Ўзбекистон республикаси олий ва


Bir slayddan ikkinchi slaydga utish



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə8/9
tarix17.11.2018
ölçüsü0,63 Mb.
#84089
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Bir slayddan ikkinchi slaydga utish.

Siz bir necha slayddan iborat prezentatsiya yaratmokchi bulsangiz uni «Sortirovshik slaydov» rejimida bajarganingiz ma`kul.Siz ushbu rejimga kirib, «Pokaz slaydov» menyusiga kirib, «Sozdat’ slayd» buyrugini tanlang. Ushbu komanda erdamida bir necha slayddan iborat prezentatsiyani yarating. Prezentatsiyani yaratganingizdan sung, siz bularni namoyish kilishingiz mumkin. Xar bir slayd ketma-ket kelishi, ya`ni bir slayddan ikkinchi slaydga utish uchun, «Pokaz slaydov» menyusining «Perexod slayda» buyrugini tanlang. Natijada «Perexod slayda» muloqot oynasi ochiladi. Ushbu muloqot oynasi erdamida siz uz prezentatsiyangizdagi slaydlarni qanday kelishini kursatishingiz mumkin.Slayd ketma-ket kelishi eki klavishani bosish orqali namoen bulishi mumkin.


7-QADAM. Ish natijalarini saklash.

YAratilgan prezentatsiyani xotirada saklash uchun “Standartnaya” asboblar oynasidagi ”Soxranit’” tugmasi eki “Fayl” menyusining shu nomli buyrugidan foydalanish kerak. POWER POINTning xar bir fayli butun prezentatsiyani slaydlar tuplami sifatida saklaydi.


8-QADAM. Natijalarni kogozga eki ekranga chikarish.

Extimol siz ishni tugatgach, hosil bulgan slaydlar tuplamini chop etishni xoxlarsiz. POWER POINT bu ishni sizning operatsion tizimingizga ulangan ixtieriy printerda bajarish imkonini beradi. Oxirgi vaktlarda biznesda standart bulib kolgan lazerli eki “Struyniy” printerlarda, ayniksa natija chiroyli chikadi. POWER POINT kogozga xam, 35mm li fotografik slaydlarga xam sifatli nusxalaydi.


9 – QADAM. Demonstratsiya.

Tayyor bulgan slaydni namoyish kilish uchun, ekranning kuyi kismida joylashgan "Demonstratsiya" tugmasi bosiladi. Prezentatsiyani ishga tushirgach, qaysi ob`ektlar avtomatik ravishda, qaysilari "Nastroyka animatsii" tugmasi yordamida namoyish kilinishini aniklash zarur.

Slaydlarga diagramma va grafiklarni kushish.

Siz sonli ma`lumotlarni eshittirib ukiy olasiz, lekin fakat ularning fakat grafik tavsifigina sizning ma`lumotingizni tushunarli kiladi. POWER POINT Microssoft Office tarkibidagi tasavvur kilish mumkin bulgan xamma atributlarga ega 14 turli xil diagrammalarni taklif kiluvchi, kuchli Graph modulini ishlatadi. Bu modul yordamida grafiklarni tuzish juda oddiy. Siz bu bulimda zarur grafiklarni tayyorlash va ularni slaydlarga kushishda Graph modulini ishlatishni urganasiz. SHuningdek, grafiklar uchun ma`lumotlarni qanday kiritish va “Avtoformat” buyrugi bilan tanishasiz.


16- Amaliy mashg`ulot
Mavzu. Ma`lumotlar bazasini yaratish saqlash va taxrirlashni o`rganish.
Maqsadi: Ma`lumotlar bazasini yaratish saqlash va taxrirlashni o`rganish.

Texnik vositalar: Komp`yuter, Windows tizimi bilan birgalikda Microsoft Access dasturi, Proektor.

Nazariy qism

Ma`lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog`liq (rasm).

Maydon-bu ma`lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo`lib, u axborotni eng kichik va bo`linmas birligi bo`lgan rekvizitga mos keladi.

Microsoft Acces bazasini yaratish

Men Acces da qanday qilib baza yaratish va undan foydalanish haqida batafsil aytishga xarakat qilaman. Bunday ishlash uchun sizning komp`yuteringizga MS Officce va uning MS Access komponenti o`rnatilgan bo`lishi kerak. Aynan shu dastur orqali biz baza yaratamiz va undan Delphi orqali foydalanamiz.



1 – rasm. Ma`lumotlar bazasi yaratish oynasi.
Access ni ishga tushiring va fayl->sozdat’ menyusini tanlang va masterdagi «Novaya baza dannix…» tanlang. YAngi ma`lumotlar bazasi fayliga nom bering va “OK” ni bosing.

SHundan so`ng Access baza faylini ko`rsatilgan joyga saqlaydi. Siz xuddi 1 rasmdagi kabi rasmni ko`rasiz, bu oynada chap tomonda o`zingiz ob`ektlarni tanlash. Xar doim bu erda birinchi punkt “Tablitsa” bo`ladi. O`ng tomondagi oynada esa 3 ta punkt bor:





2 rasm – rasm. Ma`lumotlar bazasi yaratish oynasi.

1. Konstruktor yordamida jadval yaratish.

2. Master yordamida jadval yaratish.

3. Ma`lumotlarni kiritish yo`li bilan jadval yaratish.

Ushbu buyruqlar yordamida siz ma`lumotlar bazasini yaratishingiz mumkin. Bu yaratgan bazalaringiz yagona faylda saqlanadi qaysiki siz avval boshida saqlagan faylingiz hamda bu yagona faylda bir necha ma`lumotlar bazasi joy olishi mumkin.

Ma`lumotlar bazasidagi barcha ma`lumotlar 2 o`lchamli jadvalda saqlanadi. 3-rasmda siz oddiy ma`lumotlar bazasi jadvaliga misol ko`rishingiz mumkin.





3 – rasm. Oddiy jadvalga misol.

Jadvaldagi ustunlar maydonlar deb ataladi va ular yordamida ma`lumotlar qaysi maydonga saqlanayotganligi aniqlanadi. Keling misol tariqasida telefon sprovochnigi uchun ma`lumotlar bazasi hosil qilamiz va shuning yordamida ma`lumotlar bazasi hosil qilishni o`rganamiz. Avval “Sozdanie tablitsi v rejime konstruktora” ga cherting quyidagi 4-rasmdagidek oyna hosil bo`ladi.




4 – rasm. Jadval yaratish oynasi.

Yuqorida setka keltirilgan, bu keltirilgan setkada siz jadval maydonlarini, ularning tipini kiritasiz. Ularning tavsiflarini kiritish unchalik xam shart emas. Qachonki siz yangi mayodon hosil qilib uning tipini kiritsangiz, pastda uning xususiyatlari paydo bo`ladi. U orqali siz hosil bo`layotgan maydonning xususiyatlarini boshqarishingiz mumkin. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:



  • «Tekstoviy» tipli maydonning maksimal uzunligi 255 bo`ladi. Agar matn uzunligi bundan uzunroq bo`lsa, siz “Memo” tipini ishlatganingiz ma`qul.

  • Format polya. Bu erda siz ma`lumotlarni tashqi ko`rinishini ko`rsatishingiz mumkin. Masalan maydon mantiqiy tiplar uchun “Yes/No” kabi yoki sana maydonlari uchun “mm.dd.yy” kabi bo`ladi.

  • Maska vvoda. Bu erda biz maydon taxrirlanayotganda ko`rinadigan maska kiritamiz. Agar siz “...” ga chertsangiz, “kiritish maskasi” paydo bo`ladi. Siz maska yaratish oynasini ko`rasiz.

  • Znachenie po umolchaniyu. Bu erga xali xech qanday o`zgartirish kiritilmagan paytdagi qiymat ko`rsatiladi.

  • Obyazatel’noe polya. Agar foydalanuvchi bu maydonga xech qanday ma`lumot kiritmasa, u xolda xatolik haqida xabar chiqadi. Bunday maydonga ma`lumot kiritilishi shart.

  • Pustie stroki. Avvalgiga o`xshaydi, chunki bu maydon bo`sh qolishi mumkin emas.

  • Indeksirovannoe pole. Indekslanmagan xam bo`lishi mumkin. Indekslangan (Da (Dopuskayutsya sovpadeniya)) ikkita bir xil yozuvlarni ko`rsatadi. (Da (Sovpadeniya ne dopuskayutsya)) ikkita bir xil yozuvdan bittasini ko`rsatadi.

  • Sjatie YUnikod. Siqilishi mumkin bo`lgan maydon.

6 ta maydon yarating.



  1. Maydon nomi – key1. tip – schetchik. Bu siz uchun kalit bo`ladi. Maydon xajmi – “Dlinnoe tseloe”. Indekslangan maydon - Da (Sovpadeniya ne dopuskayutsya.

  2. Maydon nomi – familiya. Tip – tekstoviy. Maydon xajmi – 50. Indekslangan maydon - Da (Dopuskayutsya sovpadeniya).

  3. Maydon nomi – Ism. Tip – tekstoviy. Maydon xajmi – 50. Indekslangan maydon - Da (Dopuskayutsya sovpadeniya).

  4. Maydon nomi – Telefon. Tip – tekstoviy. Maydon xajmi – 10. Indekslangan maydon - Da (Dopuskayutsya sovpadeniya).

  5. Maydon nomi – e-mail. Tip – tekstoviy. Maydon xajmi – 20. Indekslangan maydon - Da (Dopuskayutsya sovpadeniya).

  6. Maydon nomi – SHaxar. Tip – chislovoy. Maydon xajmi - “Dlinnoe tseloe”. Indeklangan maydon – net. Nimaga shaxar satrli emas. SHaxar nomi bu matnli emasmi? Xozircha men bu ajoyibot haqida tushuntirmayman va men buni keyinroqqa qoldiraman. Ozgina keyinroq men nimaga shaxar “chislovoy” maydon ekanligi haqida aytib o`taman.




Fayl nomi STUDENT

Maydon


Kalit belgisi

Maydon formati

Nomni belgilash

To`liq nomi (rekvizit)

Tip

Uzun-

ligi

Aniq-

ligi

Nomer

Talaba reyting daftarchasi nomeri

*

simvol

10




Famil

Talaba familiyasi va ismi




simvol

20




T_kun

Talabaning tug`ilgan sanasi




sana

8




T_st

Talabaning oylik stipendiyasi




raqam

10

2

O’rta_reyt

Talabaning o`rtacha reytingi




raqam


3

2

STUDENT faylidagi yozuvlar mantiqiy strukturasi tuzilishi tavsifi

Bu jadval strukturasi Access MBBT quyidagicha aniqlanadi.




Amaliy mashg`ulotlari uchun variantlar
1. Korxona ishchilari haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: tabel nomeri, bo`lim nomi, ismi va familiyasi, tugilgan yili, oylik maoshi va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta ishchi uchun ma`lumot kiriting.

s) Berilgan ishchining familiyasi bo`yicha uning oylik maoshini chiqarish uchun so`ravnoma tayyorlang.


2. Korxona ishchilari haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: tabel nomeri, bo`lim nomi, ismi va familiyasi, tugilgan yili, oylik maoshi va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta ishchi uchun ma`lumot kiriting.

s) Ishchilar oylik daromadidan olinadigan solik va qo`liga oladigan maoshini hisoblab chiqaradigan so`ravnoma tayyorlang. O`rtacha 23% soliq olinsin.


3. Talabalar haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: talaba kartochkasi nomeri, ismi va familiyasi, tugilgan yili, fakul’teti, guruh nomeri, stipendiyasi va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta talaba uchun ma`lumot tayyorlang.

s) Berilgan talaba familiyasi bo`yicha uning stipendiya mikdorini ekranga chiqarish uchun so`ravnoma tayyorlang.


4. Avtovokzal haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: avtobus nomi, nomeri, jo`nash vaqti, manzil nomi, chipta narxi va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta avtobus uchun ma`lumot tayyorlang.

s) Fakat bitta manzil bo`yicha ma`lumot olish uchun so`ravnoma tayyorlang.

5. O`qituvchilar o`quv yuklamalari va lovozimlari haqidagi MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: o`qituvchi nomeri, ismi va familiyasi, tugilgan yili, lovozimi, fanlardan o`tiladigan soat miqdori, yillik yuklama va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta o`qituvchi uchun ma`lumot tayyorlang.
s) O`qituvchilar lovozimi bo`yicha tartiblangan jadvalini chiqarish uchun so`ravnoma tayyorlang. Har bir o`qituvchi o`quv yuklamasi haqida ma`lumot olish so`rovnomasini tayyorlang.
6. O`qituvchilar oylik maoshi va undan olinadigan soliq haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: o`qituvchi nomeri, ismi va familiyasi, tugilgan yili, lovozimi, fanlardan o`tiladigan soat miqdori, oylik maoshi va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta o`qituvchi uchun ma`lumot tayyorlang.

s) O`qituvchilar oylik maoshi va ulardan olingan soliq jadvalini chiqarish uchun so`ravnoma tayyorlang


7. Ombordagi tovarlar haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: tovar kodi, tovar nomi, tovar kelgan sanasi, tovar narxi, tovar miqdori va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta har xil tovarlar uchun ma`lumot tayyorlang.

s) Berilgan tovar bo`yicha ombordagi uning miqdorini chiqarish uchun so`ravnoma tayyorlang.


8. Ombordagi tovarlar haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: tovar kodi, tovar nomi, tovar kelgan sanasi, tovar narxi, tovar miqdori va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta har xil tovarlar uchun ma`lumot tayyorlang.

s) Tovarlar narxi bo`yicha tartiblash so`rovnomasini tayyorlang.


9. Fabrikada ishlab chiqarilgan maxsulotlar haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: maxsulot kodi, maxsulot nomi, maxsulot ishlab chiqilgan sana, maxsulot narxi, maxsulot miqdori va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta har xil maxsulotlar uchun ma`lumot tayyorlang.

s) tovarlar ishlab chiqilgan sanasi bo`yicha tartiblash so`rovnomasini tayyorlang.


10. Bibliotekada mavjud kitoblar haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: Kitob kodi, nomi, muallifi, chop etilgan sanasi, narxi, soni va boshqa.

b) Forma yordami 10 ta har xil kitoblar uchun ma`lumot tayyorlang. s) Kitoblarni chap etilgan sanasi bo`yicha tartiblangan so`rovnoma tayyorlang.
11. Telefon obonentlari haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: obonent nomeri, ismi va familiyasi, telefon nomeri, telefon berilgan sana adresi, oylik to`lovi va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta obonent uchun ma`lumot tayyorlang.

s) Berilgan obonent telefon nomeri bo`yicha oylik to`lov haqida ma`lumot olish uchun so`rovnoma tayyorlang.


12. O`zbekistondagi viloyatlar haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: viloyat nomeri, nomi, aholisi soni, maydoni, tuzilgan sanasi, yillik paxta topshirig`i, yillik don topshirig`i va boshqa).

b) Forma yordamida 10 ta viloyat uchun ma`lumot tayyorlang.

s) Berilgan viloyat nomeri bo`yicha yillik paxta topshirig`i haqida ma`lumot olish uchun so`rovnoma tayyorlang.


13. Toshkent shaxridagi tumanlar haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: tuman nomeri, nomi, aholisi soni, maydoni, tuzilgan sanasi, noxiyadagi mavjud teatrlar soni va boshqa).

b) Forma yordamida 5 ta tuman uchun ma`lumot tayyorlang.

s) Berilgan noxiya bo`yicha axoli va maydoni haqida ma`lumot olish uchun so`ravnoma tayyorlang.


14. Bolalar kiyimlari haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: kiyim kodi, nomi, soni, ishlab chiqilgan sanasi, bahosi va boshqa).

b) Forma yordamida 8 ta bolalar kiyimi uchun ma`lumot tayyorlang.

s) Faqat oyoq kiyimlar haqida ma`lumot olish uchun so`ravnoma tayyorlang.


15. O`zbekistonda taniqli sportchilar haqida MB jadvalini tuzish.

a) Jadval strukturasini tuzing va unga ma`lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: sportchi kodi, sport turi, ismi va familiyasi, tug`ilgan sanasi, oylik maoshi, chimpion bo`lgan soni va boshqa).

b) Forma yordamida 8 ta sportchi haqida ma`lumot tayyorlang.

s) Faqat futbolchi sportchilar haqida ma`lumot olish uchun so`ravnoma tayyorlang.


17- amaliy mashg`ulot
Mavzu: Komp`yuter tarmoqlari va turlari.
Ishdan maqsad: Komp`yuter tarmoqlari va turlarini o`rganish. Talabalarda Komp`yuter tarmoqlari va turlarida ishlash ko`nikmasini hosil qilish.
Nazariy qism:

Kompyuter tarmoqlarining paydo bo`lish sabablaridan biri resurslaridan xamkorlikda foydalanish, alohida komp`yuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o`zida bir xil ma`lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu xolat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo`shimcha mablag`ni asraydi.

Xozirda komp`yuterlarni qo`llashda ko`pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta`riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim axamiyatga ega. Buni butun dunyo komp`yuter tarmog`i xisoblanmish Internet misolida yaqqol kirish mumkin.

Uzatish kanallari orqali o`zaro bog`langan komp`yuterlar majmuiga komp`yuterlar tarmog`i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog`i resurslaridan jamoa bo`lib foydalanishni taminlaydi.

Komp`yuter tarmoqlarini ko`pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko`ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.

Global tarmoqlar butun dunyo bo`yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko`pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EXM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo`ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Global tarmoq – bu internet.

Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo`lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko`pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.

EXMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog`laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o`sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo`lishi mumkin.

Lokal tarmoqda ishashning asosiy afzalligi quyidagicha: ko`p marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog`idagi disklarning umumiy resurslardan va hamma kirishi mumkin bo`lgan diskda saqlanuvchi ma`lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir komp`yuterdan boshiasiga axborot uzatish imkoniyati. Fayl serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarni sanab o`tamiz.

1. SHaxsiy umumiy foydalanuvchi ma`lumotlarni faylli - serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. SHu boyis umumiy foydalaniladigan ma`lumotlar ustida bir vaitda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi. (Matnlar, elektron jadval va ma`lumotlar bazasini ko`rib chiqish, shqish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidagi ma`lumotlar ko`p tomonlama ximoya qilinadi; umumiy ma`lumotlarning Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan maxsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operatsion tizimi orqali shrnatilgan chegara doirasida bo`ladi.

2. Ko`pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo`ladigan dasturli vositani doimiy saqlash imkoniyati: U yagana nusxada fayl- server diskida bo`ladi. SHuni kayd etamizki, dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini bshzmaydi. ko`pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo`lgan dasturli vositaga avvolo matn va grafik taxrirlovchi, elektron javallar, ma`lumotlar bazasini boshiarish tizimi va boshialar kiradi. Ko`rsatilgan imkoniyatlar orqali iuydagi ishlarni bajarish mumkin: Ishchi stantsiyalarining lokal diskni dasturlangan vositalarni saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operatsion tizim ximoya vositasi bilan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli maxsulotldarni ishlashga layokatli axvolda ishlab turishni va ularni yangilashni soddalashtirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.

3. Tarmoqning barcha komp`yuterlar shrtasida axborot almashish. Ayni paytda tarmoqdan foydalanuvchilar shrtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta`minlanadi.

4. Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaitda yozishi. Bu paytda quyidagi ominlar ta`minlanadi: har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi;

5. Kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoniyati (malakasiz muomiladan ximoyalangan xolda); dasturli maxsulotlar sifatida bosishi Uktuvchi komp`yuterida bajarilgan ishlarni o`quvchilar komp`yuterida ko`rsatish; uktuvchining komp`yuter monitorida o`quvchilar komp`yuterlari ekranlarini aks ettirish orqali o`quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.

6. Global tarmoqning yagona kommunikatsiyasi bo`lganda lokal tarmoqning har qanday komp`yuteridan global tarmoq resurslariga kirishni ta`minlash.

Endi esa bevosita lokal tarmoqqa kirish va undan faoydalanish usullarini ko`rib o`taylik. Tarmoqqa kirish uchun ishchi stolda joylashgan “Setevoe okrujenie” yorlig`ini ustiga sichqonchani olib kelib chap tugmachasini ikki marta bosamiz. Natijada quyidagi muloqot oynasi paydo bo`ladi.



Ushbu muloqot oynasining chap qismida joylashgan “Otabrazit’ komp`yuteri rabochey guruppi” buyrug`ini tanlaymiz. Natijada komp`yuterimiz joylashgan ishchi guruhdagi komp`yuterlar ro`yhati ko`rinadi.






    • Agar biz mana shu ishchi guruhda joylashgan biror bir komp`yuterga kirmoqchi bo`lsak komp`yuter nomi ustiga kelib sichqonchani chap tugmachasini ikki marta chertamiz. Natijada ana shu komp`yuterda dostup berilgan papkalar ro`yxati paydo bo`ladi. Lekin shu o`rinda shuni ham eslatib o`tish mumkinki agar tarmoqqa kirishga parol qo`yilgan bo`lsa kalit so`zlarni kiritish uchun so`rov oynasi paydo bo`ladi. Kalit so`zlarni kiritib bo`lganimizdan keyin “OK” tugmachasini bosamiz.

    • Agar biz tarmoqdagi boshqa bir ishchi guruhdagi komp`yuterga kirmoqchi bo`lsak yuqoridagi muloqot oynaning “Drugie mesta” bo`limidan “Microsoft Windows Network” buyrug`ini tanlashimiz kerak bo`ladi. Ushbu buyruqni bosganimizdan so`ng tarmoqda mavjud bo`lgan barcha ishchi guruhlar ro`yhati paydo bo`ladi.

Misol tariqasida ba`zi bir ishchi guruhlar to`g`risida to`xtalib o`tamiz.



    • Arm – institut axborot resurs markazi komp`yuterlari joylashgan;

    • Bosh – institut boshqaruv bo`limida joylashgan komp`yuterlar joy olgan;

    • Farpi – server komp`yuter;

    • Masofa_talim – institut masoviy ta`lim markazi va mult’imediya markazida joylashgan komp`yuterlar joylashgan.

Endi esa ana shu ishchi guruhlardan ba`zi birlariga kirishni ko`rib o`taylik. Axborot resurs markazi bosh komp`yuteriga tarmoq orqali kirib u erga ixtiyoriy biror bir ma`lumotni tashlashni ko`rib o`tamiz. Buning uchun “Arm” ishchi guruhi ustiga sichqonchani ko`rsatkichini olib kelib chap tugmachasini ikki marta bosamiz. Natijada ana shu ishchi guruhda joylashgan komp`yuterlar ro`yxati paydo bo`ladi. Biz ushbu ro`yxatdan o`zimizga kerakli bo`lgan komp`yuterni tanlaymiz va chap tugmachani ikki marta bosamiz. Natijada tanlagan komp`yuterimizdagi ruxsat etilgan papkalar ro`yxati paydo bo`ladi. Biz “Inbox” nomli papkaga kiraylik. Buning uchun ustiga kelib sichqonchani chap tugmachasini ikki marta bosamiz. SHuning bilan ishchi maydonda “Inbox” papkasining ichida joylashgan barcha fayl va kataloglar ro`yxati namayon bo`ladi. Agar hohlasak bu erdan ixtiyoriy fayl yoki katalogni o`zimizning komp`yuterga ko`chirib olishimiz yoki shu erning o`zida ochib o`qib ko`rishimiz mumkin bo`ladi. Bundan tashqari agar papkaga ruxsat to`liq berilgan bo`lsa biz o`zimizda mavjud bo`lgan ma`lumotlarni ko`chirib o`tkazishimiz ham mumkin bo`ladi.

Lokal tarmoqdagi ixtiyoriy boshqa komp`yuterga kirish ham yuqoridagi kabi amalga oshiriladi.

Lokal tarmoqdagi ixtiyoriy komp`yuterga kirishning yuqoridagidan tashqari boshqa bir necha usullari ham bor. SHulardan biri IP adres yoki tarmoqdagi nomi bo`yicha kirish. IP adres bo`yicha lokal tarmoqdagi biror bir komp`yuterga kirish uchun “Vipolnit’” taklif qatoriga (yoki moy komp`yuter manzil qatoriga) o`sha komp`yuterning IP adresi ikkita sleshdan (yo`l belgisi - \\) so`ng yoziladi va “OK” tugmachasi bosiladi. Masalan: \\192.168.10.206. IP adres bo`yicha kirishdan oldin o`sha kompyuterni IP adresini bilishni talab qiladi. Bizning institutimiz serveri IP adresi \\192.168.10.10. Institutimiz IP adreslari to`g`risida yana qo`shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki 192.168.10. – qismigacha barcha komp`yuterlarda bir xil. Faqatgina oxirgi qismi bilan farqlanadi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin