1. Interyer va jihozlash fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat ?



Yüklə 398,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/13
tarix02.12.2023
ölçüsü398,27 Kb.
#137922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
javoblari 5-kurs interyer va jihozlashdan


Tayanch so‟zlar:
 
barcha turdagi zaruriyat kommunal qulayliklar, xizmat 
ko„rsatish kompleksi, komfortliligi, sig„imi va texnik jihozlanganligi, qibul qilish va 
xizmat ko„rsatish xonalari
 
Mehmonxona binolari 
odamlarning qisqa vaqt davomida yashashlari va 
madaniy- maishiy talab asosida xizmat ko‗rsatish maqsadlarida quriladi. Bunday 
inshootlar barcha turdagi zaruriyat kommunal qulayliklar (suv, kanalizatsiya, istish 
qurilmalari va hokozo) bilan jihozlangan va zamonaviy QMQ ga asoslangan xizmat 
ko‗rsatish kompleksi bilan ta‘minlangan bo‗lishi zarur.
Komfortliligi, sig‗imi va texnik jihozlanganligi, shuningdek, taklif etiladigan xizmat 
ko‗rsatish hajmiga qarab O‗zbekistonla va xalqaro maydonla mehmonxonalar 5 qurilish 
razryadiga bo‗linadi.
Xonalarda bittadan to‗rtagacha o‗rin bo‗lishi mumkin. Zamonaviy mehmonxona 
murakkab tuzilishga ega bo‗lib, bir nechta turli funksional xonalar guruhlaridan tashkil 
topadi hamda uning alohida qismlari o‗zaro o‗ziga xos texnologik bog‗lanishlarga ega 
bo‗ladi. Taraqqiy etgan mehmonxona binosida asosiy funksional xonalar guruhiga qibul 
qilish va xizmat ko‗rsatish xonalari kiradi, ularni vestibyul guruhi deb atash mumkin; 
yashash xonalari guruhi, umumiy ovqatlanish xonalari guruhi, ma‘muriy xonalar guruhi, 
shuningdek, muhandislik jihozlari xonalari guruhi shular jumlasidandir. 
59. Kurort mehmonxonalarini loyihalashga qo‗yilgan vazifalar asosida nimalar nazarda 
tutiladi? 
Tayanch so‟zlar:
ochiq va yopiq suzish basseynlari, hammom (sauna)lar, qishki sport 
zallari, karkas va panel, shuningdek, monolit, temir-beton sistemalari
Kurort mehmonxonalarini loyihalashga qo‗yilgan vazifalar asosida ochiq va yopiq 
suzish basseynlari, hammom (sauna)lar, qishki sport zallari nazarda tutiladi.
Ma‘muriy xonalar guruhi aksariyat hollarda binoning birinchi yoki ikkinchi 
qavatiga joylashtiriladi. Xizmatchi-yordamchi, xo‗jalik va muhandislik jihozlari xonalari, 
navbatchi xodimlar xonalari guruhiga kiradi. Shuningdek, kir va toza choyshablar xonasi, 
ta‘mirlovchi usta, duradgor xonalari; mebel va jihozlar zahiralari; shamollatish 
kameralari, istish punktlari, nasos xonasi, elektroщit, chiqindilarni olib chiqish 


kameralari ham shular jumlasidandir. Mehmonxonaning konstruktiv sxemasi asosida 
yashash xonasining o‗lchamlari yotadi. Zamonaviy mehmonxona binolari qurilishida 
karkas va panel, shuningdek, monolit, temir-beton sistemalari keng tarqalgan. 
60.Turar joy va xonadonlarni tanlashda, hisobga olinishi kerak bo‗lgan talablar? 
Tayanch so‟zlar:
demografik tarkib, urf-odatlari va hunari, qurilish joyi, tabiiy 
iqlim sharoit
Turar joy va xonadonlarni tanlashda, albatta hisobga olinishi kerak bo‗lgan 
talablar quyidagilardan iborat:
- Aholining demografik tarkibi;
- Oila a‘zolarining urf-odatlari va hunari, ya‘ni qanaqa ish bilan mashg‗ul bo‗lishlari;
- Qurilish joyi;
- Qurilish joyining tabiiy iqlim sharoiti;
- Texnika-qurilish bazasining ahvoli va sharoiti;
Shimol va janubda quriladigan uylar bir-biridan o‗ta farq qiladi, undan tashqari 
nam va quruq iqlim, tog‗ yoki pastliklar, sahro va nam yerlarning ta‘siri ham turar joy 
me‘morchiligiga katta ta‘sir o‗tkazadi. 
61. Qavatlari bo‗yicha turar joy binolari qanday uylarga bo‗linadi: 
Tayanch so‟zlar:
kam qavatli, o„rta qavatli, ko„p qavatli, baland qavatli
Qavatlari bo‗yicha turar joy binolari quyidagilarga bo‗linadi:
1. Kam qavatli uylar (1-2 qavatli). Bu uylar asosan qishloq joylarda tarqalgan bo‗ladi. 
Lekin shaharlarda ham hozirgi paytda o‗z ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q.
2. O‗rta qavatli uylar (3-5 qavatli) umumiy zinapoyadan hamma foydalanadigan liftsiz 
turar joydan iborat bo‗lib, shaharlarda juda ko‗p tarqalgan, ular iqtisodiy jihatdan foydali 
deb topilgan.
3. Ko‗p qavatli uylar (6-9 qavatli) umumiy foydalaniladigan zinapoyadan tashqari tik 
vertikal bog‗lanishlari uchun lift bilan ta‘minlangan bo‗lishi kerak.
4. Baland qavatli uylar (10 va undan ortiq) binolarning kiraverishida, pod‘ezdida umumiy 
zinapoyadan tashqari 2 xil lift bo‗lishi kerak, ya‘ni aholini va yukni tashiydigan liftlar.
O‗rta, ko‗p va baland qavatli uylar 3 ta eng asosiy tarxiy tuzilmalarga bo‗linadi: 
bo‗linmali (seksiyali), yo‗lakli va galereyali. 

Yüklə 398,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin