O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti
5111700 – “Boshlang‘ich ta’limva sport tarbiyaviyish ” yо‘nalishi
19/12-guruh talabasi
RAXMONQULOVA KUMUSHOYning
BOSHLANG’ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYA fanidan
MAVZU: BOSHLANG’ICH TA’LIMDA INTEGRATSION DARSLAR.
Tekshirdi: A. Yu. Ko’chkinov
CHIRCHIQ – 2022
MAVZU: BOSHLANG’ICH TA’LIMDA INTEGRATSION DARSLAR.
REJA:
Boshlang’ich ta’lim tizimida integratsiyaning maqsad va vazifalri.
Boshlang’ich ta’limni integratsiyalashning mohiyati.
Boshlang’ich ta’lim tizimida integratsiyalash va o’quv fanlarining o’zaro bog’liqligi.
Integratsiya faninining predmeti, maqsad va vazifalari. O’quv jarayonida fanlar integratsiyasi ya’ni fanlararo aloqadorlik ta’minlangan sharoitda o’quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. O’quv jarayonida fanlararo aloqadorkikni turli o’quv o’quv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.
Binobarin, boshlang’ich ta’lim darslarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish o’quvchilarning faktlarni tahlil qilish, hodisa va jarayonlarni o’rganishda sabab - oqibat bog’lanishlari mohiyatini tushunish, o’quv fanlari bo’yicha avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llashi orqali o’quv materialini ongli o’zlashtirishga erishishga zamin tayyorlaydi, shuningdek, boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalash dars samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi.
Integratsiya - lotincha “integratio” so’zidan olingan bo’lib, to’liq, yaxlit, bir butun degan ma’nolarni bildiradi.
Integratsiya - fanlararo bilimlarni chuqurlashtirish va ularning mazmuni va mohiyatini asoslash, o‘quvchilarda olamning yaxlitligini, tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ochib beruvchi fandir.
Maqsadi - o’qitishning fanlararo bilimlarini bir butun qilib birlashtirish.
Dostları ilə paylaş: |