III. Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
14-dars. Mavzu: «Sholg'om» ertagi asosida haykal ishlash Darsning maqsad va vazifalari: -qo'l va stek bilan haykal ishlash malakalarini mustahkamlash;
-o'quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish; badiiy ijodkorlikni o'stirish;
-badiiy-estetik didni rivojlantirish.
Tasviriy faoliyat turi:Naturadan haykal ishlash va haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: «Sholg'om» ertagi asosida ishlangan rasmlar, reproduksiyalar, haykaltaroshlar tomonidan ishlangan ertak qahramonlarining haykalchalari, o'tgan yilda o'quvchilar tomonidan ishlangan parallel sinf o'quvchilari ishlagan haykalchalar. Choi, kampir, kuchuk, mushuk, sichqon va sholg'om rasmlari.
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: «Sholg'om» ertagi, uning qahramonlari savol-javob orqali esga tushiriladi. Suhbat shu ertak asosida ishlangan rasmlar yordamida amalga oshiriladi. Ertak qahramonlari aniqlab olinadi. Haykaltaroshlik mashg'ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjudligi, ular yaxlit va alohida-alohida loy (plastilin) bo'laklariga ishlov berish orqali ishlanishi takroran aytib o'tiladi. Haykalni yaxlit loy bo'lagidan ishlanish usuli o'rgatiladi. O'quvchilarning ertak qahramonlarining tuzilishi, shakli, hajmi, o'lchovlari va o'lchov nisbatlariga e'tibor berishlari uqtiriladi.
O'quvchilarga kompozitsiya haqida tushuncha beriladi. Kompozitsiya deb, tasvirlarni bir-biriga nisbatan ma'lum tartibda, maqsadga muvofiq ravishda joylashtirilishiga aytilishi uqtiriladi.
II.Asosiy qism: 1. O'qituvchi «Sholg'om» ertagi kompozitsiyasini ishlash uchun sinfdagi o'quvchilarni bir hecha guruhga bo'ladi. Misol uchun, sinfda 36 ta o'quvchi bo'lsa, 6 ta o'quvchidan iborat 6 ta guruh tuziladi (chunki kompozitsiya uchun 6 ta ertak qahramonlari haykali yasaladi). Har bir guruh a'zosi aohida-alohida ertak qahramonlari haykalini yasaydi, so'ngra guruh a'zolari birgalashib kompozitsiya yaratadilar. O'qituvchi o'quvchilarga haykallarni yasash va ulardan kompozitsiya yaratish yuzasidan ko'rsatmalar beradi. O'qituvchi tomonidan ertak qahramonlaridan birining haykali yasab ko'rsatilishi ham mumkin.
2. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar o'z guruhlarida o'zaro kelishgan holda ertak qahramonlarining haykalchalari va ularning kompozitsiyasini ishlashga kirishadilar. O'qituvchi guruhlar ishini kuzatib, ularga amaliy yordam ko'rsatadi.