35.Turistik mahsulotlarni sertifikatlash va uni tashkil etish tartiblari
«Turistik faoliyat to‘g‘risidagi qonun»ga muvofiq turoperatorlar va turagentlar tomonidan sotiladigan turistik mahsulotlar sertifikatlanishi kerak. Sertifikatlash Davlat standarti tomonidan belgilangan turistik xizmatlarni sertifikatlash qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Qoidaga asosan turistik mahsulotlarni sertifikatlash turistlarni hayot va salomatliklarining xavfsizligini ta’minlash, turistlar mulkini saqlash, atrof-muhit tabiatini muhofaza qilish. turistik xizmatlarni mo‘ljallangan vazifasiga muvofiqligi, aniqlik va o‘z vaqtida bajarilishiga qaratilgan talablar bo‘yicha o‘tkaziladi. Sertifikatlash bo‘yicha organ xodimlarni turfirmalar tijoriy faoliyati ko‘rsatkichlarini tekshirishga haqlari yo‘q. Ular tijorat sirini tashkil etgan axborotlarni konfidensialligi (sirligini) ni ta’minlashga majbur bo‘ladi. Bunday axborotni oshkor etish intizomiy va huquqiy - fuqarolik javobgarligiga olib keladi, xususan, ushbu harakat tufayli yetazilgan zararni to‘lashga majbur etadi.
1. Turizm infratuzilmasi to‘g‘risida tushuncha.
Infrastruktura (lat. Infra pod+struktura) rus tiliga tarjimasi pod struktura, ya’ni o‘zbek tilida esa «infra» so‘zidan iborat bo‘lib, «tuzilma ostidagi tuzilma» degan ma’noni anglatadi. Uning umumiy tuzilmasini iqtisodiy yoki siyosiy hayot tashkil etadi.
Infratuzilma xususan ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga bo‘linadi. Keyingisi o‘ziga sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va boshqalarni qamrab oladi – barcha korxonalar, muassasalar binolari, tarmoqlari va texnologik tizimlar, odamlar ijtimoiy hayotidagi moddiy asoslarni shakllantirishga qaratilgan.
Infratuzilma elementlari turli xil belgilariga qarab klassifikatsiyalanishi (turlanishi) mumkin. Infratuzilmani keng miqyosli mezonlari bo‘yicha xalqaro, milliy, hududiy, shahar infratuzilmalariga ajratiladi. Faoliyat sohasi mezonlariga ko‘ra, infratuzilma ijtimoiy, boshqaruv, va texnologik sohalar bilan chegaralanadi.