Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti 304-guruh talabasi Valijonova Umida Olimjon qizining



Yüklə 73,21 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2022
ölçüsü73,21 Kb.
#121024
  1   2   3   4   5
Umidaxon (2) (1)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI




OʻZBEK ADABIYOTINI OʻQITISH METODIKASI KAFEDRASI


Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti 304-guruh talabasi


Valijonova Umida Olimjon qizining

Abdulla Qahhorning satirik hikoyalar ustasi” mavzusidagi




KURS ISHI


ILMIY RAHBAR: Alisher Sabriyev.


TOSHKENT -2022


Abdulla Qahhorning satirik hikoyalar ustasi
Reja :

  1. Kirish. Abdulla Qahhor hayot va ijod yoʻliga bir nazar.




  1. Asosiy qism:




  1. Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis.




  1. Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarining oʻziga xosligi.




  1. Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati.




  1. Xulosa.




  1. Foydalanilgan adabiyotlar.



Abdulla Qahhor hayot va ijod yoʻliga bir nazar.

Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan Abdulla Qahhor 1907- yili Qoʻqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumotni Qoʻqonda olgan Abdulla 1925 -yilda Toshkentga kelib, “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida ishlaydi.


U Oʻrta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi “Sovet adabiyoti” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954–1956).
Abdulla Qahhorning ijodi 1924-yildan boshlangan. Dastlab “Mushtum” jurnalida, “Yangi Fargʻona” gazetasida uning hikoya, felyeton, xabarlari bosildi. Yozuvchining “Olam yasharadi” nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1935 -yilda chop etilgan.
30-yillarda adibning uchta “Hikoyalar” toʻplami (1935,1938,1939) kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari “Sarob” (1935) romanini yozdi.
Urush yillarida yozuvchining bir qancha felyeton, ocherk va hikoyalari eʼlon qilindi. “Asror bobo”, “Dardaqdan chiqqan qahramon”, “Kampirlar sim qoqdi”, “Xotinlar”, “Oltin yulduz” kabi oʻnlab hikoya va qissalarida oʻzbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozliklari, yuksak vatanparvarligi ifodalangan.
Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan “Qoʻshchinor chiroqlari” (1951) romani jamoalashtirish mavzuiga bagʻishlangan.
U oʻzining “Shohi soʻzana” (1951), “Ogʻriq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1967) komediyalari bilan oʻzbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qoʻshdi. Ayniqsa, “Shohi soʻzana” pyesasida dramaturg qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuini zoʻr mahorat bilan yoritdi. Pyesa respublikamiz va qator xorijiy mamlakatlar sahnalarida muvaffaqqiyatli namoyish qilindi. Yozuvchining “Sinchalak” (1958), “Oʻtmishdan ertaklar” (1965), “Muhabbat” (1968) qissalari oʻzbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa boʻlib qoʻshildi.
U “Oʻtmishdan ertaklar” qissasi uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. “Oʻzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning “Mening dorilfununlarim”, N.V. Gogolning “Revizor”, L.N. Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani (I, II kitoblari) va boshqa bir qator asarlarni oʻz ona tillarida oʻqishga muvaffaq boʻlganlar”.1
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor mustaqillik yillarida oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Gapning indallosini aytsak, adabiyotimizning mustaqillikdan keyingi qiyofasini men boshqacha tasavvur qilganman. Istiqlol adabiyoti — haqiqat adabiyoti, shijoat adabiyoti, havasga arzigulik hurriyat va ma’rifat adabiyoti oʻlaroq shakllanadi deb oʻylaganman. Yurti ozod, tili, dili erkin ijodkor nega mutelik va ojizlikka koʻnsin? Yolgʻon va tilyogʻlamalikka ne hojat? Sayozlik, maddohlik, ofarinbozlikdan ijod ahli har qalay xalos bo’lar deb umid qilganman. Iste’dodsiz ijodkorlar, yaroqsiz asarlarning yoʻli toʻsilishiga ishonch boʻlgan menda. Qarangki, xayol boshqa — hayot boshqa ekan... Adabiyot taqdiri yurt va millat taqdiri bilan uzviy bogʻliq. Millat ruhi butun murakkabligi va ziddiyatlari bilan avvalo, adabiyotda aks etmogʻi lozim. Millatning qalb dardlariga ham dastlab adabiyot malham topadi. Chunki xalqning yashash zavqi susaysa — gʻayrati susayadi. Ma’naviy-ruhiy gʻayrat pasaysa — fikr va tashabbus toʻxtaydi. Bunga birinchi navbatda adabiyot mas’ul. Abdulla Qahhor aytganidek, Adabiyot atomdan kuchli...” Agar uning kuchi “oʻtin yorish”ga sarf qilinmasa, adabiyot pokiza va muqaddas ish boʻlib qolsa, hech shak- shubha yoʻqki, badiiy soʻzning kuch-quvvati ortib boradi.
Mustaqillik arafasida, maʻlum bir muddat undan keyin ham Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi buyuk adiblar ijodiga bir oz bepisand, shubha bilan qaraganlar ham boʻldi. Ularning ijodiy yutuqlari, milliy adabiyotning haqiqiy adabiyot boʻlishi uchun chekkan zahmat va azoblarini nazarga ilmaganlar ham maydonga chiqa boshladi. Ammo bunday notoʻgʻri munosabat natijasida adabiyotimiz rivojlanib qolgani yoʻq. Aksincha, ikki jumla fikrni eplab yozolmaydigan, ijod mohiyatini nihoyatda yuzaki tushunib qogʻoz qoralaydiganlar safi kengayib ketdi. Oʻquvchilar oldida adabiyotning qadr-qimmati, yozuvchining obro’-e’tibori pasaydi. Agar badiiy ijodga Abdulla Qahhor yoki Oybek nigohi bilan qarab, ularning badiiyat maktabidan ta’lim olib, tajribalaridan xulosalar chiqarilganida shunday boʻlarmidi? Menimcha, ahvol nisbatan boshqacha boʻlur edi. E’tibor bergan boʻlsangiz, keyingi vaqtlarda yozuvchilar yangi asarlari necha sahifadan iborat ekanidan ham gʻururlanib gapiradigan boʻlib qoldi: “Men falon betlik hikoya yozdim, yuz ellik betlik essemni tugatdim” va hokazo. Yozuvchining asar badiiyati haqida emas, hajmi toʻgʻrisida soʻzlashi nimani anglatadi? Beixtiyor Abdulla Qahhorning soʻzlari xotirga keladi: “Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak. Lekin yozilgan narsani oʻchirish, kitobxonga zarur narsanigina qoldirish uchun talantning oʻzigina kifoya qilmaydi, insof ham kerak”. Taassufki, hozirgi paytda insofli iste’dodlar kam, iste’dodsiz beinsoflar koʻproq. Aytishlaricha, Mirtemir domlaga bir tavsiyanoma zarur boʻlib qolganida Abdulla Qahhorga murojaat qilgan ekan. Shunda Abdulla Qahhor Mirtemirga “Ziyod va Adiba” kabi badiiy jihatdan boʻsh asarlarga muharrirlik qilganini eslatib, tavsiyanoma bermasligini bildirgan ekan. Oʻzingiz ayting, Abdulla Qahhor adabiyot manfaatini hatto isteʻdodli ijodkor manfaatidan ham yuksak qoʻymagan.Zamonaviy oʻzbek hikoyachiligining rivojida Qahhorning oʻrni, hissasi nihoyatda katta. XX asr yangi oʻzbek adabiyotida realistik hikoya janrining shakllanishi va rivoji, avvalo, shu adibning nomi bilan bogʻliq. Toʻgʻri, Qahhorga qadar ham ayrim yaxshi hikoyalar yozilgan. A. Qodiriyning “Uloqda”, Choʻlponning “Oydin kechalarda”, “Qor qoʻynida lola”, “Novvoy qiz” asarlari oʻzbek adabiyotida realistik hikoyalar yaratish yoʻlidagi dadil intilishlar boʻlgan edi.
Qahhor ana shu tajriblarga tayanib, oʻzbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga koʻtardi va oʻzbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. “Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qoʻyish mumkin”, — deb yozgan edi rus tanqidchisi V. Smirnova.Shunday savol tugʻiladi: Nega yozuvchining ilhom toʻla mahorat bilan yozilgan eng barkamol hikoyalari, xususan, oʻtmishdan olib yozilgan novellalari 30-yillarning ikkinchi yarmida maydonga keldi? Bu hikoyalar maydonga kelgan davrni eslaylik.Totalitar rejim siyosati, Stalin qatagʻonlari, inson haq-huquqlari sha’nini toptash avjiga chiqqan yillar edi bu davr. Ana shunday bir sharoitda koʻplab qalamkashlar shoʻro davrini, partiya siyosatini, xalqlar dohiysini sharaflab asarlar bitayotgan bir pallada Qahhorning sovet voqeligini qoʻyib, kechmishga yuz oʻgirishi, zamonning ilgʻor kishilari, ijobiy qahramonlari qolib, qandaydir kichik odamlar, qoloq kimsalar hayotidan asarlar yozishini qanday baholash mumkin? 30-yillarda Qahhorni kechmish haqida, haq-huquqi, insonlik sha’ni poymol etilayotgan, xoʻrlangan, tahqirlangan kichik odamlar, nodon kimsalar haqida yozishga ilhomlantirgan bosh omil aslida adibning zamonasiga munosabati emasmikan? Bunday tamoyil 40-yillarda yozilgan qator asarlarida ham davom etdi.Adib dunyoga kelib, esini tanib, ilk bor koʻnglida ogʻir taassurot qoldirgan narsa — hayotda keng tarqalgan tengsizlik, mutelik, fikrlashdan mahrumlik, qullik psixologiyasidir. Yozuvchining ilk muvaffaqiyatli chiqqan hikoyasi “Boshsiz odam”dayoq mustaqil fikrlashdan mahrum, mute bir kimsaning hajviy xarakteri yaratilgan. Shundan keyin yozuvchi butun ijodi davomida bu toifa nomustaqil, mute odamlar obraziga takror-takror murojaat etadi. Har gal bu ijtimoiy illatning qandaydir yangi bir qirrasini ochadi.
Shaxs erki, huquqi, mutelik, qullik psixologiyasi ifodasi, talqini bobida XX asr adabiyotida Choʻlpon an’analarini eng izchil davom ettirgan adib ayni shu Qahhorning oʻzidir. Qahhorning yuqorida tilga olingan asarlari, personajlari xuddi Choʻlpondagi kabi mustabid tuzum sharoitida inson haq-huquqining poymol etilishiga qarshi oʻziga xos isyondir.

Yüklə 73,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin