Qurilishlarda issiq va sovuq suv, gaz, kanalizatsiya quvurlarini bir- biridan farq qilishi uchun raqam bilan belgilash yoki har xil yo ‘g ‘onlikdagi chiziqlar bilan tasvirlab, ularga tushuntirish beriladi.
Gidravlik va pnevmatik sxemalar bir xil chiziladi va kinematik sxemalardek bir xil o‘qiladi.
12.3-shaklda parallel kuzatuvchi va ko‘chiruvchi bir koordinatali stanokning sxemasi berilgan bo‘lib, u quyidagicha o‘qiladi: suyuqlik Ff bo‘shliqqa va bir vaqtning o‘zida boshqariladigan zolotnik teshigi Fxdan oqim kuchi klapani 4ning prujinasi orqali chegaralangan qarama-qarshi P2bosimli bo‘shliq F2 ga oqib o‘tadi. Shunda ko‘chiruvchi stanokdagi moslama К ga topshiriq berilsa, sezuvchi element bilan ta’minlangan zolotnik (taqsimlovchi) 3porshen 1 ni и orqali harakatga keltiradi. Shunda silindr 2 ni kerakli rejimda ishga tushiradi.
Elektr hisoblash mashinalari, avtomatik boshqarish tizimlari, radio va televizion apparaturalaming ishlash jarayonini sozlash, rostlash va tuzatish (ta’mirlash) ishlarida sxemalardan keng foydalaniladi. Bunday sxemalarda buyumning ishlash prinsipi, uning tarkibiy elementlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar ko‘rsatiladi.
Sxemada elektr bog‘lanishlar bitta chiziq bilan, mexanik bog‘lanishlar ikki chiziq bilan ko‘rsatiladi.
Elektr va radio sxemalar tarmoqdan uzilgan holda tasvirlanadi. Har bir elementning harfli va raqamli belgisi bo‘ladi. Masalan, generator - G, rezistor - R,kondentsator - C, transfarmator - Tr,issiqlik relesi - IRe va hokazo. Agar sxemada bir xil elementdan bir nechta bo‘lsa, masalan, rezistor takrorlansa RI,R2,R3,... kabi belgilanadi.
Sxemada elementlaming belgisidan tashqari ulaming msumi ham yozib ko‘rsatilishi mumkin. U, ko‘pincha, vaziyat belgisi ostiga kasr
shaklida yoziladi. Masalan, —■10 - tartib nomeri 10 bo‘lgan lampaning
6 P 14 P
rusumi 6P14Pekanligini bildiradi.
Sxemada harf bilan yoziladi. Elementlar jadval ko‘rinishida beriladi.
Sxemalar 0 ‘zDSt 2.710:2003 da tasdiqlangan shartli grafik belgilari asosida chiziladi (12.4-jadval).