— Qalay, bizning shaharlar sizga ma’qul bo‘ldimi?
— Menga ma’qul bo‘lmadi. Shaharlaringiz iflos, qarov-
siz, pashshasi ko‘p, narx-navo qimmat...
— Odamlari qalay?
— Odamlari juda qo‘pol, xasis,
firibgar, ochko‘z ekan.
— Bu shaharning begi to‘g‘risida nimalar deysiz?
— Shahari shu bo‘lsa, uni begi nima bo‘lardi.
Anchagina zolim, maishatparast odam, deyishadi.
Sipohining rangi-quti o‘chdi, mo‘ylovini burab,
Afandiga ko‘zlarini chaqchaytirdi:
— Men shu shaharning begiman!
Afandi darrov so‘rashgani qo‘l berdi:
— Salomatmilar?.. Shahar to‘g‘risidagi gaplarga
yaxshiyam ishonmaganim...
Baxilga zoriqmayman
Bir baxil Afandidan so‘radi:
— Siz ham pulni sevasizmi?
— Albatta! — dedi Afandi.
— Nega endi?
— Chunki, —
dedi Afandi, — pulim bo‘lsa, senga
o‘xshagan baxilga zoriqmayman.
Podshoning in’omi
Podsho bir marosimda atoqli odamlarga to‘n kiygizdi va
Afandini masxara qilish uchun unga eshakning to‘qimini
berdi. Afandi baland ovoz bilan minnatdorchilik bildirib
maqtandi.
— Sizlarga bozordan kelgan to‘n kiygizdilar, menga
kelganda,
mehrlari oshib ketib, o‘zlarining kiyimlarini
in’om qildilar.
Eshakdan farqi qancha
Afandi bir kuni
saharda hammomga tushgan edi,
qorong‘ida paypaslanib borib, supada o‘tirgan bir kishining
yoniga o‘tirib qoldi. O‘tirgan
odam mamlakatning podshosi
edi. Afandining yaqin o‘tirganiga achchig‘i kelib:
— E, befarosat odam, sen bilan eshakning orasida qan-
cha farq bor? — dedi.
Afandi darrov ikki orani qarichlab ko‘rib:
— Ko‘p emas,
ikki qarich ekan, xolos, — dedi.
169
Uzaygan kun
Afandi maktabda o‘qib yurgan edi, domlasi bir kuni
undan so‘radi:
— Nasriddin! Kun necha soat?
—
Bu kun yigirma besh soat, — deb javob berdi Afandi.
— Yigirma to‘rt soat! — deb domla o‘shqirgan edi,
Afandi yana bo‘sh kelmadi:
— Kecha, kun bir soat uzaydi, deb aytmadingizmi? —
dedi Afandi.
Dostları ilə paylaş: