Urganch davlat universiteti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/72
tarix26.03.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124383
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” fanidan o‘quv-uslubiy



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI ” KAFEDRASI


MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYAT”
FANIDAN
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
(3 -SEMESTR)


Bilim sohasi:

100000 - Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000 - Ta’lim

Magistratura mutaxasisligi:



Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)


URGANCH-2022


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TASDIQLANDI”

О‘quv ishlari prorektori

_________ dots. Xodjaniyazov S.U.

_____” ____________ 2022- yil



MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI ” KAFEDRASI

MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYAT”


FANIDAN
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
(3 -SEMESTR)


Bilim sohasi:

100000 - Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000 - Ta’lim

Magistratura mutaxasisligi:



Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

URGANCH-2022
O‘quv-uslubiy majmua magistrlar uchunUrganch davlat universiteti tomonidan 2022-yil 31.08.dagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan o‘quv dastur asosida tuzilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim magistlarini “Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” fani mavzularini o‘rganishlari uchun mo‘ljallangan.


























Tuzuvchi: M.F.Matquliyeva

Taqrizchi:
O‘quv-uslubiy majmua Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 2022-yil 31-avgustdagi majlisida ko‘rib chiqildi (Bayonnoma № 1) va tasdiqlandi.


Mundarija


I.Ma’ruza mashg‘ulotlari. 5
Ilg‘or tajriba 28
Tafsilotlarda zamonaviy ta'lim jarayonining asosidagi interaktiv texnologiyalardan foydalanish 32
III. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 132
IV. GLOSSARIY 135
V. ILOVALAR 136
V.1.FAN DASTUR. 137
“TASDIQLAYMAN” 138
Urganch davlat universiteti rektori 138
_________________B. Abdullayev 138
2022-yil ______-avgust 138
V.5 TALABALAR BILIMINI BAHOLASH 167




I.Ma’ruza mashg‘ulotlari.




1-Mavzu. Pedogogik innovatsiya: obyekt, mavzu va asosiy tushunchalar.
Innovatsiya va jamiyat.
Reja:

  1. Pedogogik innovatsiya

  2. Pedagogning innovatsion faoliyati.

  3. Ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlar

  4. Innovatsiya va jamiyat

  5. Maktabgacha ta`limda innovatsion faoliyat fanining nazariy asoslari

  6. Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish nazariyasi

Tayanch so‘z va iboralar: Innovatsiya, jamiyat, innovatsion faoliyat, ta’lim innovatsiyalari, novatsiya, kommunikativ qobiliyat, aktiv metod, passiv metod, interaktiv metod, novatorlik darajasi, texnologiya.

Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo’nalish - Innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi.


Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.
Innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar sanaladi:
- yangi g‘oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
- ilg‘or ish uslublari.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.1
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.


Asosiy farqlar


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin