O’zbеkiston Rеspublikasi Soqliqni Saqlash



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə4/23
tarix16.11.2018
ölçüsü2,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

Tayanch iboralar: standart, davlat ta'lim standartlari, ta'lim standartlarining maqsadi, ta'lim standartlarining vazifalari, tayanch o’quv rejalari, texnologik xarita, namunaviy o’quv dasturi, ishchi o’quv dasturi, kalendar reja, o’quv-uslubiy majmua.


Oliy ta'lim tizimining bosh maqsadi mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash. Bu maqsadga erishish uchun ular qanday bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak? Buning uchun talabalar qanday fanlarni, nimalarni chuqur o’rganishi zarar va ular qanday aniqlanadi?

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi — ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdir. Bu tizim dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, ishning ko’zini biluvchi, vaziyatni tahlil qilib, to’g’ri xulosa chiqarib, qaror qabul qiluvchi, kelajakni mustahkam poydevorini quruvchi va jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi kadrlar tayyorlashni eng muhim va mas'uliyatli vazifa sifatida amalga oshirishi lozim.

Bu vazifani amalga oshirishda ta'lim muassasalarida o’quv jarayonini tashkil etish, fanlarni o’qitishda o’quv-uslubiy majmua va uning o’quv jarayonini tashkil etishda qo’llash muhim rol o’ynaydi.

Biz eng avvalo, kimni, qanday kadrlar tayyorlashni aniq tasav-vur qilishimiz kerak. Bu maqsad davlat ta'lim standartlarida o’z aksini topadi.

Standart (inglizcha «Standard»—norma, namuna) mahsulotni sifati, tarkibi jihatidan qa’tiy belgilangan parametrlardan tashkil topgan, mahsulot, qoida, ko’rinishdir. Standart keng ma'noda bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo’lgan obyektlarni solishtirish uchun qabul qilingan namuna, etalon, modeldir. Standartlar texnik normativ hujjat sifatida ishlab chiqilib, qabul qilingan ma'lum me-zonlar, qoidalar, talablar kompleksidan iborat. Ular vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.

Standartlar moddiy shaklda mahsulot etaloni, namuna sifatida bo’lishi yoki turli normativ, qonun-qoida, talablar tarzida bo’lishi mumkin. Standartlarni qo’llashdan maqsad, mahsulotni, bajarilgan ishni sifatini ta'minlash.

Ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashning davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqilishidan maqsad tayyorlanayotgan kadrlarimizni zamon talabi darajasida bo’lishini ta'miniashdir.

Bu standartlarda ta'lim dargohini bitirib chiqayotgan talabalar qanday bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi, ularning qo’lidan nima ish kelishining minimal darajasi belgilab qo’yiladi.

Ta'limni standartlashtirish bu butun dunyo miqyosida ta'limni isloh qilishdagi eng asosiy tendensiyalardan biri.3 Unga bozor iqtisodiyoti talablari nuqtayi nazaridan yondashiladi. Jamiyat bilan ta'limning o’zaro moslashishini ta'minlash bugungi kunning nihoyatda jiddiy masalasidir. Ayniqsa, ikki mustaqil bozor, ta'lim va mehnat bozorlarini bir-biriga yaqinlashtirish, shu asosda talab va taklif muvozanatiga erishish nihoyatda muhim va dolzarb masala. Jamiyatda sodir bo’layotgan yangiliklar, farmasevtikadagi o’zgarishlar ta'lim tizimiga yangicha yondashishni taqozo etadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi va amalga oshirish lozim bo’lgan vazifalaridan biri, ta'lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga talablarni, ularning madaniy va ma'naviy-ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va uni tatbiq etishdir.

Xalqaro talablarga javob beruvchi davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish:

O’zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda
ta'lim ekvivalentligini, turli ta'lim muassasalari diplomlarini
taqqoslab, mamlakatimiz ishchi va mutaxassislarini xalqaro mehnat
bozorida to’siqlarsiz ishtirok etishini ta'minlaydi.


Ta'lim xizmatlari sifatiga aniq qa’tiy talablarni belgilab
qo’yilishi kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi. Ta'lim muassasalari ishi samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan so’ng uning talablarini amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 5-yanvarda «Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarbni ishlab chiqish va joriy etish to'g’risida»gi Qarori qabul qilindi va shu qaror asosida «Davlat ta'litn standartlari to’g’risida» gi Nizom ishlab chiqildi.


Nizomning 1.1 bandida: O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida» qonunining 7-moddasida, Kadrlar tayyorlash milliy das-turiga muvofiq respublikada idoraviy bo’ysunish va mulkchilik shakllaridan qafi nazar, ta'lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo’lgan davlat ta'lim standartlari (DTS) belgilanadi.

DTSda kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga nisbatan qo’yiladigan talablar, ta'lim oluvchilarning tayyoigarlik darajasi hamda ta'lim muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo’yiladigan malaka talablari, o’quv yuklamasining zarur hajmini, ta'lim muas-sasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilash .qayd etilgan.

Nizomda davlat ta'lim standartlarining maqsad va vazifalari ko’rsatilgan. Davlat ta'lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:

  • ta'limning yuksak sifatini ta'minlash hamda mamlakatda
    amalga oshirilayotgan chuqur farmasevtika va ijtimoiy islohotlar asosida rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta'minlash;


  • mamlakatning ijtimoiy va farmasevtika taraqqiyoti istiqbollaridan,
    jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy
    yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga
    solish;


  • ta'limning demokratlashuviga insonparvarlashuviga, ijtimoi-
    yligiga ko’ra, ta'lim oluvchilarning huquqiy, farmasevtika bilimlari da-
    rajasini, shuningdek, ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish;


  • sifatli ta'lim xizmatlarini ko’rsatish, ta'lim va kadrlar tayyor-
    lash sohasida shaxsning jamiyat va davlatning vazifalarini himoya
    qilish;


  • kadrlar tayyorlash sifatini va ta'lim faoliyati mezonlari va
    tartibini baholash;


  • ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluk-
    sizligini ta'minlash, ta'limning barcha turlari va kurslarida o’quv -
    tarbiya jarayonini maqbullashtirish;


  • mehnat va ta'lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni
    ta'minlash.


Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlat ta'lim standartlarining vazifalari belgilandi, ular:

  • ta'lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga ko’rsitiladigan ta'lim
    xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo’yiladigan maqbul talab-
    larni belgilash;


  • ta'limga va uning pirovard natijalariga, ta'lim oluvchilarning
    bilim va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi
    va tartibotiga, shuningdek, ta'lim faoliyati ustidan nazorat qilishga
    nisbatan qo’yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me'yoriy bazani
    yaratish;


  • xalqning boy ma'naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar
    asosida ta'lim oluvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasining
    samarali shakllari va usullarini joriy etish;


  • ta'limning barcha turlari mazmunini hamda olib boriladigan
    ta'lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o’zaro bog’liqligini
    uzluksiz ta'lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni
    ta'minlash;


  • pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta'minlanishiga, ta'lim
    darajasini nazorat qilishga, ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilar
    va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me'yorlar va talab-
    larni belgilash;


  • ta'lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis
    qismini, ta'lim muassasalarining attestatsiyadan o’tkazish va
    akkreditatsiya qilishni joriy etish;


  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va
    ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;


  • milliy standartlar talabi bilan ta'lim sifati va kadrlar tayyor-
    lashning xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.


DTSga o’zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy-farmasevtika rivojlanishiga muvofiq ravishda ta'lim darajasi va kadrlar tayyorlashga qo’yiladigan talablar o’zgarishi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga talab va ta'lim mazmunidan kelib chiqqan holda:

  • Davlat ta'lim standartlari;

• asosiy qoidalari bo’yicha tayanch o’quv rejasi ishlab
chiqiladi;


• tayanch o’quv rejalari ta'lim muassasalarining ishchi-o’quv
rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


Tayanch o’quv rejalari va ular asosida fanlar tarkibi va soatini aniqlash

Oliy o’quv yurtlarining bakalavriat yo’nalishida o’qishning normativ "muddati 4 yil.

  • Nazariy o’qish 136 hafta.

  • Nazariy o’qish 136x54 = 7344 soat.

  • Bir yilda 2 semestr o’qiladi, har ikki semestr ham 20 haftalik.

  • Attestatsiya 13—19 haftagacha.

  • Amaliyot o’tish 12—24 haftagacha.

  • Ta'til 27—36 haftagacha (bitirgandan so’nggi 4 haftani ham qo’shib).

Bitirav malakaviy ishiga 5 haftagacha vaqt ajratiladi, hammasi bo’lib bakalavriat yo’nalishida o’qitgan talabaga 1 kursga qabul qilinib, institutga qadam qo’yganidan boshlab, bitirib ketguncha belgilangan muddat 204 haftani tashkil qiladi. O’rganiladigan ta'lim fanlarining tarkibi quyidagi bloklarga bo’lingan bo’lib:

I blok. Gumanitar va ijtimoiy-farmasevtika fanlar: 1689 soat yoki
umumiy belgilangan vaqtning 25 %ini tashkil qiladi.


II blok. Matematika va tabiiy fanlar: ta'lim yo’nalishiga ko’ra
700 soatdan 1836 soatgacha bo’lib, taxminan 9 %dan 25 %ini tash-
kil etadi.


III blok. Umum mutaxassislik fanlari ta'lim yo’nalishiga ko’ra
umumiy ajratilgan vaqtni 50 %gacha yetadi.


VI blok. Maxsus mutaxassislik fanlari —10 % gacha.

V blok. Maxsus fakultativ fanlar 5 % gacha yetadi.

Oliy o’quv yurtlari o’quv rejasi modeli

t/r

Fanlar

Soatlar

Umumiy yuklamaga nisbatan % hisobida

1

Gumanitar va ijtimoiy- fanlar


1836

25,0

2

Matematik va tabiiy-


906

10,7

33

Umumkasbiy fanlar


3418

48,2

44

Ixtisoslik fanlari


734

10,0

55

Qo’shimcha fanlar


450

6,1




Jami:

7344

100

Kataloq: library -> books -> majmua obshiy
library -> Kafedrasi
library -> AZƏrbaycan respublikasinin təHSİl naziRLİYİ azərbaycan respublikasinin təHSİl probleməRİ İnstiTUTU azərbaycan döVLƏT İQTİsadi universiteti
library -> Qrafikdizay n fənninin proqramı baki – 2013 Azərbaycan Respublikası Təhsil Nazirliyi Azərbaycan Dövlət İqtisad Universiteti “Dİzayn” kafedrası Qrafik dizayn
library -> AZƏrbaycan respublikasi təHSİl naziRLİYİ azərbaycan döVLƏT İQTİsad universiteti «İQTİsadi TƏHLİl və audiT»
library -> AZƏrbaycan respublikasinin təHSİl naziRLİYİ azərbaycan respublikasinin təHSİl probleməRİ İnstiTUTU azərbaycan döVLƏT İQTİsadi universiteti
library -> AZƏrbaycan respublikasi təHSİl naziRLİYİ azərbaycan döVLƏT İqtisad universiteti «İQTİsadi HÜquq»
majmua obshiy -> Iqtisodiyot nazariyasi
majmua obshiy -> Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə