8-bob. Xaridlar tartib-taomillari jarayonini tashkil qilish 63. O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat kafolati ostida jalb qilingan, XMI/XHMT mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar doirasida, xaridlar tartib-taomillarini tashkil qilish sohasida huquqiy munosabatlar, XMI/XHMTga ma’qul kelgan xaridlar bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan, ular yo‘qligida ― moliyaviy bitimlarning shartlari hamda xaridlar rejasi bilan tartibga solinadi.
64. Mahalliy korxonalar to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshirish nazarda tutilgan, XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha xorijiy valyutani olish huquqiga ega.
65. XMI/XHMTning moliyalashtirish miqdori va manbalari mavjudligi haqida tasdiqnomalar bo‘lganida xaridlar o‘sha hajmgagina e’lon qilinishi mumkin (muzokaralarning imzolangan memorandumlari yoki bayonnomalari, xorijiy kreditorlar bilan kredit bitimlari, xorijiy qarzlar (kreditlar) ajratilayotgani yoki XMI/XHMT bilan loyiha dastlabki tartibda ishlab chiqilgani to‘g‘risida xabarnomalar va boshqalar).
Oldingitahrirga qarang. Agarda XMI/XHMT tartib-taomillarida moliyaviy bitimni imzolashdan oldin xaridlar tartib-taomillarini tashkil qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, loyiha tashabbuskori mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan hamda xaridlar rejasi tasdiqlangandan keyin loyiha tashabbuskori xarid tartib-taomillarini boshlashi mumkin.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son) 66. Xaridlar tartib-taomillariga rioya etilishini ta’minlash, xaridlar qatnashchilarining buyurtmalari (takliflarini) tartibga solish va xolis baholashda belgilangan mezonlarga muvofiq, loyiha tashabbuskori rahbari (ijro agentligi) loyiha ofisi rahbari bilan kelishilgan holda xarid tartib-taomillarini amalga oshiruvchi doimiy ishchi organi hisoblanayotgan hamda a’zolar soni toq sondan iborat (kamida 7 nafar) xarid komissiyasi tasdiqlanadi.
Oldingitahrirga qarang. Xarid komissiyasi tarkibiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari bilan birga:
(66-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son) loyiha tashabbuskori (ijro agentligi);
Oldingitahrirga qarang. Agentlik;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
(66-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
Oldingitahrirga qarang. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakillari kiritiladi.
Agar xaridlar tartib-taomillari doirasida qurilish ishlarini olib borish nazarda tutilmagan bo‘lsa, xarid komissiyasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vakilining ishtiroki talab etilmaydi, uning o‘rniga TITK vakili qatnashadi.
(66-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son) Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) vakillari soni xarid komissiyaning umumiy tarkibida 30 foizdan oshmasligi lozim.
Xarid komissiyasi loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) rahbari tomonidan boshqariladi.
Xarid komissiyasi a’zolari, loyiha tashabbuskorlari, LAOG xodimlari va vakolatli organlar bilan bir qatorda amalga oshirilayotgan xarid tartib-taomillarining sifati va xolisligi uchun shaxsan javob beradilar.
67. Xarid komissiyasi:
XMI/XHMT roziligi olinganidan keyin (agarda moliya bitimi shartlari, qo‘llanmalar va talablarda shunday rozilik olish ko‘rsatilgan bo‘lsa) besh ish kunidan oshmagan muddatga xarid hujjatlari, shu jumladan xarid tartib-taomillarida ishtirok etish uchun taklifnoma yoki xaridlar to‘g‘risida e’lon matnlarini kelishib oladi;
XMI/XHMT xaridlar bo‘yicha qo‘llanmalarga muvofiq, xaridlar qatnashchilarining buyurtmalar (takliflar) berish va rasmiylashtirish talablarini belgilaydi;
LAOG tomonidan amalga oshirilgan dastlabki malakaviy tanlab olish (agarda xarid hujjatlari shartlarida ushbu ko‘rsatilgan bo‘lsa) natijalarini tasdiqlaydi;
XMI/XHMT xaridlar bo‘yicha qo‘llanmalar (tartib-taomillari va/yoki shartlariga) muvofiq hamda xarid hujjatlarida ularni ko‘rsatib, konvertlarni ochish, ko‘rib chiqish va baholash tartib-taomillari hamda maxfiylikka rioya qilgan holda ularni saqlash tartibini belgilaydi;
savdolar qatnashchilarining buyurtmalari (takliflari) qabul qilish va ko‘rib chiqish muddatlarini belgilaydi;
buyurtma (takliflarni)ni qabul qilish va muddatlarini uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qiladi;
xarid tartib-taomillari amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmagan deb topish haqida yoki obyektiv sabablar asosida besh ish kunidan oshmagan muddatda yangi tender (retender) e’lon qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
xarid tartib-taomillari talablariga muvofiq XMI/XHMT amalga oshirilgan deb topilganida kontraktlarni tuzish muddatlarini belgilaydi.
68. Xarid tartib-taomillarini tashkil qilish maqsadida loyiha tashabbuskori (ijro agentligi):
XMI/XHMT bilan kelishilgan xaridlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha kerakli qarorlar va tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilinishini ta’minlaydi;
tender takliflarini baholash, texnik vazifalar, spetsifikatsiyalar va zarur xarid hujjatlari to‘plamini tayyorlash uchun jalb etilayotgan ekspertlar va konsultantlar bilan shartnomalar tuzadi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni sarflaydi;
xarid komissiyasiga buyurtmalar (takliflarni) taqdim qilish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) boshqa funksiyalarni ham amalga oshirish, shuningdek qonunchilikka muvofiq hamda imzolangan shartnomalar asosida majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Oldingitahrirga qarang. 69. LAOG yoki Agentlik (tegishli loyihalar bo‘yicha) xarid tartib-taomillarini tashkil qilish uchun mas’ul organ (keyingi o‘rinlarda ― ishchi organ) hisoblanadi. Agar loyihani amalga oshirish doirasida LAOG tuzish nazarda tutilmagan bo‘lsa, unda loyiha tashabbuskori tomonidan tayinlangan konsalting kompaniyasi yoki u tomonidan tashkil etilgan mas’ul guruh ishchi organ vazifasini bajaradi.