o'quvchilarning badiiy bilim doirasini kengaytirish;
o'quvchilarning badiiy didini o'stirish;
qo'l va steklar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
o'quvchilarning loy va plastilin bilan haykal ishlash malakalarini o'stirish.
Tasviriy faoliyat turi:Naturaga qarab haykal ishlash.
Darsning jihozlanishi: Choynak va piyola.
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Mazkur darsda haykaltaroshlik tasviriy san'at turlaridan biri ekanligi, uning ko'zga ko'ringan namoyandalari, ular tomonidan ishlangan ijod namunalari haqida suhbat uyushtiriladi. Haykallar tosh, granit, metal, yog'och, gips va shu kabi materiallardan ishlanishi aytiladi. Shuningdek, loy va plastilinlardan foydalanish haqida ma'lumot beriladi. Bolalar ijodida loydan ko'ra plastilindan foydalanish malum afzalliklarga ega. Chunki loy qurigach mo'rt bo'lib qoladi, plastilin esa o'zining egiluvchanligini yo'qotmaydi. Haykallar tasvirlanish uslubiga ko'ra ikki turda: hajmli (uch o'lchamli, ya'ni bo'yi, eni va qalinligi bo'lgan jism) va relyefli haykallarga bo'linishi aytib o'tiladi. Bunda o'quvchilar e'tibori haykaltaroshlik asarlarida tabiat va inson o'rtasidagi bog'liqlik qanday ifodalanganligini tahlil qilish va aniqlashga qaratiladi. Haykal yasash materiallar tanlash va naturaga qarab haykal yasash bosqichlari o'rgatiladi. Plastilindan oddiy shakllar yasab ko'rsatiladi.
Haykallarni yaxlit va alohida-alohida loy (plastilin) bo'laklaridan ishlash usuli bilan yasash mumkinligi aytib o'tiladi. Mazkur darsda haykalni alohida-alohida loy bo'laklaridan ishlash usuli o'rgatiladi. Haykali ishlanayotgan (tasvirlanayotgan) narsalar har tomondan sinchiklab kuzatilishi, ularning tuzilishi, shakllay, o'lchovlari aniqlanadi, yasalishi darslik bo'yicha tushuntiriladi.
II.Asosiy qism: 1.O'qituvchi har bir o'quvchidan haykaltaroshlikda loy va plastilinga eng sodda ishlov berish usullari: dumaloqlash, bosib yalpaytirib «kulcha» hosil qilish, siqimlab cho'zish, ortiqcha qismini steklar bilan olib tashlash ishlarini amalga oshirishlarini so'raydi.
2.Amaliy mashg'ulot: Sinfga keltirilgan choynak va piyola hamma o'quvchiga ko'rinarli q'ilib qo'yiladi. O'quvchilarga ularni aylantirib ko'rish imkoniyati yaratiladi. Naturaning tuzilishi, shakli, o'lchovlari, hajmi yaxshi o'rganilgandan so'ng o'quvchilar choynak va piyola haykalini yasashga kirishadilar.