1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə11/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

Test savollarining javoblari:



Test

1

2

3

4

5

6

1

2

3

4







1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob

A

D

B

A

E

D

D

A

D

A

E

B

H

F

J

L

I

K



10-dars. Mavzu: Guldasta rasmini ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:
-o'quvchilarning qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini mustahkamlash;
-o'quvchilarning estetik didini o'stirish;
-ularning badiiy fikr doirasini kengaytirish;
-o'quvchilarni tabiatga estetik munosabatini shakllantirish.
Tasviriy faoliyat turi:
Naturadan rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi:
Mavzuga oid rassomlar tomonidan ishlangan san'at asarlarining reproduksiyalari, slaydlari, gullar.

Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish:
Gullarning go'zallik ramzi ekanligi, ular­ning rassomlar asarlarida aks ettirilishi yuzasidan suhbat savol-javob orqali amalga oshiriladi. Barglarning o'ziga xos shakli, ularning ba'zilari dumaloqroq, ba'zilari uzunchoq, ba'zilarining cheti tekis, boshqalariniki jimjimador ekanligiga e'tibor qaratiladi. Turli gullarni solishtirib, ularning farqlari aniqlanadi.

I.Asosiy qism:
1.O'qituvchi o'quvchilarni gul bargi va moychechak rasmini chizish bosqichlari bilan tanishtiradi va chizib ko'rsatadi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar xayolan moychechakdan tuzilgan guldasta rasmini ishlaydilar.

III.Darsga yakun yasash: Darslikda berilgan savollar yordamida o'tilgan mavzu takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.

11-dars. Mavzu: Ro'mol uchun naqsh ishlash.
Darsning maqsad va vazifalari:
-o'quvchilarda amaliy san'atga nisbatan mehr uyg'otish;
-o'quvchilarning tasviriy malakalarini o'stirish;
-o'quvchilarda badiiy ijodkorlikni rivojlantirish;
-o'quvchilarning amaliy san'atdan bilim doiralarini kengaytirish.
Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.
Darsning jihozlanishi: Kvadrat naqshlar aks ettirilgan ro'mol, belbog', gilam, so'zana va kiyim-kechaklardan namunalar, ularning rasmlari.
Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish:
O'quvchilarning avvalgi darslarda olgan naqsh haqidagi tushunchalari ularning yodiga tushiriladi. Naqshlar ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlik, zardo'zlik, gilam to'qish, yog'och o'ymakorligi va boshqa bezak san'ati turlarida qo'llanilishi aytib o'tiladi. Naqshlar o'simliksimon, geometrik, qush, hayvon va boshqa narsalar tasviridan tashkil topishi xususida ham so'z yuritiladi. O'simliksimon naqshlar barg, daraxt, gul va boshqa narsalar shaklini naqqosh tomonidan soddalashtirilib yoki murakkablashtirilib ma'lum qonuniyatlar (stilizatsiyalash) asosida takrorlanishidan hosil qilinishi haqida gapiriladi. Mazkur darsda kvadrat shaklidagi naqshlarga urg'u beriladi. Kvadrat shaklidagi naqshlardan namunalar ko'rsatiladi. Bunda oqituvchi shu viloyatning o'ziga xos so'zana, do'ppi, belbog', gilamlari asosida suhbat uyushtirishi mumkin. O'qituvchi kvadrat naqsh tasvirlangan san'at asarlarining reproduksiyalari slaydlaridan keng foydalanishi tavsiya etiladi. Suhbat jarayonida o'quvchilar e'tibori so'zana, gilamlar, ro'mollar, do'ppilarda ishlatiladigan naqsh elementlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, naqsh ustalari va ular haqida ma'lumot berishga qaratiladi.

II.Asosiy qism:
1.Dastlab o'qituvchi tomonidan kvadrat shakldagi naqsh chizish bosqichlari tushuntiriladi va chizib ko'rsatiladi. Avval kvadrat, keyin uning diagonallari chiziqlari chizilishi va kvadrat teng sakkiz bo'lakka bo'linishi, keyingi bosqichda shakl chizib chiqilishi ko'rsatiladi. Uchinchi bosqichda yordamchi chiziqlar o'chirilishi va so'nggi bosqichda bo'yalishi tushuntiriladi.

2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar darslikdagi namunalar asosida ro'mol uchun ijodiy naqsh ishlashga kirishadilar. O'qituvchi ularga naqsh gulini tanlashlarida yordam beradi.





Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin