1.Qaysi qonun bir-birini to ’ldiradi, ya’ni biri ikkinchisini mohiyatini ochib beradi?
2.Tabiatda «ideal gaz» yo’q. Lekin fanga bu tushunchani kiritilishiga sabab nima?
Moddalar massasining saqlanish qonuni.
Moddalar massasining saqlanish qonuni.
M.V. Lomonosov reaksiya uchun olingan modda va reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning og’irligini o’lchash yo’li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o’rgandi. natijada u birinchi marta 1748 yilda moddalar massasining saqlanish qonunini ta’rifladi, 1756 yilda metallarni og’zi kavsharlab berkitilgan idish (retotta)da qizdirish yo’li bilan bu qonunni to’g’riligini tajribada isbotladi: Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning mas- sasiga teng bo’ladi. 1789 yilda Lomonosov ishidan bexabar holatda, fransuz kimyogari A.L.Lavuaze ham moddalar massalari saqlanish qonunini e’lon qildi:
kimyoviy reaksiya paytida faqatgina reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar massalarigina o’zgarmay qolmasdan, ular tarkibiga kiruvchi elementlar massalari ham o’zgarmasdan qoladi.
1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasidagi bog’lanishni ko’rsatish, moddalar massasining saqlanish qonuniga faqat oddiy kimyoviy jarayonlar bo’ysunishini, yadroviy reaksiyalar esa bunday qonuniyatdan chetlanishini ko’rsatdi. Ya’ni:
1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasidagi bog’lanishni ko’rsatish, moddalar massasining saqlanish qonuniga faqat oddiy kimyoviy jarayonlar bo’ysunishini, yadroviy reaksiyalar esa bunday qonuniyatdan chetlanishini ko’rsatdi. Ya’ni:
AE = Am • c2
bu yerda: AE - energiya o’zgarishi; Am - massa o’zgarishi; c - yorug’lik tezligi (vaakumda 300 000 km/sek ga teng).
Energiya o’zgarishi kichik qiymatli bo’lganda massa uzgarishi nolga yaqinlashadi, ya’ni o’zgarmaydi. yadro reaksiyalarida esa energiya o’zgarishi juda yuqori qiymatli bo’lganligi uchun massa o’zgarishi sezilarli o’zgarishini ko’rish mumkin.
Tarkibning doimiylik qonuni. A. lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi.