Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə7/9
tarix17.11.2018
ölçüsü0,63 Mb.
#84089
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Xatolar haqida xabarlar


Agar yacheykadagi formula to`g`ri hisoblana olmasa, Microsoft Excel yacheykaga xato haqida xabar chiqaradi. Agar formula xato qiymatlariga ega yacheykaga tayanishni o`z ichiga olsa, u holda bu formula o`rniga shuningdek xato haqida xabar chiqariladi. Xatolar haqida xabarlarning ma`nolari quyidagicha:

#### –yacheykaning eni sonni berilgan formatda aks ettirishga imkon bermaydi;

#IMYA? – Microsoft Excel formulada ishlatilgan nomni aniqlay olmadi;

#DEL/0! – formulada nolga bo`lishga harakat qilinmoqda;

#CHISLO! – matematikada qabul qilingan operatorlarni ko`rsatish qoidalari buzilgan;

#N/D – argument sifatida bo`sh yacheykaga tayanish ko`rsatilgan bo`lsa, shunday xabar chiqishi mumkin;

#PUSTO! – umumiy yacheykalarga ega bo`lgan ikki soha kesishishi noto`g`ri ko`rsatilgan bo`lsa;

#SSILKA! –formulada mavjud bo`lmagan tayanish berilgan;

#ZNACH! – qabul qilib bo`lmaydigan argument turidan foydalanilgan.

Jadval elementlari ichidagi ma`lumotlarni o`chirish


YAcheykalar ichidagi ma`lumotlarni yacheykalarning o`zlarini o`chirmasdan turib o`chirish uchun quyidagilar talab etiladi:

  • Tozalash lozim bo`lgan yacheykalar guruhini belgilash;

  • Pravka menyusidan Ochistit’ punktini tanlash, so`ngra quyidagi punktlardan birini tanlash:

Vsehammasini tozalash;

Formati – yacheykalar formati belgilanadi;

Soderjimoe – faqat yacheykalar ichidagi ma`lumotlarni tozalash;

Primechanie – yacheykalarni izohlardan tozalash.

Faqat yacheykalar ichidagi ma`lumotlarni o`chirish uchun shuningdek ularni belgilash va Delete klavishasini bosish mumkin.


Ma`lumotlardan nusxa olish va boshqa joyga ko`chirish


Yacheykalar ichidagi ma`lumotlarni boshqa joyga ko`chirish yoki nusxa olish uchun axborotni oraliq saqlash buferidan (Clipboard) foydalaniladi, u ma`lumotlarni ham jadval ichida, shuningdek Windows dasturlariga ko`chirishga imkon beradi.

Yacheykalar ichidagi ma`lumotlardan nusxa olish uchun talab qilinadi:



  • ichlaridagi ma`lumotlaridan nusxa ko`chirish lozim bo`lgan yacheykalarni belgilash;

  • Pravka menyusining Kopirovat komandasini chaqirish yoki tugmasini bosish (yacheykalar guruhi atrofida bo`lak buferga joylashtirilganini ko`rsatuvchi punktir chiziq paydo bo`ladi);

  • ichlariga ma`lumotlar kiritish lozim bo`lgan yacheykalarni belgilash;

  • Pravka menyusida Vstavit komandasini chaqirish yoki tugmasini bosish.

Buferdagi bo`lak nusxasi ko`rsatilgan joyga qo`yiladi.

Nisbiy tayanishlar bilan formulalarga ega yacheykalardan nusxa ko`chirishda argumentlar yacheykalari koordinatalari avtomatik ravishda o`zgaradi. Misol uchun, A3 yacheykasidagi =A1+A2 formuladan V3 yacheykaga nusxa ko`chirishda uning ichidagi ma`lumot =V1+V2 ga o`zgaradi. Bu formula ilgariday formulali yacheykadan chapdagi ikki yacheykaning summasini hisoblaydi. Absolyut tayanishlar bilan formulalarga ega yacheykalardan nusxa ko`chirishda argument yacheykalar manzillari o`zgarmaydi.

YAcheykalar ichidagi ma`lumotlarni boshqa joyga ko`chirish uchun quyidagilar zarur:


  • Ichidagi ma`lumotlarni boshqa joyga ko`chirish lozim bo`lgan yacheykalarni belgilash;

  • Pravka menyusidan Virezat’ komandasini chaqirish yoki tugmasini bosish;

  • Bo`lakni qo`yish lozim bo`lgan yacheyka sohasining chap yuqori yacheykasini belgilash;

  • Pravka menyusidan Vstavit’ komandasini chaqirish yoki tugmasini bosish.

B
15-расм

uferdagi bo`lak ko`rsatilgan joyga kiritiladi.

Formulalarni o`z ichiga olgan yacheykalarni boshqa joyga ko`chirishda argument yacheykalar koordinatalari o`zgarmaydi. Masalan, A3 yacheykasidagi =A1+A2 formulani V3 yacheykasiga ko`chirishda formula qoladi =A1+A2.


Jadvalni bosib chiqarish uchun Fayl menyusida Pechat’ komandasini tanlash lozim. Pechat’ dialog oynasida (37-rasm) Imya ro`yxat maydonida printerni tanlash zarur, agarda bir necha printerda bosib chiqarish imkoni bo`lsa.

16-rasm


Pechat’ dialog oynasining Pechatat’ ramkasida bosib chiqariladigan sahifalar ko`rsatiladi:

vse – barcha sahifalar;

stranitsi – faqat s va po maydonlarida ko`rsatilgan sahifalar.

Vivesti na pechat’ ramkasida bosib chiqarish ob`ekti tanlanadi:

videlenniy diapazon – faqat belgilangan sohani bosib chiqarish;

videlennie listi – belgilangan varaqlarni bosib chiqarish (2 va undan ortiq varaqlarni belgilash uchun Ctrl klavishasini bosib turgan holda ularning yorliqlari ustida sichqon bilan bosish lozim);

vsyu knigu – butun kitobni bosib chiqarish.

Chislo kopiy maydonida nusxalar soni ko`rsatiladi. Bitta nusxani butunlay bosib chiqarish, keyin ikkinchi nusxasi va xok. uchun razobrat po kopiyam bayroqchasini o`rnatish lozim.

Aktiv varaqlarning bitta nusxasini bosib chiqarish uchun tugmasini bosish etarli.


Topshiriqlar:

  1. List 6 navbatdagi listga aylantiring.

  2. Belgilashni inkor eting.

  3. K ustunni belgilang. Siqoncha yordamida A1:E13 blokni ajrating.

  4. A,B,C,D ustunlarni ajrating. Ajratishni inkor eting. Ishchi listni ajaritng.

  5. A1 yacheykaga matnni kiriting, masalan mening tug`ilgan joyim..

  6. B1 yacheykaga shaharni kiriting.

  7. C1 yacheykaga sonni, ya`ni tug`ilgan yilingizni kiriting.

  8. D1 yacheykaga =C1-B1 formulani kiriting. Qanday son hosil bo`ldi? Bu sizning yoshingiz.

  9. YAngi berilganlar bazasini yarating, ro`yhatda guruhingiz talabalari haqida berilganlarni kiriting, ular orasidan talabalar yotoqxonasida yashaydiganlarni, uyidan qatnaydiganlarning ro`yhatlarini aloxida chiqaring. YAratilgan berilganlar bazasini saqlang, listni berkiting, qaytadan xotiraga yozilgan bazani chaqiring. Excel dasturidan chiqib keting.

14- Amaliy mashg`ulot

Mavzu: Prezentatsion dasturlar bilan ishlash. Sodda prezentatsiyalar yaratish
Maqsadi: Microsoft Power Point dasturi bilan ishlashni o`rgatish. Sodda prezentatsiyalar yaratish

Texnik vositalar: Komp`yuter, Windows tizimi bilan birgalikda Microsot Power Point dasturi, Proektor.

Ma`lumki zamonaviy komp`yuter texnikasining ishlatish va undan foydalanish uchun turli vazifalarni bajaruvchi dasturlari mavjud.Ish faoliyatida shunday masalalar uchraydiki,yukorida sanab o`tilgan muxurrirlar va dasturlardan foydalanib xal etish yoki ko`zlangan maqsadga erishish mumkin emas yoki ko`p vaqt,mexnat va mablag` talab qiladi.

Slayd-taqdimotda namoish etish uchun tayyorlangan sahifani ko`ramiz.Devoriy gazetalar ham slaydga misol bo`la oladi.Taqdimot bir necha slayddan iborat bo`lishi mumkin.Odatda,birinchi slayd muqova yoki titul slaydi hisoblanadi.Taqdimotdagi slaydlar sonini ma`ruzachi belgilaydi.

Komp`yuter texnologiyasining rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal etish ham oson, ham tez va asosiysi,sarf-xarajatni juda ham kam bqlishini ta`minlaydi.SHunday dasturlar yaratildiki,saydlar tayyorlash uchun matn,grafik muharrirlari,elektron jadval,mul’timediya dasturlari va Internet xususiyatlarini bog`lagan holda,quyidagi imkoniyatlarni beradi;



  1. matn,rasm-chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish;

  2. matn,rasm-chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy tartibda joylashtirish;

  3. taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgin barcha slaydlarga avtomatik o`tkazish;

  4. taqdimotdagi xar bir slaydni alohida ko`rinishda bezash;

  5. taqdimotda mul’timediyali slaydlar yaratish.

Dastur tamonidan matn,rasm-grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirilishi Avtomaket yoki Slayd razmetkasi ( razmetka slaydov ) deb tushiniladi.

Microsoft Power Point – grafik tasvirlar tayyorlash va prezentatsiyalar hosil kilish uchun muljallangan bulib, unda yaratilgan prezentatsiyalarda oddiy animatsiyalar tashkil kilish mumkin.

Power Point dastur mahsuloti asosan prezentatsiyalar hosil qilishda ishlatiladi. Prezentatsiya – ma`ruza, biznes reja va xokazolar bo`lishi mumkin. Xar bir prezentatsiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo`lishi mumkin.

Microsoft Power Point yaratgan xujjatlarini Office ning boshqa muxarrirlariga, Web sahifa ko`rinishida, rasm ko`rinishida (*.bmp,*.jpg) va boshqa ko`rinishlarda eksport qilish imkoni berilgan.

Prezentatsiyalar tayyorlashda qulayliklari juda katta bo`lgan zamonaviy dasturlardan biri Microsoft Power Point da tayyorlanadigan Prezentatsiya slaydlarida rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplar va xokazolarni joylashtirish imkoni berilgan.


2.Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish.
Odatda Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Pusk» tugmasi bosiladi, menyuning «Programmi» bandidan Microsoft Power Point nomli kismi ishga tushiriladi.

YUkorida kursatilgan joyda Microsoft Power Point kismi bulmasa, C:\Program Files\Microsoft Office\Office katalogiga kirib POWERPNT.EXE ni ishga tushiriladi.



POWER POINT dasturi xar-xil mavzularga oid juda ko`p tayyor taqdimotlar ko`rinishlarini tavsiya etadi.Bunday kurinishlar xar-xil usilda bezatilgan slaydlarni o`z ichiga oladi.Slayd maydonida zarur bo`lsa o`zimizga kerakli matnni,chizmani,jadval yoki diogrammani joylashtirishimiz mumkin.Buning uchun POWER POINT dasturida slayd orqali tayyorlangan EXM kurilmalari yuzasidan tayyorlangan taqdimodlarni misol keltirishimiz mumkin.

Microsofn Power Point dasturi ishga tushirilganda dasturning interfeysi va Power Point muloqat oynasi ochiladi. Word,Excel dasturlari interfeysi kabi Power Point interfeysi ham sarlavhalar satri,menyular satri,uskunalar paneli va ishchi maydoniga.Menyular satri Slaydlarni ko`rsatish (Pokaz slaydov) bo`limi bilan farqlanadi..Power Point dasturi interfeysning boshqa dasturlar interfeysidan yana bir farqi Power Point muloqat oynasining mavjudligidir.

Muloqat oynasida taqdimot ishlarida yordam beradigan maslahatlar berilgan. Power Point dasturi taqdimot tayyorlashning quyidagi yullaridan birini tavsiya etadi: Avtomazmun ustasi (master avtosoderjaniya) bo`limi,Taqdimot Ko`rinishi (SHablon prezintatsii) bo`limi va bush taqdimot (pustuyu prezentatsiyu) bulimi.Bundan tashqari,mavjud taqdimotni ochish(otkrit’ prezentatsiyu) imkoniyati ham bor.Misol uchun tayyorlangan bitta taqdimotni quyidagi ko`rinish orqali kurishimiz mumkin.


Bunda komp`yuter qurilmalari va ularni o`quvchilarga tushintirib berish uchun qiziqarli qilib tayyorlanadi.YUqorida ko`rsatilgan tasvirda EXM qurilmalarini grafik ko`rinishida tayyorlangan. ekranning chap tomonida tayyorlangan ma`lumotlar joylashgan.Agar biz qaysi ma`lumotni ko`rmoqchi bo`lsak ekrandagi “ko`rsatkich”ni o`sha ma`lumot ustiga olib boramiz va mishkani chap tomoni bir marta bosiladi.Tanlangan ma`lumot ekranning o`rtasida ko`rsatiladi.Tayyorlangan ma`lumotlar osti foni yoki uning ekranda paydo bo`lish jarayonini o`zgartirish o`ng tomondagi “konstruktor”bo`limidan o`zgartiriladi.Bu ishning bajarilishi tayyorlanayotgan xar bir taqdimot uchun amalga oshirilishi mumkin bo`ladi.




Microsoft Power Point ishga tushganda quyidagi oynani ko`ramiz.

«Strelka» orqali ko`rsatilgan oynachada Power Point prezentatsiya yaratishning to`rt xil variantidan birini tanlashni taklif etayapti:




  1. Power Point Masteri orqali prezentatsiya hosil qilish; (Bu variant tanlanganda so`rovlar orqali qanday prezentatsiya hosil qilinishi kerakligi master orqali aniqlanib, shu talablarga javob beradigan prezentatsiya hosil qilinadi.)

  2. Biror shablon ko`rinishidagi prezentatsiya hosil qilish; (Bu variantda esa, tayyor prezentatsiyalar shablonidan birortasi tanlanishi talab qilinadi. Tanlangan shablon ko`rinishida perezentatsiya hosil qilib, foydalanuvchiga havola etiladi. SHablonlarning ham bir nechta turi bor, ular: «Obshie», «Web-stranitsi», «Prezentatsii», «Dizayni», «Prezentatsiy». Masalan Web-saxifa hosil qilmokchi bo`lsak, «Web-stranitsi» bandidagi biror shablonni tanlaymiz va hokazo)

  3. Bo`sh prezentatsiya hosil qilish; (1 ta slayddan iborat prezentatsiya hosil qilib beradi)

  4. Oldin hosil qilingan prezentatsiyani ochish. (Oldin yaratilgan prezentatsiyalar ruyxatidan keraklisini ochish imkonini beradi.)

Bo`sh prezentatsiya hosil kilish.

Yuqoridagi tartibda bo`sh prezentatsiya hosil qilish uchun «Pustuyu prezentatsiyu» bandi tanlanib, OK tugmasi bosilsa, Power Point bo`sh prezentatsiya hosil qilib, uning birinchi slaydining ko`rinishini taklif etadi.




«Viberite avtorazmetku» bandidan kerakli ko`rinishdagi slayd tanlanadi. Masalan:
- qatorli matndan iborat bo`lgan slayd tanlanadi.

- sarlavha, chap tomondan diagramma va o`ng tomondan matndan iborat bo`lgan slayd tanlanadi

Agar biz bo`sh slayd hosil qilmokchi bulsak , bandi tanlanib, OK tugmasi bosiladi. Quyidagi oyna hosil bo`ladi:


Bu slaydda kerakli ko`rinishni hosil qilish mumkin.

Yangi slayd qushish lozim bulsa «Standartniy» panelidan



«Sozdat’ slayd» tugmasi bosiladi, yuqorida aytib o`tilgan tartibda kerakli turdagi slayd tanlanib, yangi slayd hosil qilinadi

.
Rasm chizish

Power Point rasm chizish uchun «Risovanie» panelidan foyidalaniladi:

Bu panel’ orqali hosil qilingan ob`ektlarni xar birini xossalari mavjud bo`lib, ular shu ob`ekt ustiga kelib sichkonchaning ung tugmasini bosganda hosil bulgan menyudan «Format avtofiguri» qismini tanlaganda chiqadi va u orqali biz shu avtofigura uchun hamma xossalarini o`zgartirish imkoniga ega bo`lamiz.

Slaydda rasmlar joylashtirish
1. Power Point ning o`zida bo`lgan rasmchalar to`plamidan biror rasmni joylashtirish «Standartniy» panelidan «Dobavit’ kartinku» tugmasini bosib, kerakli rasmni tanlash yuli bilan amalga oshiriladi.

Bu oynadan kerakli rasmni tanlab «Vstavit’» tugmasi bosilsa tanlangan rasm slaydga joylashadi.

2. Agar o`zimiz hosil qilgan yoki biror faylda turgan rasmni slaydga joylashtirmoqchi bo`lsak, menyuning «Vstavka» bandidan «Risunok» bandi va bu banddan «Iz fayla…» qism bandini tanlab, hosil bulgan oynadan kerakli faylni tanlab «Dobavit’» tugmasi bosilsa tanlangan rasm matnda qo`yiladi.
15- Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Prezentatsiyalar yaratishda ovozlar va animatsiyalardan foydalanish
Maqsadi: Microsoft Power Point dasturida ovozlar va animatsiyalardan foydalanish ni o`rgatish.

Texnik vositalar: Komp`yuter, Windows tizimi bilan birgalikda Microsot Power Point dasturi, Proektor.

Prezentatsiya yaratishning asosiy qadamlari.

Xamma yaxshi dasturiy ta`minot kabi POWER POINTxam sizning fikriy talablaringizni aks ettira oluvchi turli vositalarni taklif kiladi. Bu dasturning imkoniyatlari fakat sizning fikringiz (fantaziyangiz) chegaralari va ishlab chiqish muddati bilangina chegaralanadi. POWER POINTni urgangach, amin bulasizki, dasturning uzi sizni prezentatsiya yaratishning xamma boskichlaridan olib utadi. Masalan, slayd ustida ish boshlashda POWER POINT ekranga «SHelchok vivodit zagolovok» tipidagi xabar chiqadi, siz esa shu maslaxatga amal kilsangiz bas. Ishlatishning oddiyligi bu dasturning yaratilishida asosiy maksadlardan biri bulgan. Prezentatsiya yaratishning tukkizta asosiy qadamlari bilan tanishamiz. Asosiy e`tibor bu erda qadamlar ketma-ketligiga karatilgan.

1-QADAM. Ishni boshlash.



POWER POINTdasturi ishga tushirilgach, POWER POINTmuloqot oynasi ochiladi. POWER POINToynasining birinchi parametri “Master avtosoderjaniya”ni chakirishga xizmat kiladi. Bu muloqotli dastur sizga mavjud oltita tayer tiplardan birini tanlashni taklif kiladi, sungra mos matn urnatilgan slaydlar guruxini taklif kiladi. Albatta matn umumlashgan bo`ladi, lekin prezentatsiya strukturasini ishlab chiqishda katta erdam berishi mumkin.

«Master avtosoderjaniya» sizning prezentatsiyangiz bilan ishni boshlar ekan, kuyidagi qadamlarni bajaradi.



  • Prezentatsiyaning nomlanishi uchun matnni(sarlavxa) suraydi (ya`ni siz nima tugrisida gapirmokchisiz);

  • Prezentatsiyaning birinchi slaydida joylashgan kushimcha tekst (sarlavxa va kolontitul uchun );

  • Prezentatsiya tipini suraydi;

  • Oxirgi natija kurinishini foydalanuvchidan suraydi;

  • Slayd rejimida prezentatsiyaning umumiy mundarijasini ekranga chiqaradi;

Master avtosoderjaniyani ishga tushurish uchun :

1. POWER POINT ni ishga tushirgach, POWER POINT muloqot oynasi paydo bo`ladi. SHu muloqot oynadan «Master avtosoderjaniya» parametri ustiga sichkoncha tugmasini ikki marta bosing (eki «Tab» klavishasi bilan bir parametrdan ikkinchisiga utib, uni Enter klavishasi bilan faollashtiring).

2. Agar POWER POINT ishga tushurilgan bulsa, «Fayl» menyusidan «Sozdat’» buyrugini tanlang. «Sozdat’ prezentatsiyu» muloqot oynasi ochilgach, «Prezentatsii» bulimini tanlang.

2.1- RASM. «Sozdat’ prezentatsiyu» muloqot oynasi .

3. «Master avtosoderjaniya» belgisi ustiga sichkoncha tugmasi yordamida ikki marta bosing.

4. «Master avtosoderjaniya» kay tarzda aktivlashtirilgandan kat`iy nazar, ekranda kuyidagi muloqot oynasi paydo bo`ladi.



2.2 – RASM. «Master avtosoderjaniya» muloqot oynasi.


«Master avtosoderjaniya» uzida oltita boskichdan iborat qadamlarni taklif kiladi. «Master avtosoderjaniya»ning kuyi kismida keyingi boskichlarga qanday utish tugmalari joylashgan. «Dalee» tugmasini (eki «D» klavishasini) bossangiz keyingi qadamga utiladi; «Nazad» tugmasini (eki «N» klavishasini) bossangiz oldingi qadamga utiladi; agar «Otmena» tugmasini (eki «Esk» klavishasi) bosganda, «Master avtosoderjaniya» dan chikishingiz mumkin. Xar bir qadamlar uchun programma uzining bajarish variantlarini takdim etadi.

«Master avtosoderjaniya» dan foydalanar ekansiz, kuyidagi ketma- ketlikka e`tibor bersangiz, maksadga muvofik sanalardi:



  • Birinchi muloqotli oyna kiritish oynasi xisoblanadi, «Dalee» tugmasini (eki «D» klavishasini) bosgan xolda keyingi muloqotli oynaga utishingiz mumkin.

  • Birinchi matnli maydonda uz ismingiz va tashkilot nomini kiriting. Uni istalgan vaktingizda uzgartirishingiz mumkin.

  • Keyin «O chem vi sobiraetes’ govorit’?» savoliga javob bering. Ikkinchi maydonda prezentatsiya nomini kiritasiz. Kiritgan matningiz prezentatsiya sarlavxasi xisoblanadi va u titul slaydida hosil bo`ladi.

  • Uchinchi matnli maydonda majburiy sanalmagan matnni kiriting. U titul slaydining uchinchi katorida joylashadi.

  • «Dalee» tugmasini (eki «D» klavishasini) bossangiz, uchinchi muloqotli oynaga utishingiz mumkin. Bu erda siz prezentatsiya tipini kursatasiz.

  • Sichkoncha tugmasi erdamida kerakli prezentatsiyani tanlab keyingi boskichga utish uchun «Dalee» tugmasini (eki «D» klavishasini) bosing.

  • Turtinchi muloqotli oynadan prezentatsiya stilini tanlang .

  • Prezentatsiya uchun kerakli slaydlar sonini aniklashda «Master avtosoderjaniya» sizga yakindan yordam beradi . Ixtiyoriy vaktni kursatuvchi parametrni tanlang. Keyin «Dalee» tugmasini (eki «D» klavishasini) bossangiz, beshinchi muloqotli hosil bo`ladi.

  • Oxirgi natijani kay tarzda olmokchi bulsangiz, usha kurinishni tanlang.

  • Ekranda «Master avtosoderjaniya» ning oxirgi muloqotli oynasi namoyon bo`ladi. Siz «Gotovo» tugmasini bosing. SHundan keyin ekranda prezentatsiyaning titul slaydi slayd rejimida namoyon bo`ladi.

Prezentatsiyani slaydlar buyicha joylashtirmokchi bulsangiz, «Predidushiy slayd», «Sleduyushiy slayd» tugmalaridan eki PgUp, PgDn klavishalaridan foydalaning.

POWER POINT oynasining 2-parametri “SHablon prezentatsii» bulib, u erdamida foydalanuvchi uziga kerakli bulgan dizayn shablonlari ruyxatidan foydalanishi mumkin. Lekin, POWER POINTda ishlash maxorati kunikmasiga ega bulmasangiz, bu parametrni tanlamaganingiz ma`kul. 3-parametr «Pustaya prezetatsiya» (Blank Presentation) bu na matnga, na dizaynga ega bulmagan prezentatsiyani boshlaydi. Lekin, uning erdamida siz boshlangich slaydni tanlashingiz mumkin.

Avval yaratilgan prezentatsiyalarni ochish uchun sunggi parametr “Otkrit’ prezentatsiyu” dan foydalanishingiz mumkin.Bu parametr tanlanganda POWER POINT, oldin yaratilgan va xotirada saklangan prezentatsiyalarni yuklash uchun (File Open) «Otkritie fayla» muloqot oynasi hosil bo`ladi.



POWER POINT bilan ishlash jaraenida siz xamma vakt «Standartnaya» asboblar oynasidagi «Sozdat’» tugmasi eki «Fayl» menyusining shu nomli bulimini tanlab, yangi prezentatsiyani boshlashingiz mumkin.

Slaydda fon yaratish uchun asosiy menyuda "Format" punktini tanlash lozim. "Format" menyusining "TSvetovaya sxema slayda" buyrugi yordamida slayddagi sarlavxalar, soyalar, fon va boshqalarning rangini uzgartirish mumkin. "Primenit’ ko vsem" buyrugi bu ranglar sxemasini barcha slaydlarga tadbik kiladi. "Primenit’" buyrugi esa fakat shu slayddagina ranglarni uzgartiradi. Barcha slaydlar bir xilda bulishi uchun dizayn shablonidan foydalanish mumkin ("Primenit’ shablon dizayna" buyrugi).

Slayd uchun ekranda hosil bulgan oynadagi kurinishlardan ixtiyoriysini (teatr,tropiklar,xavorang mato va xokazolarni) tanlash mumkin. Fon rangini "Spetsial’niy fon" oynasidagi "Vibor zalivki slayda" (slayd rangini tanlash) rejimi orqali tanlash mumkin.

2.4-RASM. «Spetsialniy fon» muloqot oynasi.

Fon rangini tanlash algoritmi:

1.Oynada buyash usullari paydo bo`ladi:

- tonirovka (tonni aniklash);

- uzor (naksh);

- tekstura;

- risunok (rasm);

- drugoy tsvet (boshqa rang).

2. Yukoridagi usullardan bittasini tanlaysiz.

3. "Primenit’" yoki "Primenit’ ko vsem" buyrugini tanlaysiz.

4. "Isklyuchit’ fon obraztsa" (Namuna fonini uzgartirish) rejimi urnatilsa, fonning oldingi rangi uzgartiriladi.

5. Fon rangini kurish uchun "Prosmotr" tugmasi bosiladi.

Tanlangan shablondan voz kechish uchun yana "Isklyuchit’ fon obraztsa" tugmasi bosiladi. Buyash usullaridan birini tanlagach, "Prosmotr" buyrugi yordamida uning bajarilishini kurish mumkin. «Ok» tugmasini bosib, "Primenit’" yoki "Primenit’ ko vsem" buyrugi tanlanadi.

2- QADAM. Mavzu va tashki kurinishni aniklash.

Bu qadam ixtieriy ketma- ketliklarda bajarilishi mumkin bulgan ikkita masala: prezentatsiya moxiyati-mavzusini va uning dizaynini tanlashdan iborat bo`ladi. Slayd dizaynini keyinga koldirib avval matnlarni kirgizish eki bu ishlarni aksincha kilish mumkin. Bu ikkala masalani birdan echishning oddiy usuli, bir necha mavzulardagi shablonlarni taklif kiluvchi «Master avtosoderjaniya»ni ishlatishdir. Bu master shu jumladan, prezentatsiya dizaynini urnatadi. (Bu dizaynni «Dovodka prezentatsii» qadamda uzgartirish mumkin).

YUkorida aytib utilganidek, agar sizda emblema ishlab chiqsh eki foydalanuvchi shablonlari uchun rangli sxemalar yaratish bilan bog`liq malakangiz bulmasa, POWER POINT muloqot oynasidagi «Shablon» parametridan foydalanish maslaxat berilmaydi.
3-QADAM. Matnni kiritish va taxrirlash.

Agar siz «Master avtosoderjaniya» dan foydalangan va prezentatsiyadagi matnlarni kiritmagan bulsangizda, siz Master taklif kilgan matnni uzgartirish, taxrirlash va ba`zi joylarini foydalanuvchi matni bilan almashtirishingiz mumkin. Bu ishni xar bir slayd uchun aloxida eki struktura rejimiga utib, aloxida slaydlar matni bilan bir katorda tulik prezentatsiya matnini taxrirlashingiz mumkin. Struktura rejimida matnni kiritish, taxrirlash va urnini almashtirish, shu jumladan slayddan slaydga o`tkazish va nusxalash mumkin.

Slaydda matn yaratish (yozish) uchun kuyidagi algoritmni kullaymiz.

1."Risovanie" asboblar oynasida "Tekst" tugmasini ajratish.

2. Matn yozish uchun zarur maydon hosil bulguniga kadar, kursorni slaydga o`tkazish.

3. Ajratilgan (ramka bilan) maydonda matnni terish.

4. Matn yozilgan maydonni sichkoncha kursatkichi yordamida slaydning kerakli joyiga o`tkazish.

SHriftni uzgartirish uchun matnni ajratib, "Formatirovanie" oynasi yordamida matnning kurinishi, shrift kattaligi, rangi va xokazolar tanlanadi.


4-QADAM. Grafiklar, tashkiliy diagrammalar va jadvallar

kushish.


Xamma vakt xam fakat matndan foydalanib,mavzuni tulik tushuntirib bulmaydi.Ba`zi xollarda rasm va grafiklar zarur bulsa, ba`zi xollarda jadvallar ancha samara beradi.Siz matnli slaydga grafik, tashkiliy diagramma va jadvallar kushishingiz eki grafik slayd yaratishingiz mumkin. YAngi slayd ochishda eki bush prezentatsiya tanlanganda POWER POINTturli slaydlar variantlari kursatilgan “Sozdat’ slayd” muloqot oynasini ochadi. Bu slaydlarning ba`zilari fakat matnlardan iborat bulsa, ba`zilari sarlavxa xamda grafik,tashkiliy diagramma va jadvallar kuyish uchun ajratilgan soxalardan tuzilgan. Ba`zilari esa bir slaydning uzida xam matn, xam grafikga ega.Siz keraklisini tanlash uchun uning belgisiga bir marta sichkon tugmasini bosing va “Ok” tugmasini tanlang, eki ikki marta slayd belgisiga sichkonning chap tugmasini tez bosing. Tanlangan slayd prezentatsiya oynasida slaydlar rejimida hosil bo`ladi.

Ma`lumki, slaydlarda punktir chizik bilan chegaralangan soxalar bor. Ular ichida ulardan foydalanish tartibi kursatilgan. Ba`zi soxalar, masalan diagramma chikarish soxasi yana belgiga xam ega. Masalan, kuyidagi rasmdan birinchi soxa “Shelchok vivodit zagolovok” ni, ikkinchisi esa “Dvoynoy shelchok dobavlyaet diagrammu” ni kursatyapti. Kuyidagi slayd esa uchta: sarlavxa, matn va diagramma uchun soxalarga ega. Matn soxasida sichkon tugmasi bosilgach, matn fakat shu soxa ichida eziladi eki diagramma soxasida sichkoncha tugmasini ikki marta bosish, diagrammani fakat shu soxada joylashishini ta`minlaydi.

Izox! Slayd tanlanganda va uning ma`lum soxasida tugma bosilganda, POWER POINTfoydalanuvchi menyudan mos buyrukni kidirib yurmasligi uchun, barcha imkoniyatlarni avtomatik yuklaydi.
5-QADAM. Annotatsiya va grafik obrazlarni kuyish.

5-Qadamga kelib, yaratilaetgan prezentatsiyaga sunggi shtrixlarni kuyish mumkin.Matn va diagrammalar kiritib bulingach, xar bir slaydni kayta kurib chiqsh kerak.Ba`zi slaydlarga kiritilgan izoxlar prezentatsiya moxiyatini auditoriyaga etkazishda katta erdam berishi mumkin. ”Risovanie” asboblar oynasidagi “Tekst” tugmasini ishlatib,slaydning ixtieriy joyida shu mavzuni erituvchi matnlarni annotatsiyalar kurinishida kiritish mumkin. Bundan tashkari bu qadamda “Risovanie” asboblar oynasidan foydalanib, slaydlarni rasmlar bilan tuldirishingiz mumkin. Oddiy xolda annotatsiya bu- biror diagrammani erituvchi va u bilan chizik orqali boglangan matndir. Bu kuyidagi rasmga kursatilgan. Lekin POWER POINTmuxitining kuchli grafik vositalari erdamida ancha murrakab grafik obrazlarni xam yaratish mumkin.

Agar siz rasmlar chizishda kiynalaetgan bulsangiz, kuplab tayer rasmlardan iborat bulgan ”Servis” menyusining «Avtografika» bulimi erdamida chakiriladigan POWER POINTning grafiklar kutubxonasi ClipArt Gallery dan foydalanishingiz mumkin. POWER POINTda rasmlar kategoriyalarga bulinadi.

2.6- RASM. Grafiklar kutubxonasi ClipArt Gallery.



Rasmda kursatilgandek, slaydning kabul kilinish samaradorligiga matnga mos rasmni tanlash bilan erishish mumkin.

Rasmlar bilan birgalikda oldin boshqa dasturlar tomonidan yaratilgan illyustratsiyalar, shuningdek, skanerlangan fotosuratlarni xam joylashtirish mumkin. POWER POINTboshqa muxarrirlardagi rasmlarni xam bemalol ekranga chikaradi.

Rasmni joylashtirish algoritmi.

1."Risunok" punktini tanlash.

2. Kutubxonadan kerakli rasm faylini tanlash, yoki rasm chizilgan faylning nomini kursatish.

3. Rasmni slaydning kerakli joyiga joylashtirish.

4. Rasmning ulchamlarini zarur kattalikkacha uzgartirish.

6-QADAM. Prezentatsiyaga tuzatishlar kiritish.

Ba`zi xollarda, vakt tankisligi tufayli tez yaratilgan prezentatsiyalarda, oxirgi dakikalarda tuzatishlar kiritish zaruriyati tugilishi mumkin. Prezentatsiya elektron varaklar kurinishida saklanaetganligi sababli, matn muxarririda matnni taxrirlagan kabi osonlik bilan prezentatsiyaga xam uzgartirishlar kiritish mumkin.

Siz “Master avtosoderjaniya” orqali eki xech qanday shablonga ega bulmagan bush prezentatsiyadan ishni boshlashingizdan kat`iy nazar, oxirgi dakikalarda xam uzgartirishlar kiritishingiz mumkin. “Sortirovshik slaydov” rejimi butun prezentatsiya bilan ishlash, va unda uzgartirishlar kiritish imkonini beradi. Bu rejimda turib, slaydlar tartibini uzgartirish eki ortikchasini olib tashlash mumkin.

Slaydlar saralovchisi POWER POINTdagi uchinchi rejim bulib, u barcha slaydlarni birgalikda ekranga chikarish xamda :

-prezentatsiyani tulik kurish, kamchiliklarni aniklash;

-slaydlar urnini almashtirish ;

-ba`zi slaydlarning eki barchasining ranglar sxemasini, shablonini

va fon rangini uzgartirish;

-slaydlardan nusxa olish;

-xar xil prezentatsiyalar orasida slaydlarni kuchirish va nusxasini olish;

-demonstratsiya rejimida foydalaniladigan utish va matn tuzish effektlarini urnatish va kurib chiqsh;

Prezentatsiya oynasining kuyi chap burchagidagi “Vid” menyusining «Sortirovshik slaydov” tugmasini bosish eki “Vid” menyusidagi “Sortirovshik slaydov” buyrugini tanlash orqali slaydlar saralovchisi rejimiga utiladi. Bu rejimga utilganda joriy prezentatsiyaning barcha miniatyuralari slaydlar tuplami kurinishida ekranga chikariladi. “Standartnaya” oynasi ostidagi “Formatirovanie” oynasi urnida esa “Sortirovshik slaydov” asboblar oynasi hosil bo`ladi.

Saralash rejimidan chiqsh uchun (masalan, aloxida slaydni slaydlar rejimida kurish uchun) slayd ustida manipulyator tugmasini ikki marta bosish kerak. Miniatyurali slaydlarning masshtabini kattalashtirish eki kichraytirish uchun “Izmenenie pole” asbobini tanlash kerak eki “Vid” menyusining “Masshtab” buyrugini tanlash kerak. Masshtabni kattalashtirish xatolarni aniklash maksadida xar bir slaydni aloxida, dikkat bilan karab chiqsh imkonini beradi. Masshtabni kichraytirish barcha slaydlarning yagona dizaynga egaligini kurish imkonini beradi.

Slaydlar urnini almashtirish.

Slaydlar urnini almashtirish jarayoni manipulyator erdamida surish va kuyish orqali, eki asboblarning standart oynasidagi “Virezat’” va “Vstavit’” tugmalari orqali (eki “Pravka” menyusidagi) amalga oshirilishi mumkin.

Slaydlarning ketma- ketligini almashtirish uchun:

1. Urnini almashtirish kerak bulgan slayd ustida sichkoncha kursatkichini joylashtiring;



  1. Chap tugmani bosgan xolda, hosil bulgan vertikal chizikchani slaydning yangi urniga joylashtirish;

  2. Sichkoncha tugmasini kuyib yuborish,“Virezat’” va “Vstavit’” buyruklari erdamida;

Buning boshqa usuli xam mavjud:

  1. Urnini almashtirish kerak bulgan slayd ustiga sichkoncha chap tugmasini bir marta bosish;

  2. «Virezat’» tugmasini tanlash (asbobning «Standartnaya» oynasidan) eki «Pravka» menyusidan shu nomli buyrukni tanlash ;

  3. Slaydning yangi urnida sichkoncha chap tugmasini bir marta bosish va «Vstavit’» tugmasi eki buyrugini tanlash;

Slayddan nusxa olish uchun slaydni Ctrl tugmasi bosilgan xolda surish eki «Virezat’» tugmasi urnida «Kopirovat’» tugmasini bosish lozim. Natijada slaydning eski urnida xam nusxasi saklanadi. Xuddi shunday slaydlar guruxi urnini xam almashtirish mumkin.Slaydlar guruxini ajratish uchun Shift tugmasi bosilgan xolda, ajratilishi kerak bulgan slaydlar ustiga sichkoncha chap tugmasi bir marta bosiladi. Bu usul bilan prezentatsiyaning istalgan kismida joylashgan slaydlarni ajratish mumkin.

Ketma- ket joylashgan slaydlarni ajratish uchun manipulyator tugmasi birinchi slayd ustiga bosilgan xolda, barcha kerakli slaydlarga suriladi. Slaydlarni tulik ajratish shart emas, slaydning biror kismi ajratish ramkasiga tegishli bulishi etarli. Manipulyator tugmasini shu guruxdagi biror slayd ustiga joylashtirib, ularni «Virezat’» va «Vstavit’» tugmalari eki buyruklari orqali yangi joyga kuchirish mumkin.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin