Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xitoyshunoslik fakulteti xitoy filologiyasi kafedrasi



Yüklə 62,26 Kb.
səhifə1/9
tarix24.03.2023
ölçüsü62,26 Kb.
#124302
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Аббосхўжа Текширилди, ШУНИСИНИ ЧИҚАРИШ КЕРАК


OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI
XITOY FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Xitoy tilini oʻqitish metodikasi” fanidan




KURS ISHI
MAVZU: TIL MATERIALLARINI O‘RGATISH MAZMUNI VA O‘QITISH PRINSIPLARI.


Bajaruvchi: Xitoyshunoslik, kechki ta’lim,
lV bosqich xitoy-Ingliz guruhi
talabasi : Olimxo'jayev Abbosxo'ja
Ilmiy rahbar: Artikova Ziyoda Zaynitdinovna


Toshkent-2023
MAVZU: : TIL MATERIALLARINI O‘RGATISH MAZMUNI VA O‘QITISH PRINSIPLARI
REJA:
KIRISH......................................................................................................3
ASOSIY QISM
1 § TIL MATERIALLARINI O‘RGATISH MAZMUNI..........................................7

2 § CHET TILINI O’QITISH METODLARI.................................................12


3 § CHET TILI O‘QITISH PRINSIPLARI…………………….......………......…….......……….......…….......……..............19
4 § YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING SHAKLLARI ………....24
XULOSA..................................................................................................26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.............................................27
KIRISH
Jahon hamjamiyati mamlakatlari orasida o‘zining mustahkam o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti ko‘p jihatdan yosh avlodni yuksak ma’naviyat va intellektual salohiyat egasi etib tarbiyalashga bog‘liq. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlari, shu jumladan, ta’lim sohasini isloh qilish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, malakali kadrlarni tayyorlash borasida o‘ziga xos samarali modelni mujassamlashtirgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi va amaliyotga joriy etilishi yangi tahrirdagi o‘quv dasturlari, modernizastiya qilingan DTS, darsliklarning yangi avlodini yaratish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shu oʻrinda, muhtaram Prezidentimizning «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday boʻlishi farzandlarimizning bugun qanday taʼlim va tarbiya olishiga bogʻliq», degan fikrlari soʻzimizning isboti boʻladi.
Til – insonlar muloqoti vositasi va ma’lumotlar almashinish usulidir. Til – bu insoniyat jamiyatida vujudga kelgan tabiiy tizim bo‘lib, u ovozli shaklda kiyingan, inson tushunchalari va fikrlarining umumiyligini ifoda eta oladigan va, asosan, aloqa maqsadida mo‘ljallangan ramziy birliklar tizimini rivojlantirmoqda. Til shu bilan birga rivojlanish sharti va insoniyat madaniyatining mahsulidir. “Til materialini o‘rgatish mazmuni” chet til o‘qitish metodikasida keng tarqalmagan, biroq uch til o‘qitiladigan maktablar uchun dolzarb masaladir.
Til materiali tushunchasi ikki xil talqin etiladi: 1) muayyan tildagi leksik, grammatik, fonetik va boshqa birliklar majmui, 2) o‘quv maqsadlarida tanlab olingan, metodikada til minimumi deb atalgan, biroq o‘quvchilar uchun «chet tilning materiali» hisoblanadigan birliklar yig‘indisi. Kurs ishimizda til materiallarini o‘rgatish mazmuni va o‘qitish prinsiplari haqida gap boradi.

Yüklə 62,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin