Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/9
tarix17.11.2018
ölçüsü0,63 Mb.
#84089
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Sichqoncha – Komp`yuterda ishlashni osonlashtirib, Komp`yuterning grafik imkonoyatini oshiradi. Sichqoncha tugmasining soniga qarab, Ikki va Uch tugmalikka bo`linadi. Ikki tugmaliklarda chap tugmachasi ENTER vazifasini bajaradi, o`ng tugmasi esa kontekst menyusini ochib beradi. Sichqonchalarni yana rolikli va lazerli (opt) turlari mavjud bo`lib xozirgi kunda lazerli sichqonchalar keng tarqalmoqda.

Printer – bosmaga chiqarish, ya`ni komp`yuter xotirasidagi ma`lumotlarni qog`ozga chop etish uchun xizmat qiladi. Printer uch turga bo`linadi, Lazerli (Laser Jet), Purkovchi (struyniy) (Jesc Jet rangli) va matrisali (ignali)

Skaner – komp`yuterga tasvirni tushirish, ya`ni qog`ozdagi ma`lumotlarni komp`yuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qiladi. Skanerlar 2 xil bo`ladi: avtomatik va avtomatik bo`lmagan. Birinchisi ma`lumotni varaqlab o`qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo`l bilan surib turish kerak.

Plotter - chizmalarni qog`ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar 2 xil bo`ladi: barabanli va planshetli. Barabanligi rulonli, planshetligi varaqli qog`ozga chiqaradi. Plotterlar asosan chizma loyihalarni avtomatlashtirishda foydalaniladi.

Modem – Telefon tarmog`ida ishlash, ya`ni telefon liniyasi orqali ikki komp`yuter o`tasidagi aloqani o`rnatib beradi, Modemlar ikkita turga bo`linadi, tashqi va ichki.

Tarmoq adapteri - komp`yuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Bunda foydalanuvchi tarmoqdagi boshqa komp`yuter ma`lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Karneylar (kalonka) – tovush chiiqarish qurilmasi

Joystik – o`yin o`ynash uchun xizmat qiladi.

Sichqoncha

Printer





Skaner

Ovoz kalonkalari





























Tashqi modem

Ichki modem





Ishni bajarish tartibi:

  1. Nazariy qism bilan tanishib chiqing.

  2. Filtrni elektr tarmog`iga ulang va yoqing.

  3. Stabilizator (UPS) ni yoqing.

  4. Printer (agar bo`lsa) yoqing.

  5. Monitorni yoqing.

  6. Tizimli blokni ishga tushiring.


Savol va topshiriqlar:

  1. Asosiy qurilmalarni sanab bering.

  2. Monitorning vazifasini ayting.

  3. Klaviaturaning vazifasi nima?

  4. Klaviaturani tugmalar soniga qarab necha turga bo`lib o`rganish mumkin?

  5. Klaviatura tugmalari vazifalarini aytib bering.

  6. Tizimli blokning vazifasini aytib bering.

  7. Mikroprotsessor nima?

  8. Mikroprotsessorning qanday turlarini bilasiz?

  9. Tezkor xotira vazifasini aytib bering.

  10. Vinchester to`g`risida nimalarni bilasiz?

  11. Disklar to`g`risida nimalarni bilasiz?

  12. Qo`shimcha qurilmalarni sanab bering?

  13. Sichqonchaning vazifasi nima?

  14. Printerlarning vazifalari va turlarini sanab bering.



3- Amaliy mashg`uot

Mavzu: Komp`yuterning dasturiy ta`minotidan foydalanish.

Total Commander qobiq dasturi ishlash
Ishning maqsadi: Talabalarda komp`yuterning dasturiy ta`minoti. Total Commander qobiq dasturi ishlash ko`nikma hosil qilish.

Nazariy qism.

Dasturiy ta`minotning tarkibi, operatsion tizim tushunchasi.

Operatsion tizim komp`yuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EXM bilan muloqat qilish vositasi bo`lib xizmat kiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion tizim yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardan axborotlarni o`qish va axborotlarni disklarga yozish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion tizimga extiej borligining asosiy sababi, yuqoridagi ishlarni bajarish uchun komp`yuterning kuyi boskichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to`g`ri keladi.

Masalan, disk yurituvchi yoki vinchestr qurilmalari diskni aylantiruvchi dvigatellarini ishga tushirish yoki tuxtatish, o`qish qurilmalarini diskning biror tsilindiriga o`tkazish, o`qish qurilmalaridan birini tanlash, axborotni disk yulidan komp`yuterga o`qish kabi elementar amallarnigina “tushinadi”. SHuning uchun biror faylni bir diskdan boshqa diskka yozib kuyish kabi sodda jarayon xam, disk yurituvchi ishlari bilan bog`liq minglab amallarni, ularni nazorati bilan bog`liq amallarni, diskdagi fayllarning joylashish jadvalidan axborotni izlash va qayta ishlash amallarini va yana bir qancha amallarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari quyidagilarni xam xisobga olish kerak:


  • turli formatli disketlar mavjud bo`lib, ularning xar biri bilan operatsion tizim ishlay bilishi shart. Foydalanuvchi uchun esa xar qanday formatli disketlar bilan ishlash jarayoni bir xil kechishi kerak.

  • diskdagi xar bir fayl o`z o`rniga ega, ammo ularning diskning kayerida joylashganligini foydalanuvchi bilishi shart emas, fayllarning joylashish jadvalini tashkil etish, axborotni izlash, fayllarga joy ajratish kabi ishlarni operatsion tizim amalga oshiradi.

  • nusxa olish dasturi ishi vaqtida bir necha o`nlab maxsus vaziyatlarga duch kelinishi mumkin, masalan axborotni o`qish yoki yozishdagi xatolik (diskdagi kerakli axborot joylashgan ba`zi yullarning ishdan chiqishi), disk yurituvchilarning ishga tayer emasligi ( disk o`rnida emas), nusxa olinaetgan fayl uchun diskda joy yo`qligi va xakazo. Ana shu barcha vaziyatlardan chiqish ishlarini bajarish va foydalanuvchiga bu xakda kerakli habar berib borish kerak.

Operatsion tizimning asosiy vazifasi foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi ham kerak bo`lmagan yuqoridagi zerikarli xamda juda murakkab ishlardan xolos etish, komp`yuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashqari, operatsion tizim fayllarni kuchirish yoki bosmaga chiqarish, kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga o`zatish, operativ xotirani dastur ishi so`ngida bushatib boshqaruvni yana o`ziga olish kabi ishlarni ham bajaradi.

UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar.

Bular 32 razryadli ko`p vazifali bir necha kishi foydalanadigan operatsion tizimdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o`zi turli komp`yuterlarda - superkomp`yuterlardan shaxsiy komp`yuterlargacha foydalaniladi, bu xol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga kamsarf yuli o`tkazish imkonini beradi.

UNIX taksimlovchi ma`lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofdan aloqa qilish va oddiy modem erdamida global tarmoqlarga chiqish imkonini o`zida birlashtiradi. UNIX da pochta xizmati - uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. Xozirgi paytda UNIX uchun ko`plab mikdorda ilovalar mavjud. DOS va Windows uchun ko`plab ommaviy bo`lgan ilovalar UNIX da foydalanilishi mumkin.

UNIX oilasida bir necha operatsion tizimlar mavjud. Bu oilaning turli versiyalari o`z nomiga ega, biroq ular umuman olganda UNIX operatsion tizimini bazaviy xususiyatlarini takrorlaydi. UNIX operatsion tizimining faylli tizimi foydalanuvchiga va foydalanuvchilar guruxi darajasida fayllarni beruxsat kirishdan muxofaza etishni ta`minaydi. korxonalar tarmoqlari uchun mo`ljallangan UNIX Ware 2.0-32 razryadli ko`p (kishi) foydalanuvchili ko`p vazifali operatsion tizimlar UNIX oilasidagi tarmoqli operatsion tizimlar orasida keng tarkalmokda.



Windows oilasiga dansub operatsion tizimlar

Windows oilasidagi operatsion tizimlar Microsoft firmasi tomonidan tayerlangan.Ular qulay grafik interfeysni o`zida namoen etuvchi ko`p vazifali operatsion tizimdir. Windows-95 operatsion tizimida va Windows NT operatsion tizimlar shu oilaning asosiy vakillaridandir. Windows-95, MS DOS operatsion tizimi va Windows 3.x operatsion kobiklari negizida ishlab chiqarilgan, u qisman 32 razryadli qisman 16 razryadli operatsion tizimdir.

Windows NT operatsion tizimi - eng ko`p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli operatsion tizimdir. U ikki xil - Windows NT Server va Windows NT WorkStation modifikatsiyalarida chiqariladi. Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini boshqarish uchun mo`ljallangan. Tizim samaradorligi zarar etmagan xolda yuqori safarbarlik va xavsizlikni ta`minlaydi. Windows NT Server axborotning tezkor ishlashini tashkil etish va global tarmoqlar zaxiralarini ko`rib chiqish uchun vositalarni o`zida saqlaydi, istalgan aloqa kanallaridan ( oddiy telefon liniyalari xam) foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi, bir serverga bir vaqtning o`zida 256 gacha shaxsiy komp`yuterlar ulanishini qo`llab quvvatlaydi, bir necha server esa xammabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin.

Windows NT WorkStation - Windows NT operatsion tizimning versiyasi bo`lib, lokal komp`yuterlar va ishchi stantsiyalarda ishlash uchun mo`ljallangan. U eng ximoyalangan va ishonchli 32 razryadli operatsion tizimdir. Windows NT dagi barcha ilovalar ko`p vazifalilik rejimida ishlaydi. Ayni paytda Windows NT da MS DOS va 16 razryadli Windows dasturining barcha ilovalari ham ishlayvermaydi.

Windows NT Workstation dan maxfiy ma`lumot yoki dasturlarni ishonchli muxofaza qilish zaruriyati tugilganda, shuningdek katta xajmdagi ma`lumotlar taxlilida yuqori samaradorlik va boshqa ishlarni bajarishda foydalanish maksadga muofik.

MS DOS operatsion tizimini tashkil etuvchilari.

MS DOS operatsion tizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan:


  • Kiritish-chiqarish tizimi (BIOS): EXM ning doimiy xotirasiga joylashtirilgan bo`lib, operatsion tizimning axborotni kiritish va chiqarish amallari bilan bog`liq xizmatlarni bajaradi.

  • Operatsion tizimni yuklovchi dasturi (IPL): diskning maxsus birinchi sektoriga joylashgan bo`lib, asosiy vazifasi DOS ni komp`yuter tezkor xotirasiga yuklash.

  • IO.SYS va MSDOS.SYS dasturlari diskda joylashgan bo`lib, murakkab kiritish-chiqarish amallarini bajaradi. Disk fayllari ruyxatini oddiy qurishda ularning ikkisi xam kurinmaydi (mazkur fayllarning nomlari operatsion tizim versiyasiga kura o`zgacha bo`lishi xam mumkin, masalan IBMBIO.COM va IBMDOS.COM).

  • Buyruq protsessori COMMAND.COM diskda joylashgan bo`lib, DOS ishini boshqarish uchun xizmat kiladi.Foydalanuvchining bir qancha buyruqlarini ( break, cd, cls, copy,ver, verify, vol va boshqalarni ) buyruq protsessorining o`zi bajaradi. Bunday buyruqlar COMMAND.COM ning o`zida joylashganligi uchun ichki buyruqlar dib ataladi.

  • MS DOS ning tashki buyruqlari operatsion tizim bilan birgalikda tavsiya etiladigan aloxida - aloxida fayl ko`rinishidagi dasturlardir. Mazkur dasturlarning xar biri foydalanuvchi uchun zurur bo`lgan DOS ning qo`shimcha amallarini bajaradi. Foydalanuvchining tashki buyrugigi mos bo`lgan dasturni COMMAND.COM izlab topgach, tezkor xotiraga yuklaydi va boshqaruvni unga o`zatadi. Dastur ishi tugagach, buyruq protsessori dasturni tezkor xotiradan uchiradi va foydalanuvchining navbatdagi buyrugini kutib turadi ( A:\> yoki C:\>)

  • Qurilma drayverlari diskda joylashgan bo`lib, SHEXM va tashki qurilmalar o`rtasida “ muloqat “ vositasini utaydi. Masalan, drayverlar erdamida ” elektron disk” bilan ishlash mumkin. SHEXM xotirasining biror qismi xisobiga hosil kilingan bunday diskdan oddiy disk kabi foydalanish mumkin.

MS DOS operatsion tizimini ishga tushirish.

DOS ni yuklash algoritmi quyidagilardan iborat:



  • SHEXM elektr tarmog`iga ulanishi bilan BIOS komp`yuter xotirasi va qurilmalarning ishga yarokli yoki yaroksiz ekanligini maxsus test erdamida tekshirib chiqadi. Qurilmalarda biror bo`zuqlik mavjud bo`lib, ana shu bo`zuqlikni chetlab o`tish mumkin bo`lsagina, DOS ni yuklash davom ettiriladi yoki shu bo`zuqlikka oid xabar ekranga chiqarilidi.

  • Mazkur test muvaffakiyatli yakunlanishi bilan BIOS A: nomli disk yurituvchida egiluvchan magnitli disk (EMD) bor yoki yo`qligini tekshiradi. Agar disk mavjud bo`lsa, DOS eMD dan, aksincha esa, kattik magnitli disk (KMD) ” vinchestrdan” yuklanadi.

  • BIOS boshqaruvni DOS ni yuklovchi IPL ga o`zatadi va IPL o`z navbatida EXM ni sozlab, tezkor xotiraga IO.SYS va MSDOS.SYS disk fayllarini yuklaydi.

  • Boshqaruv buyruq protsessori COMMAND.COM ga beriladi.

DOS yuklanib bulgach, DOS olingan eMD yoki KMD da CONFIG.SYS va AUTOEXEC.BAT fayllari ( bunday fayllarni foydalanuvchining o`zi avvaldan matn muxarrirlari erdamida tayerlashi mumkin) mavjud bo`lsa, COMMAND.COM avval CONFIG.SYS ni, sungra AUTOEXEC.BAT ni ishga tushiradi. YA`ni bu ikki fayl erdamida foydalanuvchi ba`zi drayver va dasturlarni avtomatik ishga tushirish imkoniyatiga ega.
Windows operatsion tizimi qobiq dasturlari.

Total Commander dasturini o`rnating.
Total Commander dasturini o`rnatish. Bu dastur quyidagicha o`rnatiladi:

  1. Total Commander ni o`rnatuvchi fayl (Ustanovochniy fayl) ichiga kiriladi.

  2. Total Commander ning yorlig`i bosiladi.

  3. Hosil bo`lgan oynadan



bosiladi.

  1. keyin



bosiladi.

  1. Keyingi oynadan



  1. bosiladi.

  2. So`ngra



bosiladi.

  1. O`rnatish jarayoni boshlanadi.



  1. O`rnatish jarayoni tugaganidan so`ng o`rnatish jarayoni tugatilganligi to`g`risida xabar chiqadi.

va bu erdan bosiladi.



  1. Total Commander dasturini ishga tushiring.

Total Commander ga quyidagicha kiriladi. Ishchi stoldan Total Commander yorlig`i ga kursorni olib kelib Enter tugmasi bosiladi yoki yorlig`i ustida kontekst menyuni bosib Otkrit’ bosiladi.

YOki bosiladi.





  1. Menyulari bilan tanishing.

Total Commander da quyidagi menyular bor:

Menyuning pastki qismida disklar ro`yxati bor:

  1. Yangi papka yarating.

YAngi papka yaratish uchun F7 bosiladi va papkaga istalgan nomni berib OK bosiladi.

5. Fayllarni belgilang.

Fayl va papkalarni Insert tugmasi yordamida belgilanadi. Belgilangan fayllar qizil rangga kiradi. Belgilangan fayllarni arxivlash, ko`chirish, o`chirish, yoki nusxa olish mumkin.




  1. Fayllardan nusxa oling.

Fayllardan nusxa olish. Fayl yoki papkadan nusxa olish uchun avval nusxa olinadigan papka yoki fayllar ustiga kursor olib kelinadi va Insert tugmasi yordamida tanlanadi so`ngra F5 tumasi bosiladi va hosil bo`lgan oynadan OK bosiladi.
7. Fayllarni ko`chiring.

Fayl yoki papkani ko`chirish uchun ko`chiriladigan faylni Insert tugmasi yordamida tanlab F6 bosiladi va bosiladi.




  1. Fayllarni arxivlang.

Avval arxivlanishi kerak bo`lgan fayl tanlanadi va Alt+F5 tugmasi bosiladi yoki bosiladi va quyidagi oyna ochiladi. Bu erdan qaysi kengaytmada arxivlanishi kerakligi ko`rsatiladi va bosiladi.


  1. Fayllarni o`chiring.

Fayllarni o`chirish uchun o`chirilishi kerak bo`lgan papka yoki fayl tanlanadi va hosil bulgan oynadan bosiladi.


  1. Fayllarni qidiring.

Buning uchun Alt+F7 bosiladi va hosil bo`lgan oynaga qidirilishi kerak bo`lgan fayl yoki papkaning nomi kiritiladi va bosiladi. Fayllarni malum bir tipi bo`yicha yoki kengaytmasi bo`yicha topish xam mumkin. Masalan istalgan nomdagi lekin kengaytmasi bir xil bo`lgan faylni topish uchun avval (*) tugmasi bosiladi so`ngra (.) nuqta qo`yiladi va faylning kengaytmasi yoziladi. Masalan:

*.doc bunda faqat doc kegaytmali (MS Word dasturida yozilgan) fayllarni topadi.

*.txt bunda faqat txt kegaytmali (Bloknot dasturida yozilgan) fayllarni topadi.

*.exe bunda faqat exe kegaytmali (bajariluvchi) fayllarni topadi.

*.* esa istalgan nomdagi va istalgan kengaytmali fayllarni topadi.

Eslatma: kengaytmalar faqat fayllarda bo`ladi. Papkalar xech qanday kengaytmaga ega emas.




  1. Funktsional klavishlarning vazifalari bilan tanishing

Funktsional tugmachalarning vazifalari:

F1 - yordam

F2 – faylni qayta nomlash

F3 – faylni ko`rish

F4 - taxrirlash

F5 - nusxalash

F6 - ko`chirish

F7 – yangi papka yaratish

F8 - faylni o`chirish

F10 yordam bilan ochish

Shift+F6 qayta nomlash

Shift+F8 fayllarni korzinaga tushirmasdan o`chirish

Shift+F9 (yoki Shift+F10) kontekst menyuni chiqarish

Shift+Esc dasturdan vaqtinchalik chiqish

Alt+F1 Disklar ro`yxatini chap panelda chiqarish

Alt+F2 Disklar ro`yxatini o`ng panelda chiqarish

Alt+F4 chiqish

Alt+F5 belgilangan faylni arxivlash

Alt+F6 (Alt+F9) arxivdan chiqarish

Alt+F7 fayllarni qidirish

Ctrl+F8 kataloglar daraxtini ko`rish

Ctrl+A xamma papka va fayllarni belgilash

Tab passiv panelga o`tish

Ishni bajarish tartibi


  1. Nazariy qismda keltirilgan ma`lumotlarni o`rganib chiqing.

  2. Nazariy qismdan foydalanib o`z fikringizni bildiring.

  3. Keltirilgan fikrlar bo`yicha muloxaza yuriting.

Nazorat uchun savollar.

1. Dasturiy ta`minot nima?

2. Dasturiy ta`minotning tarkibi nimadan iborat?

3. Operatsion tizim tushunchasi

4. Operatsion tizimning MSDOS ko`rinishlari.

5. MSDOS imkoniyatlari nimadan iborat?



4 - Amaliy mashg`uot
Mavzu: Amaliyot (operatsion) tizimlar (AT) xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydalanish.

Ishning maqsadi: Talabalarda Amaliyot (operatsion) tizimlar (AT) xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydalanish haqida ko`nikma hosil qilish.
Nazariy qism.

Operatsion tizimi tushunchasi – komp`yuter ishga tushishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EXM bilan muloqot qilish vositasi bo`lib xizmat qiladi, Uning barcha qurilmalarini boshqarish imkonini beradi.

Dunyoda birinchi opertsion sistema MS-DOS – operatsion sistemasi bo`lib,1981 yil IBM firmasining buyurtmasiga binoan Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan. YA`ni Microsoft firmasining diskli operatsion sistemasi deganidir. Bunda diskli degani sistema diskdan ishga tushiriladi degan ma`noni bildiradi.

WINDOWS – operatsion sistemasi.

WINDOWS – so`zi inglizcha so`z bo`lib o`zbek tiliga tarjima qilinganda oyna degan ma`noni bildiradi. Bundan ko`rinib turibdiki WINDOWS operatsion sistemasi oynalar bilan ishlashga asoslangan, muloqot rejimida ishlovchi operatsion sistemadir. Bugunga qadar WINDOWS operatsion sistemasining bir qancha versiyalari yaratilgan. Masalan: WINDOWS 3.11, WINDOWS 95, WINDOWS 98, WINDOWS ME, WINDOWS 2000, WINDOWS XR, WINDOWS 2003 va boshqa. Biz esa hurmatli o`quvchi WINDOWS XR operatsion sistemasi bilan yaqinroq tanishib chiqamiz. WINDOWS ning ushbu versiyasi o`zining oldingi versiyalariga qaraganda bir qancha qulaylik va imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

WINDOWSning ishchi stoli elementlari bilan tanishish.

4.1-rasm.

WINDOWS ishchi stolida quyidagi elementlar joylashgan:

1. Masalalar paneli qatori (Pusk qatori, Panel’ zadach);


2. Mening hujjatimlarim (Moi dokumenti);
3. Mening komp`yuterim (Moy komp`yuter);
4. Tarmoqli atrof (Setevoe okrujenie),
5. Cho`ntak (Korzina);
6. Internet Explorer

1.1. Moi dokumenti (Mening hujjatlarim) – barcha qilingan xujjatlarni saqlash uchun papka. Bu papka orqali saqlangan xujjatlarni ochish mumkin.

1.2. Moy komp`yuter (Mening komp`yuterim) – fayllar. Kataloglar, Tashqi xotira qurilmasi, disklar va disk yurituvchilar bilan ishlash uchun xizmat qiladi. Keyingi darslariimzda alohida to`xtalib o`tamiz.

1.3. Setevoe okrujenie (tarmoqli atrof) – Hisoblash tarmog`iga ulangan komp`yuterlar bilan ishlash

1.4. Korzina (CHo`ntak, savatcha) - Vaqtincha o`chirilgan ob`ektlarni saqlash uchun mamxsus papka

1.5. Internet Explorer - Global axborot tarmoqlari ishi uchun dasturlar.

WINDOWSning masala paneli

4.2-rasm.

Vaqt indikatori – bu joriy vaqtni ko`rsatib turish uchun xizmat qiladi. Agar sichqonchani soat qatoriga keltirsangiz joriy kunini ko`rish mumkin. Joriy vaqtni to`g`rilash uchun vaqt indikatori ustiga sichqonchani olib kelib chap tugmachasini ikki marta chertsak quyidagi oyna hosil bo`ladi.

4.3-rasm.

Ushbu oynadan vaqtni va soatni to`g`rilash imkoniyati mavjud.

Til indikatori – alifboni o`zgartirish imkoniyati mavjud. Buning uchun sichqonchani til indikatori ustiga olib kelib chap tugmachasini bir marta chertsak quyidagi ko`rinishdagi oyna hosil bo`ladi. Bu oynadan kerakli alifboni tanlash mumkin.

4.4-rasm.

Klaviatura yordamida esa alifboni o`zgartirish uchun CTRL+SHIFT yoki ALT+SHIFT tugmachalarining kombinatsiyasidan foydalanish mumkin.

Tezkor ishga tushirish bo`limi – ushbu bo`limda dasturlarni tezkor ravishda ishga tushirish mumkin. YA`ni sichqonchani chap tugmachasini bir marta chertish orqali amalga oshirish mumkin.

WINDOWSning bosh menyusi

Masalalar panelida «Pusk» (start) tugmasi joylashgan. Bu tugmasi WINDOWSning asosiy menyusini ochish uchun xizmat qiladi. Bu menyuni klaviaturadan ochish uchun [WINDOWS] yoki CTRL+ESC tugmalari bosiladi. Bosh menyu quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin.




4.5-rasm.

Endi esa birma bir bosh menyu bo`limlari bilan tanishib chiqamiz.

Vqxod iz sistemi (sistemadan chiqish bo`limi) – ushbu bo`limga kirganimizda quyidagi ko`rinishdagi oyna paydo bo`ladi.

4.6-rasm.


Ko`rib turganingizdek ushbu oynada asosan uchta tugmacha joylashgan.

- polzovatel’ni almashtirish. Klaviaturada Winkey+L tugmachalarining kombinatsiyasidan foydalanish mumkin. Ushbu holat bir foydalanuvchida ishlab turib ikkinchisiga o`tish uchun qo`llaniladi. Ushbu almashtirishda aktiv pol’zovatelning ochiq turgan oyna va dasturlari aktiv holatda saqlanadi.

- sistemadan chiqish. Ushbu holatda aktiv foydalanuvchining ochiq turgan barcha oyna va dasturlari ishi tugatilib sistemadan butunlay chiqiladi.

- bekor qilish, voz kechish. Klaviaturada ESC tugmachasi.

Viklyuchenie – o`chirish bo`limi. Ushbu bo`limga kirganimizda quyidagi ko`rinishdagi oyna paydo bo`ladi.

4.7-rasm.



  1. Jdushiy rejim - Komp`yuterni ko`tish rejimiga o`tkazish.

  2. Viklyuchenie - Komp`yuterni o`chirish.

  3. Perezagruzka - Komp`yuterni qayta yuklash.

  4. Otmena -Ishni voz kechish.

- Komp`yuterdagi dasturlarni bir zumda ishga tushirishga xizmat qiladi. Ushbu bo`limda komp`yuterga o`rnatilgan barcha dasturlar ro`yxati o`rin olgan.

– Dasturlarni bir zumda ishga tushirish. Klaviaturada Winkey+R tugmachalari kombinatsiyasidan foydalaniladi. Ushbu bo`limga kirganimizda quyidagi ko`rinishdagi muloqot oynasi paydo bo`ladi.

4.8-rasm.

Ushbu oynaning otkrit taklif qatoriga kerakli dasturning ishga tushuruvchi fayli nomi yoziladi va OK (Enter) tugmachachi bosiladi. Natijada dastur yuklanadi. Quyida misol tariqasida ba`zi bir dasturlarning ishga tushiruvchi fayllarini nomlari ro`yxatini keltirib o`tamiz.
Mspaint – Paint rasm muxarriri

Notepad – Bloknot (yon daftarcha)

WinWord – MS word matn muxarriri

Excel – MS Excel elektron jadvali

Far – far manager dasturi

Bundan tashqari biror bir fayl yoki papkani ham tezkor ravishda ishga tushirish mumkin. Buning uchun taklif qator oynasida satri buylab fayl yoki papkaga yo`l ko`rsatish kerak. Agar kerakli yo`l, noma`lum bo`lsa tugmasi yordamida avtomatik ravishda ob`ekt uchun kerakli yo`l topiladi. tugmasi bosilganda "Obzor" nomli muloqot oynasi paydo bo`ladi. Bu oyna quyidagicha: - Faol papkaning nomi, fayl yoki papkani topish joyi.

Ro`yxatdagi kerakli bo`lgan ob`ektni tanlab tugmasi bosiladi, va tanlangan ob`ektning to`liq yo`li satrida paydo bo`ladi va bu buyruqni ishga tushirish uchun tugmasi bilan yakunlanadi.

- ma`lumotlarni qidirish bo`limi. Ushbu bo`limni klaviaturada Winkey+F tugmachalarining kombinatsiyasidan foydalanish mumkin. Ushbu bo`limga kirganimizda quyidagi ko`rinishdagi muloqot oynasi paydo bo`ladi (4.9-rasm).

4.9-rasm.

Ushbu bo`limdan biz o`zimizga kerakli tipdagi ma`lumotlarni diskdan yoki lokal tarmoqdan ham qidirib topishimiz mumkin. Masalan:



Izobrajeniya, muziku ili video – rasm, musiqa yoki video tipdagi ma`lumotlarni qidirish. Ushbu bo`limga kirganimizda oyna ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:









Rasm va chizmalar;

Musiqa;

Video;




Faylni to`liq nomi yoki bir qismi;




Qidirish uchun qo`shmcha xususiyatlar;




4.10-rasm.
YUqoridagi rasmda ko`rinib turgan oynadan o`zimiz uchun kerakli tipdagi ma`lumotni (masalan video) belgilab nayti tugmachasini bossak bizga komp`yuterimizda mavjud bo`lgan shu tipdagi barcha fayllarni topib beradi.

- Xujjatlar (matnli fayl, elektron jadvallar va x.k)

Fayli i papki – fayllar va papkalar. Ushbu bo`limga kirib biror bir fayl yoki katalogni nomi bo`yicha qidirib topish mumkin. Bundan tashqari matnli fayllarni uning ichidagi biror bir so`z yoki belgi bo`yicha ham qidirib topish mumkin.





Fayl nomini bir qismi yoki to`liq nomi;


So`z yoki fayl ichidagi biror belgi;
Qidirish uchun joyni ko`rsatish;

4.11-rasm.



YUqorida aytib o`tganimizdek ob`ektlarni izlash uchun ya`ni fayl yoki papkani, bunda ob`ektlarni izlash yordamchisi oynasida parametriga sichqonchaning belgisi keltiriladi, so`ng sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bosilgandan so`ng yordamchi sizga fayl va papkalarni izlash uchun oynasiga o`tadi. Bunda punktida izlanayotgan ob`ektning nomini kiriting masalan hisobot.doc. Va tugmasini bosing. Bu tugmasi bosilganda faylni izlashga kirishadi, topilgan faylni avtomatik ravishda ro`yxatga chiqarib qo`yadi. Bunda siz o`zingizni faylingizni ro`yxatdan tanlab ochishingiz mumkin bo`ladi. Agar siz faylning ichidagi so`zini izlamoqchi bo`lsangiz bunda siz
punktida fayl nomini kiritib va punktida faylning ichidagi so`zni kiriting va tugmasini bosing. Izlanayotgan ob`ektni aniq joyinini ko`rsatish mumkin. Bunda siz kerakli bo`lgan disk, yoki papkani tanlashiz mumkin.

- Lokal tarmoqda komp`yuter yoki odamni izlash;

- Izlash haqida ma`lumotnomasini ochish

– WINDOWS ma`lumotnomasini ochish

- Tizim, printer, mashqlar paneli parametrlarini sozlaydi. Dasturlarni o`chirish, yangilash, o`rnatish uchun xizmat qiladi. Umuman olganda sistemani sozlash uchun xizmat qiladi.  

So`ngi ochilgan fayl va papkalar ro`yxatini ko`rsatish

 

Ishchi stolining ob`ektlarni ko`rsatish


 
Xujjatlar ro`yxatini ko`rsatish.

 

Mening komp`yuterim ro`yxatidagi ob`ektlarni ko`rsatish



Tarmoqli atrofdagi komp`yuterlar ro`yxatini ko`rsatish
Nazorat uchun savollar.


  1. Windows operatsion tizimi to`g`risida nimalarni bilasiz?

  2. Windows operatsion tizimi ish stolida nimalar joylashgan?

  3. Vaqt indikatorining vazifasi?

  4. Til indikatorining vazifasi?

  5. Pusk menyusining vazifansi nima?

  6. Pusk menyusi bo`limlari nimalardan iborat?

  7. Qidirish bo`limi vazifasi?

5-Amaliy mashg`ulot
Mavzu: WINDOWS tizimida asosiy ob`ektlari bilan ishlash
Ishdan maqsad: WINDOWS tizimida asosiy ob`ektlari bilan ishlashni o`rganish.
Nazariy qism:
Paint dasturi - sodda rasmlar chizish va ularni ustida amallarni bajarish uchun mo`ljallangan dastur. Paint dasturini ishga tushirish uchun Pusk – Vse Programmi- standartnie – Paint dasturini chertamiz.

Paint dasturini umumiy ko`rinishi:


Bu erda :

1. Sarlavxa satri – fayl va dastur nomini aks ettiradi. Paint dasturida avtomatik tarzda untitled – Paint (nomlanmagan) deb nomlanadi

2. Menyu satri – buyruq yoki amallarni bajarish uchun. Paint garfik muxarririning menyusi quyidagi bo`limlardan iborat:

“File” - Fayl(Fayl), “Edit” - Pravka (To`g`rilash), “View” - Vid (Ko`rinish), “Image” -Risunok (Tasvir), “Colors”- Palitra (Palitra), “Help” - Spravka (Ma`lumot).

3. Uskunalar paneli – uskuna tanlash uchun. Uskunalardan foydalanish uchun kerakli biri ustida sichqoncha bir marta chertiladi. Tegilmagan xolda kalam uskunasi tanlangan bo`ladi.

4. Ishchi maydon – barcha tasvirlar shu erda ishlanadi va chop etiladigan soxa xisoblanadi.

5. Xarakatlanish yo`lakchalari - varaqning kurnmayotgan qismini ko`rish uchun ishlatiladi. Ularni ishlatish uchun quyidagi tugmalar bosiladi:

- chap tomonni ko`rish;

- o`ng tomonni ko`rish;

- past tomonni ko`rish;

- yuqori tomonni ko`rish.

Undan tashqari



va tugmalaridan sichqonchada ushlab tortish mumkin.

6. Palitra – rang tanlash uchun ishlatiladi. Kerakli rangni tanlash uchun ranglar ustida sichqonchani chap tugmasi bir marta chertiladi

7. Xolat satri – xolatni aks ettirish uchun ishlatiladi. Masalan File – New (Fayl - sozdat) buyrug`i tanlansa xolat satrida quyidagi aks etadi:

8. Oynani boshqaruvchi tugmalar-



  • - svernut oynani vaqtincha taklab quyish uchun

  • - razvernut’ oynani kichiklashtirish uchun ishlatiladi.

  • - zakrit oynani berkitish uchun ishlatiladi.


Uskunalar paneli

-qalam

- kistichka – muyqalam

- rang sochishda ishlatiladi

- zalivka, yopiq shakllarga rang quyish

- plastik. uchirgich

- liniya uskunasi tugri chiziq chizish uchun ishlatiladi

- turtburchak chizish uchun

- ellips chizish uchun ishlatiladi.

- rang tanlab olish uchun pipetka;

- tasvirni katta va kichik ko`rinishda ko`rish uchun;
Uskunadan foydalanishni o`rganamiz. Masalan to`g`ri chiziq chizish kerak bo`lsin. U xolda liniya uskunasi tanlanadi va sichqonchani saxifada chertib kerakli yo`nalishda tortiladi. Xar bir uskunani xususiyati mavjud. Liniya uskunasini xusiyati quyidagicha:

Bu xolat chiziladigan chiziqni qalinligini anglatadi. Rasmga qarang:



Menyu pravka - otmenit’ buyrug`i oxirgi uchta amallarni bekor qilish uchun ishlatiladi.

Menyu risunok – ochistit’ – varaqdagi barcha rasmlarni tozalaydi.

Kal’kulyator dasturi.

Kal’kulyator dasturi bu operatsion sistemaning yana bir imkoniyatini namoyish etuvchi dastur bo`lib, arifmetik hisob-kitoblar va injenerlik hisoblarni bajarishga mo`ljallangan. Dasturini ishga tushirish uchun Pusk Vse Programmi standartnie Kal’kulyator dasturini chertamiz.




Obichniy rejim

Injenerniy rejim





Yuqoridagi rasmda ko`rib turganingizdek kalkul’yator dasturini ikki xil rejimda ishlatish mumkin ekan. ya`ni:

Obichniy rejim – oddiy arifmetik amallar, ildiz, foiz va xotiradan foydalanish.

Injenerniy rejim – Ushbu rejimda yuqoridagilardan tashqari kvadrat darajaga ko`tarish, kub darajaga ko`tarish, trigonometrik funktsiyalardan foydalanish, o`nli va natural logorifmlar va hokozolardan foydalanish.

Rejimni o`zgartirish uchun “Vid” menyusidan foydalanamiz.



Provodnik (yo`lboshlovchi) ilovasida ishlash.

Provodnik dasturi asosan Windows operasion tizimida ishlash uchun mo`ljallangan. Bu dastur yordamida fayl va papkalar bilan ishlash mumkin. YA`ni fayl va papkalardan nusxa olish, ko`chirish o`chirish va x.k. ishlarni bajarish mumkin. Provodnik dasturini ochish uchun "Pusk" tugmasini bosamiz, ochilgan menyusida qatorini tanlaymiz, so`ng paydo bo`lgan menyusida qatorini tanlaymiz, so`ngi paydo bo`lgan menyusida esa qatorini tanlab “Enter” yoki sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi. YOki klaviaturadan “Winkey+E” tugmachalarini bir marta bosamiz. So`ngra Provodnik oynasi paydo bo`ladi. Provodnik dasturi quyidagilardan iborat:

1. Sarlavxa satri;

2. - asosiy menyu;

3. Uskuna paneli. Uskuna paneli quyidagi tugmalardan iborat, bular:
3.1. - Alt+ orqaga qaytish. YA`ni so`ngi ko`rilgan papkasiga o`tish;

3.2. - Alt+ oldiga qaytish

3.3. - Backspase Bir marta yuqoriga chiqish, ya`ni faol papkadan chiqish;

3.4. - F3 yoki Ctrl+E izlash oynasiga o`tish. Bu tugma bosilganda siz ixtiyoriy fayl yoki papkani izlashingiz mumkin;

3.5. - Provodnik dasturining papkalar shaxobchasini ochish (papkalarning daraxt simon oynasi);

3.6. - fayl va papka larni xar xil turda ko`rish.



4. - shaxobchalar oynasi. Bu oynasida siz kerakli ob`ektni tanlasangiz, tanlagan ob`ekt ochiladi va tanlagan ob`ekt ning mundarijasini qo`shni oynasida ko`rsatadi. Agar siz (+) belgisiga sichqonchani keltirsangiz ob`ekt ochiladi, (-) belgisini bossangiz ob`ekt bekor qiladi.

Provodnik dasturi yordamida papka yaratish: Masalan joriy disda yoki faol papkada yangi papkani yaratish uchun asosiy menyudagi "Fayl" menyusini oching, paydo bo`lgan menyusida "Sozdat’" qatorini tanlang, keyingi ochilgan menyusida esa "Papku"ni tanlang va sichqonchaning chap tugmasini bosing. Paydo bo`lgan papkagani nom bering va “Enter” tugmasi yordami nomini tasdiqlab qo`ying.

Provodnik dasturi yordamida fayldan nusxa olish. Fayldan nusxa olish uchun kerakli papkani oching, ochilgan papkada kerakli falni tanlang. Faylni tanlagandan so`ng asosiy menyuda "Pravka" menyusini oching, ochilgan menyusida "Kopiravat’" qatorini tanlang va sichqonchaning chap tugmasini bosing. Natijada ajratilgan faylni almashuv buferiga (xotiraga) nusxa oladi. Klaviatura yordamida nusxa olish uchun [CTRL+C] tugmasi bosiladi. Xotiradan faylni ko`rsatigan papkaga qo`yish uchun, shu papkani oching va asosiy menyudagi "Pravka" menyusini oching, ochilgan menyusida "Vstavit’" qatorini tanlang va sichqonchaning chap tugmasini bosing. Natijada nusxa olingan faylni qo`yadi. Klaviatura yordamida qo`yish uchun [CTRL+V] tugmasi bosiladi. Agar siz bir necha fayldan nusxa olmoqchi bo`lsangiz bunda bu fayllarni to`plamga kiritish kerak. Fayllarni Provodnik dasturida to`plamga kiritish uchun SHIFT tugmasini bosing. SHIFT tugmasini bosgan xolda yo`nalish tugmalardan foydalaning.

Fayllar yoki papkani o`chirish: Fayl yoki papkani o`chirish uchun, o`chirmoqchi bo`lgan ob`ektni tanlang va asosiy menyuda "Fayl" menyusini oching, ochilgan menyusida "Udalit’" qatorini tanlang va sichqonchaning chap tugmasini bosing, klaviatura yordamida Fayl yoki papkani o`chirish uchun [Delete] tugmasi bosiladi. Albatda o`chirgan ob`ektni Windows ish stolining ga joylashtiradi. Korzina dagi ob`ektlarni tiklash, yoki Korzinani tozalash uchun Windows ish stolida ob`ektni oching. Ochilgandan so`ng ro`yxatdagi tiklamoqchi bo`lgan ob`ektni tanlang, so`ng "Fayl" menyusini oching, ochilgan menyusida "Vosstanovit’" qatorini tanlang va sichqonchaning chap tugmasini bosing, natijada Korzina oynasidan tanlagan fayllingiz tiklanadi. Agar Korzinani tozalamoqchi bo`lsangiz "Fayl" menyusini oching, ochilgan menyusida "Ochistit’ korzinu" qatorini tanlang va sichqonchaning chap tugmasini bosing. Natijada Korzinani tozalab qo`yadi.

Nazorat uchun savollar.

  1. Qanday standart dasturlarni bilasiz?

  2. Paint dasturi qanday dastur?

  3. Paint dasturining uskunalar panelida qanday elementlar joylashgan?

  4. Ranglar palitrasi nima?

  5. Kal’kulyator dasturi qanday dastur?

  6. Provodnik ilovasida qanday ishlar amalga oshiriladi?

  7. Kataloglar shahobchasi nima?

  8. Uskunalar qatori nima?

  9. Uskunalar qatorida qanday elementlar joylashgan?

  10. Provodnik ilovasida nusha olish qanday amalga oshiriladi?

6-Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Fayllarni arxivlash. Komp`yuter viruslari
Ishdan maqsad: Fayllarni arxivlash, Komp`yuter viruslari va viruslarga qarshi dasturlarni o`rganish.

Nazariy qism

Arxivlangan fayl – bu faylning ixchamlangan, sikilgan xolati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya`ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga kuchirishda, nusxa olishda, saklab kuyishda elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tugiladi.

Avvalo arxivlash bilan bog`liq bulgan asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash uchun kup kullaniladigan asosiy arxivatorlar (arxivlovchi dasturlar) bilan tanishamiz.

Fayllarni arxivlash – fayllarni ma`lum bir qoida asosida sikilgan, ixchamlangan xolatda diskda saklash demakdir. Arxivlash kattik disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan uchirilishi sodir bulgan xollarda joriy faylni kayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida xam kullaniladi. Arxivlash BACKUP paket dasturi orqali xam (Win 95 muxitida) amalga oshiriladi.

Umuman arxivlash – bu uzok muddat saklanuvchi fayllar, kam kullaniladigan, eski xujjatlar, xar xil materiallar, adabiy va ilmiy makolalar, rasm va boshqalarni saklash uchun kullaniladi. Arxiv bir kancha kismlardan iborat bulishi va unda xar bir fayl aloxida kurinishda saklanishi mumkin. Bunday arxiv fayllar kup tomli deb ataladi. SHunday arxivlardan katta xajmli ma`lumotlarni kismlarga bulib, disketalarga sigadigan, kulay kurinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda xar bir kism fayl xam arxiv fayl deb ataladi.

Arxiv hosil kilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruxi, tulik fayllar strukturasi buyicha yoki papkalar buyicha xam kilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar kup bulsa, ularni oldin bitta papkaga yigib olish ishini osonlashtiradi. elektron pochta va Internet muxitida arxivlangan xoldagi ma`lumotlarni almashish bir kator kulayliklar yaratadi.

Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba`zi xollarda arxivlash natijasida boshlangich fayl 10-20 barobar sikilishi xam mumkin. Masalan, dastur fayllariga nisbatan matn va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi.

Xozirgi kunda xar xil arxivatorlar bir-birdan sikish darajasi, tezligi, foydalanishda kulayliklari, imkoniyat darajasi jixatidan fark kiladi. Foydalanuvchi xar xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi buyicha farklaydi. Sikish turi shu arxivning formati deyiladi.

Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlovxaga ega bo`ladi. Arxiv sarlovxasida unda saklanuvchi xar bir fayl uchun kuyidagi ma`lumotlar saklanadi:

- fayl nomi;

- fayl saklanuvchi katalog haqida ma`lumot;

- faylning oxirgi marta kayta ishlangan sanasi va vakti;

- faylning diskdagi va arxivdagi ulchami;

- arxivning tulikligini tekshirishda ishlatiladigan xar bir faylning tsiklik tekshirish kodi.

Arxiv fayllari xam oddiy fayllar kabi nomlanadi va maxsus kengaytmaga ega bo`ladi. Masalan PKZIP/ PKUNZIP dasturlarning fayllari. ZIP, ARJ dasturining fayllari .ARJ kengaytmaga ega bo`ladi. Kup tomli fayllar uchun esa arxivning davomi A01, A02 va xakozo kengaytmalar oladi.

ZIP formatli arxiv imkoniyatlirok xisoblanadi.

Bu turdagi arxivlar PKZIP arxivatori bilan yaratiladi. Arxivlarni ochish uchun PKUNZIPdan foydalaniladi (PKWARE firmasi tomonidan yaratilgan). ZIP formatli arxiv boshqa formatli arxivlardan arxivlash jarayonining tez amalga oshirilishi va yukori darajada sikish imkonini berishi bilan ajralib turadi.

Xozirgi paytda kup kullaniladigan arxivatorlardan yana biri ARJ xisoblanadi. (R. YAngom tomonidan yaratilgan). Bu arxivator arxivlash uchun xam, arxivdan chiqish uchun xam xizmat kiladi.

Xuddi shuningdek, ZIP, ARJ larga uxshash formatlaydigan LHA (X. Yoshizaki) arxivatori xam mavjud.

Komp`yuter viruslari

Komp`yuter viruslari bugungi kunda ko`pchilikning eng dolzarb muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda. Virus dasturi komp`yuterdagi ma`lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o`chirishga mo`ljallangan bo`ladi. Ilk bor virus dasturlari AQSHda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy komp`yuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchining xotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar etkazishni o`zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo bo`yicha 200000 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular komp`yuter viruslari bo`lib, komp`yuterdagi ma`lumotlarga zarar etkazadi yoki komp`yuterning ishlash

samaradorligini tushirib yuboradi.

Komp`yuter virusi o`zi nima? Ular ma`naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g`arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda ko`p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga «yopishib oladi». Ularning «ishga tushishi» oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo`lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) o`chirib yuborilishi mumkin.



Virus va uning turlari

Hozirgi kunda komp`yuter viruslari g`arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Komp`yuter viruslarini dasturli viruslar deb atash tugriroq bo`ladi.



Dasturli virus deb avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o`z – o`zidan qushiluvchi, ishga kodir va komp`yuter tarmoqlari va alohida komp`yuterlarda uz – uzidan tarkalish xususiyatiga ega bulgan dasturga aytiladi.

Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan dasturlar deyiladi.





Zararlangan disk – bu ishga tushirish sektorida virus dastur joylashib olgan diskdir.

Xozirgi paytda komp`yuterlar uchun kupgina nokulayliklar tugdirayotgan xar xil turlardagi komp`yuter viruslari keng tarkalgan. SHuning uchun xam ulardan saklanish usullarini ishlab chiqish muxim masalalardan biri xisoblanadi. Xozirgi vaktda 65000 dan kup bulgan virus dasturlari borligi aniklangan. Bu viruslarning katta guruxini komp`yuterning ish bajarish tartibini buzmaydigan, ya`ni «ta`sirchan bulmagan» viruslar guruxi tashkil etadidi.

Viruslarning boshqa guruxiga komp`yuterning ish tartibini buzuvchi viruslar kiradi. Bu viruslarni kuyidagi turlarga bulish mumkin: xavfsiz viruslar (fayllar tarkibini buzmaydigan), xavfli viruslar (fayllar tarkibini buzuvchi) xamda juda xavfli viruslar (komp`yuter kurilmalarini buzuvchi va opera­tor sogligiga ta`sir etuvchi). Bu kabi viruslar odatda professional dasturchilar tomonidan tuziladi.

Komp`yuter virusi – bu maxsus yozilgan dastur bulib, boshqa dasturlar tarkibiga yoziladi, ya`ni zararlaydi va komp`yuterlarda uzining garazli maksadlarini amalga oshiradi.

Komp`yuter virusi orqali zararlanish okibatida komp`yuterlarda kuyidagi uzgarishlar paydo bo`ladi:

• ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi;

• bajariluvchi faylning xajmi va uning yaratilgan vakti uzgaradi;

• ekranda anglab bulmaydigan belgilar, turli xil tasvir va tovushlar paydo bo`ladi;

• komp`yuterning ishlashi sekinlashadi va tezkor xotiradagi bush joy xajmi kamayadi;

• disk yoki diskdagi bir necha fayllar zararlanadi (ba`zi xollarda disk va fayllarni tiklab bulmaydi):

• vinchester orqali komp`yuterning ishga tushishi yukoladi.

Viruslar asosan disklarning yuklanuvchi sektorlarini va exe, som, sys va bat kengaytmali fayllarni zararlaydi. Xozirgi kunda bular katoriga ofis dasturlari yaratadigan faylarni xam kiritish mumkin. Oddiy matnli fayllarni zararlaydigan viruslar kamdan – kam uchraydi.

Keng tarqalgan viruslarni ikki guruhga bo`lish mumkin:

-fayllar uchun (SOM, EXE va DLL ni zararlaydi);

-Boot-viruslar (disketlarni boshlang`ich yuklovchi sektorlar yoki MBR (Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi. Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba`zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng «taniqlisi» Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog`idagi 30000 ta komp`yuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, «karomat» ko`rsatgan.

Viruslarga qarshi chora-tadbirlar

Komp`yuterni viruslar bilan zararlanishidan saklash va axborotlarni ishonchli saqlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

- komp`yuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta`minlash;

- disketalarni ishlatishdan oldin har doim virusga qarshi tekshirish;

- qimmatli axborotlarning nusxasini har doim arxiv fayl ko`rinishida saqlash.

Komp`yuter viruslariga karshi kurashning quyidagi turlari mavjud:

- viruslar komp`yuterga kirib buzgan fayllarni o`z holiga qaytaruvchi dasturlarning mavjudligi;

- komp`yuterga parol’ bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi;

- disklarni yozishdan ximoyalash;

- litsenzion dasturiy ta`minotlardan foydalanish va o`g`irlangan dasturlarni qo`llamaslik;

- komp`yuterga kiritalayotgan dasturlarning viruslarning mavjudligini tekshirish;

- antivirus dasturlaridan keng foydalanish;

- davriy ravishda komp`yuterlarni antivirus dasturlari yordamida viruslarga qarshi tekshirish.

Antivirus dasturlaridan DrWeb, Adinf, AVP, VootCHK va Norton Antivirus, Kaspersky Security kabilar keng foylalaniladi.


Nazorat savollari

1. Arxivlangan fayl

2. Fayllarni arxivlash, arxiv fayllar deganda nimalarni tushunasiz?

4. Arxivator nima?

5. ZIP va ARJ kengaytmalarining uzaro farki nimadan iborat?

6. Xamma fayllarni arxivga kushish, yangi fayllarni arxivga kushish umu-

miy xolatda qanday belgilanadi?

7. Arxivdagi fayllar qanday parollanadi?

8. Komp`yuter virusi nima?

7- Amaliy mashg`ulot

Mavzu: Matn muxarrirlari ularning imkoniyatlari
Ishdan maqsad: Matn muxarrirlari ularning imkoniyatlarini o`rganish.
Nazariy qism

Komp`yuterdan foydalanuvchi kupincha u yoki bu xujjatlar- xatlar, makolalar, xizmat yozuvlari, xisobotlar va boshqa materiallarini tayyorlash zaruriyatiga duch keladi. Xujjatlarni yukori sifatda bosib chiqarilishini ta`minlash yoki katta xajmdagi murakkab xujjatlar, jurnallar yoki kitoblarni tayyorlash uchun foydalanuvchiga Microsoft Word matn muxarriri dasturlaridan foydalanish kulaydir.

Ushbu Microsoft Word matn muxarrirning imkoniyatlarini kuyida keltirilgan ba`zi amallardan xam bilish mumkin:

- matnni terib tayyorlash va faylga yozish;

- matnga kushimcha kiritish, chiqarib tashlash, katorlar, matn kismlarini almashtirish va matnni tekislash;

- matnni turli shriftlarda bezash, orfografiyasi va grammati-kasini tekshirish, boblar tayyorlash, matnni saxifalarga bulib tashlash;

- formula va jadvallar bilan ishlash xamda ularning chegalari va ichki rangini tashlash;

- matnli xujjatlarga formulalar kiritish, suz va jumlalarni izlash va almashtirish, rasmlar chizish va matnga sodda bezaklar kiritish;

- elektron pochta kutisidan olingan xabalarni taxrirlash va boshqa imkoniyatlar kiradi.

MATNLARNI KIRITISH, MUXARRIRLIK KILISH VA FORMATLASH TUSHUNCHALARI
Komp`yuterda kogozga tushuriladigan matnlarda xarf, raqam, belgilar va xokazolar asosiy vosita xisoblanadi.

Komp`yuterda matnlarni tayyorlashda asosan uch gurux amallardan foydalaniladi:



kiritish, muxarrirlik kilish, formatlash
Kiritish amali - berilgan matnni elektron kurinishga o`tkazish, ya`ni komp`yuter xotirasida saklanadigan faylda ifodalashdir.

Matnlarni kiritish fakat klaviatura yordamida bulmasdan, balki skanerlash yuli bilan matnni kiritish, maxsus yaratilgan dasturlar yordamida xujjatlarni grafikli tasvir kurinishidan matnli kurinishga o`tkazishlardan iborat bo`ladi.



Muxarrirlik kilish(tugrilash) amali - mavjud elektron xujjat kurinishda ba`zi kushish va uchirish yullari bilan uzgartirishlar hosil kilish, matn kismlarining urnini almashtirish, bir necha fayllarni bitta faylga keltirish va aksincha bittasini bir nechta mayda matnlarga bulish ishlaridan iboratdir.

Matnlar ustida ishlashda kiritish va muxarrirlik kilish kupincha bir vaktning uzida parallel ravishda bajariladi. Kiritish va muxarrirlik kilishda matn tarkibi shakllantiriladi.



Formatlash amallari yordamida xujjatlar shakllantiriladi. Uning buyruklari matnni monitor ekranida yoki kogozda qanday kurinishda ifodalanishini tulik aniklaydi.
Microsoft Word MATN MUXARRIRINI YUKLASH VA DASTUR OYNASI
Microsofr Word matn muxarririni yuklashda kuyidagi usullardan foydalanish mumkin:

  1. Pusk Vse programmi Microsoft Word buyruklarini bajarish orqali (1-rasm);

1-rasm


  1. Microsoft Word matn muxarririda yaratilgan faylni ochish orqali;

  2. Ishchi stolda Microsoft Word yorligini tanlash orqali;




  1. Masalalar panelida joylashgan tezkor ishga tushurish tugmachalaridan Microsoft Word dasturining piktogrammasini tanlash orqali;

  2. Qidirib topish orqali. Buning uchun kuyidagi buyruklar ketma-ketligini tanlash kerak: Pusk Nayti (Poisk) Fayli i papki. Ochilgan oynaga dastur nomi yoziladi va Nayti tugmasi bosiladi.

Natijada Microsoft Word dasturi ekranda oyna kurinishida namoyon bo`ladi (2-rasm).
Formatlash Standart Oyna ulchamini

uskunalar uskunalar Menyu Chizgich boshqarish

paneli paneli satri tugmalari



Ishchi soxa Xolatlar satri Aylantirish O`tkazish

soxalari tugmalari

2 - rasm
MATN QISMINI BELGILASH



Matn kismini belgilash uchun sichkoncha va klaviaturadan foyda-laniladi.

Matn kismini belgilashda sichkonchadan foydalanish

Matnning ixtiyoriy kismini belgilash

Matn boshiga kursor urnatilib, sichkonchaning chap tugmasi bosilgan xolda xarakatlantiriladi.

Suzni belgilash

Matn tarkibidagi suzda sichkonchaning chap tugmasi tezlik bilan ikki marta bosiladi.

Matn katorini belgilash

Kursor matnning chap kator boshiga urnatilgandan sung sichkonchaning kursatkichini satrning boshida shunday kurinishga keltirib sichkonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi.

Jumlani belgilash

Klaviaturadan Ctrl tugmachasi bosib turilgan xolda jumla ustida sichkonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi.

Abzatsni belgilash

Abzats boshida sichkonchaning chap tugmasi tezlik bilan uch marta bosish orqali xam belgilash mumkin.

Bir necha abzatsni belgilash

Kursatkichni abzats boshiga keltirilgandan sung sichkonchaning kursatkichini satrning boshida kurinishga keltirib, sichkonchaning chap tugmasi tezlik bilan ikki marta bosiladi va chap tugma bosilgan xolda kursor yukoriga yoki pastga suriladi.

Matnning katta kismini belgilash

Belgilanishi kerak bulgan matn boshiga kursor urnatilib, klaviaturadan Shift tugmachasi bosib turilgan xolda matn oxiriga kursor keltirilib sichkonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi.

Xujjatning xamma kismini belgilash

Kursor xujjatning chap chegarasiga urnatilgandan sung, sichkonchaning kursatkichini satrning boshida shunday xolatga keltirib sichkonchaning chap tugmasi tezlik bilan uch marta bosiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin