Pedagogik aksiologiya ta’lim oluvchi va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy qadriyatlarni oʻrganish hamda ta’lim-tarbiyaga aksiologik yondashuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pedagogik bilimlar sohasidir.
Neyropedagogika – bu bosh miya (oʻng va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar toʻgʻrisidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni ta’lim-tarbiya jarayonida qoʻllay olish haqidagi amaliy fan sohasi.
Muzey pedagogikasi – pedagogika, psixologiya va muzeyshunoslikning oʻzaro uygʻunligi natijasida shakllangan fan sohasi boʻlib, muzey muhitida ta’lim-tarbiya berish yoʻllarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur ma’rifiy yoʻnalish bilan shugʻyllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi.