Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/9
tarix17.11.2018
ölçüsü0,63 Mb.
#84089
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Asosiy ma`lumotlar


Jadvaldagi hisoblashlar formulalar yordamida bajariladi. Formula matematik operatorlar, qiymatlar, yacheyka va funktsiyalar nomiga tayanishlardan tashkil topishi mumkin. Formulani bajarish natijasi sifatida formula joylashgan yacheyka ichidagi muayyan bir yangi qiymat xizmat qiladi. Formula tenglik belgisi "=" dan boshlanadi. Formulada arifmetik operatorlar + - * / ishlatilishi mumkin. Hisoblashlar tartibi oddiy matematik qonunlar bilan belgilanadi.

Formulalar misollari: =(A4+V8)*S6, =F7*S14+B12.



Konstantalar – yacheykaga kiritiladigan va hisoblashlar vaqtida o`zgarishi mumkin bo`lmagan matn yoki son qiymatlari.

Ssilka na yacheyku ili gruppu yacheek – yordamida aniq yacheyka yoki bir necha yacheyka ko`rsatiladigan usul. Alohida yacheykaga tayanish – uning koordinatalari. Bo`sh yacheyka qiymati nolga teng.

Tayanishlar ikki turli bo`ladi:



nisbiy – yacheykalar formula yordamda yacheykadan nisbiy siljish bilan ifodalanadi (masalan: F7).

absolyut – yacheykalar $ belgisi (masalan: $F$7) bilan birikmada yacheykalar koordinatalari orqali ifodalanadi.

Oldingi turlar birikmalari (masalan: F$7).

Formulalardan nusxa ko`chirishda nisbiy tayanishlar ko`chish kattaligiga o`zgaradi.

YAcheykalar guruhiga murojaat qilish uchun maxsus belgilardan foydalaniladi:



: (ikki nuqta) – yacheykalar blokiga murojaat qilishni shakllantiradi. Ikki nuqta orqali blokning chap yuqori va o`ng pastki yacheykalari ko`rsatiladi. Masalan: S4:D6S4, S5, S6, D4, D5, D6 yacheykalariga murojaat qilish.

; (nuqtali vergul) – yacheykalar birlashmasini ifodalaydi. Misol uchun, D2:D4;D6:D8D2, D3, D4, D6, D7, D8 yacheykalariga murojaat qilish.

YAcheykaga formulani kiritish uchun '=' belgisini va hisoblash uchun formulani kiritish zarur. Enter klavishasini bosgandan so`ng yacheykada hisoblash natijasi paydo bo`ladi. Formulani o`z ichiga olgan yacheykani belgilashda, formula tahrir qilish satrida paydo bo`ladi.


Funktsiyalar


Microsoft Excel da Funktsiyalar deb muayyan vazifani echish uchun bir necha hisoblash operatsiyalari birlashmalari ataladi. Microsoft Excel da funktsiyalar bir yoki bir necha argumentlarga ega formulalarni ifodalaydi. Argumentlar sifatida son qiymatlari yoki yacheykalar manzillari ko`rsatiladi.
Masalan:

=SUMM(A5:A9)A5, A6, A7, A8, A9 yacheykalari summalari;

=SRZNACH(G4:G6)G4, G5, G6 yacheykalari o`rtacha qiymati.

Funktsiyalar bir-birining ichiga kirishi mumkin, masalan:



=SUMM(F1:F20)OKRUGL(SRZNACH(H4:H8);2);

Funktsiyani yacheykaga kiritish uchun quyidagilar zarur:



  • formula uchun yacheykani belgilash;

  • Vstavka menyusining Funktsiya komandasi yordamida Master funktsiy ni chaqirish yoki tugmasini bosish;

  • Master funktsiy dialog oynasida (13-rasm) Kategoriya maydonida funktsiya turini tanlash, so`ngra Funktsiya ro`yxatida funktsiyani tanlash;

  • OK tugmasini bosish;


13-rasm


  • Keyingi oynaning CHislo1, CHislo2 va boshqa maydonlarida funktsiya argumentlarini kiritish (son qiymatlari yoki yacheykalarga tayanishlar);

  • argumentlarni ko`rsatish uchun maydondan o`ngda joylashgan tugmasini bosish va funktsiya argumentlarini o`z ichiga olgan yacheykalarni sichqon bilan belgilash mumkin; bu rejimdan chiqish uchun formulalar satri ostida joylashgan tugmasini bosish lozim;

  • OK bosish.

YAcheykaga SUMM summa funktsiyasini tugmasi yordamida kiritish mumkin.

Formulalar massivlari


Formulalar massivlaridan bir turdagi formulalarni kiritish va jadval ko`rinishidagi ma`lumotlarni qayta ishlash uchun foydalanish qulay. Masalan, B1, C1, D1, E1 yacheykalarida joylashgan sonlardan modulni hisoblashda, har bir yacheykaga formulalarni kiritish o`rniga barcha yacheykalar uchun bitta formula – massivni kiritish mumkin. Microsoft Excel formulalar massivi atrofida figurali qavslar { } kiritadi, uning yordamida uni ajratish mumkin.

Formulalar massivini yaratish uchun quyidagilar zarur:



  • formulalar massivi (14-rasm) joylashishi lozim bo`lgan yacheykalarni belgilash;

  • formulani argumentlar sifatida yacheyka-argumentlar guruhini ko`rsatgan xolda, oddiy usulda kiritish;

  • oxirgi oynada OK tugmasi o`rniga Ctrl+Shift+Enter klavishalar birikmasini bosish.

Formulalar massivini tahrir qilish uchun quyidagilar talab qilinadi:

  • massiv joylashgan yacheykalarni belgilash;

  • tahrir qilish satri ichida sichqon bilan bosish va formulani tahrir qilish;

  • Ctrl+Shift+Enter klavishalar birikmasini bosish.



14-rasm


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin