Uchta tushuncha zamon va makon tanlamaydi. Bular so‘zlash, tinglash va anglashdir. Odamzot yaralibdiki, o‘zaro munosabat jarayonida ana shu uch birlikka amal qilib kelinadi



Yüklə 49,41 Kb.
səhifə1/9
tarix20.05.2022
ölçüsü49,41 Kb.
#116077
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarjima uchun

Uchta tushuncha zamon va makon tanlamaydi. Bular so‘zlash, tinglash va anglashdir. Odamzot yaralibdiki, o‘zaro munosabat jarayonida ana shu uch birlikka amal qilib kelinadi. Buning namoyon bo‘lishi har bir xalqning o‘z mentalitetiga mos va xos. O‘zaro munosabat, murojaat qilish jarayonidagi o‘zni tutish va fikr almashuvlar muomala madaniyati tushunchasida uyg‘unlashadi. Munosabat, murojaat, muloqot, munozara, mubohasa, muhokama, mulohaza singari tushunchalarning barchasi muayyan millatning tiynatiga mos bo‘lgan ziynatlar bo‘lib, u etik va estetik me’yorlar, qoidalar bilan amalga oshiriladi.
Muloqot qisman monologik, asosan, dialogik, polilogik shaklda bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro munosabatlarida reallashadi. Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan qurilarkan, demak, insonnning xulqi va nutqi ham, ko‘rinishi va kiyinishi ham, munosabati va muloqoti ham go‘zal bo‘lishi maqsadga muvofiq. Xalqimizning “O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar” – degan o‘giti bejiz emas. “Til yarasi bitmas, tig‘ yarasi bitar” – deganida ham inson uchun zarur bo‘lgan muomala jarayoniga e’tibor zaruriyatini sezish qiyin emas.
SHaxs ma’naviyatining uzviy bir bo‘lagi muomala madaniyati bo‘lsa, xulq-atvor, odob-axloq, nutqiy faoliyat tushunchalari uning zamiriga kiradi. Asrlar osha har bir xalqqa xos bo‘lgan, milliy-ma’naviy qadriyatlar yuksak madaniyat ramziga aylangan urf-odatlar, yurish-turish, yashash tarzi barchasi kishi shaxsiyatida aks etishi tabiiy.
Ushbu risolada sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan insonlararo munosabatlar me’yori, shaxs ma’naviyatining shaklanishida ularning o‘rni masalalariga e’tibor qaratilgan.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “YUksak bilimli, intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” ekan, demak, ilm-fanga, ona vatanga munosabat o‘z-o‘zidan ma’naviyatli, barkamol inson tarbiyasida muhim va muqim o‘rin tutishi muqarrardir. Munosabat, shubhasizki, shaxsning muomala madaniyatidan kelib chiqadi. Bu esa barkamollik belgisi bo‘lgan ta’lim va tarbiyaga, ma’naviyat va ma’rifatga borib bog‘lanadi. Aqlan, ruhan va jismonan sog‘lom avlodgina yurtning porloq kelajagidir. Qushning parvozini qo‘sh qanotisiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmaganidek, insonning iqboli va yurt istiqbolini ham ta’lim-tarbiya va ma’naviyat-ma’rifatsiz tushunish, idrok etish mushkul.
Poetika, ritorika nazariyasini ilk tadqiqotchilaridan hisoblangan Aristotel san’at va madaniyat olamining paydo bo‘lishidagi ilk asos sifatida muomalani nazarda tutgani ham bejiz emas. Qolaversa, fransuz adibi Antuan Sent-Ekzyuperining “Bu dunyodagi birdan-bir haqiqiy ne’mat odamlarning bir-biri bilan muloqotidir”,-degan fikrida teran ma’no bor.
Ta’lim talabi nutq bilan, tarbiya talabi xulq bilan bog‘liq ekan, shaxs ma’naviyati, muomala madaniyati, muomala sirlari va odobi masalasi har qachongidan ham dolzarblik kasb etaveradi. Muomala “tarozisi”ning ikki pallasi bo‘lib, biri xulq, ikkinchisi nutqdir. Kitob shu xususda.

Yüklə 49,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə