Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3



Yüklə 232 Kb.
səhifə1/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning


1-ma’ruza
YOZMA NUTQ ME’YORLARI FANI, UNING MAQSAD VA VAZIFALARI. YOZMA NUTQ ME’YORLARI. GRAFIKA VA YOZUV TARIXI

Reja:


1. Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari.
2. Yozuv tarixi, turlari,
3. XX asrdagi yozuv bilan bog‘liq islohotlar.


Asosiy tayanch tushunchalar: alifbo, imlo, grafika, orfografiya, punktuatsiya, harfiy yoki noharfiy vositalar, piktografik yozuv, iyeroglifik yozuv, ideografik yozuv, logografik yozuv, fonografik yozuv

Yozma nutq me’yorlari” fanining maqsadi: talabalarni hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari: grafik, orfografik va punktuatsion me’yorlarga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, yozma nutq ko‘nikmasini shakllantirish;


“Yozma nutq me’yorlari” fanining vazifalari:
- yozma nutq me’yorlari: grafik, orfografik va punktuatsion me’yorlar xususiyatlarini qiyosan o‘rganish, bu sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash;
- hozirgi o‘zbek adabiy tilining grafik me’yorlari, grafema va uning turlari haqida talabalarga ma’lumot berish;
-hozirgi o‘zbek adabiy tili orfografik me’yori, kirill va lotin alifbolari, imlo qoidalari, ulardagi o‘zaro farqli xususiyatlar haqida bilim berish;
-talabalarda punktuatsion me’yorlar, ya’ni tinish belgilarining qo‘llanilishi, tinish belgilarini ishlatish ko‘nikmasini shakllantirish.
Mazkur fanning o‘rganish ob’ekti sifatida tilshunoslikning grafika, orfografiya va punktuatsiya bo‘limlari belgilab olinadi. Bundan asosiy maqsad talabalarning imloviy malakalarini mustahkamlash, savodxonligini oshirish, yozma nutq saviyasini yanada boyitishdan iboratdir. Chunki har bir yuksak madaniyatli kishi to‘g‘ri yoza bilishi va to‘g‘ri so‘zlay olishi kerak. Bu talab bo‘lg‘usi pedagoglar va filologlarga nisbatan ayniqsa qat’iy qo‘yiladi. Zero ular yosh avlodga umumiy savodxonlik va nutq madaniyati to‘g‘risida saboq beradilar, ularni savodxonlikka va chechanlikka o‘rgatadilar. Qolaversa, imloviy savodxonlik ma’naviy yetuklikning belgisi sifatida ko‘p asrlar ilgari e’tirof etilgan. Xususan, Sharq xalqlarida chiroyli xat bituvchi, savodxon kishilar – xattot nomi bilan alohida hurmat va ehtiromga loyiq deb topilganlar.
O‘zbek ma’rifatparvar shoiri Furqatning quyidagi baytida ham yuqorida keltirilgan fikrlar o‘zining yorqin ifodasini topgan:

Mening maktab aro bo‘lur murodim,
Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim.
Bugungi globallashuv jarayonida “Yozma nutq me’yorlari” fanining asosiy xususiyatlarini yaxshi bilish o‘qituvchilar, ayniqsa, ona tili o‘qituvchisi uchun juda muhim. Hozirgi kunda yozuvda tinish belgilari va imlo bo‘yicha xatoliklar ko‘p o‘rinda ko‘zga tashlanadi. Buni kundalik hayotda deyarli har kuni uchratamiz. Shu sababli talabalar yozma nutqida uchraydigan imloviy va punktatsion xatolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berib boriladi. O‘qituvchilar, ayniqsa ona tili o‘qituvchisi, o‘zbek adabiy tili me’yorlarini, yozma nutq me’yorlarini yaxshi bilishi, bu me’yorlarni talabaga aniq va puxta tushuntirishi, ularning yozma nutq madaniyatini o‘stirish ustida tinimsiz mashg‘lot olib borishi zarur.
Hozirda imlo qoidalarini yanada takomillashtirish uchun olimlarimiz o‘z qarashlarini ilmiy jihatdan isbotlamoqda. Jumladan, professor N.Mahmudov til va imlo masalalari haqida quyidagi bugungi kun uchun dolzarb fikrlarni aytadi: ”Bugungi kunda mazkur imlo qoidalarida ham takomillashtirilishi lozim bo‘lgan bir qancha o‘rinlar mavjudligi ayon bo‘lmoqda. Masalan, bir qator so‘zlarning yozilishi, o‘zlashma so‘zlardagi ayrim tovushlarning ifodalanishi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib va ajratib yozish qoidalarida mukammallashtirilishi, aniqlashtirilishi zarur bo‘lgan jihatlar ancha-muncha bor. Birgina misol, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (1995) da oktyabr, sentyabr so‘zlari oktabr, sentabr tarzida qayd etilgani holda aktyor, montyor, samolyot so‘zlarini aktyor, montyor, samolyot shaklida “y” bilan yozish qoidalashtirilgan, tabiiyki, bunda imlodagi izchillikka putur yetgan. Ko‘rinib turganiday, o‘zbek tili imlo qoidalarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan, tilimiz qonuniyatlarini to‘g‘ri aks ettiradigan va amaliyot uchun qulay taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi davrning dolzarb talabidir”.1 Yuqoridagi kabi yangiliklarni dars jarayonlarida talabalarga yetkazib borish, ularning yozma nutqida uchraydigan imloviy xatoliklarni tuzatish uchun, imlo qoidalari xususiyatlarni yaxshi bilishi uchun muhim sanaladi. Masalan, talabalarning yozma nutqida x va h harflarining xato qo‘llanishi, tutuq belgisi va ko‘chish belgisini farqlamay qo‘llash, tinish belgilarini o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llamaslik kabi holatlarga duch kelamiz. Bu jihatdan so‘zlovchi aytadigan fikr butunlay o‘zgarib ketishi mumkin. Shuning uchun oily ta’lim muassalarining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga “Yozma nutq me’yorlari” fani rejasida bu mavzularga alohida o‘rin berilgan.
Orfografiya xususida fikr yuritilganda albatta yozuvning ahamiyati masalasiga e’tibor qaratish talab etiladi.
Yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan, uning madaniyatining yuqori saviyaga ko‘tarilishi, shuningdek, siyosiy-huquqiy, estetik va shu kabi fikrlarni qayd qilish hamda keyingi davrlarga qoldirishga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan bog‘liq. Demak, yozuv jamiyatning buyuk madaniy kashfiyotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har tomonlama taraqqiyotida juda katta o‘rni va o‘ziga xos ahamiyati bor.
Grafika yunoncha so‘z bo‘lib, yozuv degan ma’noni anglatadi. U biror tilning yozuv tizimini aks ettiradi. Grafika harfiy yoki noharfiy vositalar orqali ifodalanadigan shartli belgilarning muayyan sistemasidir. O‘zbek tilininig grafik tizimi hozirgi vaqtda quyidagi belgilardan iborat bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri shakllantirishda ulardan keng foydalaniladi: harflar, tinish belgilari, arab va rim raqamlari, orfografik belgilar – chiziqcha (ba’zan chiziqcha –inchi affiksi o‘rnida qo‘llanib, morfemani ham ifodalaydi), tutuq belgisi, xatboshi; ramziy belgilar (+, √ , >) va maxsus belgilardan iborat. Albatta har qanday yozuv sistemasining asosiy grafik vositalari harflar va tinish belgilari hisoblanadi. Shuning uchun grafika xususida gap ketganda alifbo masalasi asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki alifbo va imlo o‘zaro bog‘liq bo‘lib, alifboning o‘zgarishi imloning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Alifbo tuzishning etakchi tamoyillari quyidagilardir:
1) alifbodagi har bir harf tovush ko‘rsatishi kerak; 2) har bir tovushning o‘z harfi bo‘lishi kerak; 3) alifboda tilda yo‘q tovush uchun harf bo‘lmasligi kerak. Lekin dunyodagi hech bir alifboda bu tamoyillarga to‘liq amal qilinmagan. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosida ham ng, ch - harfiy birikmalari bir tovushni ifodalasa, j (jurnal, jo‘ja kabi) harfi, o (ota, boks) harflari ikki ovushni ifodalaydi.
Odatda, har bir tovush yozuvi kelib chiqishi jihatidan fonetik xususiyatga ega bo‘ladi. Tilning tarixiy rivojlanishi natijasida so‘zlarning talaffuzi ham o‘zgarib boradi. Ammo so‘zlarning yozilishi esa so‘zlashuv nutqiga nisbatan turg‘unroq bo‘lib, ko‘pincha ilgarigi holicha qoladi. Nutqning og‘zaki va yozma shakllari orasida yuzaga kelgan bu noo‘xshashlik, uzilish ongli ravishda tugatiladi, yoki tilda saqlanib, mustahkamlanib qoladi. Keyingi holatda tovush bilan harfning o‘zaro munosabatida boshqacha yangi qonuniyatlar yuzaga keladi. Demak, yozuv orqali o‘zaro aloqa qilishda faqat grafikaning o‘zi kifoya qilmaydi. Faqat grafik belgilardan foydalanish orqali yozuvda asosan so‘zning tovush tomonini ifodalash mumkin. Masalan: tomosha so‘zi tomosha, tomasha, tamosho kabi turlicha aytilishi va yozilishi mumkin. Bulardan qaysi biri to‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun bu o‘rinda orfografik me’yorlar talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, orfografiya to‘g‘ri yozish me’yorlarini belgilovchi imlo qoidalaridan iboratdir. Hozirgi o‘zbek orfografiyasining tarkibini 1995- yilda qabul qilingan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” va ayrim (xususiy) imlo me’yorlari tashkil etadi.
Orfografiya tilshunoslikning quyidagi sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Grafika ham orfografiya ham yozuv bilan bog‘liq bo‘lsada, ular mazmunan farqlanadi. Masalan: maktab so‘zidagi harflarning to‘g‘ri yozlishini (balandligi, kengligi, ulanishi, satrda joylashishi kabi jixatlarini) grafika aniqlasa, so‘z oxiridagi “b” undoshining og‘zaki nutqda jarangsizlanishi “p” tarzida aytilsada, “b” deb yozilishini (maktap – maktab kabi) imlo me’yorlari belgilaydi.
Orfografiyaning orfoepiya bilan bog‘liqligini imlo qoidalarining ko‘pchiligini talaffuzga nisbatan belgilanishida ko‘rish mumkin.
Orfografining fonetika bilan aloqasi tovush o‘zgarishi hodisalari oroqali aks etadi: burun – burnim, o‘g‘il – o‘g‘lim (sinkopa hodisasi).
Orfografiyaning morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya kabilar bilan aloqasini asos va qo‘shimchalarga, qo‘shma so‘zlarga oid imlo qoidalarida ko‘rish mumkin.
Tilshunoslikda ma’lumki, yangi alifbo joriy etilsa, shu alifbo asosidagi imlo qoidalari ishlab chiqiladi. Imlo qoidalarini tasdiqlashdan maqsad esa, yozma nutqda bir xillikni ta’minlashdan iborat. Demak, hozirgi vaqtda hech bir kishilik jamiyatini yozuvsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, yozuvni imlo qoidalarisiz ta’savvur etib bo‘lmaydi.
Jamiyat taraqqiyotida kishilarning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan til qanday ahamiyatli bo‘lsa, yozuv ham shunday ijtimoiy qimmatga egadir. Til tarixida yozuv asosiy manba hisoblanadi. Yozuv ham til singari jamiyatdagi turli ijtimoiy talablar natijasida vujudga kelgan. Yozuv insoniyatning eng buyuk madaniy yutug‘i bo‘lib, u tosh davridan to kosmik davrgacha insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy va moddiy yutuqlardan darak beradi. Agar yozuv bo‘lmaganida, insoniyat tomonidan asrlar bo‘yi yaratilgan ana shu moddiy va madaniy yutuqlar bizgacha yetib kelmagan bo‘lardi. Yozuv haqida Beruniyning quyidagi fikri o‘rinlidir: “Til so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimon. Shuning uchun til zamonning bir oni kabi turg‘un qismi bilan cheklanib qoladi. Agar insondagi so‘zlash quvvati hamma joyga shamol singari yoyiluvchan bo‘lmaganda edi va zamonlardan zamonlarga nafas singari o‘tuvchi xat yozish sinoatini keltirib chiqarmaganda edi, o‘tmish zamonlarning xabarini, ayniqsa uzoq zamonlar o‘tganda, hozirgi zamon tillariga qanday ko‘chirib bo‘lar edi”. 
Yozuv o‘z taraqqiyotida og‘zaki nutq bilan bir qatorda asosiy aloqa vositasi bo‘lib keldi. Biroq, yozuv jonli so‘zlashuv tiliga qaraganda juda ham keyin paydo bo‘lgan. Juda qadim zamonlarda kishilar ayrim voqealarni, o‘zaro kelishuvlarini va boshqa hodisalarni bildirish uchun shartli ravishda har xil predmetlardan foydalanishgan: chunonchi, arqon, ip, chilvir va kanoplarni xilma-xil rangga bo‘yash, ularga turli tugunchalar qilish bilan ayrim voqea-hodisalarni, fikr-istaklarini o‘zlaridan uzoqda turganlarga yetkazganlar. Har bir rang yoki har bir tugun biror tushunchani ifodalagan. qora rang – o‘limni, qizil rang – urushni, oq rang – yarashishni, ko‘k rang – nonni ifodalagan. Yoki qo‘shnilariga qilich, qalampir berib yuborish bilan ham o‘z fikrlarini, ularga bo‘lgan munosabatini bildirishgan. Jamiyatning keyingi davrlarida kishilar turli tayoqlarga iplarni tugib yuborib o‘z fikrlarini ifodalaganlar. Buning namunasi sifatida peruliklarning kipu, irokezlarning vampum yozuvlarini ko‘rsatish mumkin.
Kishilik jamiyati asta-sekinlik bilan tugun yozuvidan piktografik yozuvga o‘tgan. Piktografik yozuvda qadimgi kishilar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunda har bir rasm bir tushunchani ifodalagan.
Dastlabki yozuvlar rasmlar orqali ifodalangan. Turli voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik yozuv deb ataladi. Piktografiya lotincha pikto (rasmli, rasm bilan) va grekcha grafo (yozaman) so‘zlaridan tarkib topib, rasmli yozuv degan ma’noni bildiradi. Piktografiya yozuvning eng qadimgi turi bo‘lib, bu yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalagan. Piktografiya belgilari tildagi tovushlarni ifodalamay, balki kichik bir voqeani yoki tushunchani yaxshi holda bildiradi. Piktografik yozuv qadimgi Misr, Xitoy va Janubiy Amerikada paydo bo‘lgan. Bunda har bir rasm ma’lum bir ma’no tashish xususiyatiga ega bo‘lgan. Masalan, quyoshkunduzni, oytunni, toshbaqatunni ifodalagan.
Yozuvning keyingi davri ”ideografik” yozuvdir.( grekcha ”tushuncha”, – ”yozaman”). Bu xildagi yozuvda har bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil simvolik shakl olinadi.Yuqoridagi yozuvlarning yana bir ko‘rinishi – logografik (”so‘z yozaman”) yozuv ancha murakkab bo‘lib, minglab shakllarni chizish, ularning yozuvining yangi bosqichi – fonografik yozuvga, ya’ni, avvalo, ayrim bo‘g‘inlarni, keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o‘tadilar. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi Finikiya davlati bilan bog‘liq.
Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq jismlarga so‘ngra pergament va qog‘ozga yozilgan.Olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi.
Jamiyatning taraqqiyoti natijasida narsalarning rasmini chizish ancha ko‘p vaqtni oladi. Shundan so‘ng ideografik yozuv paydo bo‘ladi. Bunda narsalarning rasmini emas, balki shaklini chizganlar. Tildagi har bir so‘z o‘z shakliga ega bo‘lgan.
Ideografik yozuvning biroz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuv deb yuritiladi. Ieroglifik yozuv eng avval Misr bilan Xitoyda paydo bo‘lgan. Bu yozuv fonografik yozuvning yaratilishi uchun zamin tayyorlab berdi. Fonografik yozuv ham ko‘p ko‘rinishlarga ega. Shulardan biri bo‘g‘in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo‘g‘inlarni ifodalaydi. Ossuriya va Vavilondagi mix yozuvining ayrim belgilari bir tovushni, bir bo‘g‘in yoki so‘zni ifodalaydi.
Hindistondagi devanagari yozuvi 50 ta belgiga ega: 13 tasi unlini, so‘z yoki bo‘g‘in boshida keladigan diftongni, 33 tasi bo‘g‘inni ko‘rsatadi, 4 tasi yordamchi belgidir. Bu yozuvga ko‘ra bo‘g‘in belgilari sillabogramma deb yuritiladi.
Piktogramma, sillabogramma va ideogrammalar evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi. Masalan, finikiy yozuvida (t) belgisi alif deb atalib, ho‘kiz ma’nosini ifoda etgan.
Alifbe Nil daryosi bo‘yiga bostirib kirgan giksos qabilalari tomonidan yaratilgan. Alifbe so‘zi ham giksoscha bo‘lib, alif - ho‘kiz, be – uy demakdir.
Alifbeni giksoslardan finikiyaliklar olib, o‘z alfavitlarini yaratadilar. Finikiyaliklarning yozuvi boshqa xalqlar o‘rtasida juda tez tarqaldi. Dunyodagi ko‘pchilik fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuv tizimi asosida vujudga kelgan.
Bu yozuv uch tarmoq asosida rivojlanadi:
1. Aramey-Suriya tarmog‘i. Bu tarmoq asosida arab yozuvi yaratildi. Aramey yozuvi asosida uyg‘urlar o‘z yozuviga ega bo‘ldi. Uyg‘ur yozuvi negizida mo‘g‘ul va manjur yozuvlari vujudga kelgan.
2. Janubiy Arabiston tarmog‘i. Bu tarmoq asosida efiop, hind, tibet yozuvlari paydo bo‘ldi.
3. Yunon-Yevropa tarmog‘i esa yunon, lotin, slavyan, umuman Evropa xalqlarining yozuvini yaratishga asos bo‘ldi.
Harf – tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil yozuv tizimidan iborat. Lotin yozuvi asosidagi yozuvdan jahon aholisining 30 foizi, slavyan – kirilitsa yozuvidan 10 foizi, arab yozuvidan 10 foizi, hind yozuvidan 20 foizi foydalanadi.
Jahon tarixidan ma’lumki, yuksak ma’naviyat, boy madaniyatga ega har bir xalqning o‘z yozuvi bo‘lgan. Jumladan, o‘zbek xalqining ham. Ma’lumki, o‘zbek yozuvi tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, o‘tmishda Xorazm, So‘g‘d, Parfiya, Grek-Baqtriya, O‘rxun Enasoy, Uyg‘ur kabi qadimiy turkiy yozuvlar mavjud bo‘lgan. Mashhur arxeolog, Xorazmning o‘tmish tarixi bo‘yicha mutaxasis, professor S.Tolstovning ma’lumotlariga qaraganda, Xorazm xalqi III asrdayoq o‘zining ancha mukammallashgan yozuv tizimiga ega bo‘lgan.
Ilgari bitiklar Enasoy (Yenisey) bo‘yidan topilgani sabab «Yenisey yodgorliklari» deb atalgan bo‘lsa, N.M.Yadrinsev topilmasidan so‘ng ular «O‘rxun-Enasoy yodgorliklari» deb atala boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan yodgorliklar topilayotgan joylar Mo‘g‘iliston va Yenisey daryolari hududidan kengayib ketgani va bu yodgorliklar xatining grafik shakllari Yevropa, Runik bitiklariga yaqin bo‘lgani sabab ular «Runik bitiklari» deb atala boshladi. Markaziy Osiyoning qulay sharoiti, rivoj topgan madaniyati doimo o‘zga xalqlarning diqqatini jalb qilib kelgan va uning qayta-qayta zabt etilishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumki, VII asr o‘rtalarida islom dini vujudga keldi. Arablar boshqa davlatlar qatori O‘rta Osiyo, Kavkaz bo‘ylab ham harbiy yurishlar qildilar va pirovardida mazkur o‘lkalarning katta hududlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritdilar. Natijada VIII asrning oxirlariga kelib katta hududning o‘zida mujassamlashtirgan, turli tilda so‘zlovchi xalqlardan iborat arab xalifaligi vujudga keldi. Bu davrlarda Markaziy Osiyoda arab xalifaligining hukmronligi va islom dini qattiq o‘rnashdi. Buning natijasida qadimiy ma’naviyat, din, madaniyat, yozuvlarga hamda olimu ulamolarga qarshi keskin kurashlar avj oldi. Xorazm, sug‘d, turk, qadimiy uyg‘ur, O‘rxun-yenisey kabi eng qadimiy yozuvlar siqib chiqarildi. Arab yozuvi VIII asrdan boshlab O‘rta sharq xalqlari uchun ilm-fan va davlat ishlarida yagona rasmiy yozuv sifatida hukmronlik qila boshladi. Bu ahvol 100 yillar chamasi davom etdi. IX asrga kelib Markaziy Osiyoda arab xalifaligining ta’siri susaydi va oxir oqibat u mustaqillikka erishdi, lekin bu uzoq davom etmadi. Markaziy Osiyo doimo jahon xalqlari diqqat e’tiborida bo‘lib kelgani sabab endi bu yerlarda somoniylar, xorazmshohlar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, qoraxoniylar davlatlari faoliyat yurita boshladi.
Markaziy Osiyo xalqlarining eng eski yozma yodgorliklarini o‘rganish, ular ustida ilmiy tadqiqot olib borish o‘ta jiddiy masala. Buning o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor: biri – yozuvining murakkabligida. Qachonlardir qo‘llangan, hozirda unutilgan yozuvlarning kalitini topib, matnni o‘qish va uni talqin qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Ikkinchisi – til murakkabligi. Mazkur yodgorliklarning tili hozirgi jonli tillardan tubdan farq qiladi. Qolaversa, ularning ayrimlari butkul unutilib, hozir o‘lik tillarga aylangan. Demak, qadimgi tillarni o‘rganishning o‘zi bo‘lmaydi. Ana shunday mas’uliyatli vazifani hal etmoqlik hozirgi zamon sharqshunosligining yelkasida turibdi. O‘zbekistonda, sanoqli bo‘lsada, islomga qadar qo‘llanilgan yozuvlarni o‘qiy oladigan, ular ustida tadqiqot olib borayotgan olimlarimiz bor. Endigi ish ularning bilimini yoshlarga yetkazish, mutaxassislar yetishtirib, bu sohalarda g‘arb ilmi darajasiga intilishdan iborat.
Yozma nutqning jamiyat taraqqiyotidagi bemisl o‘rni va ahamiyatini kompyuter texnikasi, internet va uyali aloqa kabi global tarmoqlar rivojlangan bizning hozirgi asrimizda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Hatto, bu vositalarning ish faoliyatida ham yozma nutq asosida ish ko‘rish muhim o‘rin egallaydi. Yozma nutq aloqalarining oson va to‘g‘ri anglashuvini imlo qoidalari va me’yorlari belgilaydi. Arab alifbosida savodsiz kishilarning xat-savod o‘rganishlari uchun eng kami 300 soat kerak bo‘lar edi. Bu ish uchun lotin alifbosida esa 120 soat kifoya qiladi.(Mannon Ramz. O‘zbekiston Xalq maorifi komissari, Toshkent, 1928-yil, 11-mart.)2
O‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan xarakterlanadi: bu davrda o‘zbek yozuvi bir necha marta tub isloh qilindi — bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga ko‘chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan kam uchraydi.
Mavjud manbalar tahlilidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek yozuvining XX asr tarixi to‘rt davrni o‘z ichiga oladi:
1- davr — arab grafikasiga asoslangan yillar (1900—1929).
2- davr — lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929—1940).
3- davr — rus grafikasiga asoslangan yillar (1940—1995).
4- davr — ikki yozuvlilikka (rus va lotin grafikalaridagi yozuvlarga) asoslangan yillar (1995—2010). Lotin grafikasidagi o‘zbek yozuviga to‘la o‘tish muddati O‘zbekiston Respublikasining 2 0 0 4 -yil 3 0 - aprelidagi Qonuniga muvofiq 2 0 0 5 -yilning 1 - sentabridan 2 0 1 0 -yilning 1 - sentabrigacha uzaytirilgan. ( «Xalq so‘zi», 2 0 0 4 -yil 2 6 - ivun soni).
Birinchi davr (arab grafikasiga asoslangan yillar) Bu davrning 1916- yilgacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e’tibor savod chiqarish, o‘qish-o‘qitish ishlarini tashkil etish kabi masalalarga qaratiladi, shu maqsadda bir qator o‘quv-uslubiy kitoblar yaratiladi: «Ustodi avval» (Saidrasul Saidazizov, 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1911), «Ikkinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1912), «Turkcha qoida» (M.M. Faxriddinov, 1913), «Rahbari soni» (Abdullaxo‘ja Saidmuhammadxo‘jayev, 1916) kabi qo‘llanmalar shular jumlasidandir. Bunday kitoblarda yozuvni isloh qilish masalalarini ko‘rish maqsad qilinmagan. ammo ularni yaratish, shular asosida savod chiqarish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida yozuvni qoidalashtirish, uning alifbosi va imlosini o‘zbek tili xususiyatlariga moslashtirish zarurati borligi sezila borgan, bunday zarurat sezgisi esa, o‘ylaymizki, yozuv islohotiga jiddiy zamin hozirlagan.
Yozuv tariximizning 1918-yildan keyingi davrlari alifbo va imloni milliylashtirish, soddalashtirish, keyinroq esa ularni butunlay boshqa grafik tizimga ko‘chirish harakatlarining yuzaga kelganligi bilan xarakterlanadi. Xususan: 1918- yilda Toshkentda til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi to‘garak-seminar — «Chig‘atoy gurungi» jamiyati tashkil topadi. Unga Fitrat (Abdurauf Abdurahimov) va Qayyum Ramazonov boshchilik qilishadi. Shu yilning o‘zida Turkiston Muxtor Jumhuriyati Maorif Xalq Komissarligida «Turk shu’basi» tashkil etiladi. Bu shu’ba o‘zbek maktablari ishi bilan shug‘ullanadi, xususan, ta’lim dasturlari va maktab darsliklarini yaratish bo‘yicha ish olib boradi. Ish jarayonida alifbo, imlo va istiloh (termin) masalalari bilan bog‘liq muammolarga duch kelingan, natijada, shu muammolarni hal etish zarurati paydo bo‘lgan.
1919—1920- yillarda «Chig‘atoy gurungi» jamiyati alifboni isloh qilish bilan bog‘liq qator ishlarni amalga oshiradi: «Bitim yo‘llari» kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini o‘zbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi, shu maqsadda alifboga («i» unlisi uchun), («o‘»unlisi uchun), I j («o» unlisi uchun), («a» unlisi uchun), ^ («i unlisi uchun), ^ («e» unlisi uchun) harflarini kiritish tavsiya etiladi 1921- yilda Toshkentda 1—5- yanvar kunlari o‘zbek alifbosi va imlosi masalalariga bag‘ishlangan birinchi O‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tadi, unda Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy va Botu (M.Hodiyev) ma’ruzalari tinglanadi.
Fitrat o‘z ma’ruzasida arab alifbosining o‘zbek tili xususiyatlariga moslashmaganligini, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar yetishmasligini, unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning shaklan farqlanmaganligini, har bir harfning to‘rt shakli borligini yozuvdagi jiddiy nuqson deb baholaydi, bunday nomukammalikdan qutulish uchun esa arab alifbosidagi harflaming to‘rt xil shaklidan faqat bittasini (so‘z boshidagi shaklini) qoldirish, unli tovushlar uchun 6 ta harf belgilash, so‘zlardagi ohangdoshlikni yozuvda aks ettirish imkonini yaratish, chet (olinma) so‘zlami o‘zbek tili xususiyatlariga moslab yozish kerakligini aytadi69. Bu fikrga Elbek ham qo‘shiladi. Ashurali Zohiriy esa Fitratning taklifiga e’tiroz bildirib, chet so‘zlarning, xususan, arabcha va forscha o‘zlashmalarning arab imlosidagi shakllarini o‘zgartirmay yozish ma’qulligini, aks holda bunday so‘zlarning ma’nolari o‘zgarib ketishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa imlochilar ikkiga - yangi imlochilar va o‘rta imlochilar guruhiga bo‘linib ketadi.
Botu (M. Hodiyev) arab alifbosidan butunlay voz kechib, lotin grafikasi asosida yangi alifbo tuzish kerakligini aytadi. Bu haqda u shunday deydi: «... Butunlay hozirgi arab harflarini tashlab, ko‘p millatlar tomonidan qabul qilingan lotin yozuvini tilimizdagi tovushlarga muvofiq bir holg‘o keltirib qabul qilish kerakdir». Shu ma’ruzasida Botu o‘zining lotin harflari asosida tuzilgan alifbosining loyihasini qurultoy ishtirokchilariga ko‘rsatadi, muzokaraga chiqqan S. Usmonxo‘jayev Botuning fikrini va loyihasini ma’qullaydi, ammo qurultoy qatnashchilarining ko‘pchiligi amaldagi (arabcha) alifboni ayrim tuzatishlar kiritish bilan saqlash kerak degan fikrni quvvatlaydi. Qurultovda yozuv va alifboga oid quyidagi qaror qabul qilinadi:
1. Bu vaqtga dovur o‘zbeklar orasida yurub kelgan yozuvlar yo‘lsiz va qoidasiz bo‘1g‘onligidan, qo‘nferans yozuvlarimizni isloh etiluvini tilaydir.
2. Imlomizning islohi uchun olti cho‘zg‘uli imlo qabul etilsa.
3. Harf-cho‘zg‘ularimiz ayri-ayri shaklda bo‘lur.
4. O‘zbek so‘zlarida qalinlik va ingichkalik qoidasi qabul etilsun.
5. Harflaming hammasi ikki turli shakldan bir turli shaklga tushirulsin.
6. Tilimiz orasiga kirib qolg‘on yot so‘zlar o‘z harflarimiz bilan yozilsun».
1922- yilda Toshkentda Turkiston Respublikasi «O‘zbek madaniyati va maorifi xodimlari qurultoyi» bo‘lib, unda imlo masalalari bo‘yicha Shokirjon Rahimiy, N e’mat Hakim va Y.D. Polivanov ma’ruzalari tinglanadi. Shokiijon Rahimiy o‘z ma’ruzasida til va yozuvning ijtimoiy hayotdagi roli xususida gapirib, shunday deydi: «Har qaysi ulusning adabiyotining tugallashmasi shu ulusning til va yozuvining tartiblik va yo‘sunlik bo‘lishiga bog‘liqdir. Tartibsiz va qoidasiz til, yozuv bo‘yicha tuzilgan adabiyotning bir kun emas bir kun bitishiga hech gumon yo‘qdir.Til jon bo‘lsa, yozuv uning badanidir. Sog‘ bo‘lmag‘on bir tanda jonning yashamog‘i qiyindir. Bizning yozuvimiz kasal. Buning ilojiga tezdan kirishilmasa ish xavflidir».
Qurultoyda yozuvni lotin alifbosiga ko‘chirish masalasi ham ko‘riladi, hatto lotin harflari asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbosi (loyiha) kengash ishtirokchilariga ko‘rsatiladi.
Yuqoridagi takliflar muhokama qilib bo‘lingach, quyidagi qaror qabul qilinadi:
1. O‘zbek imlosini isloh qilish zarur: bunda o‘qish va yozishga o‘rgatishni yengillashtirish nazarda tutilishi, ayni vaqtda tegishli ilmiy asoslar va bu sohadagi yangi yo‘nalishlar e’tiborga olinishi kerak.
2. Lotin alifbosi o‘zbek tili uchun to‘liq yaroqli ekanligini e’tirof qilib, bu ishni hozirda amalga oshirishdagi katta qiyinchiliklarni hisobga olib, bu ish kelajakning vazifasi ekanligi ko‘rsatilsin, hozirda esa arab alifbosini isloh qilish bilan kifoyalanilsin. (Bu qarorda o‘zbek tili unlilarining soni 6 ta, undoshlarining soni esa 23 ta ekanligi qayd etilgan.)
1922-yilning 5- dekabrida Ozarbayjon turk yangi alifbo qo‘mitasi Turkiston Maorif Xalq Komissarligiga yangi (lotincha) -turkiy alifbo loyihasini yuboradi.
1923- yilda Buxoroda 9—10- oktabr kunlari O‘rta Osiyo o‘zbeklarining alifbo va imlo masalalariga bag‘ishlangan birinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda 1922- yildagi qaror asosida isloh qilingan yangi arab alifbosi qabul qilinadi. Alifboga quyidagi harflar kiritilganligini ko‘ramiz: unlilar uchun - («i»), j?*(«o‘»), Lj («o»), 41» («a»), ^ («i»), ^ («e») harflari; undoshlar uchun — i_> («»), i_j («r»), o («t»), £ («j»), £ («ch»),S (<>)’ S (<>)> J (<>X j (<>), j (<>)i j (40* (<>)’ O" (<>),£ («g‘»), <_a («f»), 3(«q»), ^ («k»), £ («g»), («ng»), J («1»), ^ («m»), i («p»), j ( « V » ) , 6 (ruscha «a»), l£ («u»), harflari. Arab tilining spetsifik tovushlarini ifodalab kelgan («se»), j («zol»), ^ («sod»), ^ («zod»),(«to»), («zo»), £ («aun») harflari bu alifboga kiritilmaydi. Konferensiyada yangi alifbo bilan birga imlo qoidalari ham qabul qilinadi77, bu alifbo va imlo qoidalari Turkiston Maorifi Komissarligi tomonidan 1923- yilning 18- oktabrida tasdiqlanib, 1929- yilgacha amalda qollanib keladi.
1 9 2 4 -yilning 11-aprelida Maorif Xalq Komissarligida alifbo masalalariga bag‘ishlangan maxsus majlis o‘tkaziladi. Unda Moskvadan yuborilgan lotin alifbosi (turkiy xalqlar uchun tavsiya etilgan loyiha) muhokama qilinadi.
1925- yilning 29—31- noyabrida Samarqandda til mutaxassislari va o‘zbekshunoslar kengashi o‘tkaziladi. Unda yozuvga oid quyidagi qaror qabul qilinadi: «Bugun ishlatilmoqda bo‘lgan imlomizning yetishmasliklariga qaramasdan aytish mumkinki, ko‘p imlolardan mukammaldir ... shuning uchun-da boshqadan bir lotin harf va imlosi masalasini ko‘tarish ortiqchadir»s0. «Butun turk olamining ko‘pchiligi tomonidan arab harflari asrlardan beri ishlatilib kelib, turklarning aksariyatining tarix va adabiyot bilan boglanganligini e’tiborga olib, biz, turklar uchun arab harflarini olishni muvofiq topamiz».
1926- yilning 26- fevraldan 6- martgacha Bokuda turkologlarning birinchi Butunittifoq qurultoyi bo‘lib o‘tadi, unda arab va rus grafikalari asosida ish ko‘rayotgan turkiy xalqlarning yozuvlarini lotinlashtirilgan alifbolarga ko‘chirish masalasi ko‘riladi. Qurultoyda turkiy xalqlarning yozuvlarini lotinlashtirilgan alifbolarga ko‘chirish taklifi ma’qullanadi, bu taklifning har bir Respublikada maxsus ko‘rib chiqilishi tavsiya etiladi. Ana shu tavsivadan so‘ng O‘zbekistonda lotin grafikasiga ko‘chish harakati ancha tezlashadi. Chunonchi, «Maorif va o‘qitg‘uvchi» jumalida chiqqan bir maqolada bu haqda shunday deyiladi: «Nima uchun arabdan lotinga o‘tish kerak?». Shu so‘roqqa qisqa qilib shunday javob beramiz: 1. Arab alifbosi turk tilidagi tovushlarning shaklini tamomila bera olmaydir. 2. Arab alifbosi texnika tomonidan lotindan quyida turadir. Arabda nuqtalar, alomatlar, bosh, o‘rta va so‘nggi harflar bordir. Lotin esa bulardan uzoqdir.
3. Arab alifbosi o‘qitish, o‘rganish ishida lotindan ortda turg‘oni, texnika tomonining buzuqligi ustiga stenografiya, telegrafiya ishida ham to‘sqinlik qiladir».
1926- yilning 19—21- mayida Samarqandda o‘zbek ziyolilarining alifbo muammolariga bag‘ishlangan ilmiy kengashi bo‘lib o‘tadi va kengash qaroriga binoan yangi alifbo loyihasi tuziladi, u O‘zbekiston Maorif Xalq Komissarligi tomonidan tasdiqlanadi.
1928- yilning 11- avgustida O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi shu yilning 7- martida bo‘lib o‘tgan sessiya topshirig‘ini amalga oshirish maqsadida 123- sonli maxsus qaror qabul qiladi. Qarorga binoan yangi (lotinlashtirilgan) o‘zbek alifbosi Davlat alifbosideb e’lon qilinadi hamda bu alifboga asta-sekin (bosqichma-bosqich) o‘tish tartibining yangi alifbo Markaziy Qo‘mitasi rejasiga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Bu qarorda yangi alifboga to‘la o‘tishni 1932- yilning oxirigacha yakunlash nazarda tutiladi118. 1928-yilning l-dekabrida O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi o‘zining 209- sonli qarori bilan shu yilning 11- avgustida qabul qilingan 123- sonli qaroriga o‘zgartirish kiritadi, bu yangi (209-sonli) qarorda yangi (lotinlashtirilgan) alifboga o‘tish muddatini 2 yilga qisqartirish (uni 1930- yilning 1 - yanvarigacha tugallash) nazarda tutiladi.
Ikkinchi davr (lotin grafikasiga asoslangan yillar.) Bu davr lotinlashtirilgan o‘zbek yozuviga to‘la o‘tish bilan boshlanadi.
1929- yilning 15—23- mayida Samarqandda Respublika til-imlo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda asosan 3 ta masala - adabiy til, istiloh (termin) va imlo masalalari ko‘riladi. Bu konferensiyada adabiy til m e’yorlarini belgilashda singarm onizm li qishloq shevalarining xususiyatlarini hisobga olish lozimligi haqida takliflar bo‘ladi, shu asosda alifboda ham unlilarni ifodalovchi 9 harfning bo‘lishi ma’qullanadi; alifboga bosh harflar qo‘shiladi va harflar tartibi belgilanadi. 1929- yilning 10- avgustida O‘zbekiston Xalq Maorifi Komissarligi kollegiyasining yig‘ilishi bo‘lib, unda may oyida bo‘lib o‘tgan til-imlo konferensiyasi tavsiya qilgan yangi imlo qoidalari tasdiqlanadi. «Qoidalar» 29 moddadan iborat bo‘lib, ularda singarmonizmli sheva xususiyatlarini yozuvda ifodalashga ko‘proq o‘rin beriladi. Yozuvning ayni shu jihati jamoatchilikda e’tiroz tug‘diradi, bu e’tiroz 1933-yilda o‘zbek orfografiyasi qoidalarining yangi loyihasi yaratilishiga olib keladi.
1934- yilning yanvar oyida Toshkentda o‘zbek orfografiyasining yangi loyihasi muhokamalarini yakunlash maqsadida birinchi Respublika Qurultoyi o‘tkaziladi, unda alifbodan 3 ta harf (e, u, ) chiqariladi, natijada «o» — «e», «i» — «u», «i» — «» juftliklari o‘rnida «o», «i» va «i» harflarining o‘zini qo‘llash qoidalashtiriladi, biroq bu bilan alifbo va imlodagi qiyinchiliklarga to‘la barham berilmaydi: «a» bilan «e» harflarining qo‘llanishidagi noizchilliklar, «-ga» va «-Oja», «-gan» va «-c>|an», «-gac» va «-c>| as», «-lik» va «-liq» ... kabi ko‘p variantlilikning yozuvda saqlanganligi jonli til bilan imlo o‘rtasida jiddiy tavofutlarni yuzaga keltiradi, izchil va barqaror savodxonlikni ta’minlash ishiga xalaqit beradi. 1938- yilning boshlarida O‘zbekiston Fanlar Komitetining A.S.Pushkin nomli Til-adabiyot institutida A.K.Borovkov (rahbar), Olim Usmonov, Faxri Kamolov, B.Avizovlardan iborat maxsus mualliflar guruhi tuzilib, unga lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi va orfografiyasini matbuotda bildirilgan fikrlar asosida qayta ko‘rish va takomillashtirish vazifasi yuklatiladi.
1938- yilning 9- dekabrida lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi va imlosining yuqoridagi ishchi guruh tomonidan tayyorlangan yangi loyihasi muhokama uchun matbuotda e’lon qilinadi. Loyihada alifbo sirasiga quyidagi o‘zgarishlar kiritilganligini ko‘ramiz: a) «e» harfi alifbodan chiqariladi, uning vazifasi «a» harfiga yuklanadi; b) kuchsiz lablangan «o» unlisi uchun alifboga usti chiziqli « a » harfi kiritiladi; d) alifbodagi harflar tartibi qisman o‘zgartiriladi: 9, q, oj, h, r| harflari alifbo oxiriga olinadi. Natijada alifbo loyihasi quyidagi 30 harfdan tarkib topadi: a, b, v, g, d, e, z, z, i, j, k, 1, m, n, a , o, p, r, s, t, u, f, x, c, §, oj, q, 9, h, r|,’ (apostrof). Loyihada bevosita imlo bilan bog‘liq o‘zgarishlar borligi ham ma’lum bo‘ladi: «-gan» va «-orp», «-gac» va «-ojac», «-gunca» va «-ojunca», «-ga» va «-oja», «-tak» va «-maq», «-gak» va «-raq» kabi juft qo‘shimchalarning ingichka va yo‘g‘on variantlaridan faqat bittasi imlo uchun standart sifatida belgilanganligini, ksi, pcaq kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qisqa «i» unlisining yozilishi (kisi, picaq kabi ), jazuci, toquci kabi so‘zlarning yazuvci/, toquvci shaklida bir «v» qo‘shib yozilishi qoidalashtirilganligini ko‘ramiz.
1938- yilning 12- dekabrida yuqoridagi loyiha A.S.Pushkin nomli Til- adabiyot va tarix instituti ilmiy kengashida muhokama qilinadi, ammo bu muhokama paytida yozuvni rus grafikasiga ko‘chirish kerakligi haqida ham takliflar bo‘ladi: bunga mamlakatda rus grafikasiga o‘tish jarayoni ommaviy tus olganligi asos qilib ko‘rsatiladi. Darhaqiqat, 1936—38- yillar orasida 30 ga yaqin xalqning (abazin, avar, adigey, bolqor, buryat, darg‘in, yoqut, ingush, cherkes, koryak, lak, lezgin, nanay, nenes, no‘g‘ay, oltoy, osetin, tatar, xakas, chechen, chukchi, shor, even, evenk, eskimos, qorachay, qrim-tatar, quniiq xalqlarining) yozuvlari rus grafikasi tizimiga ko‘chirib bo‘lingan, boshqa Ittifoqchi Respublikalarda esa bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan edi. Institutning ilmiy kengashi shu omilni hisobga olib. rus grafikasiga o‘tish bo‘yicha takliflar tayyorlashni Olim Usmonovga topshiradi’b.
1939- yil, aytish mumkinki, rus grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosini shakllantirish yili bo‘lgan: shu yilning boshida bu alifboni (shuningdek, orfografiyani ham) tuzish ishi A.S.Pushkin nomli Til, adabiyot va tarix institutining lingvistika sektori rejasiga kiritiladi, uni bajarish esa F.Kamolov,O.Nosirova va Z.Ma’rufovlarga topshiriladi.
1939-yilning 25—27- mart kunlari shu institutda alifbo va orfografiya masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy sessiyasi bo‘lib o‘tadi, bu sessiyada garchi lotin grafikasidagi o‘zbek orfografiyasining 1938- yil dekabr oyida e’lon qilingan yangi loyihasi va uning muhokamasi yakunlari ko‘rilgan bo‘lsa-da, unda rus grafikasi asosidagi yangi alifboga o‘tish vaqti kelganligi alohida ta’kidlanadi.
1939- yilning 13- oktabrida Toshkentda poytaxt ziyolilarining shahar partiya komiteti tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishi bo‘ladi. Unda rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosiga ko‘chish masalasi ko‘riladi. Yig‘ilish qarorida bu haqda shunday deyiladi: «Biz, intelligensiya yig‘ilishining qatnashchilari, bu eng muhim masalani mehnatkashlarning keng muhokamasiga qo‘yishni tabriklaymiz va o‘z vaqtida qilinayotgan ish deb topamiz. Biz O‘zbekiston Hukumatidan lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi alifbega o‘tishni tezlashtirishni so‘raymiz».
1939- yilning 22- oktabrida O‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashi Raisining o‘rinbosari Qori Niyozov huzurida rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosining proektini muhokama qilishga bag‘ishlangan yana bir muhim kengash bo‘lib o‘tadi. Unda Faxri Kamolov proekt haqida doklad qiladi. Muzokaraga chiqqanlar proyektni asosan ma’qullab, uni tezroq omma muhokamasiga qo‘yish va joriy qilish zarurligini aytishidi.
1939- yilning 23- oktabrida «O‘qituvchilar gazetasi»da «O‘zbek adabiy tilining rus grafikasi asosidagi yangi alfaviti» nomli bosh maqola chop etiladi. Unda shunday deyiladi: «Hozirgi kunda RSFSR da 36 millat rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga ko‘chdi. Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa qardosh respublikalar yangi alfavitga o‘tish oldida turadilar...». «Rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga o‘tish — kelajakda ham shakl, ham mazmun jihatdan bir ... madaniyat va tilga qo‘shilib ketuvchi o‘zbek xalqi madaniyati va tilining taraqqiyotini tezlatish demakdir».
1939- yilning 18- noyabrida matbuotda «Rus grafikasi asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbesi» ning proekti muhokama uchun e’lon qilinadi. Unga quyidagi harflar kiritilganligini ko‘ramiz; a, b, v, g, d, e (yo), j, z, i, y, k, l, m, n, o, p, r, s, t, u, f, x, s, ch, sh, щ,’, ы, , e, yu, ya, e, ch, K, f, h, n. 1940- yilning 26—28- martida Toshkentda yangi o‘zbek alfaviti va orfografiyasi masalalariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy kengashi bo‘lib o‘tadi. Kengash alifbo loyihasi bo‘yicha bildirilgan fikrlami hisobga olib, unga quyidagi o‘zgarishlarni kiritadi: a) «ы» va «щ» harflari alifbodan chiqariladi; b) «4», «h», «e» harflari «j», «\»va «u» bilan almashtiriladi; d) «yo» mustaqil harf deb belgilanadi. Natijada loyiha quyidagi harflami o‘z ichiga oladi: a’ b, v, g, d, e, yo, j, z, i, y, k, l, m, n, o, p, r, s, t, u, f, x, s, ch, sh,’, , e, yu, ya, u, j., k,, n".Uchinchi davr (rus grafikasiga asoslangan yillar)

Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin