘rsatadi-
gan bo‘lishi mumkin. Bunga misol qilib ona sher, 
shag‘ol va ovchi hikoyasini keltirsa bo‘ladi.
Roja so‘radi:
– U qanday hikoya?


290
Brahmanning hikoyati
Halab viloyatida bir o‘rmon bo‘lib, unda bir ba-
haybat ona sher yashar edi. Uning qiladigan ishi 
hamisha qon to‘kish edi. Uning Qoraquloq degan 
mulozimi sherning sitamkorligi va qonxo‘rligi 
oqibatidan juda qo‘rqar edi. O‘ylab-o‘ylab uning 
xizmatidan ketishga qaror qildi.
Bir kuni Qoraquloq ona sher o‘rmon chetiga 
chiqib o‘tirgan edi, bir sichqonning jahd-u jadal 
bilan daraxt tomirini kemirayotganini ko‘rib qoldi.
Daraxt tilga kirib, unga dedi: 
– Ey, dilozor va sitamkor! Nima uchun jonim 
rishtalarini qirqyapsan?
Sichqon uning nola-yu zoriga e’tibor bermay, 
o‘z ishini davom ettiraverdi. Nogoh bir burchak-
dan bir ilon chiqib, sichqonga hamla qildi va bir 
damda uni yutib yubordi. Qoraquloq bu voqeadan 
«dilozorning jazosi ozor ekan» degan xulosa chiqa-
rib oldi.
Shu vaqt bir tarafdan tipratikan kelib, ilon-
ning dumidan tishladi-yu, boshini ichiga tortib, 
g‘ujanak bo‘lib oldi. Ilon jahl bilan unga o‘zini ura 
boshlagan edi, a’zoyi badanini tikanlar pora-pora 
qilib yubordi. Ilon o‘sha zahoti o‘ldi. Qoraquloq 
bundan ham ibrat darsi oldi. Ilon o‘lgach, tipra-
tikan boshini chiqarib, uning yaxshi-yaxshi joyi-
dan tanlab edi. Qorni to‘ygach, daraxt soyasida 
koptokdek bo‘lib yumalab, huzur qilib yotgan edi, 
nogoh bir och tulki kelib qoldi. Tipratikanning 
nayzalaridan qo‘rqib, uni hiyla bilan o‘ldirmoqchi 
bo‘ldi. U tipratikanni ag‘anatib qorniga yozildi. 


291
Tipratikan yomg‘ir yog‘yapti, shekilli, deb o‘ylab, 
boshini chiqargan ham ediki, tulki bir hamla 
bilan uni cho‘rt uzdi, bo‘shashib, qorni ochilib 
qolgan tipratikanni ishtaha bilan yeb oldi. Shu 
vaqt bo‘riga o‘xshagan vahshiy bir it kelib, tulkini 
turgan yerida bo‘g‘ib, uning go‘shti bilan ochligini 
qondirdi.
Qoraquloq bu ajoyibotlarni ko‘rib, hayron qolib 
yotar edi.
It endi dam olishga hozirlik ko‘rayotganda bir 
qoplon kelib, uning siynasidan oldi. Qoplon hali 
itni tugatmagan ham edi, ovchi kelib, bir o‘q bilan 
uni jo-bajo qildi. Qoplonning joni hali uzilmagan 
edi, yerdan bir otliq o‘tib qoldi. Unga qoplonning 
terisi yoqib qolib, ovchi bilan urisha boshladi. 
Qilich solib ovchining boshini tanidan judo qildi 
va qoplonning terisini olib yo‘lga tushdi. U yuz qa-
dam ham yurmagan edi, oti qoqilib, yerga yiqildi. 
Gardani sinib, u shu on halok bo‘ldi.
Qoraquloq bu voqealarni ko‘rgandan so‘ng 
sherning huzuriga kelib, safar qilmoqqa undan 
ijozat so‘radi.
Sher dedi: 
– Mening davlatim soyasida osoyishta hayot 
kechiryapsan. In’omimdan bahramandsan, tag‘in 
nima uchun ketmoqchi bo‘lib qolding?
Qoraquloq dedi: 
– Agar ketmasam, g‘amdan yuragim yorilishga 
yetdi, aytsam boshim xatarda. Agar omon qoldi-
rishga ont ichsang, aytib beraman. 
Sher uni omon qoldirishga so‘z berdi.
Qoraquloq dedi: 


292
– Qilayotgan ishlaring xaloyiqqa ozor va be-
gunohlarga sitam ekanligini ko‘rib turibman. 
Uning oqibatidan qo‘rqqanimdan xizmatingni 
tark etmoqchiman. Sen tufayli mening boshim-
ga yomon kunlar kelishi mumkin. Bu dunyoni 
tog‘ga o‘xshatadilar. Uning orasidan turib nima 
deb baqirsang, o‘sha so‘zning aks-sadosini eshi-
tasan...
Men bugun birovlarga ozor yetkazgan kimsa-
ning, albatta, jazoga mustahiq bo‘lishining sho-
hidi bo‘ldim, – deb o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlarini 
birma-bir sherga aytib berdi.
Sher juda mag‘rur va g‘azabnok bo‘lgani uchun 
Qoraquloqning nasihatlari uning qulog‘iga kirma-
di. Shundan keyin u sherning xizmatini tark etib, 
yo‘lga chiqdi. G‘azabidan tushmagan sher uning 
izidan boraverdi. Qoraquloq buni sezib, o‘zini qalin 
tikanzor ichiga oldi. Sher uni ko‘rmay, o‘tib ketdi. 
Qarshisida bir ohuning ikki bolasi o‘tlab yurar, 
mehribon onasi esa ularni qo‘riqlab turar edi. Ona 
ohu sherni ko‘rgach, faryod qilib dedi:
– Bu ikki norasida go‘dakni yeganing bilan 
to‘ymay san. Yalinaman, nuridiydalarim firoqida 
meni yig‘latma, bag‘rimni qon qilma! Axir, sening 
ham farzandlaring bordir. Ularga ham balo yetishi 
mumkin, o‘zing ham jazosiz qolmagaysan.
Haqiqatan ham, sherning ikki bolasi bor edi. 
Sher ohu bolalariga qasd etib turganida, bir ovchi 
uning bolalariga kamonini to‘g‘rilab turgan edi. 
Bu yerda sher ona ohuning nolayi zoriga boqmay, 
uning bolalarini yedi, u yerda esa sherning ikki 
bolasini ovchi otib, terisini shilib ketdi. Sher kelib


293
o‘z farzandlarining o‘ldirilganliklarini ko‘rgach, 
yurak-bag‘ri o‘rtanib zor-zor yig‘ladi.
Sherning bir shag‘ol qo‘shnisi bor edi. U sher 
qoshiga kelib dedi: 
– Nima bo‘ldi, nega muncha faryod qilasan?
Sher bo‘lgan hodisani aytib berdi.
Shag‘ol dedi: 
– Har bir narsaning avvali ham, oxiri ham bo‘ladi. 
Umr nihoyasiga yetib, ajal kelganda, uning chorasi-
ni ko‘rib bo‘lmaydi. Dunyoning ishi shunday. Har 
bir g‘am orqasi dan shodlik, har bir shodlik orqa-
sidan kulfat keladi. Otalarimiz, qazoning ishiga 
chidashdan boshqa chora yo‘q, deganlar... Yetar, 
qo‘y, oh-u fig‘on ko‘tarma. Qilgan ishlaringni ko‘z 
o‘ngingga keltir. Sen boshqalarga bundan ham og‘ir 
kulfatlar yetkazgansan. Kim nima qilsa, o‘sha narsa 
uning oldiga keladi. Agar sen bu yovuzliklaringga 
barham bermasang, bundan ham ko‘p musibatlar 
ko‘rasan. Rohatda yashamoqchi bo‘lsang, o‘zingdan 
zaiflarga aziyat berma.
Sher dedi: 
– Qo‘rqmay, fikrlaringni ochiqroq bayon et.
Shag‘ol so‘radi: 
– Sen necha yoshga kirding?
Sher javob berdi: 
– Yuzga.
Shag‘ol so‘radi: 
– Sen bu yuz yil ichida nima bilan oziqlanding?
Sher javob berdi:
– Hayvonlarning va insonlarning go‘shti bilan.
Shag‘ol dedi: 
– Xo‘p, yillar davomida sen yegan bu hayvon 
va insonlarning ota-onalari yo‘qmidi? Ayriliq va 


294
hijron dardi ularning qalblariga o‘t yoqib, yurak-
lariga dog‘ solmaganmikin? Agar qon to‘kish bilan 
mashg‘ul bo‘lmaganingda, bunday bir musibat 
sening boshingga tushmas edi...
Sher bu so‘zlarga sabr bilan quloq solib, ular-
ning to‘g‘ri ekanligini angladi. Qonxo‘rlikdan voz 
kechib, go‘sht yemoqni tark etdi va mevalar bilan 
kun kechira boshladi...
Shag‘ol o‘z nasibasi bo‘lgan mevalarning ozayib 
ketayotganini ko‘rib, juda xafa bo‘ldi. Ularni sher 
yeb qo‘yayotganligini bilib dedi: 
– Qorin to‘ydirishning xo‘p oson yo‘lini topib 
olibsan. Endi sen o‘zingdan zaif hayvonlarning 
nasibasini tortib ola boshlading. Senga meva 
chidaydimi? Sal o‘tmay barcha mevalar tugay-
di, ko‘p hayvonlar ochlikdan halok bo‘ladilar. 
Chunki ularning taomlariga dahshatli bir sherik 
paydo bo‘ldi. Sening go‘sht yeyishing jonivorlarni 
dahshatga solganidek, meva yeyishga o‘tishing 
ham ularni tashvishlantirmoqda. Baribir, sendan 
xalqqa avval ham zulm va sitam yetar edi, hozir 
ham. Sening ahvoling maymunning mevasini yeb 
qo‘ygan cho‘chqaning holiga o‘xshaydi.
Sher so‘radi: 
– Cho‘chqaga nima bo‘pti?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin