I bob : To’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularga qo’yiladigan sifat va xavfsizlik talablari



Yüklə 304,27 Kb.
səhifə1/11
tarix14.12.2023
ölçüsü304,27 Kb.
#140723
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
To’qimachilik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va sinovlar o’tkazish


To’qimachilik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va sinovlar o’tkazish
MUNDARIJA
Kirish..........................................................................................................................
I BOB : To’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularga qo’yiladigan sifat va xavfsizlik talablari........................................................................................
I.1 To’qimachilik sanoati haqida umumiy talablari...................................................
I.2 To’qimachilik sanoatining rivojlanishi..................................................................
I.3 To’qimachilik sanoatining xomashyolari va mahsulotlari.................................
II BOB: To’qimachilik mahsulotlarini sertifikatlashtirishdan o’tkazish............
II.1 O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirishdan o’tkazish.....
II.2 To’qimachilik mahsulotlarini sinash (GOST 13935-1-2021)...............................
II. 3 To'qimachilik buyumlari sinovlari.......................................................................
Xulosa.........................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar........................................................................................

KIRISH
Mamlakatimiz yengil sanoati oldida turgan muhim vazifalardan xalq ehtiyojini qondiradigan, jahon bozorida raqobatlashadigan va eksport talablariga javob beradigan sifatli tayyor mahsukrt ishlab chiqarishdan iboratdir. Chunki mahsulot qanchalik sifatli bo‘lsa, raqobatda g‘oIib chiqish va eksportga sotilish shunchalik yuqori bo'ladi, bu o‘z navbatida respublika valuta jamg'armasining yuksalishiga zamin bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti l.A. Karimov o'z ma'ruzalarida quyidagilarni qayd etganlar: «Qayta ishlovchi texnika bilan tubdan qayta qurollantirish, ularni texnika va texnologiya bilan ta'minlash, sifatli va raqobatbardosh iste'mol mollari ishlab chiqarishning to'la-to'kis, texnologiya zanjirlarini barpo etish g'oyat muhim strategik va jarayondir. Qishloq xo'jalik resurslarining eng muhim turlari, paxta, yengil sanoatning bu bilan bog'liq jarayonlarini rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladir. Darhaqiqat, respublikada yetishtirilgan paxta tolasining 28% qayta ishlashga erishish, buning uchun qudratli yengil sanoatni barpo etib, jahon bozorlarida paxta tolasi bilan emas, balki dunyodagi yetakchi mamlakatlar kabi tayyor mahsulotlarni sotish vazifasi belgilangan. Aytilgan vazifalarni amalga oshirish yangi qayta ishlovchi zavodlarni vujudga keltiradi, ko'p mehnat talab qiladigan ip yigirish, to'qish va pardozlash korxonalarini, tikuv-trikotaj hamda to'qimachilik sanoatini rivojiantiradi, tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida paxtachilik va paxta tozalash sanoatining salmog'i katta. Soha qanchalik rivojlansa xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlari ham rivojlanadi. Shu nuqtayi nazardan ham paxtachilikni yanada rivojlantirish respublikamizning ustuvor yo'nalishlaridan biri bolib hisoblanadi. Ma'lumki, mamlakatimiz azaldan o'zining iqlimi, serunim tuprog'i, yer osti va yer usti boyliklari bilan mashhur bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham O’zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari jahon bozori peshtaxtalarida o'ziga xos o'rin egallaydi. Buni birgina paxtachiligimiz misolida ham ko'rishimiz mumkin. Hozirda mamlakatimizda har yili 3,0-3,2 million tonna paxta xomashyosi yetishtirilmoqda Bunday muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hukumatimiz tomonidan sohaga berilayotgan doimiy e'tibor va ayniqsa, iqtisodiy imtiyozlar, fan va texnika yutuqlari hamda ilg'or texnologiyalarni joriy etish, fermerlik harakatiga katta yo'l ochilishi hisoblanadi. Bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlar tufayli fermer xo'jaliklarining moddiy texnika bazasi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Paxtachilik sohasini rivojlantirish, paxta tozalash koixonalarini modemizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki paxta va uning mahsulotlariga bo'lgan talab doimo ortib borishi paxta tozalash sanoatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish kerakli ekanligini ko'rsatmoqda. Paxtachilik tarmog'ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori qo'shilgan qiymatli raqobatbardosh va sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni yirik xorijiy bozorlarga yanada olib chiqish, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida shuningdek, O'zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq “Paxtachilik tarmog'i yo’lga qo’yildi’’.

Yüklə 304,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin