Mavzu: 1000konsentrida arfmetik amallarni o’rgatish metodikasi. Mundarija Kirish



Yüklə 414,5 Kb.
səhifə1/11
tarix07.06.2023
ölçüsü414,5 Kb.
#127885
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ming ichida qo\'shish


Mavzu: 1000konsentrida arfmetik amallarni o’rgatish metodikasi.


Mundarija
Kirish………………………………………………………...3-4
I.BOB Minglik konsentrida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi haqida umumiy ma`lumot.

    1. Ming ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari…. 5-11

    2. Ming ichida qo‘shish va ayirishning yozma usullari….12-18

II.BOB Ming ichida qo‘shish va ayirishning metodik tavsifi.
2.1. Ming ichida qo‘shishning metodik asoslari……………19-27
2.2. 1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lish……………….…..28-34
III. Xulosa………………………………………………..…..35
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………36
KIRISH
“Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur”
Shavkat Mirziyoyev
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ta’lim berish – tarbiyani ham o‘z ichiga oladi. Ta’lim ishi – Respublikamizni aql-zakovat va ilm borasidagi kuch–quvvatini rivojlantirish, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol, erkin shaxslarni shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Hozirgi zamonaviy bosqichlarda pedagogik dolzarb vazifalarga fan-texnika, ilg‘or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash o‘qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni metodlarini ilmiy ta’minlash kiradi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masala hisoblanadi. Maktabda matematika o‘qitishning maqsadi jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga insonparvarlik demokratik guruhlarga asoslangan davlat talablariga mos kelishi kerak. Matematika bolalarda tafakkur, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini o‘stirishi, ularning o‘z fikrlarini aniq to‘g‘ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasi sanaladi. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘ymoqda.
Yangi boshlang‘ich matematika kursida, avvaldagiga o‘xshash, arifmetika asosiy
o‘rinni egallaydi. 1-4- sinflarning yangi dasturida arifmetik material
mazmuni unchalik ko‘p o‘zgarmagan: arifmetika nazariyasi (amallarning xossalari, natijalar va komponentlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish, komponentlardan biri o‘zgarganda; amallar natijalarining o‘zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq, o‘lchashlar, hisoblashlar, masalalar yechish) bilan bog‘lanishi yanada mustahkamlangan: eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik amallar)ni shakllantirishning birmuncha mukammal sistemasi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, arifmetikani boshlang‘ich o‘rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishning barcha bosqichlaridan ularning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga, tayin faktlar va kuzatishlarni o‘z vaqtida umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tayinlashga, bolalarda mustaqil ishlash o‘quvlarini paydo qilishga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslublari maktab dasturiga kiritilgan.

Yüklə 414,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin