12.1-shakldagi tokarlik stanogining tezliklar qutisi mexanizmining kinematik sxemasi quyidagicha o‘qiladi. Tezliklar qutisi stanokning shpindeliga bir necha xil aylanish tezliklarini uzatish uchun xizmat qiladi.
Sxemadan tezliklar qutisining mexanizmi I, II, III rim raqamlari bilan belgilangan uchta valdan: yo‘naltiruvchi shponka bo‘yicha va u orqali harakatlanadigan 4,6va 7 tishli g‘ildiraklar qismidan va III ga
qo‘zg‘almas qilib o‘matilgan tishli g‘iliraklar 3, 8, 9, 10 dan, stanokning shpindeli bo‘lgan val III da erkin aylanadigan 11,14 tishli g‘ildiraklardan, tishli g‘ildiraklar 11va 14lar orasida joylashgan ikki tomonlama mufta 12dan, dasta 5dan va richag 13dan iborat ekanligi ko‘rinib turibdi.
Aylanma harakat elektr yuritgichi M dan tasmali uzatma va friksion ulash muftasi 2orqali uzatmalar qutisi shestemiyalariga uzatiladi. Demak, val I bitta aylanish tezligiga ega bo‘ladi, chunki shkiv pog‘onali emas. Val I bilan birga tishli g‘ildiraklar to‘plami 4,6,7 aylanadi, bulami dasta 5 yordamida yo‘naltiruvchi shponka bo‘yicha surib, uchta tishli g‘ildiraklar jufti: 3-4, 6-8, 7-9 ni ilashtirish mumkin. Shunday qilib, o‘rtadagi val II ga uch xil aylanma harakat uzatish mumkin. Bunda eng katta aylanish chastotasi g‘ildiraklar 6 va 8 ilashganda, eng kichik chastotasi g‘ildiraklar 7 va 9ilashganda hosil bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklar 3 va 10 val III ga erkin o‘matilgan g‘ildiraklar 11 va 14 bilan doimiy ilashishda bo‘ladi. Agar kulochokli mufta 12 neytral vaziyatda bo‘lsa, stanok shpindeli aylanmaydi.
Agar yo‘naltiruvchi shponka bo‘yicha muftani chap yoki o‘ng tomonga surib, u bilan ulansa, stanok shpindeli aylana boshlaydi. Demak, val II ning bir xil o‘zgarmas tezlikdagi aylanma harakatidan shpindelga ikki xil tezlikdagi aylanma harakat uzatish mumkin. Bundan val II uch xil tezlika ega bo‘lgani uchun shpindel olti xil aylanish chastotasida aylanma harakat qilish mumkin.
Suyuqlik, gaz (havo)laming bosim ostida yoki o‘zicha quvurlar orqali oqishini shartli belgilar yordamida ko‘rsatuvchi chizmalar gidravlik va pnevmatik sxemalar deyiladi. Bunday sxemalarda har bir quvur va ulami ulaydigan muftalar, ventil, jo ‘mrak, klapanlar va moslamalar kabilar 0 ‘zDSt 2.782:2003 talabiga ko‘ra shartli grafik belgilarda chiziladi (12.2 va 12.3-jadvallar).
0 ‘zining vazifasiga ko‘ra gidravlik va pnevmatik sxemalar strukturali prinsipial va ulash (montaj) sxema turlariga bo‘linadi.
Strukturali sxemada - buyumning barcha asosiy funksional qismlari (elementlar, moslama va funksional guruhlar) hamda ular orasidagi asosiy bog‘lanishIar ko‘rsatilib, o‘zaro bog‘lanishlar chizig‘ida suyuqlik (gaz) oqimining yo‘nalishi tasvirlanadi.
Prinsipal sxemada elementlar tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar to‘la ko‘rsatiladi. Unda buyumning ishlash prinsipi to‘g‘risida to‘la ma’lumot beriladi.
Ulash (montaj) sxemasida buyum qismlarinining ulanishi tasvirlanib, biriktimvchi (quvur)lami aniqlab, ulami ulash va olib kirish joylari ko‘rsatiladi. Ulash sxemalari prinsipial sxemalar asosida ishlab chiqiladi.
Gidravlik va pnevmatik sxemalarda elementlar va qurilmalar, odatda, dastlabki vaziyatda tasvirlanadi.
Vaziyat belgisiga kimvchi harflar element nomining boshlang‘ich harflaridan iborat bo‘ladi: filtr - Fi,nasos - N,bosimli gidroklapan- GK, gidrokuchaytirgich - GC, moy purkagich (tuzatgich) - MP, tartib nomerlari elementlaming sxemada joylashishiga qarab yuqoridan pastga
va chapdan o‘ngga tomon suyuqlik, gaz
2(ii2(2)2(3) (havo) manbayidan boshlab beriladi. Bir xil elementlarga bitta vaziyat nomeri berilib, uning yonida qavs ichida 2(1), 2(2),3(3) kabi yoziladi (12.2-shakl).
Standart talabiga ko‘ra quvuro‘tkaz- gichlami o‘qsiz ikkita ingichka chiziqda, bitta yo‘g‘on chiziq bilan, o‘zaro detal va armaturalami kontur chiziqda tasvirlash mumkin.