Mavzu: zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar reja: 1



Yüklə 26,94 Kb.
səhifə1/7
tarix02.06.2023
ölçüsü26,94 Kb.
#127662
  1   2   3   4   5   6   7
1 seminar




MAVZU: ZAMONAVIY DARS VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1. Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari.
2. Zamonaviy darslar quyidagi talablar.
3. O‘quvchining bilish faoliyati, o‘qituvchi faoliyati, pedagogik texnologiyalar, sub’yekt, ta’lim jarayoni, bilish imkoniyatlari, o‘quv vaziyati, didaktik yondashuvlar, psixologik yondashuv, psixologik-pedagogik xususiyatlar.


Tayanch tushunchalar: dars, zamonaviylik, psixologik, didaktika, sub`yekt, jarayon, biling, o`quvchi, texnologiya.
Dars deganda o‘qituvchning o‘quv guruhiga uyushgan tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o‘zgarmas o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazishi tushuniladi.

Dars hunar bilim yurtida ham ta’limning tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi.


Dars deganda ma’lum vakt ajratilgan va o`zgarmas tarkibli hamda tayyorgarlik darajasi bir xil bulgan o‘quvchilar guruhi bilan o‘qituvchi utkazadigan o‘quv jarayonining bir qismi tushiniladi. Pedagogika adabiyotida darslarni ularning belgilovchi xar xil alomatlari asosida klassifikasiyalashning turli variantlari keltiriladi. Bunday alomatlardan biri urganiladigan materiallarning mazmunidir. Bu alomatga kura klassifikasiyalash umumtexnika va maxsus fanlarga oid eng tula xarakterlab bera olgan bo‘lar edi. Axir, ular urganiladigan materiallarning mazmuni jixatidan bir-biridan fark qiladi. Shu munosabat bilan urganiladigan materiallarning mazmunini xam klassifikasiyalash lozim. Umumtexnika va maxsus fanlarning o‘quv materialini didaktik analiz qilishga intilib kurildi. Shu pozisiyalardan karaganda darslar klassifikasiyasi texnika, texnologiya darslarini, xom ashyo va materiallarni, ishlab chiqarish ekonomikasi va tashkil etilishini o‘rganish darslarini uz ichiga olgan bo‘lar edi. Ammo bunday klassifikasiyani aftidan asos qilib olib bulmaydi, chunki u xaddan tashqari umumiydir. Bundan tashqari, umumtexnika va ayniksa, maxsus fanlarni o‘rganishda utkaziladigan aniq darslar kupgina xollarda turli mazmundagi materialni uz ichiga oladi: texnika masalalari texnologiya bilan birga, kupgina maxsus materiallar texonlogiya bilan parallel, ishlab chiqarishning aniq ekonomikasi va tashkil etilishi esa tegishli texnologiya masalalari bilan birgalikda urganiladi. Darslarni klassifikasiyalashning boshqa bir alomati ularni utkazish usullaridir. Utkazish usullari, deganda, o‘qituvchining ma’lum maqsadga karatilgan faoliyatida, darsni utkazish uslubida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmui tushuniladi. Shu nuktai nazardan darslarning quyidagi tiplari bo‘ladi: leksiya darsi, suxbat darsi, ekskursiya darsi, kinodars, o‘quvchilarning mustaqil ishlari darsi, laboratoriya ishi, amaliy ish, aralash dars. Bu klassifikasiyani seminar darslari, nazorat ishlar, sinovlar, munozara darslari, demonstrasiya darslari va shu kabilarni kushib kengaytirish mumkin. Bunday klassifikasiyani xam asosiy klassifikasiya sifatida kabul qilib bulmaydi. bunga sabab shuki, birinchidan, u barkaror bo‘la olmaydi, chunki ilgor pedagogik tajriba darslarni utkazishning yangi, original usullarini ilgari suryapti, ikkinchidan, ish tajribasida bunday darslar «sof» xolda juda kam uchraydi, ularning kupchiligi, garchi ayrim xollarda leksiya darsi, ekskursiya darsi, seminar darsi, sinov darsi va shu kabilar ta’limning muayyan bosqichlarida anchagina urin olish mumkin bo‘lsa-da, aralash darslardir.

Darslarning asosiy didaktik maqsad bo‘yicha klassifikasiyasini eng ma’kul deb hisoblamok kerak. Bu klassifikasiya, boshqa xamma narsadan tashqari, darsning o‘quv jarayenidagi urnini hisobga oladi. Bu alomatga kura darslarning quyidagi tiplari mavjud: yangi materiallarni bayon etish darslari; bilimlarni puxtalash va tatbik etish darslari; takrorlash-umumlashtirish darslari; o‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malakalarini tekshirish (kontrol-tekshirish) darslari; aralash darslar. Darsning tashkiliy tuzilishi uning strukturasi bilan belgilanadi. Umumtexnika va maxsus fanlarga tatbikan, darsning quyidagi struktura elementlarini ajratib ko`rsatish mumkin: tashkiliy qism; uy topshiriqlarining bajarilishini tekshirish; o‘qituvchining yangi materialni bayon etish; o‘quvchilarning yangi materialni o‘rganishga oid o‘quv, texnika yoki spravochnik adabiyot bilan mustaqil ishlashlari; yangi materialni takrorlash va puxtalash; ilgari urganilgan materialni takrorlash; puxtalash va sistemaga solish; o‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malakalarini teshirish, hisobga olish va baxolash; uy topshiriqlari berish. Darsning tipiga ya’ni mashg‘ulotdan ko`zlangan asosiy didaktik maqsadga kura, biror struktura elementlari yoki ularning tipaviy kombinasiyalari ustun turadi. Asosiy didaktik maqsadga binoan klassifikasiyalanuvchi darslarning tiplarini ularning strukturasiga bog‘liq xolda qisqacha kurib chikamiz. Xar bir dars o‘quv jaryonining bir qismi hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir. Didaktik maqsadlar bo‘yicha darsning quyidagi turlari mavjud:


1. Yangi bilimlarni o‘rganish darsi.


2. Umumiy yoki aralash dars.
3. Bilimlarni mustahkamlash, takrorlash darsi.
4. Sinash – tekshirish darsi.
5. Muammoli dars.

Yüklə 26,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin