Bu tipdagi masalalarda:
Jism sohasining har bir qismida tekis harakatlanadi deb qaralib, uning bosib o‘tgan yo‘li 𝑆 = 𝑣𝑡(𝑣-jism tezligi, 𝑡-vaqt) bilan o‘lchanadi;
Tezlik musbat kattalik deb olinadi;
Burilish (yoki yangi rejimli harakatga o‘tish) uchun vaqt ketmaydi deb hisoblanadi;
Agar jism harakati suvda (harakatdagi poyezd ichida va hokazo) uning oqimi bo‘ylab yoki unga qarshi bo‘lsa, ularning har birining o‘z tezliklari yig‘indisi yoki ayirmasi natijadagi tezlikni beradi.
Harakatga dor masalalarda ushbu tasdiqlar o‘rinlidir:
𝑣1va 𝑣2 tezlikka ega bo‘lgan ikki jism orasidagi masofa 𝑆 bo‘lgan ikki nuqtadan bir biriga qarab to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bir vaqtda chiqsa, ular
𝑆
𝑇 = vaqtdan so‘ng uchrashadi;
𝑣1+𝑣2
bir nuqtadan chiqqan 𝑣1 va 𝑣2 tezlikdagi ikki jism, uzunligi 𝑆 bo‘lgan yo‘lda aylana bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilsa, 𝑇 =
𝑆
vaqtdan so‘ng uchrashadi;
𝑣1+𝑣2
bir yo‘nalishda harakatlanayotgan 𝑣1 va 𝑣2tezlikdagi ikki jism (𝑣1 > 𝑣2) lar orasidagi masofa 𝑆 bo‘lsa, orqada kelayotgan ikkinchisi birinchisini 𝑇 = 𝑆 vaqtda quvib yetadi;
𝑣1−𝑣2
halqasimon yopiq yo‘lda 𝑣1 va 𝑣2 tezlikdagi ikki jismlar orasidagi masofa 𝑆 bo‘lsa, ular qarama qarshi harakatlansa, 𝑇 = 𝑆 vaqtda
𝑣1+𝑣2
uchrashadi; aksincha bir tomonga harakatlansa, ikkinchisi birinchisini
𝑆
𝑇 = vaqt ichida quvib yetadi;
𝑣1−𝑣2
a gar jism 𝑆 masofani 𝑣1 tezlikda o‘tishi kerak bo‘lsa-yu, lekin u bu masofani 𝑣2 tezlikda (𝑣1 > 𝑣2) o‘tsa, u ∆𝑡 = 𝑣𝑆2 − 𝑣𝑆1 vaqtga kechikadi.
Shuningdek, harakatga doir masalalarni yechishda aniq chizilgan sistematik chizma ba’zi qulayliklar yaratadi.