2-mavzu: Pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Tarbiya jarayonining
shakllari va metodlari. Ijtimoiy pedagogika asoslari.
Reja:
1. Pedagogik jarayonda tarbiyaning mohiyati.
Tarbiyaning maqsadi va
vazifalari.
2 . Tarbiya jarayoni qonuniyatlari.
3. Tarbiya prinsiplari. Tarbiya prinsiplariga qo‘yiladigan talablar.
4. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlarining tarbiya
jarayonidagi o‘rni.
5. .Jamoa haqida tushuncha. Jamoaning pedagogik vazifalari. Jamoaning
turlari.Jamoaning belgilari. Shaxsning jamoada qaror topishi.
6. .Ijtimoiy pedagogikaning predmeti. Ijtimoiy pedagogika
kategoriyalari va
prinsiplari. Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning Markaziy Osiyo, Rossiya va
G‘arbdagi tarixi.
7. Oila fuqarolik jamiyati institutining asosiy bo‘g‘ini.
Oila va mahalla -
milliy hamda umuminsoniy tarbiyaning muhim instiutlari sifatida.
8. Oila va bolalar, ota-onasiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy pedagogik
faoliyat.Deviatsiya
ijtimoiy
pedagogik
muammo
sifatida.
Alkogolizm,
giyohvandlik- deviantlik xulqi vujudga kelish shakli sifatida.
Jinoyatchilik
delinkventlik hulqi vujudga kelish shakli sifatida.Sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish.
Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni,
tarbiyaning maqsadi, tarbiya
mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari,
tarbiya turlari, tarbiya qonuniyatlari,
tarbiya tamoyillari
TARBIYA IJTIMOIY HODISA SIFATIDA.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiya
jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o‘rgatadi.
Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o ‘sib
kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayon
mazmunini ham qaytadan
ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo
mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga
tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, etika, estetika,
fiziologiya, psixologiya kabi fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi.
Tarbiya
nazariyasi pedagogikaning boshqa boMimlari: pedagogikaning umumiy asoslari,
ta’lim nazariyasi hamda maktabshunoslik bilan uzviy bog’liq. Tarbiya jarayoni
shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga
tayyorlovchi tarixiy-
ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boruvchi faoliyat jarayonidir. Tarbiya
xususida taniqli o‘zbek pedagogi
Abdulla Avloniv shunday deydi