33. Turistik xizmatlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha standartlashtirish talablari
33. Turistik xizmatlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha standartlashtirish talablari
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq barcha turdagi turistik xizmatlar uchun quyidagi talablar majburiy hisoblanadi:
hayot va salomatlik xavfsizligi;
ekskursiyachilar va turistlar mulkining tabaqalanishi;
atrof – muhitni muhofaza qilish.
Turistik xizmat ko‘rsatishda inson sog‘ligi va hayoti uchun xavf-xatar quyidagi sharoitlarda vujudga keladi:
xatar manbai mavjudligi;
ushbu manbani inson uchun xavfli darajaga yetishi;
insonni xavf manbi ta’siriga mahkumligi.
Zararli omillar (xatar omillar) turizmda quyidagi tarzda klassifikatsiyalanishi mumkin:
jarohat xavfi;
atrof-muhit ta’siri;
yong‘in xavfi;
biologik ta’sir;
ruhiy-jismoniy zo‘riqish;
nurlanish xavfi;
kimyoviy ta’sir;
gazlanish va changlanishning yuqoriligi;
boshqa omillari.
34. Sertifikatlash tushunchasi
«Xizmatlar va mahsulotlarni sertifikatlash to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq, sertifikatlash - bu u yoki bu obyekt (xizmat)ga quyiladigan (belgilangan) talabga muvofiqligini tasdiqlovchi va o‘xshash ishlarni tan olish bo‘yicha amal qiladigan hujjatdir.
Sertifikatlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi yagona tovar bozorida tadbirkorlar va tashkilotlar, muassasalar, korxonalar faoliyati uchun, shuningdek xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnik hamkorlik va xalqaro savdo uchun sharoit yaratish;
mahsulotlarni vakolatli tanlashda iste’molchilarga hamkorlik ko‘rsatish;
iste’molchilarni ma’suliyatsiz tayyorlovchilardan himoya qilish (sotuvchi, ijrochi);
mahsulotni atrof-muhit, hayot va salomatlik va mulk xavfsizligi ustidan nazorat o‘rnatish;
tayyorlovchi tomonidan ma’lum qilingan mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.