II.Asosiy qism: 1. O'qituvchi tomonidan turli naqsh namunalari darslikdagi va darslikda berilmagan qo'shimcha materiallar yordamida ko'rsatiladi. Naqshlarning yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak va doiraviy turlari borligi va ularning bir-biridan farqi aytib o'tiladi. Yo'lsimon naqsh namunalariga alohida urg'u hamda uni chizish va bo'yalishi yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. Oddiy naqsh chizish uchun, avvalo, ikkita o'zaro parallel chiziqlar chiziladi va birxil kattalikdagi kvadratchalarga bo'linadi. Birinchi katakka asosiy naqsh chiziladi. Keyingi bosqichda asosiy naqsh takrorlanib, yo'lsimon naqsh to'ldiriladi. Bunday bir xildagi takrorlanishdan htm hosil bo'ladi. So'ngra naqsh xoshiyasi ishlanadi. Oxirgi bosqichda naqsh bo'yaladi.
2. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar namunalarga asoslangan holda yangi yo'lsimon naqsh namunalarini ishlaydilar. O'qituvchi o'quvchilar ishini kuzatadi va amaliy yordam ko'rsatadi.
III.Darsga yakun yasash: Dars jarayonida fikr yuritilgan tushunchalar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
5-dars. Mavzu: Naturaga qarabrasm chizish Darsning maqsad va vazifalari: -o'quvchilarning rasm va haykallarda ko'p uchraydigan shakllar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish;
-o'quvchilarda hajmli shakllar haqida to'g'ri tasavvur hosil qilish;
-naturaga tushayotgan yorug'-soya yuzasidan dastlabki tushunchalar berish;
-rasm ishlash yuzasidan boshlang'ich malakalar hosil qilish.
Tasviriy faoliyat turi:Borliqni idrok etish. Naturaga qarab rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi: Geometrik jismlar: shar va kub maketlari.
Dars tafsilotlari:
I. Dars mavzusiga kirish: Tevarak-atrofdagi har bir narsa ma'lum shaklga ega ekanligi misollar asosida tushuntiriladi.
Natyurmortfrantsuzcha «jonsiz tabiat» degan ma'noni bildirishi aytiladi. Insoniyat hayotida ishlatiladigan buyum, narsalar, sabzavot va mevalar, asbob-uskuna kabilarga o'xshash namunalarning tasvirlanishi tasviriy san'atda natyurmort janri deyilishi tushuntiriladi. O'quvchilarni rassomlar asarlari bilan tanishtirish jarayonida natyurmotrchi rassom-lardan R. Ahmedov, L. Salimjonova, T. Abdurahmonov, R.Oripovalar haqida qisqacha to'xtalib o'tiladi. Darslikdagi rasmlar bilan tanishish jarayonida o'quvchilar turli shakldagi predmetlarni kuzatishlari, predmetlar shakli va rangini estetik idrok etishga erishiladi. Turmushda turli-tuman narsalar mavjud bo'lib, ular hajmli va yassi narsalar deb ikki turkumga bo'linishi, yassi narsalar turkumiga: daftar, papka, qog'oz, tunuka, barg, belkurak kabilar kirsa, hajmli narsalar turkumiga esa koptok, chelak, choynak, quti, daraxt, uy kabilar kirishi aytib o'tiladi. Tabiatdagi (anor, lola, paxta, barg va boshqalar) shakllar, shuningdek, handasiy (geometrik) shakllar (doira, to'rtburchak, uchburchak va boshqalar)ning nomlari va shaklning o'ziga xosligi yuzasidan ma'lumotlar beriladi, darslikdagi rasm va savollar asosida suhbat uyushtiriladi.
Aylana, kvadrat, to'rtburchak, uchburchak, oval kabi handasaviy (geometrik) jismlar yuzasidan suhbatda atrofimizdagi narsalar geometrik jismlarga yoki ularning birikmalariga o'xshashligiga e'tibor qaratiladi. O'quvchilar aylana, kvadrat, oval, uchburchak va to'rtburchak shakllar chizadilar.
O'quvchilar rangtasvir ustasi Rahim Ahmedov ijodi bilan qisqacha tanishtiriladi. Rassom yaratgan natyurmortlarda o'zbek diyoridagi tabiat ehsonlari rang-barang bo'yoqlarda tashlanishiga e'tibor qaratiladi. Rassom ishlagan natyurmortlar asosida mavzuni yoritish davom ettiriladi.
II. Asosiy qism: 1. Har bir narsaning rasmini chizishdan oldin uni tuzilishi bilan yaxshilab tanishish zarurligi ta'kidlanadi. Bunda tasvirlanayotgan narsaning nimalardan tuzilganligi, ularning shakli, o'lchovlari, bo'yi va enining nisbati, rangi, narsaga yorug'lik nuri qaysi tomondan tushayotganligi, qaysi qismiga yorug'lik va qaysi qismiga soya tushayotganligiga e'tibor qaratilishi tushuntiriladi. Sharga qarab uning rasmini chizish bosqichlari darslikda berilishi bo'yicha o'rgatiladi. Chiziladigan shar o'qituvchi tomonidan tanlanadi va yorug', soyasi aniq ko'rinadigan joyga qo'yiladi. Sharga qaysi tomondan qaralsa ham bir xil ko'rinishga ega. Lekin ularning yorug' soyalari har xil bo'ladi. U qirrasiz, yumaloq tuzilishga ega. Yorug'lik nuri narsalarga turlicha tushadi. Buni sharda aniq ko'rish mumkin. Yorug'lik shaming bir qismini juda kuchli yoritadi. Shuning uchun unda yaltiroq joyi (blik), yorug', soya, yarim soya ko'rinadi.
2. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda kub yoki shaming o'ziga qarab uni qora qalamda chizishga kirishadilar. O'qituvchi o'quvchilarning ishlarini kuzatadi, amaliy yordam va ko'rsatmalar beradi.