Vii bob. Gorizontal quduqlarni burg’ilash usullari tayanch iboralar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/5
tarix02.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#126238
1   2   3   4   5
qobil aka 7 bob

7.2. Gorizontal quduqlarning profili

Gorizontal quduqlarni juda kam holatda burchagi 90° bo'ladi, mahsuldor tuzilmalar qandaydir tushish burchagiga ega bo'lishiga qarab quduq profilini burg'ilashda murakkabliklarni sodir qiladi. Tog’ jinslarini katta zenit burchakda burg'ilashni yoki 90°li burchakda burg’ilashni o'rtasida farq yo'q. Umuman olganda qanday zenith burchakda burg'ilash umuman muhim emas: 88°, 90 yoki 90 da. Lekin katta burchakli uchastkada va gorizontal uchastkada zenith burchakni kattaligi quduqlarni burg'ilash va ta'mirlash ishlarini davom ettirish jarayoniga ta'sir etadi.


Gorizontal quduqlarning egri uchastkasi egrilanish radiusi bilan tavsiflanadi va gorizontal uchastkasidan qanday burg'ilab o'tishiga va tugallash ishlariga bog'liqdir.
Quduqlar profilini uchastkalari
7.1-jadval

No

Quduq turi

Zenit burchakni olish jadalligi

Egrilanish radiusi

1

Katta radiusli egrilanishli quduq

2°-6°/30 m

900-290 m

2

O’rtacha radiusli egrilanishli quduq

6°-35°/30 m

290-50 m

3

Kichik radiuslar egrilanishli quduq

5°-10°/ 30 m

12-6 m

Gorizontal quduq profili yo'naltiruvchi qism va stvolning gorizontal uchastkasidan tuzilgan. Profilning yo'naltiruvchi qismi - quduq ustunining tepasidan to gorizontal uchastkaning boshlanishigacha bo' lgan qismidir.


Quduqning gorizontal profili uchta kattalikda qo'llaniladi: katta, o'rta va kichik radiusli.
Gorizontal quduqlarni va yon stvolli gorizontal quduqlarni burg'ilashda ustunning og'ish profili chegaraviy egrilanishdan oshib ketmasligi kerak.
Har bir egri chiziqli va to'g'ri chiziqli uchastkaning oxirgi nuqtasi quyidagi talablarga mos holatda chegaraviy ruxsatdan oshib ketmasligi kerak. Uchastkaning oxirgi nugtasidagi zenit burchak loyihaviy kattalikdan +2°÷3° dan oshmasligi, uchastkaning har qanday qismida stvol egrilik radiusi ruxsat etilgan chegaradagi qiymatdan kichik bo'ladi.
Qiya stvolning chegaraviy og'ish kattaligi umumiy og'ish burchakning yig'indisiga tengdir. Quduqning har bir uchastkasida bu burchak loyihaviy kattalikdan 15% dan oshmaydi.
Stvolning egrilanishini haqiqiy egilish burchagi har bir uchastkani burg'ilab bo'lgandan keyin har bir 500 metrdan kichik bo'lmagan oraliq uchun hisoblanadi.
Gorizontal quduqlarni qazishning sifatli burg'ilanishini ta'minlash uchun har bir uchastkada zenit burchak o'lchanib nazorat qilinadi, quduq stvolining ruxsat etilgan chegaraviy radiusi va quduqning egrilanishini ruxsat etilgan umumiy burchakning yig'indisi nazorat qilib boriladi. Berilgan profil bo'yicha quduqni burg'ilash traektoriyasi telemetrik tizim yordamida doimiy nazorat qilinadi.
Telemetrik tizim quduq tubidan 15-20 metr masofada o'rnatiladi. Elektrobur usulida burg'ilanganda ham telemetrik tizim qo'llaniladi, quduqni traektoriyasi doimiy boshqarib boriladi. Telemetrik tizim chuqur blokli telemetrik tizimdan (ChBTT), chuqur o'lchov qurilmasi (ChO'Q), yer usti telemetrik tizimi (EUTT), yer usti o'lchov qurilmasi (EUO'Q), biriktiruvchi filtr (BF) lardan iborat (7.2-rasm).
Telemetrik tizim (TT) apparaturalari jamlanmasi 7.2-rasmda tasvirlangan. Jamlanmada quduq olchov qurilmalari quduqqa tushiriladi. Jamlanmada yer usti qabul qiluvchi va ro'yxatga oluvchi (yozuvchi) qurilmalar mavjud.
Chuqurlik apparaturalarining germetik konteyneri elektroburni ustki qismiga o'natiladi. Konteynerga datchiklar va elektron qayta shakllantirgichlar o'rnatilgan. Ma'lumot uzatma kanal tarmog'i orqali kunlik nazoratchiga yuboriladi.

Quduq tubidan olingan signal qabul qiluvchi qurilmada qayta ishlanadi va asbobga yo'naltiriladi va shkala o'lchanadigan qiymat kattaliklari bo'yicha shkalalarga bo'lingan.


Telemetrilk tizim 80 MPa gacha bo'lgan bosimda va atrof muhit harorati 100°C gacha bo'lganda ishlaydi.
O’lchash chegaralari quyidagicha: qiyalik (egilish) burchagi 0÷100°, azimut burchak 0÷360°, og'dirgich burchakning holati 0÷360°, nisbiy xatolikni olchash 2,5 % gacha.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin