Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə28/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

Nazorat uchun savollar



  1. Sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta mahsulotlariga bo‘lgan talabni qaysi tarkibiy tuzilma o‘rganadi?

  2. Sug‘urta mahsulotlariga talabni o‘rganishda nimalarga e’tiborni qaratish lozim?

  3. Salohiyatli sug‘urtalanuvchi deganda nimani tushunasiz?

  4. Salohiyatli sug‘urtalanuvchi qaysi holatlarda real sug‘urtalanuvchiga aylanadi?

  5. Sug‘urta mahsulotlariga bo‘lgan talabning susayishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  6. Sug‘urta mahsulotiga talabni rivojlantirish uchun nima ishlar qilish kerak, deb o‘ylaysiz?

  7. Bozorda sug‘urta mahsulotiga taklif qanday shakllanadi?

  8. Sug‘urta mahsulotiga taklifni rag‘batlantirish usullari haqida gapirib bering.

  9. Sug‘urta mahsuloti nima uchun «ko‘rinmas» tovar sifatida namoyon bo‘ladi?

  10. Sug‘urta mahsulotining iste’mol qiymati mazmunini yoriting.

  11. Bozorda sug‘urta mahsulotiga narx qanday shakllanadi?

5-mavzu. O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORINING PROFESSIONAL ISHTIROKCHILARI VA ULARGA UMUMIY TAVSIF1


5.1. Sug‘urtalovchi – milliy sug‘urta bozorining asosiy professional ishtirokchisi sifatida.
5.2. Sug‘urta syurveyerlari, aktuariylari va ularning faoliyat yo‘nalishlari.
5.3. Adjaster va assistans tashkilotlari hamda ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.
5.1. Sug‘urtalovchi – milliy sug‘urta bozorining asosiy

professional ishtirokchisi sifatida


Ma’lumki, sug‘urtalovchi har qanday sug‘urta bozorida, jumladan, hududiy sug‘urta xizmatlari bozorida ham asosiy subyekt hisoblanadi. Sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning nomlanishi turli adabiyotlarda turlicha nomlanadi. Dastlabki paydo bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari sug‘urta jamiyati deb atalgan. Keyinchalik, sug‘urta tashkiloti, sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalovchi nomlari shakllandi. Sug‘urta tashkiloti, sug‘urta kompaniyasi, sug‘urtalovchi degan atamalar bir xil ma’noni anglatishini yoddan chiqarmaslik zarur. Mavjud ilmiyiqtisodiy adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, qonunchilik hujjatlarida ko‘proq «Sug‘urtalovchi» degan tushuncha qo‘llanilsa, o‘quv va ilmiy adabiyotlarda «sug‘urta tashkiloti», «sug‘urta kompaniyasi» degan atamalar ko‘p qo‘llaniladi. Masalan, S.V.Ermasov, N.B.Ermasova muallifligida nashr etilgan «Страхование» o‘quv qo‘llanmasida «Sug‘urta kompaniyasi» degan tushuncha ishlatilgan.2
Sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar sug‘urta tashkiloti, deb ataladi. Bu tushunchaga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 925-moddasida quyidagicha tarif berilgan: «Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sug‘urtalovchilar sifatida sug‘urta shartnomalarini tuzishi mumkin».1 Ko‘rinib turibdiki, sug‘urtalovchi, ya’ni sug‘urta tashkiloti maqomiga ega bo‘lish uchun, albatta, faoliyat tijorat asosida tashkil etilishi lozim. Ya’ni sug‘urtalovchining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan. Sug‘urtalovchi yuridik shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Hozirgi kunda sug‘urtalovchilar yuridik shaxs sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tishlari shart. Bu haqda «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasida shunday deyilgan: «Sug‘urtalovchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi».2 Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, sug‘urtalovchi Adliya vazirligida sug‘urtalovchi sifatida emas, balki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tadi. Ammo bu sug‘urtalovchi sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini oldi degan ma’noni anglatmaydi. Sug‘urtalovchi sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun qonunda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olishi kerak.
Sug‘urta tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar, ularga litsenziya berish va ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Shunisi diqqatga sazovorki, 2002-yilning 28-mayida amaliyotga joriy etilgan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasida sug‘urtalovchi, ya’ni sug‘urta tashkilotiga quyidagicha tushuncha berilgan: «Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisalari yuzaga kelishini bartaraf etish va oldini olishga oid chora-tadbirlarni maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va shartlarda moliyalashtirishga haqli. Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bundan mustasno:

  • maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati;

  • sug‘urta sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyat;

  • sug‘urta agenti sifatidagi sug‘urta vositachiligi.

Hozirgi paytda respublikamizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlari qaysi sug‘urta sohasiga ixtisoslashganligiga qarab ikkiga bo‘linadi. Buni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin