298
qayerdan ekanligini va qayerga ketayotganligini
surishtirdi.
Mehmon javob berdi:
– Sarguzashtlarim juda uzun. Sizga malol kel-
masa, aytib beray.
Zohid dedi:
– Kimki qissaga quloq solsa, albatta, uning har
biridan o‘ziga hissa oladi. Ko‘rgan-bilganlaringizni
va har bir safardan olgan foyda va zararingizni
so‘zlab bering.
Mehmon dedi:
– Mening aslim farangdir. O‘z yurtimda og‘ir
mehnat bilan tirikchiligimni o‘tkazaman. Mening bir
dehqon do‘stim bor edi. U menga yordam qilib, qarz-
ga g‘alla
berib turar, pulimni ber deb shoshirmas
edi. Bir kuni meni o‘z bog‘iga chaqirib mehmon qildi
va qizg‘in suhbat asnosida mendan so‘radi:
– Sen o‘z kasbingdan qancha foyda olasan?
Sarmo yang qancha-yu, foydang qancha?
Men o‘z ahvolimni qisqacha bayon qilib dedim:
– Do‘konimdagi dastmoyam yigirma xarvar
1
g‘alladir, undan oladigan foydam oilamga yetib
turadi.
Dehqon dedi:
– Yo‘g‘-e, foydang ko‘proq bo‘lsa kerak?
Men dedim:
– Sening hunaring qancha foyda beradi?
U javob berdi:
– Mening dastmoyam kam bo‘lmasa ham, foy-
dasi benihoyadir, Ozgina urug‘ sepib, ko‘p
hosil
olaman.
1
Xarvar — bir eshak ko‘taradigan yuk (og‘irlik o‘lchovi).
299
Men hayron bo‘ldim va dedim:
– Qanaqa qilib?
Dehqon dedi:
– Taajjub qilma, bir dona boshoq hech narsa
emas, lekin undan ancha bug‘doy undirib olsa
bo‘ladi. Kasbim juda foydali. – Dehqonning bu
so‘zlarini eshitgandan so‘ng do‘konni berkitib,
dehqonchilik qilmoqchi bo‘ldim.
Buni mahallamizdagi bir shayx
eshitib qolib,
meni chaqirtirdi va
dedi:
– Sen o‘z kasb-koringga qanoat qil. Undan or-
tig‘ini istama. Hirs shumlik keltiradi.
Men dedim:
– Ey, shayx, men foydasi ko‘proq ish bilan
shug‘ullanmoqchiman. Shunda tirikchiligim
osonlik bilan o‘tadi deb o‘ylayman.
Shayx dedi:
– Ko‘p muddatdan beri shu kasbing bilan ku-
ning o‘tib turibdi. Dehqonchilik kuch va mehnat
talab qiladi. Soddalik qilma va o‘z ishingni tash-
lama. Kimki o‘z
kasbini tashlab, nomunosib ish-
ga yopishsa, qarg‘aning boshiga tushgan savdo
uning ham boshiga tushadi.
Men so‘radim:
– Qarg‘aning boshiga nima savdo tushibdi?
Dostları ilə paylaş: