Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə51/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

Nazorat uchun savollar



  1. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi nimalarda namoyon bo‘ladi?

  2. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish shakllari haqida gapirib bering.

  3. O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini nazorat qilish qaysi davlat organi zimmasiga yuklatilgan?

  4. Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi ilk marta qachon va qaysi davlat organi huzurida tashkil etilgan?

  5. Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan?

  6. O‘zbekistonda majburiy sug‘urtaning qanday turlari amal qiladi?

  7. Maxsus vakolatli davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qanday normativ hujjatlar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan?

  8. Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasining tarkibiy tuzilishi to‘g‘risida gapirib bering.

  9. Sug‘urta bozorini tartibga solishda soliq xizmatining o‘rni qanday?

  10. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini litsenziyalash shartlarini yoritib bering.

10-mavzu. O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORIDA MONOPOLIYA VA RAQOBAT MASALALARI


10.1. Sug‘urta bozorida monopoliya holatlarining yuzaga kelishi va uning obyektiv hamda subyektiv sabablari.
10.2. Sug‘urta bozorida duopoliya va oligopoliya. Ularning ayrim sug‘urta mahsulotlari bo‘yicha vujudga kelish holatlari.
10.3. Sug‘urta bozorida sog‘lom va nosog‘lom raqobat: uning mezonlari.
10.1. Sug‘urta bozorida monopoliya holatlarining yuzaga kelishi

va uning obyektiv hamda subyektiv sabablari


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgunga qadar, ya’ni 1991-yilgacha mamlakatimizda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish ushbu sohada yakka-yagona bo‘lgan Davlat sug‘urta organlari (Госстрах) tomonidan amalga oshirilgan. Sug‘urta tizimida mutlaqo raqobat muhiti mavjud bo‘lmagan. 1993-yili joriy etilgan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi qonunda majburiy sug‘urta turlarini amalga oshirish faqat davlat sug‘urta organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan edi. Bu holat ayrim, ayniqsa, xorijiy investitsiya ishtirokida tuzilgan sug‘urta kompaniyalari tomonidan e’tirozlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu bois, 1994-yili mazkur qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi va unga ko‘ra majburiy sug‘urta turlarini tegishli litsenziyaga ega barcha sug‘urta tashkilotlari amalga oshirishlari ko‘rsatildi.
Ta’kidlash lozimki, jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilgan islohotlar tufayli sug‘urta tarmog‘ida monopolistik holatni oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Birinchidan, sug‘urta kompaniyalari qonunchilikda nazarda tutilgan barcha mulkchilik shakllariga asoslangan holda tashkil etilishiga ruxsat berildi, ikkinchidan yuridik hamda jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda barcha sug‘urtalovchilarga va ularning mijozlariga teng sharoitlar yaratildi.
2002-yil 5-aprelda qabul qilingan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasida monopolistik faoliyatga yo‘l qo‘yilmasligi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Xususan, qonunda sug‘urta bozorida raqobatni cheklash yoki bartaraf etishga, bir sug‘urtalovchilarga boshqalariga qaraganda asossiz afzalliklar berilishiga yoki olinishiga, sug‘urta qildiruvchilar va boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatga yo‘l qo‘yilmaydi, deb qayd etilgan. Shuningdek, unda sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga o‘z uyushmalari (ittifoqlari) va boshqa birlashmalaridan sug‘urta bozorini monopollashtirishga qaratilgan bitimlarga erishish yo‘lida foydalanish taqiqlanishi belgilangan.
Shunday bo‘lishiga qaramay, sug‘urta bozorida monopolistik holatlarning namoyon bo‘lish holatlari mavjud. Jumladan, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, ko‘p yillar davomida, sobiq davlat sug‘urta organlari negizida tashkil etilgan «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib kelindi. Bu albatta, mazkur kompaniya qishloq xo‘jalik sohasida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha monopolist ekanligini anglatmaydi. Boshqa sug‘urta kompaniyalari ham qishloq xo‘jalik korxonalari va qishloq joylarda aholi mol-mulki, salomatligini sug‘urtalash huquqiga ega. Ammo boshqa sug‘urta kompaniyalarining qishloq xo‘jalik sug‘urtasiga kirib kelishi uchun infratuzilma obyektlari yetarli emas. Qolaversa, ushbu tarmoqda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lish ehtimolining yuqori darajada ekanligi ham sug‘urtalovchilarning qishloq xo‘jalik sug‘urtasi bilan shug‘ullanishlariga ehtiyotkorlik bilan yondashishlarini talab etadi.
2007-yilda «Mikrokreditbank» muassisligida «Agro invest sug‘urta» sug‘urta kompaniyasining tashkil etilishi qishloq xo‘jalik risklarini sug‘urtalash bozorida biroz bo‘lsada raqobat muhitining shakllanishiga turtki bo‘ldi. Hozirgi kunda mazkur sug‘urta kompaniyasi respublikamizning barcha mintaqalarida o‘z filiallariga ega bo‘lib, «Mikrokreditbank»ning joylardagi filial va bo‘limlari bilan yaqin hamkorlikda fermer va dehqon xo‘jaliklariga ularning mulkiy manfaatlarini sug‘urtalash bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.
2013-yil 1-yanvar holatiga respublikamizning aksariyat qishloq tumanlarida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining tuman bo‘limlari tomonidan amalga oshirilayapti.
Boshqa sug‘urta kompaniyalarining filiallari asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida joylashganligi sababli ular tumanlar miqyosida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Vaziyatga shu nuqtayi nazardan baho beradigan bo‘lsak, tumanlar darajasida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi monopolist hisoblanadi. Bunday holatning yuzaga kelishiga mazkur kompaniya aybdor emasligini alohida qayd etishimiz kerak.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52bobi, 961-moddasida majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi, deb ko‘rsatilgan. Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27noyabrda qabul qilingan «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 413-sonli qarori asosida majburiy davlat sug‘urtasini amalga oshirish huquqi «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga berildi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning majburiy davlat sug‘urtasi va davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urtasi o‘tkaziladi. Mazkur sug‘urta turlarini yagona sug‘urta kompaniyasi – «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan o‘tkazilishi, sirtdan qaraganda, alohida olingan sug‘urta mahsulotini sotish bo‘yicha monopolistik holatni yuzaga keltirgandek ko‘rinadi. Bunga sabab shuki, ushbu sug‘urta turini «O‘zbekinvest» eksportemport milliy sug‘urta kompaniyasidan tashqari, birorta kompaniya o‘tkazishga haqli emas. Biroq harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslarni majburiy davlat sug‘urtasining ijtimoiy ahamiyati nechog‘li katta ekanligini e’tiborga olsak, bejizga bu sug‘urta turi davlat kompaniyasiga berilmaganligi ravshan bo‘ladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin