Vii bob. Gorizontal quduqlarni burg’ilash usullari tayanch iboralar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/5
tarix02.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#126238
1   2   3   4   5
qobil aka 7 bob

7.3. Turbinali burg’ilash

Turbinali burg'ilashda telemetrik tizimdan (TBTT) foydalaniladi. Telemetrik tizim apparaturalari jamlanmasining tasviri 7.3-rasmda keltirilgan.


Chuqurlik o'lchash qurilmasi to'g'ridan-to'g'ri og'dirgich yoki OBQ ni ustiga joylashtiriladi. O'lchash qurilmasining ichiga germetik konteynerga azimut burchakni o'lchash uchun datchiklar joylashtiriladi hamda olingan signallarni modullashtirish va yer ustiga vaqt impulsi ma' lumotini elektron qayta uzatuvchi sifatida uzatadi.
Ma'lumotlar yer ustiga qabul aloqa kanali yordamida uzatiladi. Qabul qiluvchi - yozib oluvchi telemetrik tizimdan (TT) olingan signallar shifrlanadi va yozib oluvchi apparaturalar yordamida qayd qilinadi.

Quduqlarni burg'ilash jarayonida telemetrik tizim quyidagilarni ta'minlaydi:
- berilgan azimut bo'yicha burg'ilash tizmasini buralash burchagini hisobga olgan holda quduqni gorizontal uchastkasini burg'ilashda og'diruvchi qurilmani yo'nalishini olish;
-tub dvigatelini reaktiv momenti kattaligidan foydalanib burg'ilash tizmasini burilish burchagini aniqlash;
- doimiy ravishda zenit burchagini nazorat qilish, burg'ilash jarayonida azimut burchagini va og'dirgich holatini yer usti pulti yordamida yozib borish.
Quduq stvolining traektoriyasi azimut burchagini o'lchash, zenit burchagini va og'dirgich holatini doimiy ravishda o’lchash-nazorat orqali boshqarilib boriladi.
Gorizontal quduqlar haqida ma'lumot
7.2-jadval

No

Neft kompaniyalari nomi

Burg’ilangan GQ soni

Quduq ustuning gorizontal uzunligi, m

GQ ning o’rtacha debiti, t/kun

Konlarni soni

Jinslar (qumoq-toshlar, ohaktoshlar) quduqlar soni

1

TaterNeft XK

126

156-308

6,3

21

11/115

2

BashkirNeft AXK

54

190-649

5,1

13

10/44

3

Udmurdneft OAJ

75

105-342

14,3

7

5,76

4

O’zbekneftgaz MXK

27

200-500

15-70

11

-

Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, uchta neft kompaniyalarida olib borilgan gorizontal quduqlar karbonat (ohaktosh) kollektorlarida burg ilangan. Bu holatni karbonat kollektorlarida neft ishlanish zaxirasi va neft oluvehanlik koeffitsiyentini (0,2-0,25) pastligi bilan fushuntirish mumkin.


Ma'lumki, karbonat kollektorlari murakkab geologik tuzilishga ega bo'lib, yopiq g'ovaklilik va kovaklilik, asosiy parametrlarni geologik mikro va makro ko rinishlarda har xillikka ega. Karbonat kollektorli uyumlar yuqori zonaligi va qatlamning har xilligi, katta tarmoqlanganligi va nisbatan past kollektorlik xossasiga hamda g'ovaklilik fazosining murakkab tuzilishli tuzilmaga ega ekanligi kabi xususiyatlarga ega.
Karbonat kollektorlarida Neft ko'chaygan va yuqori g'ovaklikka ega. Karbonat kollektorlaridagi Neft uyumlari murakkab tuzilmali kategoriyaga, neft esa qiyin olinadigan zaxira guruhiga mansub.
Gorizontal quduqlar asosan Kossiya va xorijiy davlatlarda yengil neftli konlarda, urg'ilanadigan mahsuldor qatlamning qalinligi 10 metr va undan katta gaz do'ppili va tubida suv tushamalari mavjud bo'lmagan konlarda qo'llanilgan.
“UdmurtNeft“ OAJ da birinchi gorizontal quduq 1992 yilda Meshinskiy Neft konida burg'ilangan. Bu quduqdan olinadigan Neft debiti qo'shni joylashgan tik quduqqa nisbatan 4 marta ko'p. GQ larni burg'ilash texnologiyasi qatlamning qalinligiga 10 metrdan kichik bo'Imaganda samarali ekanligi tasdiqlangan.
Ko'pgina konlardan Neft uyumining qalinligi 0,5 metrdan 3-4 metrgacha. Shuning uchun bunday qatlamlarda gorizontal quduqlarni burg'ilashda har xil murakabliklar sodir bo’lgan.
Rossiyada 1994 yildan gorizontal quduqlarni burg'ilashning sanoat-tajriba ishlari boshlangan va burg'ilash tajribasi bo'yicha ma'lumotlar to'plangan, sanoat gorizontal quduqlarini burg'ilashga o'tish loyihalari tuzilgan.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin