Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari



Yüklə 305,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix23.06.2022
ölçüsü305,54 Kb.
#117185
1   2   3   4   5   6   7   8
1-maruza. “Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” faniga kirish (01)

5. Konvergensiya. Konvergensiya ATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi 
sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, Shuningdek
ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o’rtasidagi farq yo’qoladi. 
Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o’rtasidagi tafovut o’chib ketadi, firmalar va 
korporatsiyalarning faoliyat 
turlari diverfikatsiyasi
, sanoat tarmoqlari, moliya sektori va xizmat 
sohalari o’zaro uyg’unlashib ketadi. 
Shunday qilib, Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – bu dunyo miqyosida 
jamiyat taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o’tish asosidir. Mazkur 
tendensiyaning biznesda qo’llanilishi quyidagi o’zgarishlarga olib keladi: 
• har bir ish o’rnida resurslar etarli bo’lganda axborotlarni qayta ishlash uchun 
taqsimlangan shaxsiy(personal) hisoblashlarni amalga oshirish; 
• xabarlarni jo’natish uchun ish o’rinlari birlashganda kommunikatsiyaning rivojlangan 
tizimini yaratish; 
• tashkilot axborot oqimiga ulanganda, moslaShuvchan global kommunikatsiyalarga ega 
bo’lishi; 
• elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish; 
• tashkilot integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo’g’inlarni bartaraf etish. 
 
3. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida 
qo’llash. 
Ma’lumotlarni qayta ishlashning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yaxshi 
tuzilmalashgan vazifalarni hal qilish uchun mo’ljallangan, ularga ko’ra zarur kirish ma’lumotlari 
mavjud va algoritmlar hamda ularni qayta ishlashning boshqa standart protseduralari ma’lum. 
Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarini 
avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo’lmagan malakali xodimlarning ijrochilik faoliyati 
darajasida qo’llaniladi. Shu bois ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bu darajada 


qo’llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod 
etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruriyatiga olib kelishi mumkin. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida operatsiyaviy faoliyat darajasida quyidagi vazifalarni hal 
etish mumkin: 
firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash; 
firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarini tuzish; 
istalgan joriy so’rovlarga javob olish va ularni qog’oz hujjatlari yoki hisoblari ko’rinishida 
rasmiylashtirish. 
Ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bir necha o’ziga xosliklar mavjud, ular quyidagi 
jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi: 
• ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha firmaga zarur bo’lgan vazifalarni bajarish. Har bir 
firma o’z faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi va saqlashga qonunan haqli. Ular firmada 
nazoratni ta’minlash va qo’llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Shu bois ham 
istalgan firmada ma’lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo’lishi va tegishli axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqilishi lozim faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni hal 
etish, uning algoritmini ishlab chiqish mumkin; 
• qayta ishlashning standart ish tartibini bajarish. Mavjud standartlar ma’lumotlarni qayta 
ishlashning namunaviy ish tartibini belgilaydi va ularga barcha turdagi tashkilotlar rioya qilishini 
ko’zda tutadi; 
• odam kam katnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish; 
• detallashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish. 
Taftish o’tkazishga yo’l qo’yuvchi, firma faoliyati haqida tahlil xususiyatga ega yozuvlarni 
amalga oshirish. Taftish jarayonlarida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha 
ketma-ketlik tartibida tekshiriladi; 
• voqealar ketma-ketligiga (xronologiyasiga) urg’u berish; 
• boshqa darajadagi mutaxassislar tomonidan muammolarni hal etishda kam yordam talab 
qilish. 
4. Nazorat savollari. 
1. AT- nima? 
2. AKT-nima? 
3. Zamonaviy axborot texnologiyalari qanday imkoniyatlar yaratadi? 

Yüklə 305,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin