Vazirning navbatdagi hikoyati
Bir kishining bir eshagi bo‘lgan. Uni egasi nuqul
arpa bilan boqar edi, eshak semirib ketib, qutura
boshladi. Bir kuni uni egasi sug‘ormoqqa olib ke-
tayotgan edi, u uzoqdan moda eshakni ko‘rib qol-
di. U hangrab, egasining qo‘lidan chiqib ketmoqchi
bo‘ldi. Egasi eshakni zo‘rg‘a bir daraxtga bog‘lab,
o‘zi moda eshak egasining yoniga bordi va dedi:
– Mochangni chetroqqa ol, tag‘in mening esha-
gim unga zarar yetkazib qo‘ymasin.
U kishi moda eshakni chetga oldi.
Nar eshak hamon hangrar va arqonni uzib ke-
tishga tirishar edi. Boshini siltab, no‘xtasidan chi-
qarib olmoqchi bo‘lib, yerga engashgan edi, bir ta-
yoqqa ko‘zi tushdi va o‘z-o‘ziga dedi: «Bu yog‘och
yordamida odamlar bilan urishib bo‘lmaydi, buning
ustiga men yog‘och bilan jang qilish qoidalarini bil-
mayman, lekin har holda duch kelganlarni, ayniq-
sa, bunday qurol bilan urishishni bilmaganlarni
savalab g‘olib kelaman. Agar qo‘limga nayza tushib
qolsa, nimalar qilmas edim? Unda men osonlikcha
yuz otliqni yerga qulatardim. Demak, albatta, bir
nayza topishim kerak. Agar ota-bobolarim shun-
day bir narsaning hozirligini ko‘rib ketganlarida
edi, meni bu og‘ir vazifadan ozod qilgan bo‘lar edilar».
Shu payt bir kishi uzun shoxli echkini yetak-
lab suv tomon o‘tib qoldi. Eshak echkini, unda o‘zi
orzu qilayotgan narsani – uchi ingichka shoxlar-
ini ko‘rib hayron qoldi, keyin o‘z-o‘ziga dedi: «Bu
echkining nayza, o‘q va boshqa aslahalari bo‘lma-
sa edi, bunday mag‘rur yurmas edi. Shubhasiz, u
urishish qoidalarini ham yaxshi biladi. Bu yerdan
qochib, echkining yoniga borishga muvaffaq bo‘la
357
olsam, unga biroz xizmat qilib, hamma narsani
o‘rganib olar edim. Keyin xizmatlarim evaziga asla-
halaridan ba’zilarini menga berardi».
Echki esa eshakning xatti-harakatlaridan qu-
turganini bilib, turgan joyida qotib qoldi. Suv ichish
ham yodidan ko‘tarildi. Eshak ham echkining suv
ichmay, ag‘rayib turganini ko‘rib, o‘ylay ketdi:
«
Uning suv ichmayotganidan ko‘rinib turibdiki,
mening miyamdagilarni bilib olgan. U menga qarab
sevinmoqda. Ulug‘ Olloh bu ishda menga madad
berdi, bu xayol ko‘nglimga kelishi bilanoq orzuyim-
ga yetishdim. Mening yulduzim qaysi yulduz ekan-
ligini, peshanamga nimalar yozilganini, boshimga
nimalar kelishligini bilsaydim, qanday yaxshi bo‘lar
edi! Agar menga baxt-saodat yuz bersa, unda oddiy
maxluq emas ekanman, yer yuzidagi hamma hay-
vonlarning shubhasiz, eng afzali ekanman».
Echkining egasi uning suv ichmaganini ko‘rib,
uyiga qaytarib olib ketdi. Uning uyi shu yaqin
orada edi. Eshak echkini kuzatib, qaysi hovliga
kirib ketganini bilib oldi. Birozdan keyin eshak-
ning egasi ham uni qaytarib olib ketdi, oxurga
bog‘lab, yem to‘kdi. Lekin echkining oldiga bor-
ish orzusi bilan o‘rtanayotgan eshakni na yem, na
suv qiziqtirmasdi. U o‘ylab, tadbir axtara boshladi
va nihoyat, o‘z-o‘ziga dedi: «Men kechasi qochib,
echki yoniga borishim mumkin...».
Kechasi hamma uxlaganidan keyin eshak
eshik ni buzib, echkining yoniga ketdi. Borib qa-
rasa, eshik qulf ekan. Eshik tirqishidan mo‘ralab,
echki ning bog‘siz turganini ko‘rdi va ertalabga-
cha bir burchakda yashirinib turdi. Ertalab egasi
echkini uzun arqonga bog‘lab sug‘organi olib ket-
358
di, egasi oldinda, echki ancha orqada ketar edi.
Eshak echki ga yaqinlashib, o‘z tilida unga gapira
boshladi. Echki bu tilni bilmaganligi uchun tush-
unmay qo‘rqib ketdi. Eshak yaqinlashgani sari u
hurkib qochar edi. Buni sezgan echkining egasi
eshakni tutib olmoqchi bo‘ldi, keyin o‘z-o‘ziga
dedi: «Agar eshakni olib ketsam, bular bir yerda
tura olmay urishadilar. Yaxshisi, uni quvib yubo-
ra qolay». U qo‘lidagi yog‘och bilan eshakni urdi.
Eshak qochdi. Lekin echki egasi yo‘lga tushishi
bilan u yana kelib, echkiga gapira boshladi. Ech-
ki uni suzmoq chi bo‘lib shoxlarini ko‘rsatdi. Buni
sezib qolgan echki egasi eshakni urdi, eshak qoch-
di, keyin yana echkiga yaqinlashdi, kishi yana uni
urdi. Shunday qilib, eshak uch martaba echkiga
yaqinlashishga harakat qildi, har gal kaltak yedi.
Shunda eshak o‘z-o‘ziga dedi: «Echkiga yaqin-
lashib o‘z maqsa dimni unga tushuntirishga xalal
berayotgan birgina shu kishidir». Ushbu so‘zlarni
aytib kishi ustiga tashlandi va yelkasiga tishlari
bilan shunday qattiq yopishib oldiki, bechora o‘z
jonini eshakdan zo‘rg‘a qutqarib qoldi.
Kishi eshakning quturayotganini ko‘rib dedi:
«Uni ushlab bog‘lab qo‘ysam, mening boshimga
bir falokat solishi mumkin. Yaxshisi, unda bir ni-
shon qoldiray, egasini ko‘rganimda eshagi yetkaz-
gan zararni to‘lashni undan talab qilay». Aytganini
qilib, pichog‘ini chiqardi va eshakning ikki qulog‘ini
shart kesib oldi. Eshak uyiga qaytib keldi. Egasi-
dan shunday kaltak yediki, bu qulog‘ining kesi-
lishidan va quloqsiz qolishdan ko‘ra og‘irroq tuyul-
di. Shundan keyin eshak dedi: «Mening ajdodlarim
ishning oqibati bunday xunuk bo‘lishini bilganlari-
359
dan, azob-uqubatga chidab, insonga xizmat qilish-
ni afzal ko‘rgan ekanlar-da!».
Shoh dedi:
– Men aytganlaringni eshitdim, ammo sen nega
bu ishdan qo‘rqasan? Xudo ko‘rsatmasin, agar
bu ishning uddasidan chiqa olmasak, sen zarar
ko‘rmaysan-ku. Biz hamisha o‘zimizni uning zi-
yonli natijalaridan saqlay olamiz.
Shohning o‘z fikrida qattiq turib olganligini
ko‘rgan vazir ortiqcha qarshilik qilmay, rozilik
berdi.
So‘ngra shoh farmon berib, butun mamlakatga
jar soldirdi: «Har bir yosh-u qari tog‘dan bir bog‘
o‘tin kesib, falon kuni, falon soatda saroyga kel-
sin». Odamlar zo‘r qiziqish bilan bu ishga kirish-
dilar. Shoh shamol pasayib turgan paytni poylab,
o‘tinlarni teshik og‘ziga qalashni, ustini tosh bi-
lan bostirishni, ro‘parasida katta devor qurishni
buyurdi. Jamoat bu ishni ham ortig‘i bilan bajardi.
Yoriqdan esadigan shamol butunlay to‘xtab, o‘lka
yelsiz, shamolsiz qoldi. Bir yil o‘tmasdan tog‘dagi
o‘tlar, daraxtlar quriy boshladi. Yirtqich, vahshiy
va boshqa hayvonlar qirilib ketdi, ariq va buloqlar
quridi. Dahshatli qurg‘oqchilik boshlandi. Vabo
ko‘p odamlarni halok qildi. Mamlakat aholisi qan-
chalik urinib harakat qilmasin, falokat va musi-
batdan o‘zini xalos eta olmadi. Nihoyat, tirik qol-
ganlar qo‘lga qurol olib isyon ko‘tardilar, saroyga
borib shohni, uning vazirini, xotini, bola-chaqasini
o‘ldirdilar. Keyin yoriqqa borib, devorni buzib tash-
ladilar, toshlarni uloqtirdilar, bostirilgan o‘tinga o‘t
qo‘yib yubordilar. Yoriq ochildi. Ko‘pdan beri o‘tish-
ga yo‘l topa olmay turgan shamol birdan guvullab
360
o‘sha ochilgan yoriqdan otilib chiqdi va olovni bu-
tun mamlakatga yoyib yubordi, har yerda yong‘in
boshlandi. Bu yong‘in ikki kecha-yu ikki kunduz
davom etib, barcha shahar va qishloqlar, daraxtlar,
hayvonlarning kulini ko‘kka sovurdi...
Sichqonlar shohi dedi:
– Aytib bergan hikoyangni eshitdim. Lekin otalar
debdurlarki: «Ayagan ko‘zga cho‘p tushar». Manfaa-
ti ko‘p bo‘lgan ishni boshlashni istagan, lekin biror
xato, zarar ro‘y berishi mumkinligidan qo‘rqib, bu
ishdan qo‘l tortgan odam yuksak martabalarga ye-
tisha olmaydi. Bunday odamlar yolg‘iz tasodifdan
yuk
sak darajaga ko‘tarilishlari mumkin. Odam
uchun mardlik va qahramonlik buyuk baxtdir. Bu
dunyodan ketayotganida inson yaxshi nomdan
bo‘lak hech narsani o‘zi bilan olib keta olmaydi.
Vazir dedi:
– Shohim, sen haqsan. Lekin har bir ishning oqi-
bati yaxshi bo‘lavermaydi. Aqlli odamlar aytadur-
larki, «qasddan o‘zlarining boshiga balo keltiruv-
chilar xalos etilishga loyiq emasdirlar. O‘z o‘limiga
sababchi bo‘lganlarga jannatda joy bo‘lmaydi».
Shoh dedi:
– Mening fikrimcha, bunday aqlli maslahat bera
olar ekansan, demak, g‘alaba muqarrardir. Albat-
ta, sen bizning zafar qozonishimizga yordam etish-
ing kerak.
Bu masala ustida avvaldan reja tuzib qo‘ygan
vazir shohning bu ishga butun vujudi bilan beril-
ganligini ko‘rib, dedi:
– Men faqatgina qo‘limdan kelgan maslahat-
ni berishim mumkin. Men shohning aql va zako-
da bebadal ekanligini bilganim uchun yuqoridagi
361
gaplarni aytishga jur’at etdim. Mening o‘zimga kel-
ganda esa shoh biladi, unchalik ilmim zo‘r emas,
rejala
rimning muvaffaqiyatli bo‘lishi yolg‘iz
shohning baxti va toleyiga bog‘liqdir. Olimlar ham,
johillar ham aqlli odam ahmoq bilan maslahat-
lashishi kerak, deydilar. Chunki ahmoqning ayt-
ganining aksi qilinsa, foydali bo‘ladi. Lekin aqlli
odam ahmoqqa faqat ikki holdagina murojaat qila-
di: birinchi – bosh qalarning sirini o‘rganish va o‘z
siri boshqalarga oshkor bo‘lgan yoki bo‘lmaganini
bilishni istaganda; ikkinchi – ahmoqning tabiatida
ishga foydasi tegadigan xususiyat bo‘lgan taqdirda.
Men bu haqda gapirar ekanman, shohning aql va
zakovatiga suyanib, uning g‘azablanmay, so‘zlar-
imni sabr bilan ting lashiga ishonardim.
Shoh dedi:
– So‘zlaringning barchasi to‘g‘ri, ammo ilming
yetarli emasligi haqida aytganlaring o‘rinli emas.
Mening fikrimcha, sen hammadan har sohada
ustunsan...
Shundan keyin shoh uchala vaziri bilan masla-
hatlasha boshladi. U eng kichik vaziriga murojaat
qildi. Vazir dedi:
– Meningcha, biz juda ko‘p qo‘ng‘iroqchalar
tayyorlab, uni har bir mushukning bo‘yniga ilib
qo‘yaylik. Ular yurganda qo‘ng‘iroqchalar ovozini
eshitib, bizlar o‘z inlarimizga berkinib olamiz va
shunday qilib, jonimizni saqlab qolamiz.
Shoh ikkinchi vaziridan so‘radi:
– Sen bunga nima deysan?
U dedi:
– Men bu fikrga qo‘shilmayman. Aytaylik,
qo‘ng‘iroq chalar tayyor bo‘ldi, lekin kim uni hat-
to eng kichik mushuklarning bo‘yniga taqishga
362
jur’at eta oladi? Meningcha, hammamiz bir yilga
sahroga chiqib ketsak. Biz g‘oyib bo‘lgandan ke-
yin odamlarning mushuklarga ehtiyojlari qolmay-
di, behuda boqishdan tinkalari qurib, ularni qirib
tashlaydilar. Qochib qutulganlari esa har tomon-
ga to‘zib ketadilar, sahrolarda yovvoyilashib, sha-
harga kelmaydigan bo‘ladilar. Ana shundan keyin
biz shaharga qaytib kelib, mushuklarsiz tinch ha-
yot kechirishimiz mumkin.
Shoh katta vaziridan so‘radi:
– Sherigingning bu aytganlariga nima deysan?
U dedi:
– Mening fikrimcha, bu reja ham to‘g‘ri emas.
Avvalo, bir yilda odamlar mushuklarni boshqa yer-
larga ko‘chirib, yo‘q qilib yuborishlariga ishonmay-
man. Ikkinchidan, sahroda boshimizga shunday
azob-uqubatlar tushishi mumkinki, ularning oldi-
da mushuklarning zulmi holva bo‘lib qoladi. Axir
sahroda mushukdan ham yomon ilon, qo‘shoyoq,
kalxatlar bor.
Shoh dedi:
– Rost aytding. Qani, sen nima tadbir ko‘rishga
maslahat berasan?
Vazir dedi:
– Men faqat birgina tadbirni ma’qul deb topaman.
U ham bo‘lsa quyidagidir: shoh amr etsinlarki, sa-
royda yashaydigan, shaharda in qurgan, atrofga
yoyilgan barcha sichqonlar bu yerga to‘plansinlar;
har bir sichqon o‘zi yashaydigan joyida butun sich-
qonlarni sig‘dira oladigan bir uya qursin va unga
o‘n kunga yetadigan oziq-ovqat g‘amlasin, undan
tashqariga chiqadigan yettita teshik va gilam, mato
saqlanadigan omborga uchta teshik ochsin. Ana
363
shundan keyin hammamiz bittagina mushugi bor
biron davlatmand odamning omboriga to‘planib
borib, uning matolari, gilamlari, kiyim-boshlar-
ini chaynab, tit-pitini chiqara boshlaylik, lekin
don, oziq-ovqat va boshqa ozuqalarga tegmaylik.
Buni ko‘rgan uy xo‘jayini bir mushuk-sichqonlar-
ning uddasidan chiqa olmayapti, shekilli, deb
ikkinchi mushukni ham olib keladi. Shundan
keyin biz ishga yana ham qattiq kirishib, yana
ham ko‘proq ziyon yetkaza boshlaymiz. Uchin-
chi mushukni keltirgandan keyin biz avvalgidan
ko‘proq harakat qilib, yolg‘iz to‘qilgan va tikil-
gan mollarnigina emas, barcha oziq-ovqatlar-
ning ham pes-moxovini chiqara boshlaymiz. Uy
egasi mushuklar sonini orttirgan sari biz ham
ko‘proq zarar yetkazaveramiz... Shundan keyin
uy egasi o‘ylab, «men mushuklar sonini orttir-
ganim sari sichqonlar mollarimni shuncha ko‘p
xarob qilmoqdalar, endi mushuklarni ozay-
tirib ko‘ray-chi, nima bo‘lar ekan», deb o‘ylab
qoladi. U mushukning birini quvib yuboradi,
shunda biz ham biroz o‘zimizni tiyamiz. Buni
ko‘rib mushukning nima foyda, nima ziyoni
bor ekanligini tezda fahm qilgan xo‘jayin ikkin-
chi mushukni ham haydaydi, shundan keyin
biz ham unga zarar berishni to‘xtatamiz. Buni
ko‘rgan xo‘jayin mushukning uchinchisini ham
quvib yuborishga majbur bo‘ladi. Shundan ke-
yin biz ham uning uyini butunlay tark eta-
miz. Uy egasi unga berilgan zararlarning boisi
mushuklar ekanligi, ularning bizlarga qilgan
jabr-zulmi tufayli qasos olish uchun bu ishlar-
ni qilayotganimizni tushunadi va ularni uyidan
364
quva boshlaydi. Natijada mushuklar bu uyga
mutlaqo kelmaydigan bo‘ladilar. Shundan keyin
biz o‘z ishimizni davom ettirib, boshqa uyga bo-
ramiz, undan yana boshqasiga va hokazo. Xul-
las, shunday qilamizki, oxirida hamma odamlar
mushuklarning zararli ekanligini tushunadilar
va xonaki mushuklarnigina emas, yovvoyilarini
ham qirib tashlaydilar. Shunday yo‘l bilan biz
mushuklar balosidan xalos bo‘lamiz.
Shoh vazirning bu tadbirini ma’qulladi va uni
amalga oshirishga kirishishni amr etdi. Olti oy
o‘tar-o‘tmas odamlar sichqonlardan keladigan
zararning hammasini mushuklardan ko‘radi-
gan bo‘ldilar. Ularni uylaridan quvib, o‘ldira
boshladilar. Oz vaqt ichida shahardagi barcha
mushuklarni qirib yubordilar yoki uzoq-uzoq
yerlarga olib borib tashladilar. Oxirida shun-
day ahvolga yetib kelindiki, agar biror odam bi-
rovning kiyimi yoki palosi teshilganini ko‘rgudek
bo‘lsa: «Bu shahar yonidan mushuk o‘tib ketib-
di shekilli», – deydigan, odamlar va hayvonlar
orasida kasallik tarqalsa: «Bu shaharga mushuk
kelibdimi», – deydigan bo‘lib qoldilar. Sichqonlar
mana shu hiyla bilan mushuklardan qutulib, ro-
hat-farog‘atda yashadilar.
Jisman zaif kichkina bir hayvon o‘z dush-
manidan xalos bo‘lish chorasini topa olar ekan,
o‘zining bilimdonligi va tadbirchanligi bilan bu-
tun jonivorlardan yuksak bo‘lgan inson o‘z dush-
manidan xalos bo‘lishga kirishsa, nima ishlar
qilmasligi mumkin?
|