O‘zbekiston badiiy akademiyasi



Yüklə 115,29 Kb.
səhifə1/12
tarix03.12.2022
ölçüsü115,29 Kb.
#120405
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
non bozori asosida kompozitsiya ishlash


O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI
KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI MILLIY RASSOMLIK
VA DIZAYN INSTITUTI
DASTGOHLI RANGTASVIR KAFEDRASI
R O‘ Z I E V J O N I B E K UL U G‘ B E K OV I CH

“Non bozori” asosida kompozitsiya ishlash


mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: dots. Irgashev M.X.


Taqrizchi : Qurbonov S.
Toshkent-2014
MUNDARIJA
KIRISH
1-BOB. “NON BOZORIDA” MAVZUSIDAGI KOMPOZITSION ASAR YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI



    1. “Non bozorida” mavzusidagi asarning yaratilishida tasviriy san’atning tur va janrlarini o‘rganishning o‘rni va tarbiyaviy ahamiyati



    1. “Non bozorida” mavzusidagi asarni yaratishda rangtasvir va qalamtasvirning o‘ziga xos xususiyatlari



    1. “Non bozorida” mavzusidagi kompozitsion asar yaratishda kompozitsiya fanining tutgan o‘rni



II-BOB. “NON BOZORIDA” MAVZUSIDAGI KOMPOZITSION ASAR YARATISHNING METODIK-AMALIY ASOSLARI


2.1. “Non bozorida” mavzusi bo‘yicha rangtasvir fanidan darsni tashkil qilish prinsiplari


2.2. “Non bozorida” mavzusi bo‘yicha darsni ma’lum texnologiya asosida tashkil etish va uning samaradorligi


2.3. Dastgohli rangtasvirda yaratilgan “Non bozorida” mavzusidagi asarning kopozitsion echimi




Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Illyustratsiyalar ro‘yxati.
KIRISH
Ilmga, ijodga kashf
etishga intilish – bu
olijanob intilishdir.
I.A.Karimov.

Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch – osoyishta hayot kechirayotgan, avvalombor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.


O‘zbekiston xalqlarining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini, har tomonlama ilmiy o‘rganish va tahlil etish g‘oyat muhimdir. ”Bugun bizning oldimizga shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‘ldiki, - degan edi prezidentimiz I.A.Karimov, - biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, ilmiy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz tomirlariga qaytib, o‘tmishdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog‘imiz kerak.”1 SHu maqsadda respublikamiz hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozalari asosida rivojlantirishga qaratilmoqda. Jumladan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. San’at, xususan rassomlik, istiqlol davrida mafkuraviy - g‘oyaviy, ma’naviy olamning tarkibiy qismi sifatida u millat hayotidagi siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga plakat kabi tashviqot - targ‘ibot vositalarga o‘xshab tezkorlik bilan javob bera olmasa-da, 1990 yillarning ijodiy targ‘ibotlaridan kelib chiqqan holda davom etmoqda.
Ko‘p asrlik tarixga ega O‘zbekiston rassomlik san’ati murakkab va serqirra badiiy obrazli tizimdir.
Boshqa san’at turlari kabi, rassomlik ham doimiy rivojlanishda. Rassomlik haqida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, arxeologik topilmalar san’at tarixini kundan-kunga yangi ma’lumotlar bilan boyitmoqda.
Rassomlik kishilik jamiyati taraqiyotining barcha davrlarida unga hamroh bo‘lgan. Xalqlar kelishgan-ketishgan, davlatlar taraqqiy etgan va vayron bo‘lgan, lekin san’at qolgan. Tarix, turmush, o‘tgan odamlarning qiyofasi haqida ko‘pgina ma’lumotlar san’at tufayli orttirilgan.

Yüklə 115,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin