O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
«Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar» fakulteti
«Хalqaro munosabatlar» yo’nalishi
Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlari fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Singapurning milliy rivojlanish strategiyasi va uning asosiy yo’nalishlari.
BAJARDI: «Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar» fakuleti, «Хalqaro munosabatlar» yo’nalishi 2-kurs talabasi Sotvoldiyev I
TEKSHIRDI: «Хalqaro munosabatlar» kafedrasi s.f.d. M.Muhammadsidiqov
TOSHKENT-2020
REJA :
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Singapurning umumiy tavsifi va iqtisodiy tasnifi.
2. Mustaqil Singapur davlatining tshkil topishi , tuzumi va siyosati .
3.Singapur iqtisodiy “mo’jiza”si. O‘zbekistonda Singapur iqtisodiy rivojlanish tajribasidan foydalanish imkoniyatlari.
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yati
Ilovalar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi Jahon iqtisodiyotida uchta asosiy integratsion markazlarni (G'arbiy Yevropa, ShimoIiy Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi) alohida ajratib ko'rsatish mumkin.
Janubi-Sharqiy Osiyo din, madaniyat va tarixdagi g’ayritaabiy xilma-xil 11 mamlakatdan iborat: Bruney, Birma (Myanma), Kambodja, Timor-Leste, Indoneziya, Laos, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand va Vetnam. Shuningdek, dunyoning iqtisodiy jihatdan eng yuqori rivojlangan , o'sib borayotgan xalqaro ahamiyatiga hudud hudud ham hisoblanadi.
Singapur - janubi-sharqiy Osiyodagi boy shahar davlat. Bir paytlar Britaniyaning mustamlakachilik savdo markazi edi , bugungi kunda u rivojlanayotgan global moliyaviy markaz bo'lib, Osiyoning iqtisodiy "yo'lbarslari" dan biri sifatida ta'riflanadi. Shuningdek, u o'zining konservatizmi va qat'iy mahalliy qonunlari bilan tanilgan va mamlakat o'zining barqarorligi va xavfsizligidan faxrlansa arzigulik yutuqlarga erishgan.
Kurs ishining maqsadi : Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining rivojlanish tendensiyalarini o’rganish va uning ahamiyatli jihatlarini yoritib berish , Singapur iqtisodiy rivojlanishini tadqiq etish hamda ulardan samarali foydalanish amaliyotini o‘rganish va ushbu tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining obyekti. Singapur mamlakatining 20 asr oxiri va 21 asr boshlaridagi iqtisodiy rivojlanishi obyekt sifatida olingan .
Kurs ishining predmeti sifatida Janubi_sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining rivojlanishi, Singapur “mo’jiza”si o’rganish masalalar o’rin olgan
Kurs ishining vazifalari :
-Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi haqida umumiy tushunchalarni berish;
-Singapurning paydo bo‘lish shart-sharoitlari va ularning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini yoritish;
-Singapurning ASEAN integrasion jarayonlarining mintaqa iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyati va faoliyatini tahlil etish;
-Singapur mamlakatining iqtisodiy rivojlanish tajribasidan O’zbekistonda foydalanish imkoniyatlarini va tavsiyalarini ishlab chiqish.
Kurs ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida erishilgan asosiy natija, xulosa va tavsiyalardan mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqishda hamda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari , xususan , Singapur va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy, investitsiya hamkorligini rivojlantirishda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |