Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi: ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilar majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yoki eng kam miqdorini va majburiyatlar jamining yo‘l qo‘yiladigan ko‘p yoki eng kam miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi; sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, to‘lovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi; sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini
litsenziyalaydi; sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari mablag‘larini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek, bunday mablag‘lar hisobini yuritish hamda ular bo‘yicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi;
(10-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda) sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi.
(10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek, uni taqdim etish hamda e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
(10-moddaning ikkinchi qismi ettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda) qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional ishtirokchi-
larining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan, belgilangan iqtisodiy normativlar sug‘urtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sug‘urtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008yil 22-dekabrdagi O‘RQ-192-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 508-modda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini to‘liq yoki ayrim sug‘urta turlariga (klasslariga) nisbatan to‘xtatib qo‘yadi, shuningdek, ularning
faoliyatini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;
(10-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni tahririda – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41son, 405-modda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terro-
rizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi;
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2009 y., 39-son, 423-modda) har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug‘urta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to‘g‘risida yillik hisobotlarni , shuningdek, sug‘urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi;
sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish,
shuningdek, sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sug‘urtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi; aktuar xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi;
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi; belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylar reyestrini yuritadi;
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida o‘n birinchi–o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda) sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan qonun hujjatla-
rida belgilangan axborotni so‘rab oladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuniga asosan o‘n ettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etishga, shuningdek, sug‘urta vositachisi sifatida ish yuritishga haqli emaslar.