III.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy ishni yaxshi bajargan o'quvchilarning ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
6-dars. Mavzu: Portfel rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari: -o'quvchilarning ranglar, ularning nomlari, tuslari haqidagi bilimlarini kengaytirish;
-o'quvchilar tasviriy malakalarini o'stirish;
-ularning kuzatuvchanligi va xotirasini o'stirish;
-o'quvchilarning estetik didini rivojlantirish;
-mo'yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Naturaga qarab rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi: «Asosiy va hosila ranglar» plakati, portfel bosqichlari tasvirlangan plakat, portfel.
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Olamda juda ko'p ranglar mavjudligi, ulardan 3 ta rang asosiy hisoblanishi, bular - qizil, sariq, ko'k ekanligi to'g'risida gapiriladi. Asosiy ranglarni boshqa ranglar aralashmasidan olish mumkin emasligi, ularning o'zaro aralashmasidan esa boshqa ranglarni olish mumkinligi tushuntiriladi. Ular - yashil, zarg'aldoq, binafsha ва boshqa ranglar. Bular hosila ranglar hisoblanadi. Bundan tashqari ranglar iliq (sariq, qizil, jigarrang) ва- sovuq (yashil, ko'k va binafsha) ranglarga bo'linadi.
Akvarel so'zi - lotincha «akva» - «suv» ma'nosini bildirib, suvda eritib ishlatiladigan bo'yoq hisoblanadi. Akvarel bo'yoqlari o'ziga xos toza, tiniq va yorqin rangliligi bilan ajralib turadi. Akvarel bilan rangtasvir ishlash eng murakkab tasvirlash- texnikasi hisoblanadi. Qog'oz qanchalik oq bo'lsa, akvarel bo'yoqlari tasviri yaqqol namoyon bo'ladi. Mavjud bo'yoq tarkibiga suvni oz yoki ko'proq qo'shish orqali turlicha rang tuslari hosil qilinishi, bunda ranglarning to'qdan eng och ko'rinishigacha bo'lgan bir talay tuslari hosil bo'lishi ham o'rgatiladi.
Rassomning palitrasi - tekis faner yoki taxtachadan iborat bo'lib, unda bo'yoqlar aralashtiriladi. O'quvchilar ranglarni xosil qilishda bo'yoq idishlarining qopqog'idan foydalanishlari bunday imkoniyat bolmagan taqdirda, oddiy qog'ozdan palitra o'mida foydalanishlari ham mumkin. O'quvchi rasm ishlayotgan qog'ozning sifati bilan palitra o'mida ishlatilayotgan qog'ozning sifati bir xilligiga va tekisligiga ahamiyat berishi lozim. Chunki turli sifatdagi qog'ozda bitta rangning tusi boshqacharoq ko'rinishi mumkin. Akvarel mo'yqalamlari mayin qillardan tayyorlanadi. Uning ishga yaroqli ekanligini tekshirish uchun toza suv bilan ho'llab silkitiladi. Bunda uning qillari to'p bo'lib tursa ishga yaroqli, yoyilib tursa, ishga yaroqsiz hisoblanadi.