7-MAVZU: MUSTAQILLIK DAVRI MA’NAVIYATI REJA: 1.Mustaqillik arafasida milliy ma’naviyatimizning ahvoli. 2.Mustaqillik va ma’naviyat.Ma’naviyat va millat tarbiyasi. Davlatimiz siyosatida ma’naviyat masalalariga alohida g‘amxo’rlik. Mustaqillik mas’uliyati. 3.Mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi hamda ma’naviy meros, diniy an’ana va qadriyatlarimizning tiklanishi.Allomalar madaniy-ma’naviy merosi - ma’naviyatimiz tarixining yorqin sahifasi. 4.Mustaqillik davrida xalqimiz milliy ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, o‘zlikni anglashning o‘sishi, xalqning ma’naviy sarshmalarga, unihg ildizlariga qaytishi.Milliy-ma’naviy yangilanish, yuksalish, taraqqiyot omili.
Ma’naviyatda qadr tushunchasi O‘zlikni anglash jarayonidaQadr tushunchasi paydo bo‘ladi. Borliq haqiqatiga o‘z nisbatini to‘g‘ri anglab etmagan va komil e’tiqod hosil etmagan inson hanuz g‘ofildir. «Men Alloh tomonidan eryuzida xalifa etib yaratilganman», debo‘zlikni anglab etish — o‘z qadrini to‘g‘ri baholashning poydevoridir.
O‘z qadrini anglab etish barobaridainson o‘zga insonlar ham er yuzida xalifa ekanligiga imon keltirib, ularning ham qadrini o‘zidan kam bilmaydi.
U Alloh yaratgan barcha mavjudotning ayni Haqqa tegishli ekanligini anglab etgani uchun qadr qiladi, behudaga biror narsani zoe qilishni o‘ziga ep ko‘rmaydi.
Haqiqiy SHaxs darajasiga etishgan inson o‘z qadrini, shu bilan birga yorug‘ olamdagi barcha ashyo va mavjudotlar qadrini muayyan darajada anglab etgan, shu asosda jamiyatning faol a’zosiga aylangan inson bo‘ladi.