Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari



Yüklə 305,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix23.06.2022
ölçüsü305,54 Kb.
#117185
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-maruza. “Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” faniga kirish (01)



1-ma’ruza. “Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” faniga kirish. 
Reja: 
1. Axborot texnologiyalari va asosiy tushunchalar 
2. Shaxsiy kompyuterlarning rivojlanib borish tendensiyalari
.
2.1. Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari 
2.2. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari moddiy resurslarni qayta ishlash 
texnologiyasining analogi sifatida. 
2.3. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari evolyutsiyasi. 
3. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida 
qo’llash. 
4. Nazorat savollari. 
1. Axborot texnologiyalari va asosiy tushunchalar. 
Axborot texnologiyalari (AT) – bu usullar tizimi va axborotlarni yig’ish, saqlash, izlash 
yo’lidir. AT informatikaning 
predmeti hisoblanadi
, hamda boshqaruv amaliyotini o’tkazishni, 
ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishini, 
ularning texnik revojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotning Yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi. 
AT - axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va Shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik 
vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan hisoblanadi. 
AT fan sifatida metodologik va uslubiy holatlarni tashkillashtirish, instrumental - texnik 
vositalardan foydalanish usullari va h.k. o’z ichiga oladi. Yangi ilmiy bilimlarni aniq axborot 
texnologiyalariga transformatsiya qilinishi ‒ fan sifatida axborot texnologiyalarining asosiy 
vazifasi hisoblanadi. 
Axborot atamasi lotincha “Informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’zbekchada 
tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’nolarni anglatadi. 
 O’z navbatida, xabar- axborotni tasvirlash shakli bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, 
videotasvir, tovush va h.k ko’rinishlarda ifodalanadi.
Umuman olganda, axborot ‒ bu odamlar orasidagi, odamlar bilan eHM lar orasidagi, jonli 
va jonsiz tabiat orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’noda ilmiy tushunchadir. 
Informatika bu – inson faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va 
kompyuter yordamida uni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq 
bo’lgan jarayonlarning aloqadorligini o’z ichiga oladi. 
“Informatka” so’zi dastlab, XIX asrning 60 ‒ yillarida Fransiyada vujudga keladi. U 
informatsiya va avtomatika so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, “ma’lumotlarni avtomatik 
qayta ishlash” degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter 
fani deb ataladi. Mustaqil fan sifatida informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya ijtimoiy va 
boshqa sohalarda boshqalarning umumiy prinsplari haqidagi fan- kibernetika fani bazasida 
vujudga keldi. 
Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha 
sohalarida axborotni kompyuter va telekomunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, 
uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir. 
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnalogiyasi bazasidan 
ixtiyoriy ob’yektlarni boshqarish jarayonlarining axborot ta’minoti metodologiyalarini, tadbiqiy 
predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot sistemalarini 
yaratish bilan Shug’ullanadi. 
Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri – iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy 
ma’lumotlardan farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan 


korxona vaShu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan 
bog’liqligidadir. 

Yüklə 305,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin